Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil transportlarida tashish.
- Bolg‘a bilan xushsizlantirish.
- Qonsizlantirish jarayoni.
- Ichki organlarni ajratish (nutrovka).
- Nimtani ikkiga bo‘lish.
- Parrandalarni so‘yish jarayoni.
- Parranda go‘shtni tozalash va ichini yorish.
- VIII.2.3. Kolbasa tayyorlash texnologiyasi.
- Kolbasalarning kimyoviy tarkibi.
Parrandalar vagonga ortilishidan oldin turi, yoshi va semizligiga qarab guruhlanadi. Oriq va nimjon parrandalarni tashishga ruxsat berilmaydi. Tovuqlar 90x35x35 yoki 90x20x30 sm qafaslarda tashiladi. Har bir katakka 18-24 bosh tovuq joylanadi. O‟rdak 150x50x50 sm, g„oz va ko„rka 180x70x70 sm kataklarga joylashtirib tashiladi. Bunda o„rdaklar har bir katakka 10-12 bosh, g„oz va ko„rkalar 6-7 bosh joylanadi. Vagonlarga 5-6 yarusli (qavat) kataklar o„rnatilishi lozim. Kataksiz tashish parrandalar uzoq manzilga (400 km ortiq) yetkazilganda qo„llaniladi. Har bir vagonga bir kishi berkitiladi. Parrandalar 3 marta oziqlantirilib, tushama 2 marta almashtiriladi. Kasal parrandalar alohida kataklarda saqlanadi. O‟lik gavdalar maxsus yashiklarga solinadi. Parrandalarni har 1 kg tirik vazniga don 80 g yoki bir-bosh tovuqqa 200 g, o„rdakga 250 g va g„ozga 350 g omixta yem jamg„ariladi. Quyonlar maxsus kataklarda tashiladi. Bunda katta quyonlar alohida, yoshlari 2-4 boshdan joylashtiriladi. Vagonlarga kataklar 2-4 yarus qilib joylashtiriladi. Quyonlarni kunlik ratsioni, quyon 2 kg tirik vaznga ega bo„lsa, 100 g xashak yoki 330 300 g o„t, 100 g ildiz meva va 20 g omixta yemdan iborat bo„ladi. 3 marta oziqlantiriladi va sug„oriladi. Hayvonlar va parrandalar vagonlarda tashilganda turli nojo„ya omillar; yoqimsiz shovqin tovush, silkinish, urilish va boshqalar salbiy ta‟sir qilib, ularda stress holatlarni yuzaga keltiradi. Haddan tashqari issiq va sovuq havo harorati, jarohatlar, og„riqlar, och qolish, suvsiz qolish va boshqa sharoitlar ham stress holatni yuzaga keltiradi. Vagonlarda mikroiqlimni me‟yorda saqlash muhim ahamiyati ega. Karbonat angidrid 2-3 ml/l, ammiak 0,02 mg/l, vodorod sulfid 0,015 mg/l bo„lishi lozim. Avtomobil transportlarida tashish. Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini tashish uchun maxsus va xo„jalikning oddiy avtotransportlaridan foydalanish mumkin. O‟zi ag„darar avtotransportlardan foydalanish ta‟qiqlanadi. Avtomobillarda 300 km. gacha bo„lgan masofaga tashish qulay va arzon usul hisoblanadi. Xo„jalik avtotransportlari jihozlanganda chet qismlari mahkam taxta bilan 1-1,5 m va otlar uchun 2 m balandlikka ko„tariladi. Avtotransportlar poli taxtadan bo„lishi kerak. Avtotransportlar toza, dezinfeksiyalangan, yoni va pollari mustahkam, o„tkir qirrali narsalar bo„lmasligi lozim. Issiq va sovuq vaqtida avtomobil ustiga brizent yopilishi kerak. Avtotransport tezligi asfalt yo„lda 60 km/soat, tosh-qum yo„lda 45 km/soat va tuproq yo„lda 25-30 km/soat bo„ladi. Tezlik yuqori bo„lsa, hayvonlar turli stress holatlarga duch kelishi mumkin. Natijada hayvonlar tirik vazn yo„qotadi, kasal bo„lishi mumkin. Suv transportlarida so„yishga mo„ljallangan-qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini manzilga yetkazish eng qulay va iqtisodiy foydali usul hisoblanadi. Ular tirik vazn va semizlik yuqotmaydilar. Hayvonlar bu usulda tashilganda maxsus barjalarda, tovar-yo„lovchi tashuvchi kemalar palubalari maxsus jihozlanib tashiladi. Kemalar jihozlanganda qoramollar uchun 2,5-3 m 2 , otlarga 3-3,5 m 2 , quy- echkilarga 0,75-1m 2 , burdoqilangan cho„chqalarga 2,35-3 m 2 va cho„chqa bolalariga 0,5-0,75 m 2 maydon ajratiladi. Har 20 bosh qoramol va 60 bosh qo„y-echki, cho„chqalarga qarash uchun bir kishi ajratiladi. Daryo yoki ko„lda suv transporti orqali tashilganda o„lik hayvon gavdalari va axlat suvga tashlanishi qat‟iy taqiqlanadi. Ular maxsus port yoki pristanlarda to„xtalganda bo„shatiladi. Agar hayvon dengiz yoki okeanda tashilganda qirg„oqqacha 2 soatdan ortiq yo„l yurishga to„g„ri kelsa, o„lgan hayvon gavdasini suvga tashlashga ruxsat beriladi. Haydash yo‘li bilan manzilga yetkazilishda faqat, qoramollar va qo„ylar uchun qo„llash mumkin. Buning uchun yaylov, hamda mahalliy hayvonlar har xil yuqumli kasalliklardan holi bo„lishi kerak. Agar hayvonlar viloyat ichida haydab yetkazilsa, viloyat veterinariya boshqarmasidan ruxsat olinadi. Haydashga bir necha hafta qolganda hayvonlar quydirgi va boshqa o„tkir yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi. Haydash uchun hayvonlardan maxsus 331 otarlar tuziladi. Hayvon turi va yoshiga qarab, hamda yaylov sharoitga qarab otardagi hayvonlar bosh soni turlicha bo„ladi: katta yoshli qoramol 100-200 bosh, yosh qoramol 200-250 bosh, qo„y-echki 600-1000 bosh otarlarga kiritiladi. Hayvonlarning turi, yoshi, tirik vazni va semizligi o„xshash bo„lishi kerak. Otarga bo„g„oz va oyoqlarida travmatik jarohati bor hayvonlar kiritilmaydi. Haydashning birinchi kuni qoramollar bir kunda 10 km, qo„y-echkilar 8 km yo„l yuradi. So„ngra hayvonlar haydashga o„rgangandan so„ng masofani 5-6 km ga oshirish mumkin. Agar haydash yo„lida yaylov va suv bo„lmasa, qoramollarni 25-30 km ga, qo„y-echkillarni 20 km ga haydash mumkin. Haydalayotgan hayvonlar uchun alohida sirg„a taqilishi lozim. Bunda podaga yo„lda boshqa mollar qo„shilganda ajratish oson bo„lishiga imkon beradi. Yo„lda kasal hayvonlarni so„yish taqiqlanadi. Kasal hayvonlar yaqin joydagi veterinariya vrachi ruxsati bilan so„yilishi mumkin. Bunda, hayvon katta yo„ldan 100 metr uzoqlikda so„yilishi lozim. VIII.2.2. Qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini so‘yish. Hayvonlarini so‘yishga tayyorlash. Qishloq xo„jalik hayvonlariga birlamchi ishlov berish jarayoni, ularni so„yish punktlariga qabul qilish vaqtidan boshlanadi. Unda ularni yoshi, jinsi, semizlik darajasi, sog„lomligi va tirik vazniga binoan o„xshash guruhlarga ajratiladi. Ushbu asosda tuzilgan guruhlar bo„yicha so„yishga jo„natiladi. Hayvon va parrandalarni so„yishga tayyorlash jarayoni ulardan olinadigan go„shtning sifatiga ijobiy ta‟sir etishi bilan birga, so„yish jarayonlarining yengil kechishini ta‟minlaydi. Ushbu maqsadda hayvonlar so„yishdan oldingi davrda saqlash uchun zagonlarga joylashtiriladi. Bunda yirik, mayda shoxli hayvonlar 24 soat, cho„chqalar 12 soat, buzoqlar 6 soat mobaynida saqlanadi. Ushbu davr mobaynida hayvonlar oziqlantirilmaydi, faqat suv berish chegaralanmaydi. Suv berish vaqti so„yishga 2 soat qolganda to„xtatiladi. Hayvonlarni so„yishdan oldin saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon vaqtida, organizm oshqozon ichak sistemasidagi saqlangan moddalardan tozalanadi, bu bilan go„shtning sifatiga va so„yish punktining sanitariya-gigiyena holatiga ijobiy ta‟sir qilinadi. Och saqlash davrida, hayvonlar dam oladi, organizmda modda almashinuvi natijasida hosil bo„lgan moddalardan holos bo„ladi. Dam olish davrining davomiyligini, qat‟iy muddatlarda olib borilishi ularning go„sht va yog„ chiqimiga ijobiy ta‟sir qiladi. Ammo, bu davrlarning sun‟iy ravishda chuzilishi, so„yim chiqimiga va ichki organlarning ajratilishiga salbiy ta‟sir qiladi. Teridagi iflosliklar, go„shtning ifloslanishining asosiy manbalaridan hisoblanadi. Shu sababli hayvonlarni so„yishdan oldin cho„miltirish lozim. Hayvonlarni so„yishdan oldingi holati ham go„shtning sifatiga bevosita ta‟sir etadi. Ularni yarador bo„lishiga, qo„rqishiga, yo„l qo„ymaslik kerak aks holda, ular so„yish vaqtida yaxshi qonsizlanmaydi. Yaxshi qonsizlanmagan go„shtda mikroblarning rivojlanishi uchun optimal muhit paydo bo„ladi. Qon quyilish joylari 332 ham huddi shunday bo„lib, yana go„shtning ko„rinish (tovar) xususiyatini pasaytiradi. Hayvonlarni haydash vaqtida elektr haydovchilardan foydalanish maqsadga muvofiq. U uzun tayoqdan iborat bo„lib (80-100 sm), uchiga metall o„rnatilgan unga tok keladi. Uni hayvonning dum asos qismiga tekizilganda, yoqimsiz ta‟sirlanish yuzaga keladi va hayvon harakatlanadi. Unda tokning kuchlanishi 25 V dan kam bo„lishi tavsiya etiladi. So‘yish jarayoni. Hayvonlarga birlamchi ishlov berish jarayoni quyidagilardan iborat; xushsizlantirish, qonsizlantirish, terini ajratish (cho„chqalarda shparka va opalka junli qiltig„ini ajratish uchun) , ichki organlarini ajratish, nimtani bo„lish, go„shtni sifatini baholash va tarozida tortish. Xushsizlantirish. Hayvonlarni so„yishda, xushsizlantirib yoki bu jarayonni amalga oshirmasdan ham so„yish mumkin. Qoramol, ot, cho„chqalarni albatta xushsizlantirish lozim. Bu jarayonni qo„y va echkilarda ham qo„llash yaxshi natija beradi. Xushsizlantirish, hayvonlarni o„zini bilish qobilyatini, sezuvchanligi va harakatlanish xususiyatni yo„qotadi. Bu so„yishning keyingi jarayonlarini davom ettirishga qulaylik yaratadi. Xushsizlantirishni mexanik va elektr toki usullarida amalga oshirish mumkin. Bolg‘a bilan xushsizlantirish. Bunda hayvonning peshona qismiga bolg„a bilan zarba beriladi. Bolg„aning zarba beradigan qismi 2-2,5 kg metalldan yasalgan bo„lib, rezina bilan qoplangan bo„ladi. Elektr tokida xushsizlantirish. Ushbu usuldan keng qo„lamda foydalaniladi. Unda, quvvat 70-200 B bo„lib, 6-20 sekund davomida elektr toki bilan ta‟sirlantiriladi. Xushsizlanish vaqti 5-7 minut, hayvonning yoshiga qarab tokning quvvati va kuchlanishi ma‟lum me‟yorda bo„lishi kerak. Bunda, xushsizlantirish joyida hayvonning oldingi ikki oyog„i tagida metal to„shama bo„lib, orqa oyoqlari tagida esa rezina to„shama bo„ladi. Uzun tok o„tkazmaydigan tayoq orqali ichki qismidan sim orqali tok uni uchiga boradi. Uni ensa qismiga tekkizganda hayvon xushsizlanadi. Elektr quvvatining ortiq berilishi hayvonni nobud qilishi mumkin. Albatta, elektronarkozning kamchiliklari ham bor: ba‟zi hayvonlarning halok bo„lishi, muskul to„qimasi va o„pkada qon quyilishi, go„shtning sifatiga salbiy ta‟sir etadi. Shu sababli ular xushsizlantirilgandan so„ng 1,5 minut ichida qonsizlantirilishi lozim. Qonsizlantirish jarayoni. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda ularning tirik vazniga nisbatan qonning miqdori, tanasida 7-8 %, cho„chqalarda 5 % ni tashkil etadi. Qonsizlantirishda, qoramollarning tirik vazniga nisbatan yig„ilgan qonning miqdori 4,2 %, qo„y, echki, cho„chqalarda 3,5 % kam bo„lmasa, ular yetarli darajada qonsizlangan hisoblanadi. Qolgan qismi ichki organlarda bo„lib, so„yishning so„nggi jarayonlarida yig„iladi. Ma‟lum qismi esa go„shtda qoladi. Qonsizlantirish vertikal holatda olib boriladi. Ya‟ni, hayvon orqa oyog„idan yuqoriga ilinib, bosh tomoni pastga qaratilgan bo„lishi lozim. 333 Barcha hayvonlarni qonsizlantirishda bo„yin qismidagi bo„yinturuq vena va uyqu arteriyasi kesiladi. Qoramollarda qizilo„ngachni berkitish kerak, aks holda go„shtni oshqozondagi saqlangan moddalar ifloslantiradi. Qoramollar 6-8 minut davomida qonsizlantiriladi. Mayda shoxli hayvonlarni so„yish shunday amalga oshirilishi lozimki, bunda qizil o„ngach shikastlanmasin. Ularni qonsizlantirish vaqti 5-6 minut davom etadi. Qonsizlantirilgandan so„ng bosh qismi ajratiladi. Cho„chqalarni qonsizlantirish ham 6-8 minut davom etadi. Bunda bo„yinning ko„krak bilan birlashgan joyidan pichoq ichkariga qarab sanchiladi va uyqu arteriyasi va bo„yinturuq venasi kurakka yaqin joyidan kesiladi. Terini ajratish. Mehnatni ko„p talab qiladigan jarayon bo„lib, so„yish jarayonlarining 30-40 % vaqti sarflanadi. Bu jarayon ehtiyotkorlik bilan olib borilishi kerak, chunki nimtaning tovar sifatida ko„rinishini belgilaydi. Terining butunligiga ham e‟tibor berish lozim. Kesilgan teri uning past navli bo„lishiga olib keladi. Terini qalinligi tanani turli joyida turlicha bo„ladi, shu sababli uni ajratishda turlicha kuch bilan ishlashni talab qiladi. Terining ma‟lum joylarini tanadan qo„l bilan ajratish qismiga-zabelovka deyiladi. Bunday maydonlar qoramollarda 20-25 % ni, qo„ylarda 40 % ni, cho„chqalarda esa 35-40 % ni tashkil etadi. Terini qo„l bilan ajratadigan qismlari tugallangandan so„ng, terini qolgan qismi mexanik usulda ajratiladi. Ichki organlarni ajratish (nutrovka). Ichki organlarni o„z vaqtida ajratmaslik va to„g„ri bajarmaslik, go„shtning kelgusida saqlanishiga salbiy ta‟sir qiladi. Qonsizlantirish jarayoni tugallangandan so„ng 45 minut davomida, nimtadan ichki organlar ajratilishi shart. Sababi bu vaqt ichida ajratilmasa ichaklarda qolgan mikroblar to„qimalarga o„tib, uni ifloslantiradi. Qonsizlantirilgandan so„ng, oshqozon ichak sistemasi 2 soat ichida ajratilmasa, bunday hayvonlardan olingan nimtalar bakteriologik tekshiriladi, sababi, insonlar ozuqasida kasallik chaqiruvchi mikroblar paydo bo„lishi mumkin. Oldin to„g„ri ichak atrofidagi to„qimalardan ajratiladi, keyin yelin (jinsiy organ erkak), qorinning devori ehtiyotlik bilan kesiladi, oshqozon atrofidagi yog„lar ajratiladi, keyin oshqozon, ichaklar so„ngra diafragma qirqiladi va jigar, yurak, o„pka, qizilo„ngach, traxeya va diafragma ajratiladi. Ular toza idishga joylashtiriladi. Nimtani ikkiga bo‘lish. Ichki organlar ajratilgandan so„ng, qoramol va cho„chqa nimtasi ikkiga bo„linadi. Orqa umurtqasining yoni bo„ylab. Keyin qoramollarning 12-13chi qovurg„a oralig„idan nimta 4 bo„lakga bo„linadi. Yirik jussali hayvonlarning nimtasi (ot, qoramol, tuya va h.k) 2 ga yoki 4 ga bo„linadi. Mayda shoxli hayvonlar, buzoq, cho„chqa bolasi, qulunlarning nimtasi esa bo„laklanmaydi. Nimtani tozalash. Nimtani e‟tibor bilan tozalash, go„shtning chiqimi va sifatiga bevosita ta‟sir qiladi. Qoramollar nimtasidan buyrak va atrofidagi yog„lar, 334 dum 2-3 umurtqasi oralig„idan ajratiladi, qon quyilish joylar kesib olinadi. Mexanik ifloslardan tozalanadi. Boshqa hayvonlarda ham ushbu jarayonlar ma‟lum tartibda olib boriladi. Qo„ylarda buyrak va atrofidagi yog„lar ajratilmaydi. Nimtalar tozalangach uning ichki qismidagi qonlardan yuviladi. Nimtani tashqi tomonini yuvish kerak emas (toza bo„lsa). Shundan so„ng nimtalar tarozida tortiladi. Veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o„tkazilib tamg„alanadi. Parrandalarni so‘yish jarayoni. Oziq-ovqat balansida parranda mahsulotlari o„ziga xos o„rin tutadi. Parrandalar xushsizlantirilganda yoki xushsizlantirilmagan holda so„yiladi. O‟rdaklar va g„ozlar 36 volt kuchlanishiga ega bo„lgan tok bilan 6- 12 sekund davomida xushsizlantiriladi. So„yiladigan parrandalar og„zi orqali qattiq tanglay shilimshiq pardasining ostiga joylashgan bo„yinturuq venasining ko„prik venasi bilan birlashgan joyini pichoq yoki qaychi bilan kesib qonsizlantiriladi. Bu usulda qonsizlantirishda birinchidan hosil bo„lgan yaraning tashqi muhitdan ifloslanishi oldi olinsa, ikkinchidan, parrandaning par va patini tozalash osonlashadi. Qon tomirlari kesilgandan keyin pichoq yoki qaychining uchi bilan kichik miyaga sanchilib, nerv markazlari shikastlanadi, natijada parini yulish yengillashadi. Tovuqlarni qonsizlantirish 1-1,5 minut, o„rdak va g„ozlarni qonsizlantirish esa 3 minut davom etadi. Parini ajratish. Parranda kombinatlari, parrandalarni qayta ishlash sexlari va parranda qushxonalarida pat va parlar har xil konveyerli yo„llarida ajratiladi. Par va patlarni ajratishda quruq, bug„latish, chala bug„latish usullari qo„llaniladi. Chala bug„latish uchun tovuq va jo„jalarning tanasi qonsizlantirilgandan keyin 53-55 0 issiq suv solingan tog„oralarga 25-35 sekund botirib turiladi, ammo suv bu vaqtda uzluksiz almashtirilib turiladi. Shundan keyin tovuq va jo„jalarning pari konveyer yordamida ajratib olinadi. Og„iz bo„shlig„i esa ivib qolgan qondan tozalanadi, tumshuq va oyoqlari yuviladi. Suvda suzuvchi parrandalar ham shu tariqa ishlanadi. Parranda kombinatlarida parrandalarni so„yish va ishlash uchun yarim avtomatlashtirilgan konveyer liniyasi ishlatiladi. Bu yerda osma konveyer, elektr toki bilan xushsizlantirish apparati, qonsizlantirish va so„yish uchun qayiq, parni ajratish mashinasi, tanalarni issiq suvda ishlash uchun qozonlar va parni batamom tozalovchi avtomat uskunalar bor. Parranda xushsizlantirilgandan keyin, silkituvchi parlari qanotidan ajratiladi va tanasi issiq suv solingan qozonga solinadi, so„ngra pari ajratiladi. Suvda suzuvchi parrandalarni qayta ishlash texnologiyasi ham tovuqlarniki kabidir. Agar parrandalar parini mashinalar to„liq ajrata olmasa qolganlari qo„lda yulib olinadi va mum massasida ishlanadi. Buning uchun parrandalar tanasi mum eritilgan qozonga 3-5 sekunddan ikki marta botirib olinadi. Qozondan chiqarilish bilan sovuq suv solingan bakka 5-10 minut botirib qo„yiladi, so„ngra suvdan chiqarib, qotib qolgan mum (par va patlar bilan birga) qo„lda yoki mashinada ajratiladi. Kichik quvvatga ega bo„lgan so„yish punktlarida yarim avtomatlashgan har xil konveyersiz yo„llar mavjud. Bunday yo„llar bo„lmagan taqdirda hamma ishlar qo„lda bajariladi. Pari yulib olingan parrandalarning 335 tanasida, ishlanish usulidan qat‟iy nazar, par, terisida yirtilgan, tirnalgan joylari va iflosliklar bo„lmasligi kerak. Parranda go‘shtni tozalash va ichini yorish. Parranda go„shtini tozalash og„iz bo„shlig„ida ivib qolgan qonni tozalash, oyoqlarini yuvish va qog„oz bilan boshini o„rashdan iborat. Texnik sharoitga qarab parranda go„shti ichidagi organlar chala olingan yoki to„liq olingan holda realizatsiya qilinadi. Ichini chala olganda faqat ichaklari chiqarib olinadi. Buning uchun orqa chiqarish teshigi aylantirilib qorin devori kloakadan 3-4 sm naridan to„sh suyagi bo„ylab uzunasiga kesiladi, hosil bo„lgan kesikdan ichaklar chiqarib olinadi. Parrandalarning ichi to„liq olinganda tanasining qorin devori kloakagacha kesiladi, keyin kloaka atrofi aylanasiga kesilib, hosil bo„lgan kesikdan kloaka va butun ichki organlar (o„pka va buyraklardan tashqari) chiqarib olinadi. Jig„ildon va qizil o„ngach ham ajratib olinadi. Veterinariya-sanitariya ko„rigidan o„tkazilgunga qadar, chiqarilgan ichki organlar tana bilan tabiiy birlashgan holda qoldirilib, keyin ajratib olinadi. Keyin go„shtga ko„rinish berish maqsadida qanotlari, boshi tananing yon qismiga oyoqlari to„sh suyagi qismiga yig„ishtiriladi. Shunday qilib, shakllantirilgan parranda go„shti sovutish xonasiga o„tkaziladi, undan keyin toifalarga qarab navlarga ajratiladi va yashiklarga joylanadi. Sovutish xonasiga yuborishdan oldin ham navlarga ajratib yashiklarga joylash mumkin. VIII.2.3. Kolbasa tayyorlash texnologiyasi. Kolbasa yuqori ozuqaviy qiymatga va kaloriyaga ega bo„lgan mahsulot hisoblanadi. Mamlakatimizdagi kichik korxonalarda turli kolbasa mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning turlicha bo„lishiga qarab quyidagi kolbasa mahsulotlari: qaynatilgan, yarim qaynatilgan, dudlangan, liverli, go„sht-o„simlik tarkibli, parhezbop, qonli, go„sht-non tarkibli kabi turlari ishlab chiqariladi. Har bir kolbasa turi va navi alohida tarkibli bo„lib, ishlab chiqarish texnologiyasi ham turlicha, ishlab chiqarishdagi jarayonlar qat‟iy ravishda nazorat qilinadi. Ularni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalari amal qilish talab etiladi. Sababi, bu mahsulotlarga qo„shimcha ravishda oshxonada qayta yoki termik ishlov berilmagan holda iste‟molga chiqariladi. Kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishda xom-ashyosining ahamiyati muhimdir. Kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishda, xom-ashyo sifatida qoramol va cho„chqa go„shtlari yog„siz holatda va boshqa turdagi hayvonlar go„shtidan ham takidlangan holatda foydalaniladi. Kolbasa uchun ishlatiladigan xom-ashyo yangi bo„lib, yuqori sifatli bo„lishi kerak. Kolbasa ishlab chiqarishda qoramol go„shti muhim ahamiyat kasb etadi. Unda namni yutish va saqlash xususiyati bo„lib, oqsilni yuqori darajada saqlanishini ta‟minlaydi. Bu xususiyati o„z navbatida, mahsulotning shirador va zich bo„lishiga olib keladi. Cho„chqa go„shti esa, kolbasaning xushtam va yuqori energiyaga ega bo„lishiga imkon yaratadi. 336 Turli kolbasalar ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi bo„yicha bir- biridan farq qiladi (1-jadval). 8.2.3.1.-jadval Kolbasalarning kimyoviy tarkibi. Kolbasa mahsulotlarining turlari Tarkibida,% 100g da energetik qiymati, kDj Namlik Oqsil Lipoid Kul Qaynatilgan kolbasalar 50-70 12-20 10-30 1,5-3,0 1257 Yarim dudlangan kolbasalar 45-70 12-20 20-40 3,4-4,0 1886 Dudlangan kolbasalar 25-40 20-30 30-50 6-10 2346 Liverli kolbasalar 50-70 20-30 15-35 2-3 1676 Pashtetlar 50-70 20-30 15-35 2-3 1676 Kolbasa mahsulotlari qobiqqa o„ralgan holda yoki qobiqsiz holatda (go„sht- nonli va h.k) ishlab chiqariladi. Qobiqlar kolbasalarga shakl beradi, ifloslanishdan, buzilishdan asraydi. Shuningdek, ularga issiqlik bilan ishlov berilganda oqsillarni va go„shtdagi ekstraktiv moddalarni ajralashishiga yo„l qo„ymaydi. Qobiqlar odatda, tabiiy (turli hayvonlar ichagidan) va su‟niy (polietilen, sillafon va h.k) bo„lishi mumkin. Qobiqlar toza va mustahkam bo„lishi lozim. Kolbasa mahsulotlari shpagat (ip) bilan bog„lanadi. Turli kolbasalarni ishlab chiqarish jarayonlarida umumiy o„xshashlik tomonlari mavjud. U asosan quyidagilardan: xom ashyoni tayyorlash, (obvalka, jilovka va go„sht mahsulotlarini navlash), dastlabki maydalash, tuzlash, farshni va shpikni tayyorlash, mahsulotga shakl berish, issiq ishlov berish, qadoqlash va saqlash jarayonlaridan iborat. Ba‟zi turdagi kolbasalarning ishlab chiqarishning o„ziga xos xususiyatlari bor. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling