Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azotsiz ekstrativ moddalar
- II.2. Tuyimli moddalarga qarab oziqalar tuyimliligini baholash.
- Ovqat hazm qilishning pirovard natijasi: oziqalar to‘yimli moddalari- tezakdagi to‘yimli moddalar = hazmlangan to‘yimli moddalar.
- hazmlangan to‘yimli moddalar,g Hazmlanish koeffitsienti = -------------------------------------------------- x 100;
- Hazmlanuvchi kletchatka,g + hazmlanuvchi yog‘
- hazmlanuvchi protein,g.
- Oziqalarning energetik tuyimligini baholash.
- 7,13 / 0,248= 28,8
- Kovshovchi hayvonlar va otlar
- – (E tezak + E siydik ). Parrandalar uchun: AE = E yalpi
- Oziqalarning protein tuyimliligi. Oqsillar.
- N oziqa – N tezak – N siydik
моддалар 48 Mineral moddalar ozuqalarda turli holatda uchraydi: ishqor, organik va mineral tuzlar, fosfor, oltingugurt, kremniy, magniy kabi elementlar, organik birikmalar tarkibida uchraydi. O‟simlik ozuqalarida mineral moddalar ko„p bo„lmay -5% gachani tashkil qiladi. Dukkakli donlarda kalsiy, ildizmevalarda kaliy,fosfor esa kepak, shrot va kunjarada ko„proq uchraydi. Mineral moddalar organizmda energetik manba bo„lib xizmat qila olmaydi, lekin ular hazm bo„lishi uchun ko„p energiya sarflanmaydi. Ozuqaning organik qismi azotli(xom protein) va azotsiz(xom yog„, xom kletchatka va azotsiz ekstrativ moddalardan) tashkil topgan. Xom protein oziqa tarkibida azotni 6,25 ga ko„paytirish hisoblanadi, taxminan protein tarkibida o„rtacha 16% azot bo„ladi. Har xil oziqalarda uning nisbati turlicha bo„ladi. Xom protein oqsillar va amidlardan iborat. Oqsillar hayvonlar oziqlanishida alohida o„rin tutadi. U barcha a‟zolar va to„qimalarning tarkibiy qismiga kiradi; hayot uchun zarur jarayonlar oqsil almashinuvi bilan bog„liq chunki barcha ferment, gormon, biologik aktiv moddalar oqsillar ishtirokida paydo bo„ladi va modda almashinuvida ishtirok etadi. O‟simlik oqsillari hujayra protlazma va yadrosida kolloid holda bo„ladi. Ozuqalar tarkibida u 3% dan 90% uchraydi,o„simlik oziqalardan shrot va kunjarada ko„p bo„lib 30-40% ni tashkil qiladi, dukkakli donlarda 25-30%, dukkakli o„tlar pichanida 14-15%, boshoqli donlarda 8-12%, somonda 4%, oqsil hayvonot ozuqalarida ko„p bo„ladi yoki 70-90%(go„sht uni, quritilgan kon) tashkil qiladi. Oqsillar aminokislotalardan tashkil topib, ular hayvon organizmida muhim ahamiyatga ega. Oziqa oqsillari tarkibida o„rni almashmaydigan va o„rni almashadigan aminokislotalar uchraydi, birinchi hayvonot, ikkinchisi o„simlik oziqalarida ko„proq bo„ladi. Kovshovchi hayvonlar bir kameralik hayvonlar va parrandalardan o„larok katta qorinda mikroorganizmlar sintez qilgan o„rni almashmaydigan aminokislotalar hisobiga talablarini qisman qondiradi. Amidlar, bular organik va mineral azotli birikmalar bo„lib, erkin aminokislotalar, aminokislotali amidlar, ammoniy tuzlari, nitritlar va nitratlar holida uchraydi. Amidlar o„simliklarning yosh paytida ko„proq bo„ladi, ular ildizmevalarni uzoq saqlaganda amidlar nisbati ortadi; ular 40-60% o„simliklarni silosda va kovshovchi hayvonlar katta hornida ovqat hazm bo„lishda parchalanib ketadi. Azotli, oqsil bo„lmagan moddalarning turli qishloq xo„jalik hayvonlariga ahamiyati bir xilda emas. Hayvonlar asosan aminokislota va aminokislota amidlarini o„zlashtirishadi; amid; nitrit va nitratlar cho„chqa va parranda organizmida azot manbai bo„lib xizmat qiladi, agar u me‟yordan oshsa ularni zaharlashi mumkin, bu hol kovshovchi hayvonlar uchun esa uncha xavfli emas. 49 Proteinlar me‟yordan ko„p organizmga tushsa, energiya manbai sifatida foydalaniladi. Azotsiz moddalar – o„simlik ozuqalarning asosiy qismini tashkil qiladi. Azotsiz moddalarning fiziologik vazifasi modda almashinuvi jarayonlarini energiya bilan, yog„lar shaklida organizmlarni qurilish moddasi bilan ta‟minlashdan iborat. Ozuqa azotsiz moddalari uglevodlar va yog„larga bo„linadi. Yog„lar va lipidlar tabiatda trigliserid va yog„ kislotalaridan iborat. Ular hujayra membranasi va kobig„ining tarkibiy qismi hisoblanadi, hamda hujayraga tuyimli moddalarni kirishi va qoldiqni chiqarish vazifasini bajaradi. Yog„lar asosiy energiya manbai bo„lib uglevodlarga nisbatan 2,25 marta yuqori turadi. O‟simlik moylari triolein va gleseridlardan, ular xona haroratida suyuq bo„lib 10-15 ºS qotib qoladi. Oziqalarda yog„lar turli miqdorda uchraydi: urug„ va donda poyaga nisbatan ko„proq bo„ladi; ildiz va tuganak mevalarda yog„ qariyib yo„q; boshoqli donlarda 1-2%, makkajo„xori va sulida 5-6%, yog„li ekinlar donida 30-40% tashkil etadi. Yog„lardan tashqari lipidlar-fosfatidlar(lesitin), fitosterinlar o„simlik va holesterin hayvon yog„larida uchraydi. Hayvon tanasida yog„ 3-4% dan 40-50% tashkil etadi. Oziqa oqsili va uglevodidan har bir hayvonga xos yog„ hosil bo„ladi, o„simlik moyi va baliq yog„idan esa hayvonning o„ziga xos bo„lmagan, o„simlik moyi xususiyatlariga ega yog„ hosil bo„ladi. Shu boisdan hayvon mahsulotlarining sifati oziqalar tarkibidagi o„simlik va hayvon yog„larining nisbatiga bog„liq. Uglevodlar. O‟simlik quruq moddasining qariyib 75% ni tashkil qiladi. Uglevodlar hujayra suyuqligida qant, plastidlarda-kraxmal, hujayra kobig„ida esa kletchatka gemiosellyuloza va pektin moddalar holida uchraydi. O‟simlik hujayrasi qarishi bilan uning kobig„ida lignin moddasi ko„payadi. Hayvon organizmida uglevodlar juda kam (1%) uchrab glyukoza va glikogen holida bo„ladi. Uglevodlar organizmda energiya manbai vazifasini o„taydi, ortib qolganlari jigar va muskullarda kraxmal-glikogen sifatida zahiraga aylanadi. Hayvon mahsulotlaridan faqat sutda uglevod ko„p bo„lib 4-7,0% tashkil etadi. Xom kletchatka turli moddalar aralashmasi: sellyuloza, pentozan, geksazan, lignin, kutin, subirin va kamgina azotli, hamda mineral tarkibidan iborat; o„simlik hujayralari bir-biri bilan pektin yordamida yopishadi. Xom kletchatkaning kimyoviy tarkibi o„simlik yoshligida sellyulozadan, yoshi kattayishi bilan hujayra qobig„i qalinlashib lignin va pentozan ortadi. Kletchatkaning daraxtlashishi(dag„allashishi) o„simliklar poyasida barglariga nisbatan kuchli kechadi, kletchatka ildizmevalarda kam dag„allashadi. Oziqalardan eng ko„p kletchatka somonda bo„lib 40-45% ni, ildizmevalarda bor-yug„i 0,4-2 % ni tashkil qiladi. 50 Kletchatkaning oziqada ko„pligi uning tuyimligi pastligidan dalolat, bunday oziqalardan oshqozonda mikroorganizmlar to„yimli moddalarni osonlikcha iste‟mol qila olmaydi. Azotsiz ekstrativ moddalar(AEM) – unga oziqaning yog„ va xom kletchatkadan tashqari barcha azotsiz qismi kiradi, ular kraxmal,qand va pentozalardir. Kraxmal-o„simliklar zaxira moddasi bo„lib don, meva va ildizmevalar quruq moddasining 60-70% tashkil qiladi. Kraxmal poya va barglarda kam 2% atrofida uchraydi. Kraxmalning bir turi-inulin-ko„p miqdorda yer nokida uchraydi. Hayvon kraxmali-glikogen jigarda to„planib uning og„irligini 4% gacha tashkil qilishi mumkin. Qand o„simliklarda monosaxaridlar (glyukoza va fruktoza) va disaxaridlar(maltoza va shakar qamishi) holida uchraydi. Qand,qand lavlagi, sabzi va oq juxorida 22% gacha to„planishi mumkin. Hayvonlarda yagona qand vakili-laktoza hisoblanadi. Pentozanlar – kletchatka hosil bo„lishida oralik vazifani bajaradi, shuning uchun azotsiz ekstrativ moddalar, dag„al xashak va somonda uchraydi. Oziqalar tuyimli moddalar manbai bo„lib, ba‟zilari proteinga boy bo„lsa, boshqalari esa azotsiz ekstrativ moddalarga boy bo„ladi. Oziqalarning kimyoviy tarkibi ularning tuyimliligiga asos bo„ladi, unga qarab hayvonlarga yedirish imkoniyatlari tug„iladi. II.2. Tuyimli moddalarga qarab oziqalar tuyimliligini baholash. Barcha tuyimli moddalar ham hayvon tanasini saqlash uchun ishlatilavermaydi. Bu xulosalar XIX asr oxirlarida o„tkazilgan tajribalarda isbotlangan. Barcha qishloq xo„jalik hayvonlari ovqat hazm qilish tizimining anatomik tuzilishiga qarab ikki guruhga bo„linadi: 1. Kovshovchilar – qoramol, qo„y, echki, tuya, shimol bug„isi, zebu, buyvol, qo„tos. Ularning asosiy xususiyati 4 kameralik oshqozonga ega; uchtasi old oshqozonlar (katta qorin, kat qorin, tur qorin) va haqiqiy oshqozon shirdondan iborat. 2. Monogastrit oddiy oshqozonli hayvonlar: it, cho„chqa, ot, mo„yna hayvonlari. Ikki oshqozonli qishloq xo„jalik parrandalari ham shu guruhga kiradi. Bir va ko„p kamerali hayvonlarni tuyimli moddalarni ajratib olishning fiziologik imkoniyatlari bir xil emas. Kovshovchi hayvonlarning old oshqozonlarida mikroblar tomonidan sellyuloza fermenti ishlab chiqarilib kletchatkani parchalash, ayrim mikroblar esa ammiakli azotni iste‟mol qilib hayvon oqsiliga aylantiriladi. Bir ka meralik oshqozonli hayvonlarda ushbu imkoniyatlar yo„q yoki chegaralangan, ular barcha tuyimli moddalarni faqat o„z organizmida chiqarilgan, yoki oziqalar bilan tushgan fermentlar yordamida hazm qiladilar. 51 Barcha tuyimli moddalar ovqat hazm qilish tizimining turli qismlarida fermentlar yoki kimyoviy reaksiyalar orqali parchalanadi. Turli turdagi qishloq xo„jalik hayvonlari tomonidan to„yimli moddalarni hazm qilish bir xilda emas. Ovqat hazm qilishning pirovard natijasi: oziqalar to‘yimli moddalari- tezakdagi to‘yimli moddalar = hazmlangan to‘yimli moddalar. Hazmlashning koeffitsienti hazmlangan to„yimli moddalarni qabul qilingan to„yimli moddalarga nisbati foizdagi ifodasiga aytiladi: hazmlangan to‘yimli moddalar,g Hazmlanish koeffitsienti = -------------------------------------------------- x 100; yeyilgan tuyimli moddalar, g Oziqalarni hazm qilish kovshovchilar qoramollar va qo„ylarda o„xshash bo„ladi. Dag„al oziqalardan hisoblangan somonni qoramollar, qo„ylar va otlarga nisbatan yaxshiroq hazm qiladi. Kletchatkaga boy oziqalarni cho„chqalar va parrandalar yaxshi hazm qila olmaydilar. Kovshovchilar va cho„chqalarda don, shrot va lavlagi kabi oziqalarning hazmlashi koeffitsienti bir xil bo„ladi. Parrandalar organiq moddalarni qishloq xo„jalik hayvonlariga nisbatan yomonroq, kletchatkani og„ir hazm qiladi. Oziqalarni hazm qilishda turlararo farq bo„lgani holda, bunday farq zotlararo bo„lmaydi. Oziqalarning hazmlanishi hayvonlarning yoshiga bog„liq, buzoqlar sut oziqalarini 90-98% hazm qilgani holda, o„simlik oziqalarga to„liq o„tkazilganda faqat 40-50% hazm qilgan, keyinchalik u ortib borib eng yuqori bosqich ovqat hazm qilish tizimi to„liq shakllangandan keyin erishiladi. Kovshovchilar, cho„chqalar va parrandalarda ovqat hazm qilish tizimi to„liq 4- 6 oyda shakllanadi. Qari hayvonlarda ovqat hazm bo„lishi ancha past kechadi. Oziqalarning hazmlanishini uning tarkibidagi moddalar va ularning nisbatiga bog„liq. Oziqalarning hazmlanishiga eng ko„p protein va kletchatka ta‟sir etadi. Oziqa tarkibida kletchatka qanchalik yuqori bo„lsa mikroorganizmlar va fermentlar ta‟siri kamayib hazmlanish susayadi. Oziqaning yaxshi hazmlanishiga uning tarkibida proteinning ko„p bo„lishi ijobiy ta‟sir etadi. Hazmlanuvchi azotsiz va azotli moddalarning oziqadagi to„yimli moddalar yoki protein nisbati deyiladi: Hazmlanuvchi kletchatka,g + hazmlanuvchi yog‘ x 2,25,g+ hazmlanuvchi AEM,g Protein nisbati= -------------------------------------------------------------------------- hazmlanuvchi protein,g. 52 Nisbat 10:1 ortsa kovshovchilarda uglevodlar va proteinlarning hazmlanishi pasayadi; cho„chqalarda ushbu nisbatni 12:1 gacha olib borish mumkin. Barcha yosh hayvonlarni ovqat hazm qilishi me‟yorda kechishi uchun ushbu nisbat 5:1 yoki 6:1 bo„lishi kerak. Oziqalarni hazm bo„lishiga yuqoridagi omillardan tashqari oziqalar tarkibidagi makro va mikroelementlar, vitaminlar, hamda hayvon ishtahasi katta o„rin tutadi. Oziqalar hazmlanishini yaxshilash uchun oziqalarni aralashtirib yedirish maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki hayvon bunday oziqani ishtaha bilan yeydi va oziqalar bir-birlarini kamchiliklarini to„ldiradi. Oziqalar hazmlanishini yaxshilash eng ma‟qul usuli ularni yedirishdan oldin tayyorlash hisoblanadi. Ayniqsa dag„al oziqalarni maydalash, ularga fizik va kimyoviy ishlov berish ijobiy natijalar beradi.. Shuningdek, oziqalarning hazmlanishini yaxshilashda hazm maxsus mikroblar ishlab chiqargan sellyuzolitik va pektolitik fermentlardan foydalanish mumkin. Bu borada eng muhim tadbir oziqalarning sifatini yaxshilash, ularning to„g„ri saqlash, hazmlanish darajasiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Oziqalarning energetik tuyimligini baholash. Energetik tuyimlilik oziqalarning organik moddalarning hayvon o„zlashtiradigan energiyasiga aytiladi. Oziqalarning energetik qiymatini baholashning qator usullari taklif etilgan. Eng ma‟qul O. Kelner usuli bo„lib u xo„kizlarda toza hazmlangan to„yimli moddalardan yog„ to„planishini asoslab bergan. Natijada to„yimli moddalardan yog„ to„planishi o„rnatilgan: 2.2.1.jadval Xo„kizlar tanasida to„plangan oqsil yog„ga quyidagi kaloriyalikda hisoblanadi: 1 gr yog„ 9,5 kkal, 1 gr oqsil-5,7 kkal. Boshqa tajribalarda haqiqiy oziqalardan yog„ to„planishi bilan hisob usuli makkajo„xori doni va kartoshkada 100% to„g„ri kelgan, boshqa oziqalarda esa u farq qilgan, ayniqsa bu farq pichanda 37% va somonda 80% farq qilgan. Kelner va Armsbi tadqiqotlari natijasida to„yimli moddalardan hayvon tanasida yog„ hosil bo„lishiga qarab turli mamlakatlarda har xil oziqa birliklari Organizmga tushgan sof to„yimli moddalar Organizmda yog„ to„planishi, gr 100 gr hazmlanuvchi oqsil 23,5 100 gr hazmlanuvchi kraxmal 24,3 100 gr hazmlanuvchi kletchatka 24,8 100 gr dag„al oziqalardan olingan hazmlanuvchi yog„ 47,4 100 gr yog„li ekinlar donidan olingan yog„ 59,8 100 gr donli ekinlardan olingan yog„ 52,6 53 joriy qilingan: Germaniyada urushga qadar Kelnerning kraxmal ekvivalenti, AQShda –Amrsbi termi va sobiq SSSRda sovet(suli) oziqa birligi qabul qilingan; bu oziqa birliklarining farqi umumiy tuyimlilik va undagi energiyani hisoblashdan iborat. Kelner oziqalarning umumiy to„yimliligini tanada to„plangan yog„ miqdori bilan emas, balki 100 kg oziqa hazmlanganda to„planadigan yog„ga teng kraxmal miqdori bilan belgilagan, yoki kraxmal ekvivalenti deyiladi. 1 kg hazmlanuvchi kraxmaldan hayvon organizmida, 0,248 yog„ to„planadi, shuning uchun 7,13 / 0,248= 28,8 kraxmal ekvivalentiga teng bo„lib u 100 kg pichan oziqa birligi hisoblanadi. Armsbi termi 1000 kkal sof energiyaga teng; yog„ to„planishdan sof energiyaga uchun 7130 x 9,5 / 1000 = 67,7 term 100 kg pichan hisobiga. Ye.A.Bogdanov 1 kg hazmlanganda hosil bo„ladigan yog„ 0,15 kg tashkil etadi va bir oziqa birligi qilib qabul qilingan yoki 1 oziqa birligi 1 kg o„rtacha suli tuyimliligiga teng, shu hisobdan 100 kg pichan 7,13 / 0,15 = 47,5 oziqa birligiga teng. Bir oziqa birligi hayvon tanasida 150 gr yog„ hosil qilish kerak bo„lgan tuyimli moddalarga teng. Skandinaviya mamlakatlarida esa 1 kg arpa tuyimliligi 1 oziqa birligi deb qabul qilingan. Ko„pchilik mamlakatlarda oziqalarning to„yimliligi almashinuvchi energiya(AE) bilan hisoblanmoqda, shu usul ko„proq qo„llanilmoqda, ya‟ni bu energiya oziqa tuyimliligining bir qismi bo„lib hayvon tanasini saqlash va mahsulot hosil bo„lishi uchun sarflanadi. Oziqalarning energetik qiymati almashinuvchi energiya birligi – megadjoullarda (MDj) turli hayvonlar bo„yicha aniqlanadi. Oziqalar yoki ratsionda almashinuvchi energiya miqdori balans tajribalari orqali qabul qilingan energiyadan tezak va siydik bilan chiqib ketgan energiya, kovshovchilarda esa ichakda hosil bo„ladigan gazlarga sarflangan energiya ham chiqarib tashlash natijasida aniqlanadi. Kovshovchi hayvonlar va otlar uchun u quyidagicha ko„rinishda bo„ladi: AE = E yalpi – (E tezak + E siydik + E gazlar ). Cho‘chqalar uchun : AE = E yalpi – (E tezak + E siydik ). Parrandalar uchun: AE = E yalpi - E tezak Xo„jaliklar ma‟lumotlari hayvonlarni faqat energiya bilan ta‟minlash yetarli emas, balki organizm uchun zarur bo„lgan protein, mineral moddalar, vitaminlar, 54 biologik aktiv moddalar bilan to„la ta‟minlash hayvonlardan ko„p va sifatli mahsulot olish garovi hisoblanadi. Oziqalarning protein tuyimliligi. Oqsillar. Hayvon organizmi me‟yorda o„sish va rivojlanishi, ko„payishi va mahsulot berishi uchun uglevodlar, yog„lar, shuningdek mineral moddalar va vitaminlardan tashqari o„simlik, mikrob yoki hayvon oqsillari berib turilishi shart; o„txo„r hayvonlarda uglevodlar yordamida o„simlik oqsilidan biosintez natijasida hayvon oqsili olinadi. Oziqalar tarkibidagi barcha oqsillar hayvonlar tomonidan to„g„ridan – to„g„ri o„zlashtirib olinmaydi; ular ovqat hazm qilish tizimida mikroblar yoki fermentlar ta‟sirida aminokislotalarga parchalanadi; me‟yorda 98% qonga so„rilgan azotli moddalar aminokislotalardan iborat bo„ladi, oz qismigina: depeptidlar, ammiak, nitrit va nitratlardan iborat. Oziqalarning protein to„yimliligi deb, hayvon organizmining aminokislotalarga bo„lgan talabini qondirishga aytiladi. Oziqalar oqsil va protein qiymatini biologik usulda aniqlanadi; ratsion tarkibidagi oqsil va protein biologik qiymati yosh hayvonlarni vaznining oshishi bilan baholanadi; protein to„yimlilik va proteinning o„zi organizmda oqsillar hosil bo„lishini va hayvonlarni o„sishini ta‟minlaydi. Proteinlarning biologik qiymati M.I. Dyakov (1951) o„sayotgan organizmda azot balansi asosida hisoblangan formula yordamida topiladi: N oziqa – N tezak – N siydik Proteindan foydalanish koeffitsienti = ----------------------------------- x 100 N oziqa – N siydik Bu formula yordamida qancha azot organizmida o„zlashtirilganligini ko„rsatadi; Proteinning biologik qiymatini oziqalarda qo„shimcha usullar bilan ham aniqlash mumkin, ya‟ni qon va siydik tarkibidagi mochevina nisbati bilan; proteinni me‟yordan ko„p berish, yoki aminokislotalari yetarli bo„lmagan to„la qiymatli bo„lmagan oqsillarni yedirish qon tarkibida mochevina miqdorini ko„tarib yuboradi. Mochevina hayvon jigarida ammiak va uglerod dioksididan hosil bo„ladi. O‟simlik, mikrob va hayvon oqsillari 22 xil aminokislotadan turli shaklda sintezlanadi. Oziqa oqsillari uglevod va yog„lardan o„laroq uglerod, kislorod va vodoroddan tashqari 16% azotdan iborat; ferment va gormon tuzuvchi oqsillar esa tarkibidagi fosfor, temir, magniy, mikroelement va vitaminlarni ham biriktiradi. Oziqa oqsilining ba‟zi qismlari o„simlik, hayvon va mikrob hujayralarida bir xilda hazmlanmaydi; hayvonlar protoplazma oqsillarini yaxshi, yadro oqsillarini qiyin hazm qiladi. 55 Oziqalar proteini tarkibida aminokislotalar hayvonlar va mikroorganizmlar tomonidan qo„shimcha fermentlar ishlovsiz o„zlashtirib olinadi. Yosh hayvon tanasiga oziqalar bilan tushishi mumkin bo„lgan 22 aminokislotaning yarmi sintez qilinmaydi. Yosh hayvon organizmi uning talablarini o„rni almashmaydigan aminokislotalar mavjud proteinlar bilan ta‟minlanishi zarur. Shu bois aminokislotalari ko„p oziqalar biologik jihatdan qimmatliroq hisoblanadi. Amalda ratsionda har xil oziqalarning bo„lishni lizin, metionin va triptofandan tashqari barcha o„rni almashtirilib bo„lmaydigan aminokislotalar bilan ta‟minlanadi. Hayvonot dunyosidan, mikroblardan olingan oziqalar, hamda dukkakli don oqsillari aminokislotalarga boy hisoblanadi. Me‟yor asosida oziqalantirishida oziqalar tarkibida o„rni almashmaydigan aminokislotalar nisbati, turli tur, yoshdagi hayvonlarning talabi ham inobatga olinadi. Ratsionni aminokislotalar bilan tenglashtirish yaxshi natijalar beradi, qachonki ratsion energiya, mineral moddalar va vitaminlar bilan hayvon organizmi to„liq qondirilgan taqdirda. Kovshovchilar oqsillarga bo„lgan talabini qondirish osonroq, chunki oziqa proteinining 60-70% katta qorindagi bakteriya va infuzoriyalar tomonidan o„zlashtirilib, zarur aminokislotalar nisbatini yaxshilaydi, shu bois ularda o„rni almashmaydigan aminokislotalarga o„tkir talab sezilmaydi. Hayvonlarni oziqlantirishda asosiy shart – ularning xom yoki hazmlanuvchi proteinga talabini qondirish; uning zarur qismi protein sifati va uning aminokislotalar tarkibiga bog„liq. Voyaga yetgan kovshovchi hayvonlarni oziqlantirishda proteinni erish darajasi muhim o„rin tutadi, ular oziqasi tarkibidagi proteinning 50-60% suv tuzda eriydigan bo„lishi kerak. Yosh hayvonlar turidan qat‟iy nazar aminokislotalar nisbatiga qarab oziqlantiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling