Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitamin Ye (tokoferol).
- Vitamin K (filloxinon).
- Vitamin B 3 (pantoten kislotasi)
- Vitamin B 4 (holin)
- Vitamin B 5 (RR, nikotin kislota)
- Vitamin B 6 (piridoksin)
- Vitamin B 7 (N, biotin)
- Vitamin B 8 (inozit)
- Vitamin B 12 (sianokobalamin).
- Vitamin B s (foliy kislotasi)
- Vitamin S(askorbinovaya kislota)
- Ratsion va oziqa tuyimliligini kompleks baholash.
- II.3. Oziqalar haqida tushuncha.
- Oziqalarning tarkibi va tuyimliligiga ta’sir qiluvchi omillar.
- O’simliklarnining turi va navi
Vitamin D(kalsiferol).Organizmda mineral moddalar almashinuvini nazorat qiladi. Ushbu vitamin yetishmasligi yosh qishloq xo„jalik hayvonlarida raxit kasalligini keltirib chiqaradi, oyoqlari qiyshayib, bo„g„inlar shishadi; voyaga yetgan hayvonlarda esa osteomolyatsiya va osteoroz kasalliklari ro„y beradi, qonda kalsiy va fosfor miqdori keskin kamayib ketadi. Hayvonlarning ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamayadi, yurishi qiyinlashadi, jinsiy faoliyat buziladi, qisir qoladi, tug„ishdan keyingi asoratlar, tuyoqning buzilishi, tishlar qimirlashi, qiyin kechganda naysimon suyaklarning sinishi kuzatiladi. Parrandalarga D vitamini yetishmasligi raxitga sabab bo„lib, to„sh suyagi qiyshayadi, bo„g„inlari shishib ketadi; tuxum po„chog„i yuqalashadi, uning sarig„ida D vitamini kamayib, inkubatsiya sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi; bunday tuxumdan chiqqan jo„jalar hayotchanligi past bo„lib, turli xil kasalliklarga chalinuvchan bo„ladi. Oziqalarda vitamini uchramay u ergosterin-provitamini(o„simlik moylari, achitkilar) bo„lib va 7-degidroxolesterin (hayvonlar terisining ostki qatlamlari va hayvon yog„larida ) tabiiy yoki sun‟iy ultrabinafsha nurlatish natijasida biologik aktiv D 2 vaD 3 vitaminlariga aylanadi. Sut emizuvchilarga vitamin D 2 va D 3 bir xil qiymatga ega, parrandalar uchun esa D 3 ,D 2 vitaminiga nisbatan 30 barobar faol hisoblanadi. Shu bois parrandalar uchun sun‟iy ravishda hayvon mahsulotlari sterinlaridan 7-degidroxolesterin ishlab chiqariladi. Halqaro birlik qilib 0,025 mkg D 2 - kalsiferol vitamini qabul qilingan. Yoz paytida barcha qishloq xo„jalik hayvonlarining D vitaminiga bo„lgan talabi ular yaylovlarda yoki ochiq maydonchalarda saqlanganda to„liq qondiriladi. Ba‟zan ushbu hayvonlarda uning zaxiralari paydo bo„lib jigarda to„planadi. Agarda hayvon yoki parrandalar yil bo„yi yopiq binolarda saqlansa, ular oziqalar bilan kerakli D vitaminini qabul qilishi yoki sun‟iy ravishda ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirishi kerak. D vitamini quyosh nurida quritilgan pichanda, senajda ko„p bo„lib, sun‟iy quritilgan pichanda, silosda, sutga nisbatan o„g„iz sutida kamroq bo„ladi. Qoramollar va cho„chqalarda D 2 vitaminiga bo„lgan talabni nurlatilgan achitqilar berish bilan qondirish mumkin; 1g nurlatilgan achitqida 4000 XB D 2 vitamin bor; 1 kg achitqi 3-4 tonna qoramol yoki cho„chqa omixta yemiga qo„shish uchun yetadi. Parrandalarga esa kazein konsentrati shaklidagi D 3 vitamini preparati qo„llash yaxshi natijalar beradi. Gipervitaminoz D ham gipovitaminoz D ham hayvonlar uchun zararli; uning me‟yordan ko„p bo„lishi kalsiyning ajralishini kuchaytirib, u buyrak va qon 64 tomirlariga o„tirib qoladi; gipervitaminoz ko„pincha ovqat hazm qilishni buzilishda namoyon bo„ladi. Vitamin Ye (tokoferol). U organizmda A vitaminini va karotinni organizm tomonidan o„zlashtirish va saqlashini ta‟minlaydi. Organizmda Ye vitaminining yetishmasligi yog„ almashinuvi zaharli moddalari to„planib, hayvonlarning ko„payish qobiliyatini buzilishiga va mushaklar distrofiyasiga sabab bo„ladi Gipovitaminoz Ye da erkak nasldor hayvonlar urug„ va jinsiy gormonlar hosil bo„lishi buziladi; urug„ hujayralari sifati yomonlashib, oxiri ishlab chiqarilmaydi; urug„don faoliyati buziladi, urug„don hajmi kichrayadi. Urg„ochi hayvonlarda otalanish me‟yorda kechadi, lekin murtak bug„ozlikning boshida o„lib qoladi, yoki so„rilib ketadi, ba‟zan bola tashlash ro„y beradi. Tabiiy moddalardan d, ß,γ,σ- tokoferollar olingan bo„lib, d-tokoferol sanoat yo„li bilan ishlab chiqariladi va 1 g d-tokoferol XB deb qabul qilingan. Vitamin Ye undirilgan don yog„ida, makkajo„xori donida va baliq unida ko„p uchraydi. Amalda Ye gipovitaminozlar kam uchraydi, oziqalarda yetishmasa omixta yem tarkibiga qo„shiladi. Vitamin K (filloxinon). Tabiiy mahsulotlar K 1 va K 2 vitamin shakllari olinganK vitaminining manbai bo„lib ko„k o„tlar, pichan, silos, ildizmeva barglari, suv o„tlari , soya doni; boshoqli don va ildizmevada kam bo„ladi; qishloq xo„jalik hayvonlari ovqat hazm qilish tizimida faoliyat ko„rsatuvchi mikroorganizmlar K vitaminni hosil qiladi; sut va tuxum K vitaminiga kambag„al. K vitamini yetishmasa qon uvishi pasayadi, ya‟ni jigarda protrombin hosil bo„lmaydi, natijada ichaklarda qon qo„yilishlar, parrandalarda muskulli oshqozon kutikula qavati ko„chib ketadi. Barcha kovshovchilar oziqalar va mikroorganizmlar hisobiga K vitaminiga bo„lgan talabini qondiradi, faqat qishloq xo„jalik parrandalari uchun u me‟yorlashtiriladi. B guruh vitaminlar. Suvda eruvchi ushbu guruh vitaminlarga B 1 (tiamin), B 2 (riboflavin), B 3 (pantoten kislotasi), B 4 (holin kislotasi), B 5 (RR nikotin kislotasi), B 6 (piridoksin),B 7 (N1 biotin), B 8 (inozit), B s (foliy kislota) va B 12 (siankobalamin) kiradi. Nikotin kislotasi va holindan tashqari ushbu guruh vitaminlari organizmda sintez qilinmaydi. Asosan B guruh vitaminlari hayvonlar oziqa orqali va ovqat hazm qilish tizimidagi mikroblarning faoliyati orqali ta‟minlanadi. Ayniqsa voyaga yetgan kovshovchi hayvonlar o„zlarining guruh vitaminlarga talabini old oshqozonlarda faoliyat ko„rsatuvchi mikroorganizmlar hisobiga to„liq qoplashlari mumkin. B guruh vitaminlari faqat cho„chqalar, parrandalar va mo„yna hayvonlarini oziqlantirishda me‟yorlashtiriladi, ba‟zan bo„zoq va qo„zilarni o„stirishda ham inobatga olinadi. 65 B guruh vitaminlarni me‟yorlashtirishda 1 bosh hayvonga bir kunga milligrammlarda, yoki 1 kg oziqa, yoki 1 kg oziqa quro„q moddasiga milligramm bilan belgilanadi. B1 vitamini(tiamin). Dekarboqsilaz fermenti tarkibiga kiradi. Uning yetishmasligi to„qimalarda pirovinograd kislotasi ko„payib organizmda suv, oqsil, uglevod va yog„ almashinuvi bo„ziladi; ishtaha yuqoladi, o„sish tuxtaydi, yurak- tomir faoliyati bo„ziladi; yurak kattalashadi, yurak mushaklariga qon qo„yuladi; jo„jalarda jigar ildirab, parranda sekin harakatlanadi oyoq va buyin mushaklari shal bo„lib kallasini orqaga tashlaydi, voyaga yetgan parrandalarda tuxumlashi pasayib, tuxumlar yaxshi otalanmaydi. Cho„chqalarda B1 gipovitaminozi oyoqlarining bo„shashishi, otlarda esa harakat tekisligi bo„ziladi. Gipovitaminoz B1 asosan parrandalar va mo„yna hayvonlarida ko„proq uchraydi. B1 vitamini do„kkakli va boshoqli donlarda, kepak, shrot va oziqa achitqichlarida ko„p uchraydi. B1 vitamini ko„q oziqalar va sifatli pichanda yetarli miqdorda uchraydi, ildiz, tuganak mevalar va hayvonot dunyosi oziqalarida kam miqdorda uchraydi. XB qilib kristal tiamin-gidroxlorid olingan. B 2 vitamini(riboflavin). Oksidlanish, qaytarilish reaksiyalarida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi, uning yetishmasligi natijasida organizmda oqsillar hosil bo„lishi yomonlashadi; oziqalar tarkibidagi yog„ va triptofan yetarlicha o„zlashtirib olinmaydi. Gipovitaminoz B2 ayniqsa parrandalarda o„tkir seziladi, o„sishi sekinlashadi, tuxumda vitamin miqdori kamayadi, inkubatsiya davrida jo„ja rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, inkubatsiya davrining o„rtasida embrionlar o„lib qoladi. Ota-ona galasi tovuqlari uchun albatta oziqalarga A1, B2, karotin va D3 vitamini qo„shib berish shart. Bo„zoq va qo„zilarda avitaminoz faqat sut davridagina ro„y beradi. Cho„chqalarda avitaminoz parrandalarga nisbatan kamroq uchraydi. Cho„chqa bolalarida junlari tushib, yarali kolit ro„y beradi; ona cho„chqalarda esa ishtahasi yo„qolib, mo„rtak o„lishi, bola tashlashi va o„lik bola tug„ishi bilan namoyon bo„ladi. Ushbu vitamin quro„q achitqi, yaxshi pichan, kunjara va kepakda ko„p bo„lib, ildiz va to„qanak mevalarda kam uchraydi. Hozirgi kunda sanoat kristal holda oziqa B 2 vitaminini ishlab chiqarmoqda. Vitamin B 3 (pantoten kislotasi). Yog„ almashinuvini nazorat qiluvchi asosiy vitamin hisoblanadi, u ko„pincha yuqori tuyimlilikga ega ratsionlarda yetishmaydi. Ushbu vitamin yetishmasligi cho„chqalarda terisi yara bo„lib, junlari tushib ketadi; oshqozon yaralanib, rektal qon oqish; bo„g„inlar bo„qilmaydi, harakat bo„ziladi- «g„oz qadam» bo„ladi. Urg„ochi cho„chqalar otalangani bilan majro„q cho„chqa bolalari tug„adi. 66 B 3 vitaminining parrandalarda yetishmasligi nerv faoliyatini jarohatlaydi, shal bo„lish ko„zatiladi. B 3 vitamini ko„k oziqalar, ut talqoni, kepak, achitqi, shrot va kunjara ko„p bo„lib, makkajo„xorida kam bo„ladi. Har xil qishloq xo„jalik hayvonlarining ushbu vitaminga talabi donlar , ko„k oziqalar, ut talqoni va sifatli pichan berganda bemalol qondiriladi. B3 vitamini yetishmasligi ko„pchilik hollarda oziqalarga issiqlik va bosim ishlovi berganda kuzatiladi. Vitamin B 4 (holin). Holin hayvon organizmida lipotrop, ya‟ni jigarda fosfolipidlarni hosil bo„lib qonga tushishini nazorat qiladi; shu bilan jigarda yog„ tuplanishini oldini olib, triptofan sintezini kuchaytiradi. Vitamin yetishmaganda yog„ va uglevod almashinuvi bo„ziladi; cho„chqa bolalari va jo„jalarga yuqori kalloriyali oziqalar berganda holinga bo„lgan talab kuchayadi; u nikotin kislotasi va marganes bilan parrandalarda perozisni oldini oladi. Yetishmaslik belgisi parrandalarning yomon o„sishi va jigarda yog„ to„planishi hisoblanadi. Holin organizmda gliserindan sintez qilinishi mumkin, tovuqlarga uni qo„shib berish jigarda yog„ to„planishiga yo„l qo„ymaydi va to„qimalarining inkubatsion sifatini yaxshilaydi. Parrandachilik va cho„chqachilikda ko„k oziqalar, o„t talqoni, baliq uni, oziqa gidroliz achitqisi vitaminga bo„lgan talabni yaxshi qondiradi. Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan holin xlorid jo„jalar va tuxumlaydigan tovuqlar omixta yemlariga 1 kg 1 tonnasiga qo„shiladi. Vitamin B 5 (RR, nikotin kislota). Uglevod va oqsil almashinuvida qatnashib, ovqat hazm qilishni jadallashtiradi va oshqozon osti bezi faoliyatiga ijobiy ta‟sir etadi. Cho„chqalarda nikotin kislotasining yetishmasligi pellagra kasalligini chaqiradi, ya‟ni teri zararlanadi, kamqonlik, ich ketish, ichaklarning jarohatlanishi, parrandalarda ushbu kasallikda oyoqlarining terisi kuchib ketadi, shal bo„lib qoladi. Nikotin kislotasiga cho„chqa va parrandalarda talab triptofan aminokislotasiga teskari nisbatda bo„ladi. Ratsionda triptofanga kambag„al makka doni yedirilganda qo„shimcha nikotin kislotasi talab etiladi. Nikotin kislotasi serob. sun‟iy preparatlar bilan talabini qondirsa bo„ladi. Jo„jalar talabini qondirish uchun ular omixta yemining bir tonnasiga 15-20 g nikotin kislotasi qo„shilsa yetarli. Vitamin B 6 (piridoksin). U oziqalarda piridin-pirodaksal, pirodaksamin va pirodoksal shaklida uchrab, kovshovchi hayvonlarda bir xil ahamiyatga ega. Parrandalarda esa pirodaksal boshqa turlariga nisbatan faolroq bo„ladi. U oqsil va tuyinmagan yog„ kislotalari almashinuvida qatnashadi, oqsildan yog„, qon gemoglobini va natriy almashinuvida ishtirok etadi. Parrandalar ratsionidan tashqari vitamin B 6 otlar va mo„yna hayvonlari ratsionining tarkibiy qismi hisoblanadi. 67 Cho„chqalarda gipovitaminoz B 6 - kamqonlik, ishtaha yo„qolishi, teri kasalliklari va o„sishning susayishida namoyon bo„ladi, parrandalarda tuxumlash kamayib, tuxumning inkubatsion sifatlari pastlab ketadi. Eng ko„p B 6 vitamini achitqilarda, kepak, donda, beda unida uchrab, go„sht- suyak uni va sutda kam uchraydi. U sanoatda gidroxlorid pirodorksal shaklida ishlab chiqariladi. Vitamin B 7 (N, biotin). Bu vitamin asosan o„simliklar; achitqi va bakteriyalarning o„sish gormoni hisoblanadi. Biotin transkarboqsilaz fermentining tarkibiga kirib karbonat angidrid gazini almashinuvida qatnashib undan organik moddalar(mochevina, po„rin) hosil bo„lishda; yog„ kislotalarini, leysin va gezoleysin aminokislotalarini hosil bo„lishida; biotin tarkibiga kiruvchi fermentlar qon zardobi albumini va amilaza fermentini hosil bo„lishda ishtirok etadi. Biotin o„tda, donda, urug„larda, beda pichani talqonida, achitqilar va go„sht- suyak uni tarkibida ko„p uchraydi. Biotin yetishmasligi natijasida modda almashinuvining bo„zilishi faqat parrandalarda ko„zatilib, ularda teri yallig„lanishlari kelib chiqadi. Biotinni sun‟iy ravishda mochevina, piofen va valerian kislotalaridan tayyorlash mumkin. Vitamin B 8 (inozit).V guruhidagi uncha ochilmagan vitaminlardan hisoblanadi. U o„simlik va hayvonot olamidan olingan oziqalar tarkibida uchraydi. Inozit o„simlik barglari, achitqilar, don va urug„larda, shuningdek oshqozon-ichak tizimidagi mikroorganizmlarda ko„p uchraydi. Vitamin B 12 (sianokobalamin). Hayvon tanasida modda almashinuvida muhim o„rin tutadi. U o„z tarkibida kobalt saqlab, qon hosil bo„lishini kuchaytiradi, aminokislota va no„xlein kislotalari hosil bo„lishida ishtirok etadi; yog„ va uglevod almashinuvida qatnashadi; tanada holin hosil bo„lishda ishtirok etadi; organimzmda vitamin B 12 ishtirokida o„rni almashmaydigan metionin aminokislotasi sintez qilinadi. B 12 vitamini ko„proq hayvonot mahsulotlarida, kovshovchilarda old oshqozondagi mikroorganizmlarda, ba‟zi oqava suv suvdan oziqlanadigan tuproqdagi mikroblar, suv o„tlarida uchraydi, lekin vitamin B 12 ning hayvonot va mikroblardan olinganlari o„simliklardan olinganlariga nisbatan ancha ustun hisoblanadi. Ushbu vitaminning yetishmasligi cho„chqa, parranda va yosh kovshovchi hayvonlarda anemiyaga sababchi bo„lib, ozib, mahsuldorligi keskin kamayib ketadi, bu hol kovshovchilarda old oshqozonda mikroblarning yetarli faoliyat ko„rsatilmasligi natijasida ro„y beradi. B 12 vitamini preparatlarini ratsionga qo„shib berish hayvonlar salomatligini yaxshilab, mahsuldorligini oshiradi. B1 2 vitamining oziqa preparati metan hosil qiluvchi bakteriyalar tomonidan biosintez natijasida olinadi. 68 Vitamin B s (foliy kislotasi). Ushbu vitamin B1 2 vitamini va biotin bilan tanada eritrosit va leykositlar hosil bo„lishida qatnashadi; uning yetishmasligi yetarli miqdorda qizil qon tanachalari hosil bo„lmasligi natijasida anemiya kasalligi kelib chiqadi. Uning yetishmasligi parrandalar o„sish va rivojlanishiga, tuxum mahsuldorligiga va tuxumning inkubatsion sifatlariga salbiy ta‟sir qiladi. Parrandalardan tashqari gipovitaminoz B s faqat emizatli urg„ochi cho„chqalarda uchraydi. Foliy kislotasi ko„k oziqalar, o„t talqonida ko„p uchraydi. Parrandalar va cho„chqalar uchun sanoat tomonidan ishlab chiqariladi. Vitamin S(askorbinovaya kislota). Suvda eruvchi muhim vitamin hisoblanadi. modda almashinuvi jarayonida hujayralarining nafas olishda ishtirok etadi; u gormonlar va aminokislotalar hosil bo„lishida, temir moddasi organizm tomonidan o„zlashtirilib olinishida, zaharli moddalarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi. Hayvonlar tanasida yetarli miqdorda A vitamini bo„lsa, S vitamini kerakli miqdorda sintez qilinadi. S-gipovitaminoz, A-gipovitaminoz bilan birgalikda uchraydi. Parrandalarga S vitamini qo„shib berish, stress holatlarini oldini oladi va tuxum puchogini qalinlashishiga sabab bo„ladi. Askorbin kislotasi barcha o„simlik va hayvon hujayralarida uchraydi.U oziqalar ochiq havoda saqlanganda parchalanadi yoki issiqlik ishlovi berilganda ildiz va tuganak mevalar tarkibidagi vitaminlarning 50% parchalanib ketadi. Ratsion va oziqa tuyimliligini kompleks baholash. Barcha ratsion yoki oziqalar tuyimliligi bir xilda emas. Har qanday oziqa hayvon yoki parrandalarning barcha tuyimli moddalarga bo„lgan talabini qondira olmaydi. Oziqalar tarkibidagi ba‟zi elementlarning modda almashinuvidagi o„rni ratsion va oziqalarni har taraflama baholashni taqozo etadi. To„la qiymatli oziqlantirish turli tuyimlilikka ega har xil oziqalarni kiritishni taqoza etadi. Bir oziqada yetishmagan energiya va tuyimli moddalar ikkinchisi oziqada shu ko„rsatkichlarining yuqori bo„lishi evaziga to„ldiriladi. Ratsion va oziqalarni baholash oziqlantirish me‟yorlari asosida amalga oshiriladi. Hayvonlarning tenglashtirilgan holda energiya, protein, mineral moddalar va vitaminlar bilan ta‟minlash oziqalardan samarali foydalanish va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko„paytirish negizi hisoblanadi. Tenglashtirilgan, to„la qiymatli oziqlantirish nafaqat hayvonlar mahsuldorligini oshirib qolmasdan balki, mahsulot ishlab chiqarish uchun oziqa sarfini kamayishiga sabab bo„ladi. Iloji boricha qishloq xo„jalik hayvonlarini detallashtirilgan ratsionlar, ya‟ni 24- 40 ko„rsatkich bo„yicha tenglashtirilgan ratsionlar yordamida oziqlantirish kerak. 69 Hayvonlar ratsioni energiya, quruq modda, hom va hazmlanuvchi protein, xom kletchatka, makro va mikroelementlar(kalsiy, fosfor, natriy, xlor, temir, mis, rux, marganes, kobalt, yod), vitaminlar(A,D,Ye). Bundan tashqari kovshovchilar uchun yengil hazm bo„ladigan uglevodlar(qand, kraxmal), xom yog„, magniy, kaliy va oltingugurt; parrandalar, cho„chqalar va mo„yna hayvonlari uchun – o„rni almashmaydigan aminokislotalar(lizin, metionin, sistin), B guruh vitaminlar, ayrim paytlar S va K vitamini ham inobatga olinadi. Ratsionlar va oziqalar tuyimliligini baholashda ularning sifati alohida o„rin to„tadi. Hayvonlarning muntazam ravishda to„la qiymatli oziqlantirish ularning irsiy takomillashuvi bilan oziqalardan samarali foydalanish imkonini beradi. Barcha hayvon va parrandalar ularning ratsioni barcha tuyimli moddalarga bo„lgan talabini to„liq qondiradigan taqdirdagina yuqori mahsuldorlikka erishishlari mumkin. Chorvadorlarning asosiy vazifasi ilg„or fan va texnika yutuqlari, ilg„orlar tajribalari asosida qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini oziqlantirishda ularning to„la qiymatligiga erishish va oziqa zaxiralaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. II.3. Oziqalar haqida tushuncha. Oziqalar deb; o„simlik. hayvon, mikrob kelib chiqishiga mansub, tarkibida o„zlashtirib olish mumkin tuyimli moddalar bo„lgan, hayvon salomatligi va mahsuldorligiga zararli ta‟sir ko„rsatmaydigan mahsulotlariga aytiladi, shu jumladan mineral moddalar. Tanada oziqalar hazm bo„lishi natijasida ulardan tuyimli moddalar olinib hayvon hayotini saqlab turish, to„qimalar, a‟zolar hosil bo„lishi, modda almashinuvi va mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadi. Oziqalar tarkibida zararli va zaharli moddalar bo„lsa, ular to„liq zararsizlantirib hayvon organizmiga ta‟sir etmasagina foydalanish mumkin. Oziqalarning tarkibiga va tuyimliligidan qat‟iy nazar ularning ishaha bilan yeyilishi, tayyorlash va saqlash usullari, hamda yedirishdan oldin tayyorlashga qulayligi uning texnologik xususiyatlariga kiradi. Oziqalar sifati davlat andozalari tomonidan o„rnatilgan. Oziqalarning sifati(klassi, navi) uning tabiatdan kelib chiqib, tarkibidagi to„yimli moddalar, mexaniq iflosliklar, zararli, zaharli moddalar va boshqa ko„rsatkichlar bilan aniqlanadi. Oziqalarning tarkibi va tuyimliligiga ta’sir qiluvchi omillar. Oziqalarning tarkibi va tuyimliligiga qator omillar ta‟sir etadi, iqlim sharoiti, tuproq, o„simliklarning yetilish bosqichi(vegetatsiya fazasi), o„g„itlar, o„simliklarning turi va navi, agrotexnika, tayyorlash usullari, saqlash sharoitlari shular jumlasidan. 70 Iqlim sharoiti. Turli hududlarda foydali harorat, namlik, yil fasllari bo„yicha, vegetatsiya davrining davomiyligi, quyosh nuri tuproq eritmalari bilan fotosintez jarayoni kechib hosildorlik, hamda organik va mineral moddalarni to„planishini ta‟minlaydi. Tog„ va tog„oldi hududlarida namlikning ko„p bo„lishi oziqalar tarkibida namlikni yuqori bo„lishiga sabab bo„lsa, shimol hududlarda vegetatsiya davrining qisqa bo„lishi to„yimli moddalarni to„planib ulgurmasligi natijasida ularning tuyimliligi past bo„ladi. Tuproq. Unumdor tuproqlarda o„simliklar hosildorligi va tuyimliligi yuqori bo„ladi, chunki to„yimli moddalar shakllanishi uchun zarur eritmalar tuproqda mavjud bo„ladi. Tuproqda u yoki bu elementning yetishmasligi oziqa shu element kamchiligiga sabab bo„ladi. Shu boisdan mamlakatimizda tuproq biogeoximik haritasi to„zilib, shu asosida kerakli o„g„itlar solinadi. O’g‘it. Mahalliy va mineral o„g„itlar solish bilan xashakli ekinlar hosildorligi va tarkibiga ta‟sir qilish mumkin, ayniqsa bu hol oziqalar mineral tuyimliligiga ijobiy ta‟sir etadi. Azotli o„g„itlar hosildorlik bilan xom protein nisbatini o„simliklarda oshiradi. Azotli o„g„itlarni haddan ko„p ishlatish o„simliklar tarkibida azotsiz moddalarning ko„payishiga sabab bo„ladi. Azotli o„g„itlar solishda uning me‟yorda bo„lishiga erishish kerak, aks holda oziqalarda nitratlar ko„payishi hayvon organizmiga salbiy ta‟sir o„tkazadi. Boshoqli ekinlarda azot o„g„itlaridan me‟yordan ko„p foydalanish qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Oziqalarning mineral tarkibidagi tuproqdagi elementlar yig„indisiga bog„liq. Turli o„g„itlar solish yaylov o„tlarida mikroelementlar nisbatiga ta‟sir qiladi, o„t quro„q moddasida kaliy va fosforning ko„payishi, kalsiy va magniy kamayishiga sabab bo„ladi. Tuproqda qaysi mineral modda yetishmasa ushanga mos o„g„itlar solish, ushbu kamchilikga barham beradi. Tuproqda yetarli miqdorda azot bo„lish ko„k oziqalarda karotinning ko„payishiga sabab bo„ladi . O’simliklarnining turi va navi ularning hosildorligi va to„yimliligi o„z aksini topadi. Dukkakli donlarga nisbatan protein va kalsiyga boy. Turli nav makkajo„xori doni tarkibi bilan farq qiladi. Qand lavlagisida 21-24%, nimqand lavlagida 16-18%, oziqa lavlagisida atigi 10-14% quruq modda bo„ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling