Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalarining tirik vazni, kg
- VI.5.Cho‘chqalarni bo‘rdoqilash.
- VI bob uchun topshiriqlar
2 oyligida onasidan ajratilgan cho„chqa bolalari 25-50 boshdan qilib guruhlanadi, ular qishda issiq xonalarda, yozda ochiq ayvonlar tagida saqlanadi. Ular dastlabki kunlari 5 – 6 marta, keyinchalik 3 – 4 marta oziqlantiriladi. Ularga albatta sut oziqalari bilan yem, shirali va dag„al oziqalar beriladi. Sutdan chiqqan cho„chqa bolalari kasallanmasliklari uchun ularga har kuni 2 marta 1 kg yemga 5 g biomisin, yoki 10 g penisillin qo„shib 5 – 6 kun yedirilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. Shunga qaramasdan ular 10-15 kun onasini qumsab bezovtalanadi, shuning uchun ularga diqqat e‟tibor zarur. Shu boisdan ularga 1 – 3 l kaymog„i olingan sut berib turish tavsiya etiladi. Agar ular birdan o„simlik oziqalari ratsioniga o„tkazilsa birdan ko„nikmay, ratsiondagi oziqalarni to„liq hazm qila olmasligi natijasida tirik vazni sekin ortadi. Albatta onasidan ajratilgan cho„chqa bolalari ratsionida yetarli miqdorda oqsil, mineral moddalar vitaminlarga boy oziqalar bo„lishi talab etiladi. Ushbu maqsadda ular ratsioniga ko„proq qaymog„i olingan sut, ayron va zardob qo„shish yaxshi natijalar beradi. 245 6.4.1.jadval Onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalarining tirik vazni, kg (A.P.Redkin bo„yicha) Cho„chqa bolalarining yoshi Sof zotli nasldor cho„chqa bolalari Go„sht uchun o„stiriladigan duragay cho„chqa bolalari 1 oylik 6-9 5.5-7.0 2 oylik 16-20 14-18 3 oylik 28-35 25-30 4 oylik 40-50 38-45 Podani to„ldirishga mo„ljallangan yosh cho„chqalar uchun 4 -o„n kunlikda 2 l dan, 5 chi o„n kunlikda 1,5 l va 6 o„n kunlikda 0,5 l kaymog„i olingan sut, ayron va zardob berish tavsiya etilsa, bo„rdoqilashga ajratilgan guruhlarda esa 1-o„n kunlikda 0,8 litr, 2 - o„n kunlikda 0,6, 3 - o„n kunlikda 0,4, 4 -o„n kunlikda – 0,3, va 5-o„n kunlikda 0,2 l qaymog„i olingan sut beriladi. Onasidan ajratilgan cho„chqa bolalariga yetarli miqdorda qishda dag„al va shirali, yozda ko„kat oziqalar bo„lishi ularning oshqozon-ichak tizimining rivojlanishi va bo„rdoqilash davri uchun tayyor bo„lishida alohida o„rin tutadi. Ushbu guruh cho„chqalarga yem yormalarini achitib berish yaxshi natijalar beradi, lekin bu jarayonga cho„chqa bolalari asta-sekinlik bilan o„rgatilishi kerak, aks holda ularning ichi o„tib ketishi mumkin. Onasidan ajratilgan cho„chqa bolalarini me‟yor bo„yicha 4 oylikkacha 4 mahal, keyin esa 3 mahal oziqlantiriladi. 2-4 oylik cho„chqalar katagida har doim quruq va toza yem, hamda toza suv bo„lishi shart. Bu cho„chqalarni yayratish va tanasini toza saqlash talab etiladi. 4 oylik cho„chqa bolalari jinsi bo„yicha guruhlanadi. 4 oylik cho„chqalar baholanib asllari podani to„ldirish uchun, qolganlari esa bo„rdoqilash guruhlariga o„tkaziladi. Podani to„ldirishga mashhur erkak va mahsuldor yuqori sifat ko„rsatkichlariga ega urg„ochi cho„chqalar bolalari qoldirilib ularga me‟yordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlari yaratib beriladi. Podani to„ldirish uchun 4 oylik urg„ochi cho„chqalar talabga nisbatan 2-3 barobor ko„p qoldirilib kelib chiqishi, ekstereri va konstitutsiyasi, o„sish va rivojlanishi bo„yicha baholanadi. 4 oylikdan keyin urg„ochi nasldor cho„chqalar 40-50 boshdan guruhlab saqlanib olti oyligida yana baholanadi, unda tirik vazni, tez yetiluvchanligi eksterer va konstitutsiyasi va sog„ligi inobatga olinadi. 10-11 oylik podani to„ldirish uchun qoldirilgan urg„ochi cho„chqalar 4 marta baholanadi, ularning vazni shu vaqtda 130-140 kg bo„lishi kerak. Podani to„ldirish uchun qoldirilgan erkak cho„chqalar shu davrda 150-160 kg bo„lishi talab etiladi. 246 Birinchi marta qochirilayotgan urg„ochi cho„chqalar avlodlarining sifati bo„yicha nazorat qilingan kamida elita klass nasldor erkak cho„chqalar bilan, birinchi marta qochirishda foydalanayotgan erkak cho„chqalar esa tekshirilgan urg„ochi cho„chqalar bilan juftlanadi. Urg„ochi cho„chqalar birinchi marta tuqqanidan keyin avlodining sifati bo„yicha oxirgi marta nazorat qilinib eng yaxshilari olib qolinib qolganlari bo„rdoqilash guruhiga o„tkaziladi. Podani to„ldirish uchun bahor paytida tug„ilgan cho„chqa bolalarini qoldirish maqsadga muvofiq hisoblanidi, chunki ular erta bahordan kech kuzgacha ochiq havo va ko„kat oziqalarni iste‟mol qilishi natijasida sog„lom va baquvvat o„sadi, bunday cho„chqalarda xo„jalikda uzoq vaqt foydalanish mumkin. Podani to„ldirish uchun mo„ljallangan nasldor yosh cho„chqalarni semirib ketishiga yo„l qo„ymaslik uchun faqat me‟yorlar asosida oziqlanishini tashkil qilish kerak. VI.5.Cho‘chqalarni bo‘rdoqilash. Bo„rdoqilash maxsus binolarda yoki ayvonli maydonchalarda o„tkaziladi. Cho„chqalar guruhlab 25-50 boshdan kataklarda saqlanadi. Bo„rdoqilash natijalariga cho„chqaning zoti, yoshi, jinsi, vazni, oziqlantirish va saqlash sharoitlari, saqlash zichligi va bo„rdoqilash davomiyligi ta‟sir qiladi. Cho„chqalar go„sht, bekon va yog„ semizligigacha bo„rdoqilanadi. Go„sht uchun cho„chqa bolalarini bo„rdoqilash 4 oyligida tirik vazni 35-40 kg bo„lganda boshlanib, 110-120 kg vazngacha davom etiriladi. Bo„rdoqilash risoladagidek tashkil qilinsa ushbu vaznga cho„chaqalar 6,5-7,5 oyligida erishadi. O‟rtacha kunlik semirish 600 g va undan yuqori bo„lishi ta‟minlanadi va 1 kg vazn ortishi uchun 4-5 oziqa birligi sarflanadi. Go„sht uchun bo„rdoqilash yakunida bo„rdoqi cho„chqalar 6-7 ko„krak umurtqa o„simtasi ustidagi yog„ qatlamining qalinligi 1,5-4 sm atrofida bo„lishi, nimtaning 52-58% go„sht va 33-40% yog„ tashkil etishi kerak. Xo„jalikning oziqa zahiralariga qarab go„sht bo„rdoqilashi o„rtacha jadallika (kuniga 550 g gacha semirtirish) va jadal (kuniga 550 g dan ortiq) bo„lishi mumkin. Ratsion tarkibida oziqalar nisbatiga ko„ra burdoqilash yemli, yem va lavlagili, hamda yem va oziqa chiqindilari asosida bo„lishi mumkin. Eng ko„p tarqalgan yemli xili hisoblanadi. Bunda ratsion asosan don, proteinli o„simlik va hayvonot oziqalari, vitaminli, antibiotik, mineral va mikroelementli qo„shimchalardan tashkil topadi. Bunday oziqalar quruq aralashma sifatida sanoat yoki xo„jalik sharoitida tayyorlagan bo„lishi mumkin. Ratsionda yemning ko„p bo„lishi cho„chqalarning to„yimli moddalarga bo„lgan talabini kam hajmdagi oziqa bilan qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari yem oziqalarini yedirish qulay. 247 Lavlagi bilan bo„rdoqilashda ratsion to„yimligining 30-35% ini qand lavlagisi tashkil qilib u ham maydalangan holda cho„chqalarda yediriladi. Yem-lavlagi ratsionlarda bo„rdoqilanganda protein, mineral va vitaminlar bilan tenglashtirish talab etiladi, chunki qand lavlagisi yuqoridagi to„yimli moddalarga kambag„al bo„ladi. Yirik shaharlar atroflarida go„sht uchun cho„chqalar oziq-ovqat chiqindilaridan foydalanib bo„rdoqilanadi. Ushbu chiqindilar oziq-ovqatlar ishlab chiqaradigan va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadi. Bunday chiqindilar avtoklav qozonlarida yem bilan birga pishirilib cho„chqalarga yediriladi. Oziq- ovqat chiqindilari ratsion to„yimliligini 30 % gacha bo„lishi tavsiya etiladi. Bekon- yosh cho„chqa go„shti hisoblanadi. Bunday nimta o„z tarkibida asosan go„sht va oz miqdordagi yog„ bilan ta‟riflanib, nozikligi, mayinligi va ajoyib ta‟mi bilan ajralib turadi. Ulardan noyob cho„chqa go„shti pishiriqlari tayyorlanadi (asosan dudlamalar). Bo„rdoqilash muddatlari go„sht bo„rdoqilash muddatlariga teng kelib qoladi. Bekon burdoqilash uchun oq tusdagi sog„lom 2,0-2,5 oylik vazni 20-25 kgli cho„chqa bolalari tanlab olinadi. Bekon bo„rdoqilash uchun talablar go„sht uchun bo„rdoqilashga nisbatan ancha yuqori bo„ladi. Bo„rdoqilash 6-7 oylikda yakunlanib cho„chqalar vazni 90- 105 kg ga yetadi. Bo„rdoqilashdan keyin cho„chqalar nimtasi uzun, tashqi qismida burmalar bo„lmasligi kerak, teri osti yog„ qatlami yupqa bo„lib (6-7 ko„krak umutqalari o„simtalari ustidagi yog„ qatlami 1,5-3,5 sm), yog„ning eng qalin va yupqa joylaridagi farqi 0,5 sm dan oshmasdan teng qalinlikda bo„lishi kerak. Bekon bo„rdoqilash uchun yosh go„sht va bekon yo„nalishidagi cho„chqalar bo„rdoqilanib ulardan kamyog„ sifatli cho„chqa go„shti ishlab chiqariladi. Sutkalik semirish bo„rdoqilashning birinchi davrida 400-500 g, 2-davrda esa eng kamida 600-700g bo„lishi talab etiladi. 1g semirish uchun 4,0-4,5 oziqa birligi sarflanadi. Oziqlantirish me‟yori xuddi yosh cho„chqalar go„sht uchun o„stirilgandagidek bo„ladi. Qish paytida ratsionning 80-85% yem, 10% hayvonot oziqalari va 5-10% shirali va o„t talqoni tashkil qiladi. Yoz paytida shirali oziqalar va o„t talqoni o„rniga ko„kat oziqalar kiritiladi. Makkajo„xori va suli doni, kepak, baliq qoldiqlari, kunjara va shrot bekon sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatib uning yog„i yumshoq va eruvchan bo„lib qoladi. Bunday oziqalardan bo„rdoqilashning birinchi davrida foydalanib bo„rdoqilash oxiriga 1,5-2 oy qolganda to„xtatiladi. Cho„chqalarni bo„rdoqilash no„xat, arpa, tariq, kartoshka va dukkakli o„tlardan tayyorlangan talqonlardan foydalanib o„tkazilsa a‟lo sifatli bekon nimtalar olinadi. Bekon bo„rdoqilash uchun terilari jarohatlangan cho„chqa bolalari tanlab olinmaydi. Bo„rdoqilash tugab, cho„chqalarni so„yishiga olib borishida har 1 katak cho„chqalarni alohida ulovda olib borish kerak, agar boshqa katak cho„chqalari aralashtirib yuborilsa cho„chqalar bezovtalanib, urishib bir-birlariga jarohat 248 yetkazishi natijasida bekon nimta sifati pasayadi, ba‟zan esa bekon nimtalari puchak (brak) qilinib go„sht nimtasiga o„tkazib yuboriladi. Cho„chqa go„shti yetishtirishni ko„paytirishdagi asosiy zahiralardan biri puchak qilingan voyaga yetgan cho„chqalarni bo„rdoqilash hisoblanadi.(100kg dan ortik yosh cho„chqalar, urg„ochi va erkak cho„chqalar). Puchak qilingan cho„chqalar jinsi va vazni bo„yicha guruhlanadi. Bo„rdoqilash 2-3 oy jadal tashkil qilinadi. Shu davr ichida sutkalik semirish 800-1000 g ni tashkil etib, teri osti yog„ qatlamining qalinligi 7 sm ga yetadi. Bunday cho„chqalar vazni asosan yog„ hisobiga ortishini hisobga olib ratsion tarkibida protein kamaytirilib ( 70-80 g protein 1 oziqa birligida), uglevodli oziqalar nisbati ko„paytiriladi. Bo„rdoqilashning birinchi oyida ratsion tarkibiga to„yimliligi bo„yicha 40-50% hajmli oziqalar kiritiladi (silos, kartoshka, lavlagi, oziq-ovqat va don chiqindilari). Bo„rdoqilash pirovardida bunday oziqalar nisbati kamaytirilib yem oziqalari nisbati 70-80% ga, ba‟zan esa 100% ga yetkaziladi. VI bob uchun nazorat savollari 1. Cho‟chqachilik nima ahamiyati 2. Co‟chqalarning boiologik hususiyatlari 3. Cho‟chqalarning mahsuldorligi 4. Cho‟chqa zotlari klassifikasiyasi 5. Yirik oq cho‟chqa zoti 6. Shimoliy kavkaz zoti 7. Landras zoti 8. Cho‟chqalarni urchitich 9. 2- oylik cho‟chqalarni o‟stirish 10. Cho‟chqalarni bo‟rdoqilash 11. Cho‟chqalarni qochirish 12. Bug‟oz cho‟chqalarni asrash 13. Cho‟chqalarni tug‟dirish 14. Cho‟chqa bolalarini 2 oygacha o‟stirish 15. Cho‟chqalar sutdorligi 16. Emizakli cho‟chqalarni asrash 17. Cho‟chqalar bo‟rdoqilash turlari 18. Cho‟chqalarni semizlik kategoriyalari 19. Cho‟chqa bolalarini onalaridan ajratish 20. Cho‟chqalar podasini qayta to‟ldirish va uning ahamiyati 249 VI bobga oid test savollari 1. Cho‟chqalarning biologic hususiyatlfri qaysi belgilarda ifodalanadi? a) Serpushtlik, tez etiluvchanlik, 1 rg semirish uchun ozuqani kam sarflash , har hil ozuqalarni is‟temol qilishi, yuqori so‟yim chiqimi b) Serpushtligi, ozuqani ko‟p yishi, tez semirishi, so‟yim chiqimini yuqoriligi c) Serpushtligi, ko‟p yashashi, sharoitga moslashishi, tez semirishi, go‟shti ko‟pligi d) Serpushtligi, sutdorligi, uzoq yashashi, ko‟p eyishi, tez semirishi e) Serpushtligi, sutdorligi, ozuqalarni ko‟p is‟temol qilish tez semirishi. 2. Bir bosh urg‟ochi cho‟chqadan bir yilda qancha go‟sht ishlab chiqarish mumkin? a) 2.8 tonna b) 2.0-2.5 tonna c) 3.0 tonna d) 3.0-3.5 tonna e) 4.0 tonna 3. O‟zbekistonning rejali cho‟chqa zotlari? a) shimoliy oq, landras, Breytov b) Yirik oq, Ukraina cho‟l, Sibir c) Yirik oq, Shimoliy Kavkaz, Landras d) Yirik oq, Sibir, Breytov e) Yirik oq, Sibir, Berkshr. 4. Cho‟chqalar rasioni qanday bo‟ladi? a) Pichanli b) Em va pichan c) Em va somon d) Emli e) O‟tli 5. Cho‟chqalardan ho‟jalikda foydalanish davomiyligi? a) 1-2 yil b) 2-3 yil c) 7-8 yil d) 8-10 yil e) 4-5 yil 6. Yirik oq cho‟chqani keltirib chiqarishda qaysi zotlar qatnashgan a) Mahalliy angliya, Roman, Osiyo cho‟chqalari 250 b) Mahalliy angliya, roman, Evropa cho‟chqalari c) Mahalliy angliya, roman, Sibir cho‟chqalari d) Mahalliy angliya, roman, Daniya chochqalari e) Mahalliy angliya, roman, Ukraina oq cho‟l cho‟chqasi 7. Shimoliy kavkaz cho‟chqasi qanday keltirib chiqarilgan? a) Mahalliy kavkaz, ukraina cho‟l, Sibir cho‟chqalari b) Mahalliy kubon, yirik oq, berksher, oq kalta quloq cho‟chqalar c) Mahalliy kuban, yirik oq, breytov cho‟chqalari d) Mahalliy kuban, yirik oq, ukraina cho‟loq chochqalari e) Mahalliy kuban, Breytov, Sibir Belorusiya cho‟chqalari 8. landras zoti yaratishda qaysi zotlar qatnashgan a) Mahalliy Daniya, Roman, Osiyo cho‟hqalari b) Mahalliy Daniya, Sibir, Belorusiya cho‟chqalari c) Mahalliy Daniya, va yirik oq, cho‟chqalar d) Mahalliy Daniya, yirik oq Sibir e) Mahalliy Daniya yirik oq, Belorus chochqalari 9. Cho‟chqalar bug‟ozlik davrining davomiyligi a) 90-100 kun b) 120-150 kun c) 120-125 kun d) 114-116 kun e) 130-132 kun 10. Urg‟ochi yosh nasldor chochqalarni qochirish yoshi va tirik vazni qanday? a) 15 oyligida, vazni 160 kg bo‟lganda b) 6 oyligida, vazni 80 kg bo‟lganda c) 20 oyligida, vazni 200 kg bo‟lganda d) 18 oyligida, vazni 180 kg bo‟lganda e) 10-11 oyligida, vazni 110 -120 kg bo‟lganda 11. Cho‟chqa bolalari fermer ho‟jaliklarida necha oyligida onasidan ajratiladi? a) 2 oyligida b) 3 oyligida c) 1 oyligida d) 4 oyligida e) 5 oyligida 251 12. Cho‟chqa necha oyligida qaysi vaznda go‟sht so‟yiladi? a) 4-5 oyligida vazni 80 kg bolganda b)7-8 oyligida vazni 110-120 kg bolganda c. 9-10 oyligida vazni 140-150 kg bolganda d) 11-12 oyligida vazni 160-180 kg bolganda e) 14-16 oyligida vazni 180-200 kg bolganda 13. Cho‟chqalar go‟sht uchun o‟stirilganda 1 kg vazn qo‟shishiga necha ozuqa birligi sarflaydi? a) 1-2 ozuqa birligi b) 2-3 ozuqa birligi c) 4-5 ozuqa birligi d) 6-8 ozuqa birligi e) 8-10 ozuqa birligi 14. Urg‟ochi cho‟chqalar sutdorligi qanday aniqlanadi? a) Bolalarining 2 oydagi tirik vazni bo‟yicha b) Bolalarining tez o‟sishiga qarab c) Bolalarining tez semirishiga qarab d) Bolalarining 21 kunligida tirik vazni bo‟yicha e) Bolalarining 40 kunlikdagi tirik vazni bo‟yicha 15. Cho‟chqa podasi tarkibi qaysi yosh va jinsdagi cho‟chqalardan tashkil topadi? a) Erkak nasldor chochqalar, ona chochqalar, bo‟rdoqilar b)Erkak cho‟chqalar, cho‟chqa bolalari, bo‟rdoqilar c. Erkak nasldor chochqalar urg‟ochi chochqalar, 4 oylik chochqalar d) Erkak nasldor, 2 oylik, 4 oylik cho‟chqalar e) Erkak nasldor cho‟chqalar urg‟ochi cho‟chqalar, 2 oygacha 4 oygacha, podani qayta tiklashga mo‟ljallangan yosh cho‟chqalar, bo‟rdoqilashga qo‟yilgan cho‟chqalar VI bob uchun topshiriqlar 14. Chochqalarning biologic hususiyatlarini keltiring a) Serpushtligi b) c) d) e) 252 2 Me‟yorda o‟stirilgan urg‟ochi cho‟chqalarni ____oyligida qochirib cho‟chqa bolalari olish mumkin, go‟sht uchun _____oyligida _______100 kg uchun so‟yish mumkin, bug‟ozlik davri_____kun bo‟lib, bir yilda, ________marta tug‟dirish mumkin 3. Cho‟chqalar bir tuqqanda _______bola berib, so‟yim chiqimi yog semizligigacha bo‟rdoqilanganda _______% bo‟ladi Cho‟chqalar 1 kg semirishi uchun ____ozuqa birligi sarflaydi 4. Cho‟chqalar ho‟jalik nuqtai-nazardan 3 guruhga bo‟linadi. a) b) c) 5. O‟zbekistomda 3 ta chochqa zoti rejali hisoblanadi, ular: a) b) c) 6. Tusi oq nasldor erkak chochqalari 300-350 kg, urg‟ochilari 200-250 kg, o‟rtacha pushtdorligi 11.3 bosh bolalari tug‟ilganda 1.2-1.3 kg bo‟lib, sutdorligi 70- 80 kg, 100 kg vaznga 190-120 kunda erishadi, o‟rtacha sutkalik semirish 640-680 g bo‟lib, 1 kg semirish uchun 4.0-4.2 ozuqa birligi sarflaydi, bu qanaqa zot? 7. Murakkab chatishtirish natijasida yaratilgan, qora-ola tusli, 100 kg vaznga 178 kunda erishib , o‟rtacha sutkasiga 723 g semiradi, 1 kg semirishga 4.22 ozuqa birligi sarflaydi, bu qanaqa zot? 8. Bekon yo‟nalishidagi, oq tusdagi, erkak nasldor cho‟chqalari 300-320 kg, urg‟ochilari 220-250 kg tirik vaznli bir tuqqanda 10-12 cho‟chqa bolasi beradi, 100 kg vaznga 189 kunda erishadi, sutkasiga 707 g semirib, 1 kg semirishga 3.97 ozuqa birligi sarflaydi, bu qanaqa zot? 9. Bir oyda uyadagi cho‟chqa bolalari 20 kg qo‟shimcha vazn bergan, urg‟ochi cho‟chqaning bir oylik suti necha klogramm? 10. Urg‟ochi cho‟chqa bolalarining 21 kunlikdagi vazni 80 kg, uning sutdorligini ayting? 11. Cho‟chqalar poda tarkibini toping% a) urg‟ochi cho‟chqalar-50 bosh 253 b) teksheriluvchi cho‟chqalar-25 bosh c) nasldor erkak cho‟chqalar-7 bosh d) 2 oylikkacha chochqa bolalari-200 bosh e) 2-4 oylik cho‟chqa bolalari-200 bosh m) podani to‟ldirish uchun nasldor cho‟chqalar -30 bosh l) bordoqilar 400 bosh __________ jami: 1037 bosh 12. 7 oylik yirik oq zotga mansub urg‟ochi cho‟chqani bonitrovka qiling Tirik vazni-94 kg Tana uzunligi -120 sm Otasining klassi 1 6-7 nchi ko‟krak umrtqalari ustidagi yog‟ qatlami qalinligi-3.4 sm 13. “Sayra” laqabli yirik oq cho‟chqa zotiga mansub 36 oylik urg‟ochi cho‟chqani bonitrovka qiling Tirik vazni-228 kg Tana uzunligi -161 sm Eksterer konstitusiyasi -81 ball olgan Uning mahsuldorligi: Serpushtligi-11 dona Cho‟chqa bolalari yirikligi-1.1 kg Sutdorligi -70 kg 2 oylik uya og‟irligi-148 kg 14. “Salyut” laqabli yirik oq zotiga mansub 20 oylik nasldor erkak cho‟chqani bonitrovka qiling Tirik vazni-265 kg Tana uzunligi-160 sm Eksterer va konstitusiyasi-92 ball olgan Avlodlarning 2 oyligidagi og‟irligi-16 kg Avlodlarining 4 oyligida og‟irligi-40 kg Nazorat o‟stirish va bo‟rdoqilash natijalari: 1 rg semirishga ozuq sarfi-3.99 ozuqa birligi Teri osti yog‟ qatlmini qalinligi-3.85 sm Nimta uzunligi-90 sm Nimtaning ohirgi 1/3 qismi og‟irligi-8.5 kg 15. 120 kg vazndagi cho‟chqa so‟yilganda 83 kg nimta olingan, ushbu chochqa so‟yim chiqimini toping. 254 VII BOB PARRANDACHILIK Parrandachilik chorvachilikning asosiy sohalaridan biri bo„lib hisoblanadi. Qishloq xo„jalik parrandalari yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari- tuxum, go„sht, yog„ va yengil sanoat uchun xom-ashyo par va pat yetishtirib beradi. Parranda mahsulotlari yuqori to„yimliligi va ajoyib ta‟mi bilan ajralib turadi. Ayniqsa parhez tuxum va jo„ja go„shti alohida e‟tiborga loyik. Broyler go„shtida 20% ko„proq oqsillari bo„lib, faqatgina 1% atrofida yog„ bo„ladi, bu esa uning parhezligidan dalolat beradi, vaholanki eng yog„siz qoramol go„shti tarkibida kamida 10% yog„ bo„ladi. Parandachilikni xalqimiz bejiz 7 xazinaning biri deyishmagan, chunki soha xo„jalikni eng samarador tarmog„i bo„lishi mumkin. Hozir mamlakatimizda parrandachilik ikki yo„nalishda rivojlanmoqda. Birinchisi sanoat parrandachiligi(mamlakatimizda 70 ortik parrandachilik fabrikalari mavjud), ikkinchisi ixtisoslashgan xo„jaliklardagi turli kattalikdagi parrandachilik fermalari va shaxsiy yordamchi xo„jaliklar. Hozirga kelib parrandachilik ko„prok fermer xo„jaliklarda jadal rivojlanib bormoqda, chunki uni tashkil qilish boshqa chorvachilik sohalariga nisbatan ancha oson. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling