Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar qalinligi, bosh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. 6. Iste’mol tuxumi ishlab chiqarish jarayoni.
- Inkubatsiya sexi
- Jo‘jalarni o‘stirish sexi
- Tuxum saqlash sexi
- So‘yish sexi
- VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish
- Go‘sht uchun broyler jo‘jalarini o‘stirish
To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar qalinligi, bosh Tuxum yo„nalishidagi jo„jalar Go„shtdor jo„jalar Kurka jo„jalari O‟rdak jo„jalari G‟oz jo„jalari Yoshi (kun hisobida) Bosh soni Yoshi (kun hisobida) Bosh soni Yoshi (kun hisobida) Bosh soni Yoshi (kun hisobida) Bosh soni Yoshi (kun hisobida) Bosh soni 1-30 25 1-30 20 1-20 10 1-10 15 1-30 10 31-60 16 31-70 12 21-60 8 11-55 8 31-70 5 61-150 9 71-180 7 61-170 4 56-180 3,5 71-180 2 Broyler jo„jalar bir kunligidan go„shtga topshirgunga qadar 1 m² yuzada 12 boshdan boqiladi. Jo„jalarni qalin to„shamalar ustida o„stirishda bruderlar – isitkichlardan foydalanish juda qulay. Har bir bruder tagida 500-600 bosh jo„ja boqilib ular uchun yetarli harorat yaratib beriladi. 272 O‟stirishning birinchi kunidan boshlab jo„jalar yengil hazm bo„ladigan oziqlar bilan oziqlantiriladi. Omixta yem tarkibi: makkajo„xori doni – 50%, bug„doy 16%, arpa 8%, soya shroti 16%, quritilgan yog„sizlantirilgan sut 12%. Donlar maydalanib, aralashtirib yediriladi. Jo„jalar quro„q oziqalar bilan oziqlantirilganda uni donador qilib yedirish yaxshi natijalar beradi. Donador oziqalar o„lchami 1 oyda 3mm, ikkinchi oydan boshlab 4 mm qilib yedirilsa bo„ladi. Jo„jalar dastlabki oyda har 2 soatda, keyingi oylarda esa 3 soatda oziqlantiriladi. Iloji boricha jo„jalarni mahalliy don va qo„shimchalar evaziga ratsionning to„laqiymatliligini ta‟minlash zarur. Nasldor parrandalarni 3 oyligidan oziqlantirish biroz chegaralaniladi,yoki ularning muddatidan oldin jinsiy yetilishi oldi olinadi, o„rtacha 85 gr omixta yem beriladi, 6 oyligiga kelib ratsionda asta-sekin oziqalar ko„paytirilib 155 gr ga yetkaziladi. Jo„jalar jo„ja o„stirish sexida 130-140 kunlikkacha o„stiriladi. Tovuqlar kataklarda saqlanadigan bo„lsa, jo„jalarni ham kataklarda o„stirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jo„jalar dastlab isitiladigan KBE-1 va KBM qafasli batareyalarda saqlanib uning katagi 0,37 m² maydonga ega bo„lib, unga 22 va 28 jo„ja o„tqaziladi. Bu kataklarda oziqa tarqatish, axlatni yig„ishtirish to„liq mexanizatsiyalashgan. 61-140 kunligida KBA, BK-5, BK-3 qafasli batareyalarida har katakda 8-9 jo„ja saqlanadi. Jo„jalarni o„stirish mobaynida 2-3 marta ko„chirish ularning o„sish va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun hozir sanoatda parrandachilik korxonalarida KBU batareyalarida 1 kunlikda 140 kunlikkacha bir katakda o„stirish yaxshi natijalarni beradi. KBU-3 batareyasida 1 katak maydoni 0,63 m². bu batareyalarda hamma ishlar mexanizatsiyalashgan. Unda jo„jalar dastlab 3 nchi qavat kataklarga qo„yiladi, keyin esa 2-1 qavatlarga ko„chiriladi. Polda jo„jalar 30 kungacha o„stirish davomida bruder tagida harorat 35ºS dan 22ºS gacha pasaytiriladi, nisbiy namlik esa 60-70% ni tashkil qiladi. Barcha yoshlarda reja asosida emlashlar o„tkaziladi. Jo„jalar saqlanuvchanligi qafaslarda yoki yerda o„stirilganda 30 kunlikkacha 95-97% 31-60% kunlikda 96-99% va 60-140 kunligida 98-99%bo„lishi kerak. Zootexnikaviy puchaklash 60 yoki 140 kunligida o„tkaziladi va 15-20% ni tashkil etadi. Broyler jo„jalar asosan yirik parrandachilik sanoat korxonalarida o„stirilib ,to„laqiymatli yaxshi hazm bo„ladigan maxsus tarkibdagi omixta yemlar bilan boqiladi.Ular 2-2,5 oyligida 1500-2000g tirik vaznga ega bo„lishi ta‟minlanadi . Ularning 1kg vazn oshishiga 3kg yem sarflanadi.Broylerlar sanoat korxonalari, fermer xo„jaliklari va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda qalin tushamalarda o„stiriladi. O‟rdak va g„oz jo„jalari yirik ixtisoslashgan xo„jaliklarda chegaralangan parrandaxonalarda jadal o„stirib go„shtga topshiriladi. 273 Unda jo„jalar 10 kun issiq kataklarda o„stirilib ,keyin qalin tushamali parrandaxonalarga o„tkaziladi.Bu davrga kelib jo„jalar vazni 200g dan ko„proq bo„lib ,isitish asosiy mezon bo„lib hisoblanmaydi. Go„sht uchun o„rdak jo„jalari bir oydan keyin bo„rdoqilash xonalariga joylashtirilib, 25 kun bo„rdoqilanib vazni 2,0-2,5kg bo„lganida go„shtga topshiriladi. O‟rdak va g„oz jo„jalarini katakli batareya yoki yerda boqqanda ularni boshdan oxirigacha bir joyda boqib bo„rdoqilagan ma‟qul. Kurka jo„jalari uch haftagacha tovuq jo„jalari singari qalin to„shamalar yoki simli kataklarda saqlanadi .Keyin taxta polli yoki qalin to„shamali binolarda boqiladi.Ularni to„laqiymatli yemlar bilan ta‟minlash yaxshi natijalar beradi.Fermer va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda ularni yozgi lagerlarda,yaylovlardan foydalangan holda o„stirish samarali hisoblanadi. VII. 6. Iste’mol tuxumi ishlab chiqarish jarayoni. Tuxum ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo„jaliklarda asosiy sex bo„lib, sanoat galasi tovuqlari sexi hisoblanadi. Tuxum ishlab chiqarishda parrandachilik fermer, kichik korxonalar va shaxsiy yordamchi xo„jaliklar o„rnini e‟tirof etish o„rinli, chunki 50% dan ko„proq tuxum shu toifadigi xo„jaliklarga to„g„ri keladi. Oziq-ovqat tuxumining aksariyat qismi yo„nalishidagi parrandachilik fabrikalarida ishlab chiqariladi. Ularda 100 mingdan 1 mln boshgacha tuxumlaydigan tovuqlar asralib yiliga 300 mln. donagacha tuxum ishlab chiqariladi. Ularning iqtisodiy samaradorligi har 1 m² tovuq saqlanadigan yuzaga kamroq mehnat, mablag„ va oziqa sarflab, ko„proq tuxum olish bilan belgilanadi. Ilg„or parrandachilik fabrikalari har bosh tovuqdan o„rtacha 280-300 dona tuxum olib, 1000 tuxumga 1,8-2,0 s yem sarflanmoqda. Tuxum yo„nalishidagi parrandachilik fabrikalari ish faoliyati duragay yosh makiyonlarning sifati, ularning mahsuldorligi, yashovchanligi, oziqlantirish va saqlash sharoitlari, yil davomida eski tovuqlarni yoshlari bilan almashtirib turish, hamda tovuqxona mikroiqlimini me‟yorda ushlash bilan belgilanadi. Tuxum yo„nalishidagi parrandachilik fabrikalari va yirik ixtisoslashgan korxonalar faoliyati quyidagilarga asoslanadi: 1.Sanoat galasini yil davomida muntazam to„ldirib turish; 2.Bir boshqa to„g„ri keladigan tuxum miqdorini ko„paytirish maqsadida faqat sermahsul duragay tovuqlardan foydalanish; 3.Tovuqlarni 1 va ko„p qavatli kataklarda saqlash evaziga ish jarayonlarini to„liq mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishish; 4.Parrandalarni faqat quruq to„laqiymatli oziqalar bilan oziqlantirib,10 tuxumga 1,6-1,8kg yem sarfini ta‟minlash; 5.Yuqori mahsuldorlik va parrandalar salomatligini ta‟minlash maqsadida mo„‟tadil zoogigiyenik ko„rsatkichlarni taminlash. 274 Parrandachilik fabrikalari bir-biridan kamida 300m o„zoqlikda joylashgan sexlardan tashkil topgan bo„lib,bu sexlar bir majmua bo„lib ishlaydi. Shu boisdan fabrikalar ancha katta maydonni egallab, sexlar aloqada ishlab fabrikaning umumiy ishlab chiqarish texnologiyasini shakllantiradi. Texnologik jarayon inkubatsiya tuxumi olish uchun ota-ona galasi sexidan boshlanadi.Ushbu sexda umumiy parrandalarning 8-20% saqlanadi.Ular tuxumidan yil davomida inkubatsiya qilinishi natijasida jo„ja chiqarilib,o„stirilib sanoat galasi to„ldirib boriladi. Bu sexda saqlash usulidan qat‟iy nazar tovuqlar xo„rozlar bilan birga saqlanib,asosan otalangan tuxum olinadi. Inkubatsiya sexi fabrika ehtiyojlari, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklar talablari asosida sanoat asosida jo„ja ochirishni ta‟minlaydi.Olingan jo„jalar ba‟zan ota-ona galasini,asosan sanoat galasini to„ldirish uchun o„stiriladi. Jo‘jalarni o‘stirish sexi asosan ota-ona galasi uchun mokiyoncha va xo„rozcha, sanoat galasi uchun mokiyonlarni o„stirib beradi. Sanoat parranda galasi sexida iste‟mol uchun oziq-ovqat tuxumi ishlab chiqariladi va fabrika taqdirini belgilaydi. Barcha sexlarda faoliyati ushbu sexning ishini yaxshilashga, barcha jarayonlari me‟yorda kechishiga qaratiladi. Barcha tovuqlar xo„rozsiz saqlanadi, yoki barcha iste‟mol tuxumlari otalanmagan bo„lishi shart. Tuxum saqlash sexi yig„ilgan tuxumlarni ma‟lum muddat saqlab, iste‟mol tuxumlarini sifati bo„yicha navlarga bo„ladi. Bu jarayonlar katta korxonalarda mashinalar, kichik korxonalarda qo„lda bajariladi. Oxirida tuxum tanlanib, qadoqlanib, muhrlanib haridorlarga yetkazib beriladi. So‘yish sexi galadan puchak qilib chiqarilgan parrandalarni so„yish bilan shug„ullanadi, qo„shimcha go„sht ishlab chiqarilib, fabrika moliyaviy ahvoliga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Yil davomida bu sexlar o„zaro bir-biri bilan bog„langan holda ishlab yagona texnologik xaritani tashkil qiladi. Texnologik xaritada har bir sexning barcha ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari o„z aksini topadi. Ota-ona galasi tovuqlari inkubatsiya uchun duragay tuxumlar yetishtirish bilan shug„ullanadi. Ushbu guruhga yosh parrandalar 120 kunlikda qabul qilinib uning ishi boshqa sexlar faoliyatiga moslashtiriladi. Guruhda mokiyoncha va xo„rozcha va mokiyonchalarning nisbati 1:7-1:8, voyaga yetganlari uchun bu nisbat 1:10 qilib belgilanadi. Har bir katakka 30-40 ta tovuq va 3-5 bosh xo„roz qo„yiladi. 1 m² katak yuzasiga 17 bosh tovuq to„g„ri keladi, har bir tovuqqa 10-12 sm oxur va 3-4 sm suv oxuri uzunligi to„g„ri kelishi ta‟minlanadi. Yoritish davomiyligi dastlab 8 soat bo„lsa, 8 oyligida 14-15 soat, 10 oyligida esa 16-17 soatga yetkaziladi. Parrandaxonada havo harorati 15-18 ºS bo„lishi kerak. Ushbu parrandalar 11-12 oy foydalaniladi, ehtiyoji bor xo„jaliklarda tullashdan keyin yana tuxum olishni davom ettirish mumkin. 275 Sanoat guruhidagi tuxum beruvchi tovuqlarni asrashda KBN-1 va KBN-3 rusumli katakli batareyalar qo„llanilib, tovuqlarni joylashtirish 3-4 marta tejaladi, oziqalar sarfi 10-15% kamayadi, 6-7 marta mehnat unumdorligi ortadi. Galani to„ldirish uchun o„stirilgan mokiyonchalar 120 kunligida sanoat galasiga o„tkaziladi. Ular 16-17 oylikkacha jadal foydalaniladi. Sanoat galasini shakllantirish uchun duragay yosh mokiyonlar 130-140 kunligida tanlab olinadi, unda ularning tirik vazni, tana tuzilishi, rivojlanishi e‟tiborga olinadi. Har bir tovuqxona 1-3 kun ichida bir yoshdagi yosh mokiyonlar bilan to„ldiriladi. Yosh tovuqlar yoshi farqining bir binoni to„ldirganda 5 kundan oshmasligi kerak. Sanoat galasi tovuqlari qafaslarda saqlanadi, OBN-1 qafaslarida 3 yosh tovuq, KBN-1 qafaslarida esa 7 yosh tovuq qo„yiladi. KBN qafaslari 2 qatorli 3 yoki 4 qavatli bo„ladi. Oziqa tarqatish, sug„orish, axlatni tozalash, tuxumlarni yig„ish to„liq mexanizatsiyalashgan. Bitta katak yuzasi 3185 sm². OBN kataklari esa bir qavatli, uning tarkibiga kiruvchi jihzlar oziqa tarqatish, sug„orish, axlat chiqarish, tuxumlarni yig„ish mexanizatsiyalashgan, mikroiqlim va yorug„likni boshqarish esa avtomatlashgan. Tovuqlar qafaslarda saqlanganda havo harorati 16ºS, nisbiy namlik 60-70% bo„lishi ta‟minlanadi. Fermer ,kichik korxonalarda parrandalar ko„pincha yerda saqlanadi. Tovuqxonalar ko„pincha 18x96 m o„lchamda qurilgan bo„lib, 8000-10000 tovuq saqlashga mo„ljallangan. Uning har bo„lagida 1000-1500 tovuq saqlanadi. Bu tovuqxonalarda barcha ishlar mexanizatsiyalashgan. Tovuqlar yerda saqlanganda sun‟iy yoritish 4 vt, qafaslarda saqlanganda esa 5 vt 1 m² yer yuzasiga to„g„ri kelishi kerak. Oziq-ovqat tuxumi ishlab chiqarish uchun tovuqlar yerda va qafaslarda saqlanganda tovuqlardan 10-11 oy tuxum olinib, sung puchakka chiqariladi. Tovuqlar qafaslarda saqlanganda eng ko„p 45% tovuqboqar mehnati tuxumni yig„ishtirib olish, tashishga(KBN- qafasli batareyalar) ketsa, yem tarqatishga faqat 15% ish vaqti sarflanadi. Tovuqlarning tuxumdorligi oziqani to„yimliligi va to„la qiymatliliga bog„liq, agar u talabga javob bermasa duragay tovuqlar tuxumlashi keskin kamayib ketadi. Omixta yemlar to„yimliligi 100 gr oziqa tarkibidagi almashinuv energiyasi, xom protein, qator aminokislotalar, mineral moddalar, mikroelementlar, vitaminlar, hamda energiya- protein nisbati bilan baholanadi. Barcha omixta yemlar parrandalar yoshi va mahsuldorligiga qarab farqlanadi. M: 1-30 kunlik, 31-90 kunlik, 91-150 kunlik parrandalar uchun omixta yemlar tayyorlanadi. 30 kunlikkacha jo„jalar omixta yemida xom protein nisbati ancha yuqori bo„lib, keyinchalik bu ko„rsatkich pasaytirilib boriladi. Jo„jalarning 90 kunligidan boshlab jinsiy balog„at yoshiga erta erishmaslik choralari ko„riladi, buning uchun to„yimliligi biroz past yemlar, uning tarkibida kletchatka miqdori ko„paytiriladi, yohud chegaralangan oziqlantirish amalga oshiriladi. Agarda 276 birinchi yoshdagi jo„jalarda 300 kkal va 17,9% ga kamaytiriladi, 90 kundan keyin esa 250 kkal va 13,5% tushiriladi. Xo„jaliklarda turli xildagi oziqa tarkatgichlardan foydalaniladi. Parrandalar ko„pro„q omixta yem bilan oziqlantirilganda, oxur va suv novasi 1 bosh tovuq uchun qo„ydagi uzunlikda ajratiladi: 30 kunlikkacha 4 va 1 sm; 31-60 kunlikda 5 va 2 sm; 61-160 kunlikda 6 va 3 sm; voyaga yetgan tovuqlar uchun 6 va 4 sm. Tuxum ishlab chiqarish texnologik jarayoni tuxum omboriga parhez tuxumlarni yig„ish, navlarga ajratish bilan yakunlanadi, ular idishlarga solinib iste‟molchilarga yuboriladi. Oziq-ovqat tuxumni vazni va puchog„ining sifatiga ko„ra 4 navga ajratiladi: parhez–1,parhez-2, mayda va oshxonabop. Parhez-1 va parhez-2 navli tuxumlarga muhr bosiladi. Parhez-1 tuxumiga qizil rangda, parhez-2 navli tuxumlarga ko„k rangda muhr bosiladi. 16-17 oylik tovuqlardan 11 oy davomida tuxum olingach, puchakka chiqarilib so„yishga yuboriladi. VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish. Hozirgi zamon parranda go„shti yetishtirish duragay parrandalardan foydalanish, ularni to„laqiymatli quruq omixta yemlar bilan oziqlantirish, jadal texnologiyalarni joriy qilish, mo„‟tadil saqlash sharoitlarini yaratish. Yil davomida to„xtovsiz parranda go„shtini katta korxonalar yetishtirib beradi. Davriy ravishda to„xtovsiz parranda go„shti yetishtirish, yil davomida ota-ona galasini o„z vaqtida to„ldirish asosida, inkubatsiya tuxumini uzluksiz olish va go„sht jo„jalarini o„stirishdan iborat. Parranda go„shtini sanoat negizida ishlab chiqarish o„ziga xos xususiyatlarga ega. Bular ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish, yil davomida bir me‟yorda go„sht ishlab chiqarish ta‟minlash uchun texnologik jarayonlarni jadallashtirish; yirik binolardan samarali foydalanish; parrandalarni asrashda me‟yor talablari ta‟minlash uchun mexanizatsiya va avtomatizatsiyadan keng foydalanish; parrandalarning biologik xususiyatlarida to„la foydalanish asosida kam oziqa va mehnat harajati bilan mo„l, sifatli, arzon go„sht ishlab chiqarishdan iborat. Parranda go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqarish tugallangan texnologik jarayonlarga asoslanadi. Uning tarkibida ota-ona galasi, inkubatoriya, yosh nasllik parrandalarni o„stirish, jo„jalarni go„sht uchun o„stirish, so„yish sexlari va qo„shimcha bo„limlarni o„z ichiga oladi. Ushbu tizim yagona texnologik harita asosida o„zviy bog„liqlikda ishlaydi. Ota-ona galasi sexi inkubatsiyalash uchun duragay tuxumlar ishlab chiqaradi. Bu sexda har 8 tovuqqa 1 xo„roz berkitilib birga saqlanadi. Yil davomida bir tekis jo„ja ochirish ta‟minlash uchun ota-ona galasi kamida 4 marta nasldor yosh parrandalar bilan to„ldiriladi. Ba‟zi yirik korxonalarda bu tadbir 10 martagacha amalga oshiriladi. 277 Nasldor mokiyonchalar 150 kunlikda ota-ona galasi tovuqxonasiga ko„chiriladi, bir oydan keyin ro„yi-rost shu guruhga hujjat bilan o„tkaziladi. Ulardan 8 oylikdan 14-15 oyligigacha, 6-7 oy davomida inkubatsiya tuxumlari olinadi. Kerak bo„lsa to„llashdan keyin, ikkinchi davrga tuxum olish mumkin. Ba‟zi korxonalarda ota-ona galasi tovuqlari yirik kataklarda guruhlab saqlanadi. Bir katakda 30-40 tovuq va 4-5 xo„roz asraladi. Ushbu binolarda qishda harorat 14-18 ºS, yozda esa 25ºS dan oshmasligi kerak. Nisbiy namlik qishda 65- 75%, yozda 55-65% tashkil etadi. Yorug„lik darajasi oziqa oxiri tomonda 25-35 lyuks. Eng yuqori mahsuldorlik paytida yoritish sutkasiga 14-15 soatdan 16-17 soatgacha yetkazladi. Tuxum berish jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta yem beriladi. Kurka go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ota-ona galasiga kurka jo„jalari 120 kunligida sog„ligi va rivojlanganligiga qarab tanlab olinadi. Ularning erkak va urg„ochilari alohida saqlanib tabiiy urug„lantirishda 1:10 nisbat sun‟iy urug„lantirishda 1:50 nisbat qo„llaniladi. Kurka go„shti ishlab chiqaruvchi korxonalar ota-ona galasi 12x96, 18x72 m o„lchamdagi kurkaxonalar bo„lib, ularda barcha mikroiqlim sharoitlari yaratib beriladi. Kurkalar ushbu binolar ichida 200-250 boshdan qalin tushamalardan guruhlab saqlanadi. 1 m² maydonga 1,5 bosh kurka to„g„ri kelib, xonada 16ºS harorat va 60-70% nisbiy namlik tashkil etiladi. Kurkalarni sim kataklarda saqlash ularning kurk bo„lish instinktini kuchaytirishi mumkin. Ota-ona galasi kurkalari alohida omixta bilan oziqlantiriladi. O‟rdak go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ota-ona galasi yaxshi rivojlangan, sog„lom 150-160 kunlik yosh o„rdaklardan shakllantiriladi. Jinsiy nisbat 1:4 bo„lib, erkak va urg„ochi o„rdaklar birga saqlanadi. Inkubatsiya tuxumi kurkalardan 6 oylikdan boshlab olinadi. Ota-ona galasi yiliga 6 marta to„ldirib turiladi. Jo„jalar qalin tushamalarda 1 m² maydonda 8 boshdan saqlanadi. Havo harorati 8-12 ºS, havoning nisbiy namligi 75-80%, yoritish davomiyligi 14-16 soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yem bilan oziqlantiriladi. G‟oz go„shti ishlab chiqarish korxonalarining ota-ona galasida g„ozlar 5 yil davomida foydalaniladi, lekin oxirgi yillari g„ozlar tuxumdorligining pasayishi ko„zatiladi. Shuning uchun galada 35%bir, 30% ikki, 25% uch, 10% to„rtinchi yilgi g„ozlar bo„lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilganda yil davomida bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni ta‟minlash mumkin. Ota-ona galasi 180 kunlik g„ozlar bilan tashkil etiladi. Og„ir vaznli zotga mansub g„ozlar uchun jinsiy nisbat 1:3, yengillari uchun 1:4 qilib belgilanadi. Birinchi yili faqat tabiiy yorug„lik bilan kifoyalansa, ikkinchi yili dekabr oyidan yoritish har hafta cho„zib sun‟iy yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi. 278 G‟ozlar derazasi, qalin tushamalardan 100-150 boshdan saqlanib, 2-3 g„ozga 1 ta tug„ish uyasi qo„yiladi. Tushama sifatida qirindi, somon yoki maydalangan poxoldan foydalanish mumkin. Havo harorati qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo„lishi talab etiladi. 1m² bino yuzasiga 1-2 boshdan g„oz to„g„ri keladi. Maxsus quruq omixta yemdan har boshiga 300-350 gramm beriladi. Go‘sht uchun broyler jo‘jalarini o‘stirish muhim soha bo„lib hisoblaanadi. Go„sht uchun duragay, tez o„sish qobiliyatiga ega, oziqadan samarali foydalanadigan jo„jalar kerak. Duragay broyler jo„jalari 8 haftalikda 1,5-1,7kg, o„rdak jo„jalari 7-8 haftaligida 3 kg; urg„ochi kurkalar 7-8 haftaligida 3,5-4 kg, erkaklari 5 kg; g„oz jo„jalari 8-9 haftaligida 4,5 kg, sesarka jo„jalari 10-11 haftaligida 1 kg, bedona 9 haftaligida 110-120 gramm tirik vaznga erishadi. Broyler jo„jalari 1 kg vazn qo„shishi uchun 2,2-2,6 kg yem, kurka jo„jalari 3,0-3,6 kg, o„rdak jujlari 3 kg oziqa sarflaydi. Davlat andozasi bo„yicha go„shtga topshirilganda jo„jalar 0,6 kg, broyler jo„jalari 0,8 kg, kurka jo„jalari 2 kg, o„rdak jo„jalari 1,3 kg, g„oz jo„jalari 2 kg, sesarka 0,6 kg vazndan kam bo„lmasligi talab etiladi. Broyler jo„jalari yirik korxonalarning bir qismi, fermer, kichik korxona shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda qalin tushamalar ustida o„stiriladi. Ba‟zi ixtisoslashgan broyler go„shti ishlab chiqaradigan fabrikalarda kataklarda o„stiriladi. Broyler jo„jalari to„shamalar ustida 1m² yuzada 12-20 boshdan saqlanadi. Parrandaxonaga 1 kunlik jo„jalar keltirilgandan keyin 50-56 kundan keyin to„liq go„shtga so„yiladi. Broyler jo„jalari o„stirish xonasida harorat 24-25ºS dan past bo„lmasligi, bruderlar ostida esa 33-35ºS bo„lishi ta‟minlanadi. Keyinchalik harorat 20ºS , undan ham pasaytiriladi, nisbiy namlik 60-70% tashkil qiladi. Yoritish butun o„stirish davomida 24 soatni tashkil qiladi. Broyler jo„jalarini 2 xil omixta yem bilan o„stiriladi. Birinchisi 30 kunlikkacha, ikkinchisi 30 kundan 55 kungacha qo„llanib tarkibi bilan farqlanadi. Kurka jo„jalarini go„sht uchun o„stirishda sanoat asosida yopiq binolarda, yayratmasdan o„stiriladi. Ular ko„pro„q oziqalar bilan boqilib, 120 kunlikda go„shtga so„yiladi. Yerga tushalgan qalin tushamaning har bir 1m² maydoni yuzasiga 4-5 bosh kurka jo„jasi to„g„ri keladi. O‟rdak jo„jalari qalin tushamalarda yoki katakli batareyalarda o„stiriladi. Ular bruderlar tagida o„stirilganda 1m² yuzaga 10 kunlikda 14-16 bosh, 20 kunlikda 12 bosh, keyingi davrda esa 6-7 boshdan joylashtiriladi. G‟oz jo„jalarini go„sht uchun o„stirishda qalin tushamalardan, ba‟zan sanoat asosida ishlaydigan korxonalarda katakli batareyalardan foydalaniladi. Ular 60 kun jadal o„stirilib so„yiladi. Shu davrda ular 3,7-4,2 kg vaznga yetib, 1 kg vazn qo„shishiga 3,0-3,5 kg oziqa sarflaydi. 279 Katta parranda go„shti ishlab chiqarish korxonalari berk doirada ishlaydi. U inkubatsiya tuxumini olishdan boshlab, tayyor go„sht mahsulotini sotish bilan tugaydi. Bunday xo„jaliklarda 4-4,5 marta jo„ja boqilishi nazarda tutiladi. Ota-ona galasi yil davomida ishlab chiqarilishi lozim bo„lgan broyler go„shti hajmidan kelib chiqadi. Bunda yana albatta ota-ona zotlardan bittasida oq tusning dominantligiga e‟tibor beriladi, chunki oq tus broyler go„shtining tovar xususiyatini ta‟minlaydi. Inkubatsiya tuxumi go„sht tovuqlaridan 8 oyligidan 16 oyldikkacha yoki 7-8 oy tuxum olinadi, shundan tuxumlashning birinchi 5 oyida tuxum berish ko„proq bo„ladi. 16 oylikdan katta yoshdagi tovuqlar tuxumi broyler jo„jalari olishga yaroqsiz hisoblanadi. Ota-ona galasi yerda saqlanadi, ma‟lum qatorga mansub 150 kunlik parrandalar guruhlanadi. 2m² maydonga 7 ta tovuq joylashtiriladi. Harorat 15-18 ºS , nisbiy namlik 60-70% bo„ladi. Yosh mokiyonlar 210 kunligida voyaga yetgan tovuqlar toifasiga o„tadi. Ota-ona galasi uchun yosh jo„jalar, jinsi bo„yicha ajratilib, asllari o„stirishga qoldiriladi. 63 kungacha broyler jo„jalari kabi o„stiriladi, yoki 1 m² maydonga 16- 17 bosh 1 kunlik jo„ja to„g„ri keladi, 63 kunda tanlab yaxshi rivojlanganlari qoldiriladi. 70 kunlikdan boshlab 250 kkal energiya va 16% xom proteinga ega omixta yem bilan oziqlantiriladi. Yoritish 24 soatdan 8 soatga tushiriladi, natijada jinsiy balog„at yoshiga yetish biroz orqaga suriladi. Asosiy galaga o„tkazishda yana baholanib, talabga javob bermaydigan parrandalar puchak qilinadi. Broyler jo„jalari asosan yerda 10000-20000 boshdan qilib boqiladi. Shuning uchun keng tovuqxonalarda “broyler 10”,“ broyler 20” jihozlari o„rnatilib unda barcha jarayonlar mexanizatsiyalashgan va qisman avtomatlashgan. Ular bunkerli oziqa tarqatgich, oziqa tarqatish yo„lagi, vakuum so„g„orgich, silindrsimon osma oxurlar, elektr bruderdar va ular to„siqlar bilan ta‟minlagan. Yangi jo„jalar olishdan oldin bino obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib, yuzasiga sundirilgan ohak sepiladi (0,5kg 1 m² ga) va 12-15 sm qalinlikda tekis qilib tushama solinadi. O‟stirish davomida 1 bosh broyler uchun 2,2-2,5 kg to„shama sarflanadi. Har bir parrandaxona bir kunda bir kunlik ikki jinsdagi jo„jalar bilan to„ldiriladi. Broylerlarni joylashtirish ularning yoshi va vazniga qarab 1 m² yerga 13-14 boshni tashkil qiladi. Har bir bruder tagiga 500 jo„ja qo„yiladi. Bruder atrofiga 40 sm balandlikdagi to„siqlar o„rnatiladi, shunday qilganda 1 chi hafta jo„jalar to„liq issitgich tagida bo„ladi. Birinchi besh kunlikda harorat 26-25ºS, bruder tagida esa 33-35ºS, keyinchalik u sekin pasaytirib boriladi va o„stirish oxirida 18 ºS bo„ladi. Bruderlar 3-4 haftada foydalanilib keyin uchirib qo„yiladi. Dastlabki 3-4 kun jo„jalarga mayin yem beriladi, keyin kichik oxurlar olinib katta oxurlar qo„yiladi. 280 Jo„jalar osma suv oxurlaridan foydalanishga o„rganadi.2 haftaligidan boshlab jo„jalar oziqa tarqatgichlar yordamida oziqlantiriladi. Bunda 1 broyler jo„jasiga 5-6 sm yem va 3-4 sm suv oxur uzunligi ajratiladi. Respublikamizda broyler jo„jalari 63 kunlikgacha ustiriladi(chet elda 49 kundan 56 kungacha). Jo„ja go„shti ishlab chiqarish samarasi ularning qanchalik jadal o„sishiga bog„liq. Barcha qishloq xo„jalik parrandalari go„sht uchun so„yish muddatlari, davrlar bo„ylab o„sish tezligi, nimta va go„sht sifati, 1 kg semirishi uchun sarflangan oziqa miqdori bilan baholanadi. Broylerlarni o„stirishda alohida yoritish tizimi qo„llaniladi. Birinchi 3-4 hafta yoritish 24 soat , 40 kunlikdan 17 soat qilib belgilanib o„stirish oxirigacha shunday qoldiriladi. 1 o„n kunlikda yoritish darajasi 1m² ga 4 Vt, keyinchalik 2 Vt ga tushiriladi, tunlari esa yoritish 0,5 Vt/ m² bo„lsa yetarli bo„ladi. Hozirgi paytda broyler jo„jalari katakli batareyalarida o„stirilish natijasida mehnat unumdorligi 3-4 barobar ortadi. Broylerlarni o„stirishda asosiy e‟tibor oziqlantirishga qaratilishi kerak, oziqa to„laqiymatli, ko„pro„q va har doim oxurlarda turishi kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling