Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish. Yangi tug„ilgan qulunlar 40-60; buzoqlar 25-40; qo„zilar3-5; cho„chqa bolalari 1-1,5 kg, quyon bolalari 50 g, jo„jalar 36-40 g tosh bosadi. Postembrional davrda ham hayvonlarning tashqi muhitga, hayot sharoitiga talabi o„zgaradi va 5 davrni o„z ichiga oladi (P.D. Pshenichniy bo„yicha): Yangi tug‘ilganlik( tug‘ilgandan 10-20 kunlikgacha). Yashash sharoiti keskin o„zgargan. Ona organizmidan tashqarida yashashga ko„nikadi. O‟pka bilan nafas ola boshlaydi; ovqat hazm qilish, siydik ajratish a‟zolarni o„zgacha ishlay boshladi; qon hosil bo„lish manbalari harakatga keladi; mustaqil tana haroratini ta‟minlaydi; tanani tashqi muhit bilan bog„lovchi va himoya shartli reflekslari paydo bo„ladi. Yagona oziqa – ona suti hisoblanadi. Sut davri(qoramollarda 3-4 oy) sut bilan oziqlantirish tugaguncha davom etadi, shu davrda asosan sut bilan uning oxirida esa o„simlik oziqalarini iste‟mol qila boshlaydi, oshqozon-ichak tizimi va unda mikroorganizmlar rivojlanadi. Muskullar, suyaklar, to„qima va a‟zolar jadal rivojlanadi. Davr oxirida to„liq o„simlik oziqalari yeyishga o„tadi. Jinsiy balog‘at davri – ichki sekresiya bezlari faoliyat ko„rsatib, organizm tez rivojlanib, jinsiy balog„at ro„y beradi. Hayvonlar ko„payish qobiliyatiga ega bo„ladi; jinsiy bezlar o„sishi poyoniga yetadi; ularda jinsiy faoliyat muntazam ro„y beradi; ikkilamchi jinsiy a‟zolar to„liq shakllanib, hayvonning o„ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Organizmning umumiy o„sish jadalligi pasayadi. Voyaga yetgan davri – organizmning barcha faoliyatining va yuqori mahsuldorlikni gullab-yashashi, saqlash va foydalanish me‟yorlariga bog„liq. Faol modda almashinuvi va jinsiy faoliyat kechadi. Tez yetiluvchan hayvonlarda, kech yetiluvchan hayvonlarga nisbatan ertaroq kechadi. Qarilik – hayvonlarda modda almashinuvining va jinsiy faoliyatining susayishi, ham mahsuldorlikni pasayishi bilan ta‟riflanadi. Organizm bo„shashib uni o„limga yaqinlashtiradi, u tez yetiluvchan hayvonlarda ertaroq, kech yetiluvchan hayvonlarda esa kechroq ro„y beradi. O’sishning notekisligi. Bu qonuniyat tanada organizmda to„qima va a‟zolarning bir vaqtda shakllanmaganligi, ularning har xil tezlik va davomiylikda o„sish va rivojlanishiga bog„liq. Barcha qishloq xo„jalik hayvonlari ontogenezining dastlabki paytida uzunligi, keyinchalik uning o„sishida har xillik ro„y beradi(o„k va atrof skelet), natijada hayvon tipi aniqlanadi: 21 A) Tuyoqlilarda bo„g„ozlikning ikkinchi yarmida tayanch suyaklari(oyoq suyaklari), tug„ilgandan keyin esa o„q suyaklari jadal o„sadi. Bu jarayon evolutsion taraqqiyot ta‟siri bo„lib, yangi tug„ilgan hayvonlarning chopishini ta‟minlaydi, ya‟ni onasiga yetib yurish va yirtqichlardan qutilish imkonini beradi. Tug„ilgandan keyin o„lg„ayish davrda esa tana mo„tanosibligi tezlikda o„zgaradi.(rasm ) 1.3-rasm. Yangi tug‘ilgan buzoq va sigir tana qismlarining nisbati. Yangi tug„ilgan hayvonlarning oyoqlari uzun, orqa tomoni biroz ko„tarilgan, tanasi tor va sayoz bo„lib, kalla va buyni kalta bo„ladi. Voyaga yetgan hayvonlarning oyoqlari kaltaroq, tanasi uzun, keng va chuqur bo„ladi; B) Yirtqich (go„shtxo„r) hayvonlar o„z bolalarini himoya qila olish qobiliyati, quyonlar o„z bolalarini inlarida saqlash imkoniyati bo„lgani uchun ona qornida o„q suyaklari, tug„ilgandan keyin esa tayanch suyaklari jadal o„sadi. Shuning uchun bu hayvonlar tug„ilganda oyoqlari kalta, tanasi uzun, keng va chuqur bo„ladi, tug„ilgandan keyin ularning oyoq suyaklari tez o„sadi. V) Dengiz cho„chqalarida ona qornida va tug„ilgandan keyin o„q va tayanch suyaklari bir xil jadallikda o„sadi. O’sishning davriyligi. O‟sish qonuniy ravishda davriy jadallashib va susayib turadi . Masalan, buzoq va quyon bolalarida bir davriy jadal o„sish va susayishi 12 kunni tashkil etadi. Davrning jadal o„sish qismida hayvon iste‟mol qilgan oziqalaridan samaraliroq foydalanadi, susayishi paytida aksincha, bu bois ishlab chiqarishda bu imkoniyatdan oqilona foydalansa bo„ladi. Hayvon organizmi o„sish va rivojlanish jarayonida hayot tarzida turli xil talablar qo„yadi, bu tiriklik qonuniyati bo„lib, u o„sish va uning saylab olishida o„z aksini topadi. Shu talablarning u yoki bu davrda bajarmaslik hayvon rivojlanishi va tana mutanosibligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 22 Hayvonlarni yosh davrida oziqlantirish va saqlash sharoitlari orqali o„sish va rivojlanishiga ta‟sir etish mumkin, chunki shu davrda ular tanasi tashqi muhit ta‟siriga juda sezuvchan bo„ladi. Maqsadli o‘stirish hayvonlarni ma‟lum davrda kerakli oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish orqali foydali belgilarni shakllantirish tushuniladi. Hayvonlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Hayvonlar o„sish va rivojlanishiga irsiyatdan tashqari qator omillar ta‟sir etadi: Ona organizmining ta’siri, ya‟ni homila uchun «tashqi muhit» vazifasini bajaradi. Yirik, baquvvat onalar o„z homilasini tuyimli moddalar bilan yaxshi ta‟min etishi natijasida homila yirik tug„iladi. Ichki sekretsiya bezlari, ular nerv sistemasi ta‟sirida bo„ladi. Qalqonsimon bez gormoni organizmda modda almashinuvini kuchaytirib hayvonning o„sish va rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Jinsiy bezlarini olib tashlanishi organizmda qator o„zgarishlarga sabab bo„ladi, ular yuvosh bo„lib, tez semiradi. Gipofiz o„sish gormoni ishlab chiqaradi, bundan tashqari bu gormon jinsiy va sut ajratib chiqarishni ta‟minlaydi. Oshqozon osti bezi gormoni(insulin) uglevod almashinuvida qatnashib, ontogenezga katta ta‟sir o„tkazadi. Oziqlantirish ta’siri. N.P. Chirvinskiy (1909) hayvonlarga homila davrida va tug„ilgandan keyin tuyimli moddalarni yetishmasligi ularning skeleti va ichki a‟zolarining o„sishga salbiy ta‟sirini qayd qilgan. Qo„ylarni faqat dag„al oziqalar bilan oziqlantirib o„stirganda uning ichaklarining uzunligi tana uzunligidan 44-51 marta, yaxshi oziqlantirilganda, ya‟ni ratsionga yem qo„shib boqilganda faqat 33-38 marta uzun bo„lgan xolos. N.P. Chirvinskiy yetarli oziqlantirmaslik skeletning hamma qismlarining rivojlanishiga bir xilda ta‟sir etmasdan, shu davrda jadal o„sadigan skelet qismlarida o„z izini qoldiradi degan. Shunday ilmiy ma‟lumotni A.A.Maligonov (1925) qoramollarda qayd etgan, ya‟ni bunday holat hamma a‟zo va to„qimalarda ro„y berar ekan. Shu qarashlar asosida Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati shakllangan – tuyimli moddalar yetishmasligi shu davrda jadal o„sadigan a‟zo va to„qimalarning o„sishga salbiy ta‟sir ko„rsatidi. Tuyoqlilarda homila davrida tayanch suyaklari jadal o„sadi, oziqalar yetishmasligi, onasining kasallanishi homilaning oyoq suyaklarini kalta bo„lib tug„ilishiga sabab bo„ladi, bunday hayvonlar tug„ilganda tanasi uzun, kallasi katta va kichik bo„ladi. Bu holat embrionalizm deb ataladi. Tug„ilgandan keyin tuyimli moddalar yetishmasligi yoki yosh hayvonning kasallanishi rivojlanmay qolishga (o„q suyaklari) sabab bo„ladi, unga infantilizm deyiladi. Bunday hayvonlar tanasi yangi tug„ilgan hayvon tanasini eslatadi. Bunday hayvonlar jinsiy balog„at yoshida ham shunday boqilsa ular jinsiy jihatdan ham to„laqonli bo„lmaydilar. Neoteniya, 23 A.A.Maligonov bo„yicha – bu tana o„sishdan qolgani holda, jinsiy faoliyati me‟yorda bo„lishiga aytiladi. Embrionaliz va infantilizm asoratlarini keyinchalik to„liq tuzatish imkoniyati bo„lmaydi, shuning uchun ularning oldini olish choralarini ko„rish kerak. Saqlash sharoitining ta’siri. Hayvon o„sish va rivojlanishiga quyosh nuri; harorat, namlik va havoda gazlar tarkibi; atmosferaning elektrlanganligi, bosim va boshqa zoogigiyenik omillar ta‟sir ko„rsatadi. Qishda yosh hayvonlarni yetarli oziqlantirish bilan birga quruq, sovuq, havo harorati kam binolarda saqlash baquvvat, nafas va qon aylanish, ovqat hazm qilish, a‟zolarda yaxshi rivojlangan hayvonlar o„stirilib, ular qoni tarkibida gemoglobin ko„proq bo„lishini ta‟minlaydi. Zoogigiyenik talablarning buzilishi hayvonlarni o„sishi va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Hayvon tanasini va uning ba‟zi qismlarni o„sish va rivojlanishga mashq qildirish ijobiy ta‟sir ko„rsatadi( mashq, uqalash, sayr qildirish) hayvonlarni doimiy mashq yoki sayr qildirish ularning suyak va muskullarini mustahkamlaydi, nafas olish va qon aylanish tizimlari faoliyatini kuchaytiradi, modda almashuvi kuchayib o„sish va rivojlanish yaxshilanadi. G‟unajinlar yelinini 3-4 oylik bug„ozlikdan tuqquncha o„qalash ularning to„qqanidan keyin sut mahsuldorligini 15% ortishini ta‟minlaydi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘sishini hisoblash. Har doim hayvonlarning o„sishi ularni davriy ravishda tortib va o„lchash orqali nazorat etib boriladi. Ma‟lumotlar aniq bo„lishi uchun hayvonlar ertalab oziqlantirib, sug„orilguncha amalga oshiriladi. Qoramol va otlar tug„ilganida, 1,2,3,6,9,12,18 va 24 oyligida, voyaga yetgandan keyin yilda bir marta; cho„chqalar tug„ilganda, 1,2,4,6,9,12,18 va 24 oyligida, qo„ylar esa tug„ilganda, 1,4,12 va 24 oyligida tortiladi. Olingan ma‟lumotlar asosida mutloq va nisbiy o„sish aniqlanadi. Mutloq o‘sish, o„sish tezligi bo„lib(vazn yoki o„lcham), ma‟lum davrda qo„shilgan vazn. U qo„ydagi formula yordamida aniqlanadi D = Wt -Wo , agarda kunlik vazn ortishini aniqlash kerak bo„lsa D = Wt –W o / t foydalaniladi, ya‟ni D-kunlik vazn qo„shishi(g yoki kg) yoki o„lcham(sm ) 1 kunda, 1oyda; W 0 - dastlabki vazn yoki o„lcham; W t - davr oxiridagi vazn yoki o„lcham, t-vaqt (kun) ikki tortuv yoki o„lchov birligi. O‟sish kuchini nisbiy o‘sish ko„rsatkichi orqali aniqlash mumkin va qo„yidagi formula shaklini oladi K= Wt -Wo / t ·100 va % ifodalanadi. Bu ko„rsatkich tug„ilgandan keyingi dastlabki oylarda yuqori bo„lib, keyinchalik uning jadalligi kamayib boradi. Tez yetiluvchanlik. Irsiyat bilan belgilanib,tashqi muhit ta‟sirida shakllanuvchi hayvonlarning me‟yorda rivojlanib, a‟zo va to„qimalarning ma‟lum davrda o„sishi, jinsiy balog„at va xo„jalikda foydalanish holatiga erishishiga aytiladi. Bu holat ko„pincha hayvonlarning konstitutsiyasiga bog„liq bo„lib, nozik- 24 bo„sh(go„shtdor qoramol, qo„y va cho„chqa) tez yetiluvchan, dag„al-zich tipdagi hayvonlar kech yetiluvchan hisoblanadi. Hayvonlar hayotining davomiyligi va ulardan xo‘jalikda foydalanish. Bu ko„rsatkichlar hayvonning turi, zoti, jinsi, tez yetiluvchanligi, konstitutsiyasi,ularning o„stirish va foydalanish sharoitlariga bog„liq. Shuningdek bu hol foydalanish maqsadi (go„sht, ish va hokazo)va saqlash sharoitlariga qarab ham farqlanadi. Hamma vaqt ham hayvonning biologik yashash davomiyligi xo„jalikda foydalanish davomiyligiga to„g„ri kelavermaydi, har doim biologik hayot davomiyligi uzunroq bo„ladi. 1.1.jadval Hayvonlarning o‘sish va yashash davomiyligi, yil Hayvon turi O‟sish davri davomiyligi Xo„jalikda foydalanish davomiyligi Hayotning davomiyligi o„rtacha eng ko„p Qoramol 4-5 8-12 20-25 36 yilgacha Ot 5-7 18-20 35-40 67 yilgacha Cho„chqa 2-3 4-5 11-15 22 yilgacha Qo„y 2-4 5-8 10-15 21 yilgacha Quyon 1 yoshgacha 2-5 7 12 yilgacha Tovuq 1-1,5 1-3 8-10 20 yilgacha Nasldor hayvonlar podani tiklash uchun ko„proq avlod olish maqsadida, mahsulot olish uchun asralayotgan hayvonlarga nisbatan uzoqroq vaqt xo„jalikda foydalaniladi. I. 4 Qishloq xo‘jalik hayvonlarini tanlash va juftlash. Inson har doim o„zi urchitayotgan hayvonlarni avloddan-avlodga sermahsul, takomillashgan bo„lishga intiladi, uning nasl xususiyatlarini yaxshilashga harakat qiladi. Bunga faqat alohida hayvon va hayvonlar guruhi bilan maqsadli naslchilik ishlari olib borish bilan erishish mumkin. Naslchilik ishi, bu zootexnikaviy, dehqonchilik, veterinariya va iqtisodiy- tashkiliy tadbirlar majmuasi bo„lib, yangi zotlar yaratish, borlarini takomillashtirish, sermahsul, samarali hayvonlar guruhlarni yaratish demakdir. Naslchilik ishining asosi bo„lib hisoblanadi: A) nasldor yosh hayvonlarni to„g„ri o„stirish; B) hayvonlarni maqsadli baholash; V) tanlangan hayvonlarni asosli juftlash; Tanlash tushunchasi va shakllari. Tanlash ko„p hayvonlarda asllarini ajratib olishni taqozo etadi. Tanlash kelgusida urchitishdan talabga javob bermagan hayvonlarni chiqarishdir. Tanlashning maqsadi populyatsiyada genotiplar nisbatini ijobiy tomonga o„zgartirishdan iborat. Tanlash qo„yidagicha olib boriladi: 25 A) fenotipi bo„yicha(tana tuzilishi, o„sish va rivojlanishi, mahsuldorlik, pushtdorlik). B) genotipi bo„yicha( kelib chiqishi, avlodlarining sifati) Tabiiy tanlash – doimo tur foydasiga harakatda bo„lib – tabiatda kechadigan doimiy jarayon bo„lib, sharoitga moslasha olgan hayvonlar saqlanib, avlod beradi, sharoitga moslasha olmaganlari esa avlod bermaydi yoki o„lib ketadi. Tabiiy tanlash kuchi barcha tashqi muhit omillariga bog„liq. Hayvonlarni sun‟iy urchitish natijasida inson tabiiy omillar ta‟sirini pasaytirishga erishgan, lekin butunlay yo„q qila olishga erishmagan. Sun’iy tanlash inson tomonidan o„z manfaatlari yo„lida o„tkaziladi, qaysiki tabiiy tanlash ta‟siri bilan mos kelavermaydi. Hayvonlarning evolutsion jarayonida sun‟iy tanlash beqiyos o„rin tutadi. Evolutsion jarayonning dastlabki paytida ongsiz tanlash olib borilgan, ya‟ni insonlar maqsadsiz, lekin yuvosh, mahsuldor va kelishgan hayvonlarni qoldirishga harakat qilganlar. Keyinchalik sun‟iy tanlash maqsadli, ya‟ni inson oldingi tajribalarini e‟tiborga olib, ma‟lum maqsad bilan, reja asosida talabga javob bergan hayvonlarni olib qoladi, keraksizlarini puchak qiladi. Sun‟iy tanlash guruhlab ( asosan fenotipik ko„rsatkichlar) va yakka (har bir hayvon fenotipi va genotipi ) tanlanadi. Eng oson usul guruhlab tanlash bo„lib, unda faqat hayvonlar fenotipi bo„yicha tanlanadi, bu asosan naslchilik ishining dastlabki boqichida amalga oshiriladi. Tanlash yo„nalishiga qarab bo„lishi mumkin: 1. Harakatlantiruvchi ( Shmalgauzen, 1946), yoki boshqacha Darvin usuli ham deb yuritiladi. Bunda avloddan-avlodga faqat yaxshi hayvonlarni olib qolib yomonlarini puchak qilish asosida podani maqsadli yo„nalishda yaxshilab boradi. Bu usul barcha qishloq xo„jalik hayvonlarida foydalaniladi. 2. Muvozanatlashtiruvchi ( Shmalgauzen, 1946), bu usulda ijobiy tip hayvonlarini saqlab qolish inobatga olinadi. Bu usul barcha chetga chiqishlarni oldini oladi va tip xususiyatlarini saqlab qoladi. Tanlash bir, yoki bir necha belgilar bo„yicha olib boriladi. Uning qo„yidagi usullari qo„llaniladi: A) Bog‘liq bo‘lmagan. Har bir belgi bo„yicha eng past talablar qo„yiladi. Bir belgi bo„yicha talabga javob bermagan hayvonlar, boshqa belgilarining rivojlanishidan qat‟iy nazar puchak qilinadi. B) Tandem usuli-oldin bir belgi, keyin ikkinchi belgi inobatga olinadi. V) Seleksiya indekslari usuli, barcha belgilar bo„yicha yig„indi indeksi asosida amalga oshiriladi. Tanlash natijalariga ta’sir qiluvchi omillar: A) organizmning irsiy xususiyatlari ; B) populyatsiyada belgining xilma-xilligi; V) tanlash olib borilayotgan belgilar soni; G) tanlash olib borilayotgan belgilarning korrelyativ bog„lanishi; 26 D) tanlash jadalligi; Ye) tanlash olib borilayotgan populyatsiyadagi hayvonlar soni; J) avlodlarning almashinuv jadalligi; Z) belgilarning ikki jins hayvonlarida ham aks etishi; I) tanlashning aniq va mukammal olib borilishi; K) tanlash o„tkazayotgan mutaxasisning qobiliyati; L) oziqlantirish va saqlash sharoitlari. Tanlash genitik asoslariga belgilarning korrelyatsiyasi va qaytarilishidan tashqari, belgilarning irsiyatga berilishi, seleksion differensial va tanlash samaradorligi o„rin to„tadi. Irsiyat, irsiyat koeffitsienti (h²) orqali ifodalanib har xil usullar yordamida hisoblanadi: A) ota-onalar va avlodlar o„rtasida korrelyatsiya koeffitsienti ikkilangani (h²=2r). B) Formula orqali h²=Dn/Dr=R/S, Dn-avlodlarning podaning o„rtacha ko„rsatkichdan ustunligi, Dr- ota-ona ko„rsatkichlarining podaning o„rtacha ko„rsatkichidan ustunligi, R-tanlash samarasi, S-seleksion differinsial. Bir belgi irsiyat koeffitsienti zot ichida, podalarda, tanlash jadalligi, oziqlantirish va saqlash sharoitlariga qarab o„zgarib turadi. Shuning uchun har bir poda uchun alohida hisoblanishi kerak. Seleksion differensial(S yoki d)-hisobga olinayotgan belgi o„rtacha ko„rsatkichidan farqi (tirik vazn, sut miqdori, sutning yog„liligi). Qanchalik seleksion differinsial yuqori bo„lsa tanlab olingan guruhdan sermahsul avlod olish imkonini beradi. Tanlash samarasi (R)-avlodda ko„rsatkichlarning farqi, tanlashiga qadar populyatsiyadagi o„rtacha ko„rsatkich bilan solishtiriladi. R=Mf –M. Yoki seleksion differensialning avlodlarda aks etgan qismi. Shuning uchun tanlash samarasi to„g„ridan to„g„ri seleksion differensial va irsiyat koeffitsientiga bog„liq. Hayvonlarni kompleks baholash Seleksiyada kompleks baholash alohida o„rin to„tadi, chunki bir belgi bo„yicha muntazam baholash boshqa belgilarni so„nib ketishiga sabab bo„lishi mumkin. Hayvonlarni to„g„ri baholash uchun uning barcha belgilari bo„yicha tanlash ma‟qul. Hayvonda har bir belgi alohida baholanib keyin ular yig„indisi(majmua)chiqariladi va unga kompleks bonitirovka klassi beriladi. Hayvonlarni baholash va tanlashda ularni tana tuzilishi alohida o„rin to„tadi, ya‟ni u hayvonning alohida a‟zolarining rivojlanishi, sog„ligi va mahsulot yo„nalishini ko„rsatadi. Hayvonlarni kelib chiqishiga qarab baholash va tanlash. Asosan shajaraga qarab amalga oshiriladi. Shajara hayvonning kelib chiqishi bir tartibda yozilgan ma‟lumot. 27 Shajara kerak: hayvonlarning zotdorligini aniqlash uchun, ajdodlar mahsuldorligini aniqlash uchun, qarindosh urchitishni bilish uchun, nasl belgilarini shakllanishini bilish uchun, juftlashni samaradorligini aniqlash uchun, hayvonlarni yosh paytida tanlash uchun, juftlashni rejalashtirish uchun. Hayvonni kelib chiqishi haqidagi ma‟lumotlar shajara katagiga joylashtiriladi, u asosan 4 qatorda beriladi, to„rtinchi qatorda 16 ajdod ma‟lumotlari keltiriladi. Kataklarning chap tomonida ona, o„ng tomonida ota ajdodlar ma‟lumotlari beriladi. Pastga qarab har qatorda ajdodlar soni ko„payib boradi, unda hayvon laqabi va raqami, yoshi, vazni, o„lchamlari va mahsuldorligi o„z aksini topadi. Kelib chiqishga qarab tanlash asosan yosh hayvonlarda ko„proq qo„llaniladi, chunki hali o„z va avlodlarining mahsuldorlik ko„rsatkichlari yo„q. Kelib chiqishga qarab tanlash asl ajdodlardan yaxshi avlod olishni taqozo etadi. Hayvonlarni o‘z mahsuldorligiga qarab tanlash. Bu bosqichda hayvonning tana tuzilishi, tirik vazni, mahsuldorligi va pushtdorligiga qarab tanlanadi. Buning uchun barcha ko„rsatkichlar xolis hisobga olinishi shart. Hayvonlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholash va tanlash. Hayvonlarni tanlashda oxirgi bosqich bo„lib, hal qiluvchi o„rin to„tadi. Ushbu usul yordamida asl podani yaxshilovchi hayvonlarni tanlab olish mumkin. Birinchi navbatda bu usul erkak nasldor hayvonlarda o„tkaziladi, chunki ulardan ko„plab avlodlar olinadi. Erkak nasldor hayvonlar qo„yidagi bosqichlarda tanlanadi: 1. Kelib chiqishiga qarab tanlash; 2. Yosh nasldor erkak hayvonlar o„sish jadalligi, rivojlanishi, konstitutsiyasi va pushtdorligi bo„yicha tanlanadi; 3. Oxirgi pirovard bosqich genotipik baholash bo„lib, erkak nasldor hayvonlar avlodlarining sifati bo„yicha tanlanadi. Hal qiluvchi 3 bosqich hisoblanadi, lekin 1,2 bosqichlar ham 3 bosqich ma‟lumotlari (5 yosh) olinguncha ishlatiladi. Avlodlarning sifati bo„yicha erkak nasldor hayvonlarni tanlashda o„zidan tashqari qator omillar ta‟sir etadi: onasining ta‟siri, o„stirish va oziqlantirish, uning barcha avlodlarini baholash, olingan avlodlar soni, juftlanayotgan hayvonlar yoshi, erkak va urg„ochi hayvonning mosligi, avlodni kompleks baholash. Erkak nasldor hayvonlar avlodlarining sifati bo‘yicha baholashning ikki usuli mavjud: A) Avlodlarning ko„rsatkichlari onalarni ko„rsatkichlari bilan taqqoslanadi( tirik vazn, sut mahsuldorligi, sutining yog„liligi va hokazolar). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling