Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Quyultirilgan shakarli tabiiy sut
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sutni qabul
- Shakar eritmasi
- Quyultirilgan shakarli qaymoq.
- Quyultirilgan shakarli yogi olingan sut va ayron.
- Quritilgan sut mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni
- Quritilgan tabiiy sut ishlab chiqarish jarayoni.
- Tayyor go‘sht mahsulotlarining sifatiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 1.
- Veterinariya guvohnomasi (shakl №1)
- Mol-tovar-transport hujjati
Quyultirilgan shakarli tabiiy sut. U shirin, mazali, yopishqoq konsistensiyalidir. Rangi oq, och pushti rangli. Nordonligi 48 o t dan past. Bu mahsulotni ishlab chiqarish quyidagi texnologik jarayonlardan iborat: sutni qabul qilish va analiz qilish, me‟yorlash, pasterlash, shakar eritmasini tayyorlash, quyultirish, quyultirilgan sutni meyo„rllashtirish, sovutish va sut shakarini kristallash, bankalarga quyish va yopish, saqlash. Sutni qabul qilish va navlarga ajratishdan andozaga binoan olib boriladi. Me‘yorlash. Sutdan tayyor mahsulot olinganda uning tarkibida 26,5% suv, quruq modda 28,5% (yogi 8,5% kam bo„lmasligi kerak), shakar 43,5%, laktoza 11,6%, yogning: YoQSQ ga nisbati=0,425 bo„lishi kerak. Me„yorlashtirilgan aralashma 85-90 o S da pasterlanadi. Shakar eritmasi yuqori sifatli 99,75% li saxaroza va 0,15% namlika ega bo„lgan shakardan tayyorlanadi. Quyultirish. Tayyorlangan aralashma vakuum – bug„lash apparatida 50-60 o S da quyultiriladi. Quyultirilishga 10-15 min. qolganda shakar eritmasi aralashtiriladi. Quyultirilgan mahsulotda quruq modda 73,8-74% bo„lishi kerak. Bankalarga quyish. Tayyor mahsulot maxsus uskunalar yordamida tunika bankalarga qo„yiladi. Havo kiritmasdan berkitiladi. Idishlar 400 g, 3,8-3,9 kg, 50- 100 kg hajmi bo„lishi mumkin. Saqlash maxsus binolarda 10-15 o S da 85% nisbiy namlikda bo„lishi kerak, 1 yilgacha saqlanishi mumkin. Quyultirilgan sutni muzlatib saqlash mumkin emas, bunda oqsillar koagulyasiyalanishi mumkin. Quyultirilgan shakarli qaymoq. Bunday mahsulot tarkibida quruq modda 36% dan kam bo„lmasligi (yog„i 20%), namligi 26% yuqori bo„lmasligi, qand 37% kam bo„lmasligi, yogning: YoQSQ ga nisbati=1,176 ga teng. Ta‟mi shirin, konsistensiyasi mahsulotga mos, rangi oq nordonligi 40 o T baland bo„lmasligi kerak. Quyultirilgan shakarli qaymoq yuqori sifatli qaymoqdan tayyorlanadi 323 Mahsulot tayyorlash texnologiyasi quyultirilgan shakarli sut bilan bir xil, faqat qaymoq tayyorlashda ular gomogenlanadi. Quyultirilgan shakarli yogi olingan sut va ayron. Bu ikkala mahsulot alohida xom-ashyolari qo„shilmasdan va qo„shilib ham tayyorlanishi mumkin. Bunda 75% obratga 25% ayron aralashtiriladi. Tayyor mahsulotda nordonlik 60 o T dan, namlik 30% dan, YoQSQ- 26% dan, shakar 44% dan kam bo„lmasligi kerak. Flyaga va bochkalarga quyilib realizatsiyaga chiqariladi. Quritilgan sut mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni. Bunday mahsulotlar turi (assortiment) juda ko„p. Tabiiy quritilgan sut, obrat, ayron, qaymoq (shakarli va shakarsiz), nordon sut mahsulotlari, yoki emizuvdagi bolalar uchun har xil quritilgan sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Quritilgan tabiiy sut ishlab chiqarish jarayoni. U oq, kukun bo„lib, tarkibida YoQSQ. 70,9% (shu jumladan shakar 35-38%, oqsil 26-28%, mineral 5,8- 6,2%), yog„ 26,1%, namligi 3-7% bo„ladi. Yog„: YoQSQ ga nisbati =0,368 bo„lib andoza bo„yicha olib boriladi. Sut ikki xil usulda quritiladi: Purkash (havo) va yupqa parda hosil qilish yo„li bilan quritiladi. Purkash yo„li bilan quritilganda 72-75 o S pasterlangan sut vakuum - quritgich apparatda 43-48% gacha quyultiriladi. So„ng gomogenlanadi. Shu haroratda sut maxsus bashnyaga forsunka yoki disk yordamida yuboriladi. Bashnyada harorat t o 140-155 o S bo„lib, sut tez quriydi. VIII.2.Go‘sht va go‘sht mahsulotlari texnologiyasi. Go„sht insonlar uchun eng qimmatbaho oziq-ovqatlar turiga kiradi. U inson organizmning to„qimalarini tiklanishida, modda almashinuvi va sintezlanishida ishtirok etib, energiya manbai hisoblanadi. Inson organizmining xususiyatlari (yoshi, og„irligi), mehnat faoliyatiga qarab, turli miqdordagi kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalarini yo„qotadi. Inson organizmida kuniga o„rtacha 12750 KDJ issiqlik energiyasi sarflanadi. Tovarshunoslikda (molshunoslik), oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, ularning ma‟lum xususiyatlari ifodalaydi. Insonlarni ozuqaga va uning ta‟miga bo„lgan fiziologik talablarini qondirish va mahsulotlarni bir-biridan ajratish imkoniyatiga ega ko„rsatkichga mahsulot sifati deyiladi. Olimlarning go„sht mahsulotini turlicha talqin qilishiga qaramasdan, go„sht mahsulotining sifati to„g„risida yagona interpretasiya tushunchasi hozirga qadar mavjud emas (yagona fikr-interpretasiya). Go„sht va go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati uning kimyoviy tarkibidagi; oqsil, yog„, uglevod, ekstraktiv moddalar, vitaminlar, makro va mikro elementlar saqlanishi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, go„shtning ozuqaviy qiymati, uning tarkibidagi muhim biologik moddalar miqdori va sifatiga qarab aniqlanadi hamda u inson organizmining fiziologik talablarini qondirishi lozim. 324 Inson organizmida sintez qilinmaydigan va albatta ozuqalar bilan organizmga tushadigan moddalar mavjud. Go„shtlarning biologik qiymati, uning tarkibidagi oqsillar, aminokislotalar va ularning hazmlanish xususiyatlariga qarab baholanadi. Go„shtlarning energetik qiymati, iste‟mol qilingan go„shtlarning biologik oksidlanishi natijasida hosil bo„lgan energiya miqdoriga qarab aniqlanadi. Go„shtlarning energetik qiymati organizmda hazmlangan oqsil, yog„ va uglevod moddalarning miqdori (g) bilan ifodalanadi. Ma‟lumki, organizmga qabul qilingan oqsil va uglevod moddalarning 1g 17,2 KDJ, yog„ning 1g esa 38,8 KDJ energiya beradi deb qabul qilingan. Go„sht mahsulotlarining yuqori ozuqaviy va energetik qiymati nafaqat ularning kimyoviy tarkibiga, balkim hazmlanishiga hamda tarkibining organizm uchun zararsiz ekanligiga ham bog„liq. Go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati organizmni modda va energiya almashinuvini to„liq ta‟minlashi va moddalarga bo„lgan talabini qondirish xususiyati bilan ham ifodalanadi. Bu xususiyat go„sht mahsulotlari tarkibidagi moddalar miqdoriga bog„liq bo„lmasdan, balkim, organizmda bu moddalarni hazmlanishishiga ham bog„liq. Ozuqa moddalarning hazmlanishi yoki hazm bo„lish koeffitsienti, mahsulotlarni yoki ularning ayrim bo„laklarini organizmda qolishi bilan xarakterlanadi. Go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini organoleptik va kimyoviy ko„rsatkichlari ham ifodalaydi (rangi, ta‟mi, hidi, konsistensiyasi, kimyoviy tarkibi, tarkibida inson hayoti uchun xavfli bo„lgan mahsulotlarni saqlashi va h.k.). Go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatiga, organoleptik ko„rsatkichlari ham ta‟sir qiladi. Bu ko„rsatkichlar ovqat hazm qilish sistemasining faoliyatini tezlashtiradi yoki susaytiradi. Bunda, go„shtlarning ta‟mi va mazasi muhim bo„lib, go„shtning ozuqaviy qiymatini belgilaydigan boshqa ko„rsatkichlarini kamaytiradi. Masalan, go„sht tuzlash yo„li bilan konservansiyalanganda uning ta‟mi va mazasi yaxshilanishi bilan tarkibidagi oqsil miqdori ancha kamayadi. Shuning uchun go„sht mahsulotlari ishlab chiqarishda, shunday texnologik me‟yorlarni qo„llash kerakki, uning tarkibidagi oqsil miqdoriga salbiy ta‟sir qilmasin, hamda oqsilning hazmlanish xususiyati yuqori bo„lsin. Go„shtni qayta ishlash texnologiyasi jarayonlarining qat‟iy meyorlarda olib borilmasligi natijasida, ba‟zan oqsil moddalarining molekulalaridagi tuzilish buziladi. Bu holat go„shtlarni uzoq muddatga saqlaganda ham kuzatiladi. Bu jarayonlar go„sht mahsulotlarining biologik qiymatini pasaytiradi. Shuning uchun go„sht mahsulotlarining biologik qiymatiga baho berilganda, go„shtning tarkibidagi oqsillarning, turli omillar ta‟siriga chidamliligi muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning biologik qiymati, kimyoviy va biologik usullarda aniqlanadi. Kimyoviy usulda oqsilning tarkibidagi aminokislotalar aniqlanib, ularning nisbatiga qarab baholanadi. FAO va VOZ tomonidan aminokislotalarni hisoblash uchun 325 maxsus shkala ishlab chiqilgan. Bu shkalada 1g oqsil va 1g azot tarkibida necha mg aminokislota saqlanishi mumkinligi hisobga olingan. Go„sht tarkibidagi aminokislotalar soni, foiz hisobida shkala ko„rsatkichlariga nisbatan hisoblab aniqlanadi. Amaliyotda go„shtlarning biologik qiymatini aniqlashda quyidagi tanqis aminokislotalar: lizin, triptofan va tarkibida (S) oltingugurt saqlovchi aminokislotalar aniqlanadi. Bundan tashqari, triptofanni oksiprolinga nisbati bilan ham biologik qiymat aniqlanishi mumkin. Go„shtlarni biologik qiymatini baholashda, KEB (oqsillarni tejamkorlik koeffitsienti) va KIB (oqsillarni ishlatilish koeffitsienti) ko„rsatkichlari hisobga olinadi. Oqsillarning biologik qiymatini aniqlashning eng ob‟yektiv usuli, azot balansini aniqlashdir. Bunda ozuqa bilan qabul qilingan va organizmdan chiqib (siydik, axlat va ter) ketgan azotning miqdori aniqlanadi. Oragnizmda hazm bo„lgan azotni, qabul qilingan azotga nisbatining foizdagi ifodasiga oqsilning biologik qiymat ko„rsatkichi deyiladi. Go„shtni biologik, ozuqaviy qiymatini aniqlash va ularga ta‟sir qiluvchi omillarni bilish muhim bo„lib, bunda nimtaning turli joylaridan qanday maqsadda foydalanish aniqlanadi. Bunda oziq-ovqat va hayvonlar uchun ozuqa sifatida, past qiymatli nimta bo„laklarni alohida ajratishga imkoniyat tug„iladi. Mahsulotlarni sifatini oshirish; mehnat unumdorligiga, xo„jalik qurilishini jadallashuviga, tejamkorlikka va eng asosiysi ishchilarni hayot farovonligini yaxshilanishiga ijobiy ta‟sir qiladi. Murakkab go„sht mahsulotlarini sifatini aniqlashda, uning barcha xususiyatlarini hisobga olish qiyin. Shuning uchun, bunda muhim kompleks belgilar sifati aniqlanadi. Go„sht sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilishda, nafaqat puchak mahsulotlarni aniqlash, balkim sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishning oldi olinadi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini aniqlash uchun qulay va oson usullarni tadbiq qilish kerak. Ammo, bu usullar ishlab chiqarishda qo„llanilmayapti. Hozirgi davrda go„sht mahsulotlarining sifatini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida, ayniqsa ularni yangiligini aniqlashda, gistologik usullarni qo„llashning muhimligi ta‟kidlanmoqda. Go„shtning sifatini aniqlashda «Ultra X» apparati qo„llanilsa, boshqa usullarga qaraganda 8-10 marta tez aniqlash mumkin. Bu apparatda bitta namuna go„shtda uning tarkibidagi suv, yog„, oqsil va mineral moddalarni aniqlash mumkin. Go„shtning sifatini kompleks belgilari ya‟ni; orgonoleptik, sanitariya- gigiyenik va texnologik, hamda ozuqaviy qiymatlari kabilar belgilaydi. Go„shtning sifatini xarakterlaydigan ko„rsatkichlar 4 guruhga bo„linadi: 1. Ozuqaviy qiymati (undagi oqsil, yog„, uglevod, vitamin, mikro va makro elementlar saqlanishi) 2. Organoleptik ko„rsatkichlari (tashqi tuzilishi, rangi, marmarlik, ta‟mi, hidi, konsistensiyasi, yumshoqligi (sochnost)). 3. Sanitariya-gigiyena holati (kishilar salomatligiga salbiy ta‟siri, kasallik tarqatuvchi mikroblar, og„ir metall tuzlari, nitritlar, pestisidlar saqlanishi). 326 4. Texnologik ko„rsatkichlari (suv yutish qobiliyati, Rh konsentrasiyasi, biriktiruvchi to„qima miqdori, yog„ miqdori va holati). Tayyor go‘sht mahsulotlarining sifatiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 1. Go„shtning sifatiga hayvonlarning tiriklik vaqtidagi ta‟sir qiluvchi omillar (hayvon turi, zoti, jinsi, yoshi, burdoqilash xarakteri, sog„ligi, tashish usuli va so„yishdan oldingi och qoldirish davri). 2. Qishloq xo„jalik hayvonlarini so„yishdan keyingi ta‟sir qiluvchi omillar (go„shtning qotishi, yetilishi, chuqur avtoliz, chirish, gidroliz, mog„orlanishi, hidi, ta‟mi va rangining o„zgarishi). 3. Texnologik qayta ishlash (tuzlash, maydalash, aralashtirish, qovurish, qaynatish, dudlash, quritish va boshqalar). 4. Go„shtni saqlash ( 0 S, namlik, havo almashinishi, saqlash muddati). Go„shtning sifatiga bo„lgan talabning ortib borishi, uning kimyoviy tarkibi va ozuqaviy xususiyatini har tomonlama o„rganishni talab qiladi va uni kishilik hayotiga mos ravishda o„zgartirishga qaratiladi. Yuqori sifatli go„sht yetishtirish uchun quyidagi vazifalarni, muammolarni hal etish kerak: 1. Qishloq xo„jaligi hayvonlarining go„sht mahsuldorligi va uning sifatiga qarab seleksiya ishlarini olib borish. 2. Go„shtga topshirilayotgan mollarning o„rtacha tirik vaznini oshirish. 3. Yuqori go„sht chiqimiga ega bo„lish(suyak % kam, lahm % ko„p). Jamiyatning hozirgi zamon tarraqqiyoti, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni andozalashni taqazo qiladi. Bunda asosiy ahamiyat ularning sifatiga qaratiladi. Xom-ashyo, yarim fabrikat (yarim tayyor), tayyor mahsulot va qo„shimcha mahsulotlar sifatining andozalanishi katta ahamiyatga ega. Mahsulot sifatining past yoki yuqori bo„lishi, tovarshunoslik nuqtai nazaridan andozalar bilan aniqlanadi. Bunda, albatta sanoatning ilmiy-texnika yutuqlariga alohida ahamiyat beriladi. Mahsulotni sifatiga baho berish davlat andozalari orqali amalga oshiriladi. Har 5 yilda andozalar va TU qayta ko„riladi va ishlab chiqarishda orqada qolganlari yangilanadi. Mahsulotning andoza ko„rsatkichlari savdoda katta ahamiyatga ega va preyskurant tuzishda asos qilib olinadi. Davlat andozasi-yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Ishlab chiqarishda andozalarga amal qilish darajasi doimo rejali ravishda, davlat andoza xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilinib boriladi. Andozalashtirishni rejalash va ishlab chiqilgan mahsulotni ko„rikdan o„tkazish mahsulotni sifatini boshqarishning usuli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda juda ko„p go„shtchilik sanoati korxonalarida mahsulotning sifatini kompleks boshqarish tizimi tadbiq etilmoqda. Mahsulotning sifatini kompleks boshqarish tizimining asosiy maqsadi, yangi sifatli mahsulotlar yaratish, yuqori sifatli mahsulotlarni ko„plab ishlab chiqarish, past toifadagi mahsulotlarni kamaytirish va puchak mahsulotlar ishlab chiqarishga chek qo„yishdan iborat. 327 VIII.2.1. Go‘shtga topshirish uchun qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini tashish. So„yishga mo„ljallangan qishloq xo„jalik hayvonlarini tashish murakkab va og„ir jarayon bo„lib, uni ma‟lum qabul qilingan qoidalarga qat‟iy rioya qilgan holda tashkil qilish va o„tkazish muhim ahamiyatga egadir. Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini tashish jarayonini muvaffaqiyati juda ko„p omillarga bog„liq bo„lib, hayvon va parrandalarni xo„jaliklarda tashishga tayyorlash jarayonini to„g„ri tashkil qilinishi, tansport vositalarining tashishga tayyorgarligi, tashish tezligi, transportga ortish va tushirish sharoiti, tashish jarayonida veterinariya-sanitariya qoidalariga to„liq amal qilishga bog„liq. Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini tashishda qanday usul qo„llanilishidan qat‟iy nazar, veterinariya xizmati xodimlarining qat‟iy nazorati ostida o„tkaziladi. Hayvonlarni xo„jalikdan ko„chirish uchun, har bir guruh hayvonlar uchun hujjatlar to„ldiriladi. Veterinariya guvohnomasi (shakl №1), mamlakat statistika boshqarmasi tomonidan maxsus chiqarilgan, veterinariya boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatdir. Bu hujjat xo„jalik veterinariya davolash (tuman) bo„limi vrachlari, tomonidan to„ldiriladi Tuman bosh veterinariya vrachi bu hujjatni to„ldirish bo„yicha javobgar shaxs bo„lib, hujjat to„ldiruvchi shaxslarning familiyalari to„g„risida go„sht sanoati korxonalariga oldindan xabar beriladi. Bu hujjat 3 kun davomida, faqat xo„jalikdan hujjatda ko„rsatilgan go„sht sanoati korxonasi manziliga qadar yuridik kuchga ega bo„ladi. Mol-tovar-transport hujjati, bu muhim hujjat hisoblanib, 3 nusxada to„ldiriladi. Bir nusxa xo„jalikda qolib, ikki nusxa tashishga javobgar shaxsga beriladi. Ulardan bir nusxasi muhrlanib, konvertga solinib, go„sht sanoati korxonalariga yuboriladi. Bu hujjatni har bir qatoriga, qoramol, ot va tuyalarni har bir boshini tirik vazni, sog„ligi, yoshi va jinsi aniq yoziladi. Qolgan qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalariga turiga qarab har bir guruh ko„rsatkichlari alohida qatorga to„ldiriladi. Hayvonlarni tarozilarda tortish oxirgi marta sug„orilib-oziqlantirgadan so„ng, 3 soat o„tgach amalga oshiriladi. Hujjatga mollarni topshiruvchi shaxs, bosh hisobchi va xo„jalik rahbari tomonidan imzo chekilib, muhrlanib konvertga solinadi. Yo‘l jurnali – hayvonlar uzoq masofaga tashilganda to„ldiriladi unga yo„lda sarflanadigan barcha harajatlar yoziladi. So„yishga mo„ljallangan qishloq xo„jalik hayvonlarini tashish jarayonida ularni saqlash sharoiti keskin o„zgaradi, bu holat ularni umumiy holatiga keskin ta‟sir qiladi, ayniqsa tashishni birinchi kunlarida ular bezovtalanib, oziqlanmay qo„yadi. Shuning uchun, hayvonlarni, xo„jalikda tashish jarayoniga tayyorlash lozim. Buning uchun ular turi, tirik vazni, jinsi, semizligi, yoshiga qarab guruhlanadi. Guruhlardagi mol bosh soni, mavjud transport vositalarini turiga qarab aniqlanadi 328 va ular alohida saqlanadi. Bunda ular bir-biriga yaxshi o„rganib, o„zlarini tinch sezadilar, natijada stress holatlar kamayib, har xil travmatikjarohatlarning va tirik vazn kamayishining oldi olinadi. Yangi tashkil qilingan guruh hayvonlar ichida stress holatlar ayniqsa oziqlantirish va sug„orish paytida yaqqol seziladi. Bunda guruhlarga mollar to„g„ri tanlangan bo„lsa, ular o„zlarini yaxshi, erkin his qiladi. Bunda guruh ichidagi har bir hayvonning xulq-atvori (povedeniye) katta rol uynaydi. Guruhda kuyga kelgan urg„ochi hayvonlar bo„lishi, yoki yosh buqachalar bo„lsa guruh tinchligini buzadi. Imkoni boricha bunday hayvonlar guruhga kiritilmagani maqsadga muvofiq. Hayvonlarni agressiv holati, qo„pincha, ularni och qolishi, suvsiz qolishi, o„zi egallagan joy uchun kurashishi, guruhida boshqarish (gigimon) davrlarida yaqqol seziladi. Har bir guruhda yetakchi (vojak) paydo bo„ladi, ular serharakat bo„lib guruhni boshqaradi. Guruhlar tashishga 10-12 kun (kamida 2-3) qolganda tuzilib, ular alohida saqlanadi, oziqlantirish ratsioni tashish jarayonida qo„llaniladigan ratsionga o„tkaziladi. Bir bosh qoramol uchun 2,7 m 2 , cho„chqa va qo„ylar uchun 1,5 m 2 saqlash joyi ajratiladi. Uzoq masofaga tashish vaqtida, hayvonlarga yo„lda beriladigan turli ozuqalar jamg„ariladi. Har 1 s tirik vazni uchun qoramol va qo„ylarga 5,5 kg yaxshi pichan, cho„chqalarni 1 boshiga 2,5 kg omixta yem, parrandalar uchun 80 g, quyonlarga 20 g omixta yem olinadi. Yo„lda ko„k o„t berish taqiqlanadi. Tushama sifatida poxol, yog„och, qirindisi yoki torf ishlatilishi mumkin. Qishloq xo„jalik hayvonlari temir yo„l, suv transportlari, avtomobillarda va haydash yo„li bilan xo„jaliklardan go„sht sanoati korxonalariga yetkazilishi mumkin. Temir yo„l transportlarida hayvonlar manzilga 4 kun mobaynida yetkazilishi lozim. Masofa oralig„i 300-800 km ni tashkil etadi. Bundan uzoq muddatga tashish ular sog„ligiga salbiy ta‟sir qiladi. Hayvonlar maxsus yoki oddiy yuk vagonlarida, maxsus jihozlangandan so„ng tashilishi mumkin. Maxsus vagonlarga oxo„rlar o„rnatilib, ular tagidan hayvonlarni bog„lab qo„yish uchun halqalar berkitiladi. Vagonga sug„orish uchun ham temir oxur o„rnatiladi. Turli ozuqalar, tushama va kerakli asboblar uchun stellaj mavjud. Oddiy yuk vagoni esa jihozlanganda zahira suv uchun unga katta idish o„rnatilishi, lozim. O‟rtada hayvon bog„lanishi uchun halqa mahkamlanadi. Vagoning bir eshigi berkitiladi. Hayvonlar uzunasiga joylashtiriladi. Odatda temir yo„l tashkilotlari hayvonlarni tashish uchun yaroqli, toza dezinfeksiyalangan va yuvilgan vagonlarni ajratishi lozim. Vagonlarda o„tkir predmetlar, mixlar bo„lmasligi kerak. Har bir javobgar shaxs 2 ta chelak, lopatka, fonar, arqon (2,5-3 m har bir boshga), lagan, supurgi, xalat, rezina qo„lqop, sovun, kreolin va xlorli ohaklar kabilar bilan ta‟minlanadi. Hayvonlar stansiyaga kunduzi, vagonga ortilishiga 2 soat qolganda keltirilishi lozim. Hayvonlar 2 soat dam olgandan so„ng veterinariya nazoratidan o„tkaziladi. 329 Kasal, kasallikka moyil va oriq, hamda hujjatlari bo„lmagan hayvonlarni ortishga ruxsat berilmaydi. Davlat transport veterinariya-sanitariya xodimlari tomonidan vagonlarning hayvonlarni tashishga layoqatligi tekshirilib, veterinariya guvohnomasiga yozilgandan so„ng hayvonlar maxsus ortish joyida (traplar) vagonlarga ortiladi. Agar, hayvonlar ortishiliga ruxsat berilmasa, 2 soat ichida xo„jalikka jo„natiladi. Barcha harajatlar xo„jalik tomonidan to„lanadi. Hayvonlarni vagonlarga ortishda sekin, urmasdan, baqirmasdan, tig„li narsalar ishlatmasdan ortilishi lozim. Aksincha, hayvonlar stress holatga tushishi mumkin. Hayvonlarning turi, jinsi, semizligi va tirik vazniga qarab, turli vagonlarga ortish miqdori chegaralangan. Vagonlarga qoramol va otlar bog„lab (uzunasiga) ortiladi. Boshqa qishloq xo„jalik hayvonlari bog„lanmaydi. Vagonlarga har xil jinsli hayvonlar ortilsa ular oralig„i to„siq bilan ajratilishi lozim. Yozda cho„chqalar bosh soni 10-15% kamaytiriladi (issiq urishi mumkin). Hayvonlar yo„lda kuniga 3 marta oziqlantirilishi va yozda 2 va kamida 1 marta sug„orilishi lozim. Suv sarfi har bosh qoramolga 10-15 l, cho„chqa, qo„y-echkiga 1,5-2 l tashkil qiladi. Suv harorati 9- 15 0 S bo„lishi kerak. Kasal hayvonlar alohida oziqlantiriladi va sug„oriladi. Yo„lda hayvonlarni so„yish qat‟iy taqiqlanadi. Hayvon o„lsa gavda maxsus stansiyalarga tushiriladi va maxsus chiqim akti to„ldiriladi. Hayvonlarni vagondan tushirish, Davlat vet-sanitariya nazorati hodimlari nazoratidan o„tgandan so„ng amalga oshiriladi. Stansiyaga kelgandan boshlab va 6 soat ichida tushirilishi lozim. Oldin sog„lom, so„ngra kasal hayvonlar tushiriladi. Har bir vagondan mollarni tushirishga 30 minut vaqt ajratiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling