Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch kurash (troyeborye).
- Yuqori darajali ot minib yurish
- V bobga oid test savollari
- V bob uchun topshiriq
- VI.1. Cho‘chqalarning biologik xususiyatlari va tasnifi.
5.4.Ot sporti. Ot sporti noyob sport turi bo„lib qadim zamonlardan buyon turli ko„rinishda o„tkazib kelinadi. Bu sport turi insonlarni jismoniy jihatdan rivojlantirib qolmasdan asabini mustahkamlaydi. 224 Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xususiy ot sporti klublarining tashkil qilinishi ularda ko„plab yoshlarni shug„ullanish imkonini berib, ulardan respublika va jahon musobaqalarining sovrindorlari yetishib chiqmoqda. Ot sporti klassik va milliy turlarga bo„linadi. Klassik turlariga quyidagilar kiradi : Uch kurash (troyeborye). Uch kurash dasturi 3 kun mobaynida, o„tib 1chi kuni maxsus bino (manej) ichida har xil usulda yurish, ( yuqori darajali salt minib yurish), 2- kuni ma‟lum o„lchamlarga ega maydonchada o„rnatilgan har-xil balandlik va shalkdagi to„siqlardan sakrab o„tish, 3-kuni esa 36 km.li tekis bo„lmagan masofani chopib o„tishni o„z ichiga oladi. Uch kun musobaqalarda bir ot va chavondoz qatnashishi shart. To„siqlardan sakrab o„tish – konkur, to„siqlardan sakrab o„tish eng ko„p tarqalgan tur hisoblanadi. Unda to„siqlar majmuasi bo„lib, ot va chavondoz benuqson sakrab o„tishlari kerak. Stipl-chez-otni ochiq maydonda, ippandromda har-xil to„siqlardan (ariq, yog„och to„siq, maxsus qilingan devor, chuqurlik, ko„kat devor va boshqalar) sakratib choptirishga aytiladi. Musobaqa masofasi 1800 metr dan 3600 metr gacha bo„lishi mumkin. Yuqori darajali ot minib yurish – otning foydali va juda chiroyli harakatlarini namoyish etadi. 20x60 metrli maydon ichida ot va chavondoz mutanosibligi, turli shakl-shamoyildagi mashqlar bajarish belgilanadi, uning maxsus andozalari bo„lib u to„liq shunga asosan o„tkaziladi. Bunda ot chavondoz xukmiga to„liq bo„ysinadi, natijada bir qator sun‟iy harakat turlari (oldingi oyoqni bukmasdan tashlash, yo„rtish, uch oyoqda galop chopish va boshqalar) bajariladi. Milliy ot sporti o„yinlari ko„pchilik xalqlarda mavjud bo„lib, o„z xususiyatlariga ega. Ularga quyidagilar kiradi. Olomon poyga – otlar 500, 700, va 1000 m ga choptiriladi. Ushbu o„yin turida chavondozning vazni inobatga olinmay, chavondoz 12 yoshdan katta bo„lishi shart. Birinchi marraga kelgan g„olib hisoblanadi. Musobaqada mahalliy va zoti yaxshilangan otlar qatnashadi. Qiz quvish - qozoq va qirg„izlarning milliy o„yini. Bunda mahalliy va zoti yaxshilangan otlarda yigit va qizlar juft-juft bo„lib qatnashadi. O‟yinning birinchi yarmida yigit qizni quvib yetib o„pishi, ikkinchi yarmida qiz yigitni quvib yelkasiga qamchi bilan urishi taqozo etadi. Ag‘darish (same) - qozoq va qirg„iz xalqining milliy o„yini. Musobaqa shaxsiy va komanda birinchiligi uchun o„tkaziladi. 18 yosh va undan katta chavondozlar 65 kg gacha yengil og„irlik, o„rta – 80kg va undan og„ir vazn toifasida musobaqalashadilar. Musobaqa 25x50 metrli yo„lakda yoki 30x40 metrli maydonda o„tkaziladi. Musobaqa 15 minut davom etib bir chavondoz ikkinchisini yerga qulatishi kerak. 15 minutda g„olib aniqlanmasa hakamlar yaxshi usul qo„llagan chavondozga g„oliblikni beradi. 225 Ko‘pkari – Qozog„iston va O‟rta Osiyo mamlakatlarining milliy o„yin turi hisoblanadi. Ko„pkari komanda o„yini bo„lib, har komandada 5tadan chavondoz qatnashadi. Musobaqa uzunligi 400-500 metr va eni 30 metr keladigan maydonchada o„tkaziladi. Maydoncha masofasining oxirlari qizil bayroqchalar bilan belgilanib markaziga esa diametri 3 metrli aylana chizilib, musoboqa boshlanishidan oldin shu aylana ichiga uloq tashlanadi. Chavondozlar 15 minut ichida aylanadan echki tanasini ko„proq marta o„z darvozalariga olib borib tashlasalar g„olib hisoblanadilar, g„olib aniqlanmasa yana 15 minut qo„shib beriladi. Bundan tashqari gruzin xalqining sexen-burti, issindi; ozarbayjonlarning syur-papax, papax o‘yini; tog„liklarning nizaki-netum; ozarbayjon va tojik xalqlarining eski milliy o„yini – chovgan mavjud. V Bob nazorat savollari 1. Yilqichilikning rovojlanishi istiqbollari 2. Otlarning biologic hususiyatlari 3. Otlarning sut mahsuldorligi 4. Otlarning go‟sht mahsuldorligi 5. Otlarning ish qobuliyati 6. Ot zotlari klassifikasiyasi 7. Qorabair ot zoti 8. Salt miniluvchi sof qonli ot zoti 9. Ahfltara ot zotlari 10. Biyalarni sog‟ish 11. Otlarni go‟sht uchun o‟stirish va bo‟rdoqilash 12. Biyalarni tg‟dirish 13. Qulunlarni o‟stirish 14. Toylarni o‟stirish 15. Toylarni mashq qildirish 16. Otlarni mashq qildirish 17. Toy va biyalarni qochirish 18. Ot bilan o‟tadigan halq o‟yinlari 19. Klassik ot o‟yinlari 20. Ot sporti klublarini tashkil qilish V bobga oid test savollari 1. Zoologik klassifikasiya bo‟yicha otlar qaysi sinfga kiradi? a) Sut emizuvchilarga b)Sudralib yuruvchilar c)Kavsh qaytaruvchilar 226 d) Juft tuyoqlarga e) Ko‟p oshqozonlilarga 2. Otlar qachon hid bilish qobuliyatini yoqotadi? a) Qor yoqqanda b)Tuman, shudring tushganda c) Issiq vaqtda d) Qorong‟ida e) Shamolda 3. Otlar qaysi kasallik bilan kasallanmaydi? a) Dizenteriya bilan b)Tuyoq kasalliklari bilan c)Sil kasalligi bilan d) Dispepsiya e) Brusllyoz 4. Otning necha dona bo‟yin umrtqasi bor? a) 11 ta b)5 ta c)9 ta d) 7 ta e)3 ta 5. Otlarda necha dona tish bo‟ladi a) Ayg‟irlarda 42 ta, biyalarda 35 ta b)Ayg‟irlarda 44 ta, biyalarda 46 ta c)Ayg‟irlarda 32 ta, biyalarda 38 ta d) Ayg‟irlarda 34 ta, biyalarda 40 ta e) Ayg‟irlarda 40 ta, biyalarda 36 ta 6. Kulunlarning 1 kg semirish uchun necha kg biya suti krak bo‟ladi? a) 10 L b) 8 L c) 12 L d) 14 L e) 16 L 7. Biyalar elin aylanmasi necha cm. a) 26-45 cm b) 54-72 cm c) 28-52 cm d) 36-65 cm e) 80-100 cm 8. lin so‟rg‟ichlari uzunligi necha cm boladi? 227 a) 4-7 cm b) 2-6 cm c) 3-5 cm d) 5-9 cm e) 8-10 cm 9. Allyur deb nimaga aytiladi? a) Ot kuchida foydalanish b) Otlarni aravaga qo‟shish c) Otlarni choptirish d) Otlarning yurish usullari e) Sport o‟yinlari 10. Biyalarning bug‟ozlik davri davomiyligi a) 365 kun b) 355 kun c) 370 kun d) 380 kun e) 335 kun 11. Qorabair zotining qaysi tizimlarini bilasiz? a) Ulug‟bek 024, Artek 27? Bulung‟ur 54, fanatik 679 b) Argust, sheriff, holod, standart, turiq c) Sochib, Solovsh, hayqiriq, chopqir -025 d) Buyan, natron, targ‟il, shovqin e) Yyolg‟iz, chopqir-025, sporti-011, qaysar-12 12. Biyalarning quyqishi necha sutka davom etadi? a) 1-2 sutka b) 5-7 sutka c) 3-4 sutka d) 2-3 sutka e) 8-10 sutka 13. Otlarning tusi deb nimaga aytiladi? a) Tana qismidagi tabiiy doglarga b) Tana qismidagi blgilarga c) Terining rangiga d) Tanadagi su‟niy tamgalarga e) Tana yuzasidagi kamchiliklarga 14. Qorabair zoti qaysi zotlar ishtirokida keltirib chiqarilgan? a) Arab mahalliy, sof qonli, bunyoniy, nomud zotlari b) Qozoq, qirg‟iz, azarbayjon, og‟ir yuk tortuvchi zotlari. 228 c) Qozoq, qirg‟iz,turkman, fors, arab zotlari d) Qozoq, qirg‟iz, turkman, sof qonli, og‟ir uyk tortuychi zotlar e) .Qozoq, qirg‟iz, turkman, fors, arab zotlari 15. Ot go‟shtidan qanday noyob taomlar tayyorlanadi? a) Qazi, qarta, chujik, suret, kolbasa b) Qazi, qarta, chujik, kolbasa, sarsel‟ka c) Qazi, qarta, sosiska kolbasa d) Qazi, qarta, suret, konserva, qurigan go‟sht e) Qazi, qartasuret, minchijuk 16. Nima uchun faqat biya sutidan qimiz tayyorlanadi? a) Suti tarkibida qand moddasi ko‟p bo‟lganligi uchun b) Suti tarkibida yog‟ moddasi ko‟p bo‟lganligi uchun c) Suti tarkibida yog‟ moddasi ko‟pligi uchun d) Suti tarkibida mineral moddasi ko‟pligi uchun e) Suti tarkibida vitaminlar ko‟pligi uchun 17. Nima uchun faqat ot go‟shtidan qazi tayorlanadi? a) Go‟shti tarkibida yog‟ to‟qimasi ko‟p bo‟lgani b) Go‟shti tarkibida qand moddasi ko‟p bo‟lganligi uchun c) Go‟shti tarkibida muskul to‟qimasi ko‟p bo‟lgani uchun d) Go‟shti tarkibida mineral moddalar ko‟pligi uchun e) Go‟shti tarkibida vitaminlar ko‟p bo‟lgani uchun 18. Otlar necha hilda yuradi va ular qaysilar? a) 2 hil, you‟g‟lar, yo‟rtib yurish b) 1 hil yo‟rtib yradi c) 3 hil odimlab yo‟rtib, yo‟rtoqilab d) 1 hil yo‟rg‟alab yuradi e) 3 hil sekin, chopib yo‟rtib 19. Biyolar necha oy sog‟iladi? a) 3-4 oy b) 8-9 oy c) 2-3 oy d) 5-7 oy e) 10-12 oy 20. Stipil chez sporti deb nimaga aytiladi? a) Ot to‟g‟ri chiziq bo‟ylab tisiriladi, bunda boshi va biroz bukiladi b) Otning joyida bo‟rtishi, yrdan ko‟tarilishi, chopishi 229 c) Ot oyog‟i chapga, unga, ko‟ndalangiga, diagonal tashlanishi kerak d) Ot joyida turib yo‟rtadi, keyin to‟siqlarda oshib o‟tadi e) Otni ochiq maydonda, ippodromda va har hil to‟siqlardan sakratib choptirishga aytiladi V bob uchun topshiriq 1. Otlarning tanasi mutanosib rivojlanib, ular ______yugurish,______yuk tortish imkoniyatlariga ega. 2. Otlarda _______nerv sistemasi, cho‟tlash,_______, ____va ____________a‟zolari mukammal rivojlangan. 3. Otlar ho‟jalik nuqtai nazardan quydagicha tasnif qilinadi: a) b) c) d) 4. Suyagi ingichka, uzun va mustahkam bo‟lib, mushaklari pishiq, tabiati sho‟h, tez yugurish imkoniyatiga ega otlar qaysi tipga kiradi? 5. Jussador, suyaklari yog‟on, mushaklari hajmli va tabiati yovvosh otlar qaysi tipga mansub? 6. O‟zbekistonning rejali ot zotlarini toping? A) b) 7. Turli tusga mansub, mahalliy sharoitga moslashgan bo‟lib, salt va hurjun bilan minish, aravaga qo‟shish hillari mavjud, biyalari 1500-2000 kg sut beradigan, so‟yilganda 52-55 % so‟yim chiqimiga ega ot zotini toping 8. Tusi asosan soman va to‟riq, biyalarining yag‟rin balandligi 158-160, tana uzunligi 177-183 sm, kaft aylanasi 18.6-19.6 sm bo‟lgan ot zotini aniqlang. 230 9. Ot go‟shtining tarkibida _______% oqsil bo‟lib, yog‟i asosan to‟yinmagan yog‟ kislotalaridan tashkil topib uning _____% i almashtirib bo‟lmaydigan yog‟ kislotalaridan iborat 10. Ot go‟shti inson uchun zarur mikroelementlardan _______,_________,_____va misga boy 11. To‟yinmaga yog‟ kislotalari ko‟p bo‟lgani uchun ularning erish darajasi past 28.6 ____ 0 C, go‟sht tarkibidagi yog‟ miqdori 16-23% bo‟lganda uning kaloriyaligi _________kkalni tashkil qiladi. 12. 2.5 yoshlik toy go‟shtining tarkibida ________% muskul, ______% yog‟ va _________% suyak bo‟ladi. 13. Biyalarning laktasiya davomiyligi 6-8 oyni tashkil qiladi va u quyidagicha ta‟riflanadi: 1-oy-100 % bo‟lganda 2 oy-95-99 % 3 oy -___% 4 oy -___% 5 oy -___% 6 oy -___% 7 oy -___% 8 oy -___% tashkil qiladi 14. Nazorat sog‟ishda qulunga emizmasdan 12 soat davomida biyadan 6.7 litr sut sog‟ib olingan. Biya sutining miqdorini Saygin formulasi yordamida toping. 231 15. 14 soatlik nazorat sog‟im davomida (qulunga emizmasdan) biyadan 5 litr sut sog‟ib olingan. Biyaning jami sutkalik sut miqdorini aniqlang. 16. Agar qulun tug‟ilganda 47 kg bo‟lsa, 30 kunligida 81 rg ga etgan. Bir oy davomida qulun necha litr sut emgan 17. Quyidagi jadvalda berilgan ma‟lumotlar asosida otlarning so‟yim chiqimini aniqlang. Ot zoti Semizlik kategoriyasi So‟yishdan oldingi tirik vazni Yoshi bo‟yicha guruhi Nimtalar vazni, kg Ichki yog‟, kg So‟yim chiqimi % Qorabair I 419 Voyaga etgan 234.0 7.38 Qorabair II 347 Voyaga etgan 177.0 2.94 Qorabair III 242 Voyaga etgan 131.7 3.2 18. Ot go‟shti nimtasi tarkibida to‟qimalar nisbatni topihg Zotlari Nimta vazni, kg Mushak va yog‟ to‟qimalari Suyak Payi kg % kg % kg % Jabe tipidagi ot 278.4 234.7 36.8 6.9 Adaev 218.4 182.6 29.7 6.1 Boshqird 226.8 182.1 35.8 8.9 Yoqut 247.5 209.4 31.9 7.3 Qorabair 234.6 187.4 38.9 7.3 duragaylar 291.6 231.5 51.2 8.5 232 19. Ot uch kurashi klassik turi bo‟lib uch kunda o‟tkaziladi 1 kun ________________ 2 kun________________ 3 kun________________ 20 Milliy ot o‟yinlarini yozib chiqing. a). ot polasi b) v) g) d) e) j) z) ko‟pkari i) 21. O‟rtacha tezligi soatiga 4 km bo‟lgan 435 kg vaznga ega bo‟lgan ot 7 soat davomida ishlanganda qanday ish (kg/mda) bajarishini toping 22. Vazni 560 kg, o‟rtacha tezligi 1.5 m/sek bo‟lgan ot 7 soatda qanday ish bajaradi. 233 VI BOB CHO‘CHQACHILIK. Cho„chqachilik chorvachilikning muhim sohasi bo„lib, insonlar uchun muhim oziq- ovqat hisoblangan go„sht va sanoat uchun xom-ashyo manbai hisoblanadi. Cho„chqa go„shti tarkibining boyligi va to„yimliligi bilan boshqa go„shtlardan ustun turadi, shu boisdan jahonda ishlab chiqarilayotgan go„shtning 40% dan ko„prog„i ushbu go„shtga to„g„ri keladi. Mamlakatda go„sht muammosini hal etishda ushbu soha alohida o„rin tutadi, chunki cho„chqalardan qisqa paytda (114- 116 kun) bola olib, ularni jadal o„stirib va bo„roqilash bilan 7-8 oyligida (100-110) go„sht uchun so„yish mumkin. Bir ona cho„chqadan bir yilda 2 marta, har tuqqanda 10-12tadan cho„chqa bolasini olish natijasida bir yilda 20 ta cho„chqani go„sht uchun o„stirib 2000 kg go„sht yetishtirish mumkin. Cho„chqa go„shti yetishtirish iqtisodiy jihatdan ham samarali hisoblanadi, yoki 1 kg qoramolning semirish uchun 10 oziqa birligi, 1 kg qo„yni semirish uchun 12-15 oziqa birligi sarflanganda 1 kg cho„chqa vazni qo„shish uchun 5-6 oziqa birligi kifoya qiladi. Bundan tashqari cho„chqalarni turli xo„jalik sharoitlarida o„stirib, bo„rdoqilash mumkin, chunki turli xil oziqalarni yeb arzon go„sht berish qobilyatiga ega. Ayniqsa ular sanoat va oziq ovqat chiqindilari, o„simlik oziqalaridan ham samarali foydalanadi. Cho„chqalar go„shti to„yimliligi bilan bir qatorda muhim texnologik xususiyatlarga ega bo„lib, ularni uzoq muddat saqlash va noyob go„sht mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin. Mamlakatimizda cho„chqachilikni fermer, dehkon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Buning uchun ixtisoslashgan yoki chorva fermer xo„jaliklari evaziga sohani tashkil qilish mumkin. Buning uchun hokimliklar, joylardagi mahalliy ma‟murlar eski faoliyat ko„rsatmayotgan cho„chqachilik fermalarini ishbilarmonlarga bepul (Investisiya kiritish) berish yo„li bilan sohani tiklash mumkin. Shuningdek, fermerlar, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarga imtiyozli kreditlar berish, ularga yetarli miqdorda yem va boshqa zarur qo„shimcha oziqalar bilan ta‟minlashda ko„mak berishlari kerak. “O‟znaslxizmat” Respublika birlashmasi fermer va dehqon xo„jaliklarini nasldor cho„chqalar bilan ta‟minlash imkoniyatlarini axtarishlari kerak. Sohani rivojlantirish uchun tegirmon korxonalari cho„chqalar uchun maxsus omixta yem ishlab chiqarishni talab etiladi. Cho„chqachilikda muvaffaqiyatlarga erishish uchn ulardan har yili bitta o„rtacha urg„ochi cho„chqadan kamida 17- 17,5 cho„chqa bolasi olish, bo„rdoqilarni 450-500 g semirtirishiga erishish, go„shtga topshiriladigan cho„chqalarning o„rtacha vaznini 110-120 kg gacha yetkazish va 1 kg semirish uchun 6,5-7,0 oziqa birligi sarfi talab etiladi. 234 VI.1. Cho‘chqalarning biologik xususiyatlari va tasnifi. Cho„chqalarning qator biologik xususiyatlari mavjud bo„lib ular ko„p, sifatli va arzon go„sht yetishtirish garovi hisoblanadi. Ularning biologik xususiyatlariga bo„g„ozlik davrining qisqaligi, serpushtliligi, tez yetiluvchanligi, semirish uchun oziqa sarfining kamligi, har xil oziqalarni hazm qilishi, so„yim chiqimining yuqoriligi kiradi. Me‟yorda o„stirilgan urg„ochi cho„chqalarni 9-10 oyligida vazni 120-130 kg bo„lganda qochirib cho„chqa bolalarini olish mumkin, yoki go„sht uchun yosh cho„chqalarni 5,5-6,0 oyligida 100 kg qilib go„sht uchun so„yish mumkin. Urg„ochi cho„chqalarning bo„g„ozlik davri 114-116 kun bo„lib oddiy xo„jaliklarda bir yilda 2 marta tug„dirish imkonini beradi, cho„chqa go„shti yetishtirish jadal usulda tashkil qilinganda 2,5 martagacha tug„dirish mumkin. Cho„chqalar serpusht bir tuqqanda 13-15, ba‟zi hollarda esa 30 tagacha tug„ish qobilyatiga ega, o„rtacha bir tuqqanda 10-12 cho„chqa bolasi olinadi. Cho„chqalar jadal yog„ semizligigacha bo„rdoqilanganda ularning so„yim chiqimi 75-85% va go„sht uchun bo„rdoqilanganda 70-75% bo„lib, qishloq xo„jalik hayvonlari o„rtasida eng yuqori hisoblanadi. Vazn ortishi uchun cho„chqalar eng kam oziqa birligi sarflaydi yoki 1 kg semirish uchun 4-5 oziqa birligi kifoya. Cho„chqalar go„shti yaxshi saqlanish xususiyatiga ega bo„lib, turli usullarda uzoq vaqt saqlash bilan ularning sifati va texnologik xususiyatlarining o„zgarmasligi bilan ajralib turadi. Cho„chqalar ishlab – chiqarish nuqtai nazaridan 3 guruhga bo„linadi: Bekon cho„chqalari. Go„sht yo„nalishidagi cho„chqalar. Go„sht-yog„ yo„nalishidagi cho„chqalar. Bekon cho„chqalari maxsus texnologiyada bekon go„shti yetishtrish uchun o„stiriladi (Landras va Eston bekon cho„chqalari). Bunday texnologiya bo„yicha respublikamizda cho„chqa go„shti yetishtirilmaydi. Go„sht cho„chqalari (Petren, Lakomb) maxsus texnologiya asosida o„stirilib bo„rdoqilanadi, bunday texnologiya ham respublikamizda qo„llanilmaydi. Respublikamizda asosan go„sht-yog„ yo„nalishidagi cho„chqalar o„stiriladi, ulardan jadal o„stirib qisqa paytda bo„rdoqilab sergo„sht nimtalar olish mumkin, bo„rdoqilash muddatlarini uzaytirish evaziga vaznli seryog„ nimtalar olish mumkin. Bekon cho„chqalari esa tanasi va oyoqlari uzun, tanasining oldingi qismiga nisbatan orqa tomoni yaxshi rivojlangan. Bu yo„nalishidagi cho„chqalarning asosiy vakili bo„lib, landras zotli cho„chqalar hisoblanadi. Cho„chqalarning mahsuldorligini baholashda, ularni urchitish uchun tanlashda bu ko„rsasatkichlar asqotadi. 235 Go„sht yo„nalishidagi cho„chqalar tanasi uzun, torroq bo„ladi, oyoqlari ancha uzun. Ular nimtasi tarkibida muskul to„qimalarining ko„pligi bilan ajralib turadi. Bunday cho„chqalarda muskul to„qimalari 50-55% , petren cho„chqalarida esa 75% gacha yetadi. Go„sht- yog„ yo„nalishidagi cho„chqalar tanasi mutanosib rivojlangan bo„lib, tanasi uzun, keng, oyoqlari o„rtacha uzunlikda bo„ladi. Ular yoshligida sergo„sht, vaqt o„tishi bilan seryog„ nimtalar beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling