Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41

 
7.2.4.-rasm. Pekin o‘rdagi. 
 
O‟zbekistonda  o„rdak  go„shti  yetishtirish  bilan  shug„ullanuvchi  barcha 
xo„jaliklarda urchitiladi. 
 
Kurka zotlari. 
Shimoliy  Kavkaz  bronza  rangli  zoti.  O‟zbekistonda  urchitiladigan  yagona 
kurka zoti hisoblanadi. U Stavropol o„lkasida mahalliy kurkalarni bronza rangli va 
keng  ko„krakli  kurkalar  bilan  chatishtish  natijasida  keltirib  chiqarilgan.  Olingan 
duragaylarning  oziqlantirish,  saqlash  sharoitlarini  yaxshilash,  tabiiy  iqlim 
sharoitlariga  moslanuvchanligi  oshirish  maqsadida  «o„z  ichida»  urchitish  asosida 
shakllantirilgan va 1956 yilgi zot sifatida tasdiqlangan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7.2.5-rasm. Shimoliy kavkaz kurkasi. 
 

 
264 
Tanasi  yaxshi  rivojlangan,  mustahkam,  go„sht  shakli  bo„rtib  turadi.  Pati  qora 
rangda bo„lib bronza rangi bilan qo„shilib ketadi. Xo„rozlari 12-14 kg, mokiyonlari 
6-7 kg vaznga ega bo„lib 80-90 ta tuxum beradi. 
Hozirgi  kunda  Respublikamizda  O‟zChITI  parrandachilik  bo„limi  ilmiy 
xodimlari  tomonidan  tajriba  xo„jaligi  kurkachilik  fermasida  ushbu  zot  kurkalarini 
takomillashtirish bo„yicha seleksiya – naslchilik ishlari olib borilmoqda. 
 
G’oz zotlari. 
Barcha  g„oz  zotlari  mahsuldorlik  yo„nalishi  bo„yicha  go„sht  yo„nalishidagi 
parrandalarga  mansub  hisoblanadi.  Eng  ko„p    shakllangan  zotlar  bo„lib  holmogor, 
yirik kulrang, tuluz zotlari hisoblanadi. 
Yirik kulrang zot. Ukraina parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba 
xo„jaligida va Tambov parrandachilik naslchilik stansiyasida Romen va Tuluz g„oz 
zotlarini  chatishtirish  natijasida  keltirib  chiqarilgan,  g„ozlarning  go„sht  va  tuxum 
mahsuldorligini  oshirishga  qaratilgan.  Ushbu  zotga    mansub  g„ozlar  tanasi  yirik, 
tusi  kulrang,  tushi  va  tanasining  ostki  qismi  oq  rangda  bo„ladi.  Qornida  yog„li 
burmalari bo„lib, tanasi keng va chuqurligi bilan ajralib turadi. 
 
 
 
7.2.6.-rasm. Kulrang g‘oz. 
 
Mokiyonlari  6,0-6,5,  xo„rozlari  7,5-8,0  kg,  ba‟zan  9,5    kg  tosh  bosadi,  bir 
yilda o„rtacha 50 dona tuxum beradi. Tuxumning o„rtacha vazni 175 gr. 

 
265 
Fermer  va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  g„ozlarni  urchitish  bilan  ko„p  va 
arzon parranda yetishtirish mumkin. 
 
VII.3. Parrandachilikda naslchilik ishlari. 
Parrandachilikda  naslchilik  ishlari  yangi  sermahsul  parranda  qatolari  va 
krosslari  yaratish,  borlarini  takomillashtirish  uchun  samarali  seleksiya  usullaridan 
foydalanilishi taqozo etadi. 
Tuxum  ishlab  chiqarishda  sanoat  galasi    bir  parranda  qatorlari,  go„shtdor 
parrandachilikda  esa  zotlararo  qatorlarni  chatishtirish  asosida  yangi  sermahsul 
krosslar yaratiladi. 
Sof  zotli  urchitishda  tanlash  va  juftlash  ishlari  bir  zot  ichida  olib  boriladi. 
Juftlashda  bir  zotga  mansub  birnecha  belgilari  bilan  ustun  erkak  va  urg„ochi 
parrandalarni  juftlash  asosida  yangi  qatorlar  yaratiladi.  Shundan  keyin  bir-biriga  
monand  qatorlarni  juftlash  natijasida  zotning  irsiy  va  mahsuldorlik  ko„rsatkichlari 
yaxshilanadi. 
Voyaga  yetgan  parrandalar  avlodlarining  sifatiga  qarab,  yosh  parrandalar  esa 
onalarining mahsuldorligiga qarab baholanadi. 
Parrandachilik  xo„jaliklarida  galani  yangilamaslik,  tashqaridan  sermahsul 
parrandalar  olib  kelinmasligi  oxir  oqibat  qarindosh  urchitishga  sabab  bo„lib  avlod 
mahsuldorlik  sifatiga  salbiy  ta‟sir  o„tkazadi.  Bunga  yo„l  qo„ymaslik  uchun 
xo„rozlar davriy ravishda almashtirilib turiladi.  Ba‟zi hollarda qarindosh urchitish 
o„tkaziladi unda mustahkam  tana tuzilishiga ega sermahsul parrandalar  juftlanishi 
natijasida  qarindosh  qatorlar  yaratiladi,  shunday  qatorlar  juftlanishi  natijasida 
olingan krosslar inkross deydilar. 
Parrandachilikda  chatishtirish  ko„pincha  zot  yaratish  uchun  (zot  yaratish 
chatishtirishi)  va  parrandalarning  mahsuldorlik  ko„rsatkichlarini  ko„tarish  uchun 
(sanoat chatishtirish) o„tkaziladi. 
Asosan parrandachilikda 3 xil  chatishtirish qo„llaniladi: 
1)
 
Zot yaratish chatishtirishi – bir necha zotlarni chatishtirish asosida ularning 
asl xususiyatlarini yangi zotda mujassam qilishdan iborat. 
2)
 
Qon  qo„yish  chatishtirishi  –  zotning  alohida    belgisini  yaxshilash 
maqsadida  ushbu  zot  mokeyonlari  boshqa  zot  xo„rozlari  bilan  bir  marta 
juftlanadi.Olingan duragaylar «o„z ichida» urchitiladi. 
3)
 
Qon  singdirish  chatishtirishi  –  bir  zotning  ikkinchi  zot  bilan  tubdan 
yaxshilashni  taqozo  etadi.  Ko„pincha  mahalliy  zotlar  birnecha  bo„g„in  davomida 
yaxshilovchi  zot  erkak  parrandalari  bilan  juftlanadi,    3-4  bo„g„inga  borib 
yaxshilovchi  zotining  qon  nisbati  ortib  borishi  natijasida  duragay  parrandalar 
sermahsul bo„ladi, ba‟zi hollarda ular «o„z ichida» urchitilish natijasida yangi zotga 
asos solinadi. 
Oziq-ovqat  tuxumi  va  broyler  go„shti  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan 
xo„jaliklarda  to„liq    bir-biriga  monand  qatorlar  erkak  va  urg„ochi  parrandalarini 
juftlash asosida olingan duragay parrandalardan foydalaniladi. 

 
266 
Davlat  naslchilik  zavodlarida  yaratilgan  qatorlararo  duragaylar  va  qatorlar 
dastlab tanlov – sinov stansiyalarida sinab ko„riladi. 
Reproduktor xo„jaliklarida naslchilik zavodlaridan olgan nasllik parrandalarni  
ko„paytirish,  ota-ona  parrandalari  olish  uchun  qatorlarni  chatishtirish,  hamda 
olingan  nasl    mahsulotlari  bilan  ishlab  chiqarish  korxonalarini  ta‟minlash  bilan 
shug„ullanadi.  Barcha  mulk  shaklidagi  parrandachilik  xo„jaliklari  naslchilik  – 
reproduktor    xo„jaliklaridan  muntazam  ravishda  inkubatsiya  tuxumlari  olib 
turadilar. 
Nasldor parrandalar bonitirovka natijasida majmua ko„rsatkilari asosida elita – 
rekord, elita, birinchi va ikkinchi klasslarga bo„linadi. 
Parrandalarni  juftlash    monand  qatorlar  erkak  va  urg„ochi  parrandalarini 
o„rtasida bo„lishi kerak, hamma vaqt ham juftlashlar ijobiy  natijalar beravermaydi. 
Parrandachilikda    yosh  nasldor  erkak  parrandalar  2-3  yoshlik  mokiyonlar  bilan, 
yosh nasldor urg„ochi parrandalar esa 2-3 yoshlik nasldor erkak parrandalar bilan 
juftlanadi. 
Parrandachilikda juftlash va  urug„lantirish uyada, guruhda amalga oshiriladi. 
Uyada juftlash katakdagi mokiyonlarga mos xo„roz  berkitilib qo„yiladi. Tuxumbop 
tovuqlarda xo„roz-mokiyon nisbati 1:15, go„sht-tuxumbop zotlarda 1:10, go„shtbop 
zotlarda  1:8;  o„rdaklarda  1:5-1:8;  g„ozlarda  1:3;  kurkalarda  1:10-1:15  ga  teng 
bo„lishi lozim.  
Guruhlab juftlashda yoshi, mahsuldorligi, tana tuzilishi xususiyatlari bo„yicha 
xillangan mokiyonlar galasiga mos erkak parrandalar tanlanadi. 
Qo„lda  juftlash  yoki  urug„lantirish  ko„proq  ilmiy-tadqiqot  institutlarida  va 
tajriba  stansiyalarida  qo„llanilib  juftlash  rejasiga  binoan  har  uch  kunda  xo„roz 
yoniga qo„yiladi va qochirish natijalari aniq yozib boriladi. 
Kurkachilikda  ko„prok  su‟niy  urug„lantirish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi, 
chunki  ularning  xo„rozlari  yirik  bo„lib,  ba‟zan  mokiyonlarini  jarohatlash  hollari 
ham ro„y beradi, har doim ham tabiiy urug„lantirish ijobiy natijalar beravermaydi. 
Ushbu usulni barcha parrandachilik sohalarida va barcha xo„jaliklarda tashkil qilish 
mumkin.  Ortiqcha  xo„rozlarni  ushlab  turish  shart  emas,  bir  bosh  nasllik  parranda 
urug„i bilan 100-150 bosh tovuq, 30-50 bosh kurka, 20-30 bosh g„oz va 10-20 bosh 
o„rdakni urug„lantirish mumkin. 
Parrandachilikda  galani  takror  ishlab  chiqarish  borasida  1  kunlik  jo„jalarni 
jinsini  aniqlash  muhim  tadbir  bo„lib  hisoblanadi.  Shu  nuqtai-nazardan  xo„jalik 
uchun  kerakli  bo„lmagan  parrandalarni  o„stirishi  shart  emas,  ya‟ni  tuxum 
yo„nalishidagi xo„jaliklarda ushbu tadbir asosida faqat mokiyon jo„jalarni o„stirish 
imkonini beradi. 
Bir  kunlikda  jo„ja  jinsini  aniqlash  uchun  bosh  va  ko„rsatkich  barmoq  bilan 
jo„ja  kloakasini  yirib  ochib,  xo„rozchalar  kloakasining  shillik  yuzasida  kichkina 
bo„rtma bo„ladi. Imkoniyati bor xo„jaliklarda maxsus jihozlar  yordamida ham jo„ja 
jinsi    aniqlanadi.  Tuxum  yo„nalishidagi  jo„jalarda  ularning  jinsi  20-30  kunligida, 
go„sht  -  tuxum  yo„nalishidagi    jo„jalarda  50  kunligida  tojining,  dum  va  qanot 

 
267 
patlarining  rivojlanishiga  qarab  aniqlanadi.  Parrandalar  galasining  tarkibi  turli 
mahsuldorlik yo„nalishlarida, turli maqsaddagi xo„jaliklarda har xil bo„ladi. Tovar 
xo„jaliklarda yosh parrandalar 70-100% bo„lganda, naslchilik xo„jaliklarida jo„jalar 
20-30% bo„lgani holda, nazorat – nasl  guruhi 70-80% ni  tashkil qiladi. 
Parrandalardan xo„jalikda foydalanish muddatlari ham yo„nalishiga qarab farq 
qiladi. Nasldor tovuq va xo„rozlarni 2-4 yil, o„rdak va kurkalarni 2-3 yil, g„ozlarda 
5-6 yil davomida nasldor tuxum olish mumkin. 
Naslchilik  fermalarida  tuxum  hisob-kitobini  olib  borish  uchun  nazorat 
uyalaridan foydalanib, har bir tuxumga uning ma‟lumotlari yozib boriladi. Nasllik 
jo„jalar  oyog„iga  halqalar  taqish  yo„li  bilan  tamg„alanadi.  Yakka  raqam  asosida 
yosh  yoki    voyaga  yetgan  parrandaning  mahsuldorlik  ko„rsatkichlari  zootexnika 
xo„jaliklarida hujjatlariga yozib boriladi. 
Naslchilik  parrandachilik  xo„jaliklarida  nasldor  parrandalar  har  yili 
bonitirovka  qilinib  ularning  majmua      klasslari  aniqlanadi.  Bonitirovka  dastlab 
galani to„ldirish uchun o„stirishga qoldirilgan yosh parrandalarda, keyin mahsuldor 
voyaga  yetgan  parrandalarda  o„tkaziladi.  Bonitirovka  tuxum  yo„nalishidagi 
tovuqlarda 20 va 39 haftalik yoshida o„tkaziladi. Boshqa turdagi parrandalarda ham 
maxsus  yo„l  –  yo„riqlar    asosida  amalga  oshiriladi.  Ushbu  yo„riqnomalar 
bonitirovka  o„tkazish  tartibi,  nasl  va  mahsuldorlik  ko„rsatkichlarining  eng  kam 
talablari o„z aksini topadi. Olingan ma‟lumotlar yo„riqnoma raqamlariga solishtirib 
bonitirovka klassi aniqlanadi. 
Tovuqlar , o„rdaklar va kurkalar elita-rekord, elita, I va II klass; g„ozlarda esa 
elita, I va II klasslarga bo„linadi. 
Tuxum  yo„nalishida  tovuqlar  20  haftaligida  onasining  39  va  68  haftaligida 
mahsuldorlik ko„rsatkichlari, ya‟ni tuxumdorligi, tuxumning vazni, tuxumdan jo„ja 
chiqish  nisbati,  jo„jalarning  saqlanuvchanligi  inobatga  olinsa,  39  yoki  68 
haftaligida  esa  parranda  o„zining  mahsuldorligi  ko„rsatkichlari  asosida  kompleks 
baholanadi. 
Har bir naslchilik parrandachilik xo„jalikligida 5-10 yillik naslchilik-seleksiya 
rejalari tuzilib, uning bajarilishi qat‟iy nazorat qilib boriladi. 
Hozirgi  paytda  nasldor  parrandachilikda  fan  yutuqlari,  texnika  imkoniyatlari, 
biotexnologiya  usullari  yordamida  sermahsul  parranda    qatorlari  yaratish  va  ular 
asosida  sanoat  texnologiyasi  talablariga  javob  bera  oladigan  samarali  parranda 
krosslari olish vazifa hisoblanadi. 
 
VII.4. Tuxumlardan jo‘ja ochirish. 
Tuxumdan  jo„ja  ochib  chiqishi  uning  tarkibidagi  murtakning  rivojlanishini 
ta‟minlashni  taqozo  etadi.  Bu  jarayon  tabiiy  sharoitda  kurk  mokiyon 
parrandalarning  tuxumning  embrion  rivojlanishi  davrida  bosib  yotishi  bilan 
ta‟minlanadi.  Hozir  ham  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  jo„jalar  kurk  tovuqlar 
yordamida  ochiriladi.  Bunday    instinktga  faqat  mahalliy  tovuqlar  ega  bo„lib,  zotli 
tovuqlar bu odatdan mahrum, yoki seleksiya natijasida ushbu fe‟l yo„qotilgan. 

 
268 
Sanoat  parrandachiligida  jo„jalar  albatta  inkubator  yordamida  ochiriladi,  bu 
usul ma‟lum davrda, xohlagancha jo„ja olish imkonini beradi. 
Inkubatorlarda  murtakning  mo„tadil  rivojlanish  uchun  zarur  bo„lgan  tabiiy  
rivojlanishga xos sharoitlar yaratilgan. 
Tuxumning  sun‟iy  ravishda  ochirishga  kishilar    qadimdan  qiziqqan,  dastlab 
Osiyo  mamlakatlari  va  Misrda,  keyinchalik  Yevropada  shunday  ishlar  amalga 
oshirilgan,  ya‟ni    sun‟iy  jo„ja  ochirish  tabiiy  manbaalardan  foydalanib  amalga 
oshirilgan.  XV  asrdagina  issiq  suvdan  foydalanib  jo„ja  ochirish  Gollandiyada 
amalga oshirilgan. Birinchi inkubator XVII asrning ikkinchi yarmida A.G.Bolotov 
tomonidan  yaratilgan.    Faqatgina  XIX  asrning  oxirida  elektr  inkubatorlarining 
kashf qilinishi haqiqatan ham parrandachilikda butunlay yangi davrni ochib berdi. 
Dastlab  oddiy,  keyinchalik  esa  «Rekord»,  «Universal»  tipidagi  to„liq 
avtomatlashtirilgan 
sanoat 
 
inkubatorlari 
yaratildiki, 
bu 
hol 
sanoat 
parrandachiligining  rivojlanishiga  katta  turtki  bo„ldi.  Inkubasiyalash  tuxumlardan 
sun‟iy ravishda jo„ja ochirish demakdir. 
Shkafli  rusumdagi  inkubatorlarning  yuqori  tarnovlariga  murtagi  yetarli 
rivojlanmagan,  pastkilariga  murtagi    yaxshi  rivojlanmagan  tuxumlar  teriladi. 
Barcha rusumdagi inkubatorlarlarda xohlagan turdagi parrandalar tuxumidan jo„ja 
ochirish mumkin. 
Inkubatsiyaning  muvaffaqiyati  inkubatorlarning  to„g„ri  tayyorlanganligi  va 
tuxum  sifatiga  bog„liq,  hamda  inkubatsiyalash  davomida  jarayonlarini  andozalar 
asosida  ta‟minlashdan  iborat.  Inkubatorga  yangi  tuxum  qo„yilishdan  oldin  obdon 
tozalanadi  va  dezinfeksiya  qilinadi.  Tanlab  olingan  novaga  teriladi  va  gaz  bilan 
ishlanadi.  Tuxumlar  butun,  toza  bo„lishi  va  albatta  otalangan  bo„lishi  kerak. 
Inkubatsiyalarning  dastlabki  davrida  yuqori  darajada  isitish  va  namlikni  saqlab 
kolish;  o„rtasida  o„rtacha  isitish,  past  namlik  va  havo  almashinuvi  ko„paytirish; 
jo„ja  chiqishdan  oldan  esa  haroratni  pastlatib,  namlik  va  havo  almashinuvi 
oshiriladi. 
Inkubatsiya  tuxumlarini  tanlashda  parranda  turi  va  zotiga  mos  o„rta 
kattalikdagi,  to„g„ri  shakldagi,  shikastlanmagan,  po„stlogi    qattiqligi  va  tozaligi 
inobatga olinadi. 
Yangi  tuqqan  1-2  kunlik,  ba‟zi  hollarda  boqish  va  asrash  sharoitlari 
me‟yordagi  galalardan  esa  3-4  kunlik  otalangan  tuxumlar  ham  inkubatsiyaga 
qo„yilishi mumkin. Barcha  inkubatsiya tuxumlari ovoskopda tekshirib ko„riladi va 
to„liq otalangan tuxumlarni inkubatorga qo„yish kafolati beriladi. 
Qo„shimcha  sarig„i  bor,  sarig„i  ajralib  ketgan,  po„sti  siniq,  uzunchoq  va 
dumaloq tuxumlar inkubatsiya uchun yaroqsiz hisoblanadi. 
Otalangan tuxumda mo„rtak budadi, ulardan jo„ja chiqishi me‟yor talablariga 
javob  berishi  kerak,  yoki  ushbu  ko„rsatkich  qo„yilgan  tuxumga  nisbatan  ochib 
chiqqan jo„jalar foizi bilan belgilanadi. 
Tuxumlarni inkubatsiyalash  jarayoniga qator omillar ta‟sir  etadi.  Inkubatsiya 
tuxumi  olinayotgan  erkak  va  urg„ochi  parrandalarning  qarindoshligi,  tovuqlar 

 
269 
yoshining  8  oylikdan  kam  bo„lishi,  mokiyonlarning  tullashi,  ularning  ratsionidagi 
oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar bilan ta‟minlanish darajasiga bog„liq. 
Inkubatsiya tuxumlarini saqlash xonalarida harorat 8-12 ºS, nisbiy namlik 75-
80% ni tashkil qilishi kerak.  
Tuxumlarni inkubatsiyalash davrida uning ichida harorat 37,4-37,5ºS va jo„ja 
ochib  chiqish  paytida  esa  37,0-37,2ºS,  nisbiy  namlik  inkubatorda  50-55%;  jo„ja 
ochish  shkafida esa 70-75% bo„lishi talab etiladi. 
Inkubatorda  haroratning  muntazam  me‟yordan  past  bo„lishi  jo„ja  ochishni 
kechiktiradi,  aksincha  haroratning  keskin    oshib  ketishi;  41ºS  dan  yuqori  bo„lishi 
murtakning o„limiga sabab bo„ladi. 
Inkubatorlarda nisbiy namlikning  me‟yordan past bo„lishi embrionning ko„p 
namlik  yo„qotishiga        sabab  bo„lib  o„limga  olib  keladi,  agar  namlik  oshib  ketsa 
tuxumdan  namlik  ko„tarilishi  to„xtaydi,  natijada  tuxum  po„chog„ining  ustida 
mikroorganizmlar rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning  oqsilini buzadi. 
Inkubatorda  me‟yordagi  havo  harakati  inkubatsiyalashga  ijobiy  ta‟sir 
ko„rsatadi  havo almashinuvi natijasida  inkubator ichida 20,8% kislorod va 0,3%  
karbonat angidrid gazi nisbati  ta‟minlanadi.  
Tuxumning tarnovlar yordamida inkubator ichida ag„darib turish ham tuxum 
sarig„i  embrionini  po„choqqa  siqib  qo„yishidan  saqlaydi,  aks  holda  po„choqqa 
yopishgan murtak ko„rib rivojlanishdan to„xtaydi. 
Inkubatorlarda  tuxum  issiq  havo  bilan  isitiladi,  davriy  ravishda    o„zgarib 
turadi.  Inkubatsiyalashning  1-10  kunlarida  tuxum  yuzasidagi  harorat  38,5-38,8ºS, 
11-16  kunlari  37,5-38,6ºS,  17  nchi  kundan  21  nchi  kungacha  37-37,5  ºS  dagi 
harorat  ushlab turiladi. 
Inkubatsiyalash  davomida  havoning  namligi  dastlabki  5-6  kunda  me‟yorda 
ekanligini tuxum vaznining 0,5-0,6 % kamayganligi bilan aniqlanadi. 
 Inkubatsiyalash  jarayonida  uning  me‟yorda  kechayotganligini  bilish  uchun 
biologik  nazorat  o„rnatiladi.  Unda  embrionni  rivojlanishi  quyidagicha  kechadi: 
ovoskop  yordamida  inkubatsiya  tuxumlarini  yoritib  murtakning  rivojlanishi 
baholanadi; tuxumlarning vaznini kamayishini tortib ko„rishi; dastlabki jo„ja ochib 
chiqish bilan uning oxirigicha bo„lgan vaqtni aniqlash; ochib chiqqan jo„jalarni soni 
va sifatini aniqlash, palagda tuxumlarning barchasini ochib ko„rib embrionni o„lish 
sabablarini aniqlash. 
Ovoskop yordami inkubatsiyalanayotgan tovuq tuxumlari 6 nchi, 11 nchi  va 
19 kunlari; kurka va sesarka tuxumlari 7,13 va 25 kunlari, g„oz tuxumlari 8,15, 28 
kunlari  tekshiriladi.  Buning  natijasida  otalanmagan  embrion  nobud  bo„lgan 
tuxumlar chiqarib tashlanadi.  
Tuxumlarning  vazni  birnecha  marta  tortib  ko„riladi  ,  unga  qarab  embrionda 
modda  almashinuvi  natijasida  rivojlanishi  vaznining  kamayishi  aniqlanadi.    
Tuxum  vazni  butun  inkubatsiyalash  jarayonida  me‟yorda  11-13%  ga  kamayadi. 
Tortib ko„rish tovuqlarda inkubatsiyalashning  6 nchi, 12 nchi va 18 nchi, boshqa 
parrandalarda esa 24inchi kunlari ham o„tkaziladi.  

 
270 
Inkubatsiya davri tovuqlarda 21 kun, o„rdak va kurkalarda 28 kun, g„ozlarda 
30-31  kun,  bedonalarda  esa  17-18  kunni  tashkil  qiladi.  Tovuqlarda  tuxumdan 
jo„jalar  chiqishi  1 kunda,    boshqa  qishloq  xo„jalik  parrandalarida  esa 2  kungacha 
davom etadi. 
Tuxumlardan  jo„ja  chiqish    me‟yorda  tovuq  tuxumlarida  85%,  o„rdak 
tuxumlaridan 80% tashkil etib, o„rdak , g„ozlarda bu ko„rsatkich pastroq bo„ladi. 
 Jo„jalarning  sog„lomligi  harakatchanligi,  ko„zining  tiniqligi,  tumshuq  va 
oyoqlarining rangidan, parlarining yaltirikligiga qarab aniqlanadi. 
Jo„jalar tuxumdan chiqib  bo„lgandan keyin asl jo„jalar o„stirishga o„tkazilib, 
nuqsonli jo„jalarda go„sht-suyak uni tayyorlanadi. 
  
VII.5. Qishloq xo‘jalik parrandalari  jo‘jalarini o‘stirish. 
Inkubatorda  ochirilib  tanlab  o„stirishga  qoldirilgan  jo„jalar  10-12  soat  ichida 
o„stirish sexiga o„tkazaladi. 
Jo„jalarni o„stirishda to„liq zooveterinariya talablariga to„liq rioya qilish kerak. 
Inkubatorlardan chiqqan jo„jalar maxsus qutilarda jo„jaxonaga o„tkaziladi.  Har bir 
quti 4 bo„lak bo„ladi, bir qutiga 25 ta tovuq jo„jasi va o„rdak jo„jalaridan 20 ta, g„oz 
jo„jasidan 10 boshdan joylashtiriladi. Quti ichida havo harorati 18-20 ºS, havoning 
nisbiy namligi 60-65% bo„lishi ta‟minlanadi. 
Jo„ja  o„stirish  sexlari  binolari  obdan  tozalanib,  dezinfeksiya  qilinib,  5-6  kun 
shamollatib  qo„yiladi.  Binolarda  albatta  bir  yoshdagi  parrandalar  saqlanish  kerak, 
har  xil  yoshdagi  parrandalar  saqlansa  ular  uchun  me‟yor  darajasidagi  issikliq  va 
namlik  ko„rsatkichlarini  ta‟minlab  bo„lmaydi,  bu  esa  jo„jalarning  o„sish  va 
rivojlanishiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Ayniqsa  o„stirishning  dastlabki  kunlari 
haroratning  baland  bo„lishi  talab  etiladi,  aks  holda  jo„jalar  shamollashi, 
kasallanishi, bir joyga to„p bo„lib bir-birlarini bosib o„ldirib qo„yishlari mumkin. 
 Jo„jalarni  o„stirish  xonalarida  birinchi    un  kunlikda  tovuq,  kurka    jo„jalari 
uchun 32-25ºS, o„rdak va g„oz jo„jalari uchun 28-21ºS , ikkinchi un kunlikda  tovuq 
va  kurka  jo„jalari  uchun 24-22ºS, o„rdak va g„oz jo„jalari uchun 20-16ºS va 21 
nchi  kundan  40  kunlikgacha  tovuq  va  kurka  jo„jalari  21-16ºS,  o„rdak  va  g„oz 
jo„jalari uchun 16ºS harorat talab etidadi. 
Jo„jaxonalarda  harorat  bilan  mo„‟tadil  namlik  ham  talab  qilinadi,  kurka  va 
tovuq  jo„jalari  ustirilgan  xonalarda  60-70%,    o„rdak  va  g„oz  jo„jalari  o„stirilgan 
xonalarda  65-75%    bo„lishi  kerak,  jo„jalar  saqlash  balandligida  xonalarga 
psixrometr va havo tezligini o„lchaydigan asboblar o„rnatiladi. 
Ayniqsa  jo„jaxonalarda  zararli  gazlar  nisbatiga  alohida  e‟tibor  beriladi, 
ularning  havo  tarkibida    ko„payib  ketishi  jo„jalarning  o„sish  ko„rsatkichlari  va 
salomatligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Jo„jaxona  havosini har  bir  litrida ammiak  0,01mg,  vodorod sulfid 0,003  mg, 
hamda karbonat angidrid gazi 0,15% dan oshmasligi kerak. 

 
271 
Jo„jalarni  o„stirishda  yorug„lik  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Sanoat 
parrandachiligida faqat su‟niy yorug„likdan foydalaniladi, fermer xo„jaliklarida esa 
tabiiy yorug„likdan foydalanish iqtisodiy samara beradi. 
Jo„jalarni  o„stirishning  1  haftasida  24  soat  yorug„lik  berilib,  keyin  har  hafta 
30-40  minutga  kamaytirib  boriladi,  mokiyonchalar  tuxumga  kirish  davrida  ushbu 
raqam  sutkasiga  8  soatni  tashkil  qiladi.  Tuxumlash  davri  boshlanishi  bilan 
yorug„lik  muddati  o„zaytirilib  14  soatgacha  yetkaziladi,  ushbu  ko„rsatkich  suvda 
suzuvchi parrandalarda 15 soatgacha yetkaziladi. 
Jo„jalarni  o„stirishda  ultrabinafsha  nurlaridan  foydalanish  yaxshi  natijalar 
beradi. Buning    uchun  maxsus  simob-kvarsli  yoki  eritem  lyuminisent  chirqlaridan 
foydalanish    yaxshi  natijalar  beradi.  Buning  uchun  maxsus  simob-kvarsli  yoki 
eritem lyuminisent chiroqlaridan foydalanish mumkin. 
Xo„jalik  yo„nalishi,    qabo„l  qilingan  texnologiyaga  asosan  jo„jalar  yerda  va 
kataklarda o„stiriladi. 
Jo‘jalarni  yerda  saqlash  usulida  talablarga  binoan  tayyorlangan  1  m² 
maydonga  0,7-1  kg  so„ndirilgan  ohak  solinib,  uning  ustidan  15-20  sm  qalinlikda 
to„shama  to„shaladi.  To„shama  sifatida  qirindi,  somon,  poxoldan  foydalansa 
bo„ladi.  To„shama  jo„jalar  uchun  issiq  va  quro„q  saqlash  imkonini  beradi. 
Ko„pincha  tushamalar  tagiga  mikroorganizmlar  faoliyati  natijasida  B
12
  vitaminni  
sintezlanishi  isbotlangan.  Qalin  tushamaning  har  100  gr  hisobiga  42-100  mkg  B
12
 
vitamini hosil bo„lib, jo„jalarning ushbu vitaminga talabini qondiradi va    jo„jalar 
oziqlarni yaxshi hazm qilib tanasida hosil  bo„lishi ortadi.  
Tushamalarning  namlanishiga  yo„l  qo„ymaslik  kerak,  u  jo„jaxona  havosi 
tarkibida  namlikning  ortishi  va  kasallik  chaqiruvchi  mikroorganizmlarni 
ko„payishiga  sabab  bo„ladi.  Nam,  iflos  tushumalar  vaqti  -  vaqti  bilan  almashtirib 
turiladi. 
7.5.1.jadval . 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling