Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziqalarning mineral to‘yimliligi.
- Makroelementlar
- Oziqalarning vitamin to‘yimliligi.
Oqsilsiz moddalar. Kovshovchilarning old qorinlarida faoliyat ko„rsatuvchi achitqi va bakteriyalar ureaza fermenti yordamida mochevinani parchalab, uglevodlar yetarli bo„lsa aminokislota va mikrob oqsiliga aylantiriladi. Kovshovchilar ratsionida protein yetishmasa ma‟lum miqdorda ular ratsioniga ammiakli birikmalar qo„shiladi. Oziqalar tarkibida uchraydigan 25-30% azotni azot tuzlari bilan almashtirish mumkin. Azotning yaxshi hazm bo„lishi uchun 1 qism azotga oziqada 20 qism qand va kraxmal bo„lishi talab qilinadi. Kovshovchilar oqsilsiz azotli birikmalar yedirilganda, 1 g mochevina-2,6 g, 1 g sulfat ammoniy-1,2 g, diammoniy fosfat-1,2 g, mochevina fosfati-1 va 1 g ammoniy bikarbonat 0,95 g hazmlanuvchi protein. Ratsion energiya, uglevod, yog„, mineral moddalar va vitaminlar bilan tenglashtirilmasa oqsilsiz ammoniyli birikmalarini yedirish ko„p hollarda hayvonlarni ammiak bilan zaharlanishiga sabab bo„lishi mumkin. 56 Yozda yosh ko„k o„tlar azotning oqsilsiz shakli bilan to„yingan bo„ladi(erkin aminokislotalar, nitritlar, nitratlar), shu bois ushbu faslda azotli qo„shimchalar berish maqsadga muvofiq emas. Oziqalarda, oqsillar bilan ularning oraliq moddalari proteinlarda nitritlar, nitratlar, organik kislotalarning ammoniy tuzlari; aminokislota aminlari holida, erkin amimnokislotalar shaklida uchratish mumkin. Erkin aminokislotalar ko„k o„tda, silosda, lavlagi va kartoshkada ko„p uchraydi. Erkin aminokislotalarning protein tarkibida bo„lishi uni oson hazm bo„lishini ta‟minlaydi, so„rilishi va almashinuv jarayoniga ijobiy ta‟sir etadi; kovshovchilarda esa old oshkoqonda erkin aminokislotalar bakteriya va infuzoriyalar oqsiliga aylanadi. Hayvonlar oqsil almashinuvida azotning oddiy birikmalari bo„lgan nitritlar, nitratlar va ammiakni oson hazm bo„lsa ham to„g„ridan-to„g„ri o„zlashtirib ololmaydilar. Kovshovchilardagina yetarli qand bo„lganda oshqozon mikroflorasi bu moddalardan aminokislota va oqsillar hosil qiladi. Qo„ylar sigirlarga nisbatan ratsionda nitratlarning yuqori bo„lishiga ancha chidamli. Qo„ylar ratsioni nitratlar bilan boyitilishi, hamda ularga donli yoki boshqa uglevodli oziqalar berish ularning serpushtligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Kasal buzoqlar salomatligiga nitratlar salbiy ta‟sir ko„rsatadi, shuningdek cho„chqa bolalarining semirishi pasayib, jo„jalar o„lishi mumkin. Oziqalar nitrat va nitritlari siloslash davomida parchalanadi. Shuning uchun turli xil hayvonlarni ularning biologik xususiyatlarini inobatga olib har xil oziqalar proteinidan samarali foydalanishi uchun ratsion energiya, protein, aminokislotalar, vitamin va mineral moddalar bilan tenglashtirilishi shart. Parrandachilik va cho„chqachilikda sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan oqsilsiz oziqa qo„shimchalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Oziqalarning mineral to‘yimliligi. Hayvonlar to„qimalarida 40 ga yaqin mineral elementlar uchraydi, hozircha ularning 15 tasining zarurligi isbotlangan; yana zarur ftor, brom, bariy va stronsiy hisoblanadi. Mineral moddalarning tanadagi miqdoriga qarab ikki guruhga bo„linadi: makroelementlar-kalsiy, fosfor, natriy, xlor, magniy va oltingugurt; mikroelementlar-temir, rux, mis, marganes, yod, kobalt, molibden va selen. Organizmdagi barcha fiziologik jarayonlar bitta yoki bir necha elementlar yordamida nazorat qilinadi. Mineral moddalar modda almashinuvidagi o„zaro munosabatni inobatga olgan holda hayvonlar alohida elementlardan tashqari ularning ma‟lum nisbatiga muhtoj. Ba‟zi elementlarning me‟yordan oshiq bo„lishi, ayniqsa kalsiy va molibden boshqa boshqa elementlarni o„zlashtirishga salbiy ta‟sir ko„rsatsa, ularning yetishmasligi fiziologik jarayonlarning kechishini susaytiradi. 57 Oziqalarning mineral tarkibi tuproq-iqlim sharoiti, solingan o„g„itlar va o„simlikni o„stirish sharoitlariga bog„liq; organizmda D vitamini sintezi alohida o„rin tutadi, chunki u mineral moddalar almashinuvini boshqaradi. Mineral moddalar almashinuvi ratsionda energiya, protein va vitaminlar yetarli bo„lgandagina me‟yorda kechadi. Organik moddalardan o„laroq mineral moddalar hayvon organizmi tomonidan oson o„zlashtirilib olinadi. Ratsion to„yimli moddalarini to„liq o„zlashtirilishi va hayvon sog„ligini saqlash uchun nafaqat mineral moddalarning yetarli bo„lishi, balki ishqorli va kislotali elementlar nisbati ham muhim o„rin tutadi. Mineral moddalar tarkibida kislotali va ishqorli elementlardan tashqari hayvonlarning oziqlanishida organik kislotalarga bog„liq bo„lgan faol kislotalik(ph) muhim ahamiyatga ega. Makroelementlar –hayvon me‟yorda yashashi uchun zarur mineral moddalar, ular mikroelementlarga qaraganda ko„proq talab etiladi. Kalsiy. Barcha mineral moddalarga nisbatan hayvon tanasida ko„proq uchraydi; 99% kalsiy skelet va tishda bo„ladi; suyak kuli 38% kalsiy, 17% fosfor va 1% magniydan iborat. Suyak tarkibi bir xil bo„lmay organizmga mineral moddalar tushishi va vitamin D ga bog„liq. Yosh organizmda kalsiy, fosfor yoki vitamin D yetishmasa suyaklashish yaxshi kechmaydi, raxit ro„y beradi; suyaklar qiyshayadi, bo„g„inlar yiriklashadi; voyaga yetgan hayvonlarda suyaklar yumshoqlashadi – osteomolyasiya hodisasi bo„ladi. Ko„pincha mineral moddalar almashinuvining buzilishi sersut sigirlarda uchraydi; oxirgi dum umurtqalari yumshaydi yoki butunlay yo„qolib ketadi, tishlari qimirlab qoladi. Sersut sigirlar paraqalqon bezi faoliyati buzilishi u ishlab chiqaradigan gormonlar suyakdan kalsiy va fosforning chiqishini kuchaytiradi va tuqqandan tug„im parezi kasalligiga duchor bo„ladi; qonda kalsiy keskin kamayib ketadi, sigir qaltiraydi, ba‟zan xushi ketib, shol bo„lib qoladi. Mineral moddalar almashinuvining buzilishi tovuqlar suyagi va tumshug„ining yumshashi, oyoqlar qiyshayishi, tuxum po„stlog„ining yuqalashishi va tuxum mahsuldorligi pasayishiga sabab bo„ladi. Kalsiy manbai bo„lib ko„k o„tlar, ayniqsa dukkakli o„tlar va suyakka boy hayvonot oziqalari – baliq, suyak, go„sht-suyak uni, va sut hisoblanadi. Amalda qishloq xo„jalik hayvonlariga mineral oziqa qo„shimchasi sifatida bo„r, maydalangan oxaktosh, dikalsiyfosfat beriladi. Mineral qo„shimchalarni yedirishda organizmga tushayotgan kalsiy va fosfor nisbatiga e‟tibor berish kerak, aks holda xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hayvonlar ratsionida kalsiyning fosforga nisbati 1,2-2:1 ga bo„lish ma‟qul. Fosfor. Tananing 80% fosfori suyaklar va tishda bo„ladi; qolganlari fosfoproteinlar, nuklein kislotalar va fosfolipidlar tarkibida bo„ladi. U uglevod va 58 energiya almashinuvida muhim o„rin tutadi, hamda geksozafosfatlar va adenozinfosfatlar tarkibiga kiradi. Fosfor almashinuvi kalsiy almashuvi bilan bog„liq ya‟ni uning yetishmasligi yosh hayvonlarda raxit, voyaga yetganlarida osteomolyasiya kasalligini keltirib chiqaradi. Fosfor yetishmasligi,bo„g„inlar qisirlaydi, muskullar bo„shashadi, o„sish sekinlashib, sut mahsuldorligi pasayadi; fosfor yetishmasligining belgisi ishtahani yo„qolishi: hayvon yog„och, suyak va lattalarni va yeb bo„lmaydigan narsalarni chaynaydi. Shuningdek fosfor yetishmasligini qonda uning me‟yorini kamayishidan bilsa bo„ladi. Qoramollarda fosfor yetishmasligi yem oziqalarni kam iste‟mol qilganda ro„y beradi, qo„ylarda bu hol kam kuzatiladi, chunki yaylov o„tlari tarkibida fosfor ko„p. Fosforga sut, boshoqli donlar, baliq va suyak uni boy hisoblanadi; pichan va somonda fosfor kam. Kalsiy, natriy, xlor. Bu elementlar hayvon tanasida suyuqliklarda va yumshoq to„qimalarda uchraydi; ular hujayralarda osmatik bosimni saqlab turadi, qon va limfa faoliyatini boshqarish, hamda tanada suv almashinuvida qatnashadi. Kaliy hujayra protoplazmasida bikorbonat, fosfat yoki xlorid tuzlari holida bo„ladi. Uning yetishmasligi o„sishni kechiktiradi, ishtaha yo„qoladi; hayvonlar tez ko„zg„aluvchan bo„lib, yurak faoliyati buziladi, qon bosimi pasayadi, jigar, buyrak faoliyati susayib, otalanish yomon kechadi. Amalda hayvonlar oziqalar hisobiga kaliy bilan to„liq ta‟minlaydi, u ko„k o„t, ildizmevalarda ko„p bo„ladi. Oshiqcha kaliy osongina siydik bilan chiqib ketadi. Natriy – qon va limfada kislotalarni neytrallovchi asosiy vosita-kation hisoblanadi; kovshovchilarda natriy bikorbonat so„lakning tarkibiy qismi hisoblanadi. Kovshovchilarda old oshkoqonda ximus kislotaligini(pH 6,5-7) bir maromda saqlab turadi; natriy xlorid tanada osmatik bosimni ushlab turadi, kraxmalni parchalovchi amilaza fermenti faoliyatining kuchaytiradi, ichaklarda glyukoza shimilishini kuchaytiradi, oshqozonda xlorid kislotasi hosil bo„lishi uchun manba hisoblanadi. Natriyning yetishmasligi organizmda fiziologik jarayonlarining buzilishiga olib kelib, hayvon sog„ligi yomonlashib, mahsuldorligi pasayadi. Natriy oziqalar tarkibida qariyib uchramaydi shuning uchun oziqa qo„shimchasi sifatida osh tuzi yoki natriy biokorbonat tuzi beriladi. Xlor ham oziqalar tarkibida kam uchraydi; faqatgina sho„rrok yerlarda o„sgan o„tlarda uchraydi. Hayvon organizmida oshqozon shirasi, qon, limfa, teri va teri osti kletchatkasida uchraydi. Hayvonlarga osh tuzi sifatida beriladi. Magniy . U kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadi; 70% magniy skeletda, qolganlari tana yumshoq to„qimalari va suyuqliklarida uchraydi. Suyakda kalsiy ko„p, muskul va terida magniy ko„p. 59 Magniy yetishmasligi natijasida tetaniya ro„y beradi, uning sababi qonda magniy miqdorining pasayib ketishi bo„ladi, sigirlar asabiy bo„ladi, qaltiraydi, yuz muskullari tortishadi, turtinib yuradi va tutqanoq tutadi. Magniy manbai bo„lib kepak, quruq achitqi, kunjara va shrot, hamda dukkakli o„tlar. Sog„in sigirlarga tetaniyaning oldini olish uchun kuniga 50 g magneziya tuzi berish kifoya. Oltingugurt. Tanada aminokislotalar bilan bog„langan holda uchraydi; to„qima oqsillari va jun tarkibiga kiradi, shu bois jun tarkibida 4% gacha oltingugurt bo„ladi. U biotin va tiamin vitamin va insulin gormoni tarkibiga kiradi. Hayvon ratsioni proteinlar bilan me‟yorda ta‟minlanganda, oltingugurtga ehtiyoj sezilmaydi, u yetishmasa hayvonlarga kam miqdorda natriy yoki ammoniy sulfat tuzlaridan qo„shimcha berish mumkin. Mikroelementlar. Hayvon organizmida kam miqdorda uchrasa ham muhim fiziologik jarayonlar qatnashchisi hisoblanadi. Ular oqsillar bilan birlashib organizmning muhim fermentlarini sintez qilishda, shuningdek modda almashinuvida qatnashuvchi qator gormonlarni hosil bo„lishda ishtirok etadi. Shu bois mikroelementlar ham vitaminlar singari hayot uchun zarur biologik aktiv moddalar deyiladi. Temir. Temir elementining asosiy qismi tanada oqsillar bilan birikkan holda uchraydi, qariyib 50% temir moddasi qonning gemoglobini tarkibida uchraydi, temir moddasi zaxirasi ferratin oqsil birikmasi holida taloq, jigar, buyrak va suyak iligida uchraydi. Temir ko„plab, fermentlar va hujayra pigmentlari hosil bo„lishda ishtirok etadi. Oziqalar bilan tananing temirga bo„lgan talabi faqat 10% ga qondiriladi, uning qolgan qismi parchalangan gemoglobin tarkibidagi temir moddasi hisobiga qondiriladi. Barcha qishloq xo„jalik hayvonlari 1 kg tirik vazniga 50 m² temir moddasini talab etadi, bu talab to„liq oziqalar hisobiga qondiriladi. Ratsionda temir moddasining me‟yordan ko„payib ketishi oqsil o„zlashtirishiga salbiy ta‟sir ko„rsatib, hayvonlar mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. Mis. Asosan gemoglobin tarkibiga kiradi. U qizil qon tanachalarining tarkibiy qismiga kirib qon aylanishida faol ishtirok etadi, qator ferment va pigmentlar sintezida qatnashadi, barcha tana a‟zolarida uchraydi, ayniqsa jigarda ko„p uchraydi. Mis yetishmasligi kamqonlikka sabab bo„lib, yosh hayvonlarning o„sishiga, katta yoshdagi hayvonlarning mahsuldorligiga, ko„payishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Sigirlar qonida 0,8-1 mkg/g bo„lishi kerak, uning 0,3-0,6 mkg/g ga pasayishi sigirlarning birinchi urug„lantirishdan otalanishini 2 barovar pasaytirib yuboradi. Asosan me‟yordagi ratsion hayvonlarning misga bo„lgan talabini qondiradi. Mis ko„proq don, urug„, shrotda ko„p uchrab, yaylov o„tlari, somon va sutda kam uchraydi. 60 Misning me‟yordan ko„p bo„lishi va surunkali kechishi hayvonga salbiy ta‟sir qilib uni zaharlashi mumkin, u jigarda to„plana borib hayvonni o„limga olib kelishi mumkin, ayniqsa bu holga qo„ylar sezgir bo„ladi. Kobalt. Bu element B 12 vitamini kashf etilgandan e‟tiborga olindi. Kobalt kovshovchilar, cho„chqalar va parrandalar ovqat hazm qilish tizimida B 12 vitaminini sintez qiladigan mikroorganizmlarning faoliyati uchun zarur, kobalt me‟yorda bo„lsa mikroorganizmlar hayvon uchun zarur B 12 vitaminini hosil qiladilar. Cho„chqalar va parrandalarda ovqat hazm qilish tizimidagi mikroorganizmlar hamma vaqt ham ularning talabi darajasida B 12 vitaminini ishlab chiqarmaydi, shuning uchun ba‟zan ular oziqalarga qo„shib beriladi. Kobalt yetishmaganda qoramol va qo„ylarda to„qishib yurish kuzatiladi yoki akobaltoz kasalligi ro„y beradi. Hayvon ozib, mahsuldorligi pasayib, jinsiy faoliyati susayib ketadi. Kovshovchilar ratsioniga kobalt sulfat tuzidan qo„shib berish uning yetishmovchiligini oldini oladi. Yod. Bu element to„qima va bez shiralarida kam uchrab, asosan qalqonsimon bez gormoni-tiroksin tarkibiga kiradi. Uning muntazam yetishmasligi qalqonsimon bez faoliyatini bo„zib, u kattalashib bo„qoq kasalligiga sabab bo„ladi. Yod yetishmasligi qishloq xo„jalik hayvonlarining ko„payishiga salbiy ta‟sir etadi, ba‟zan o„lik tugiladi. 50% ga yaqin yodni hayvonlar oziqalar bilan oladi, qolgan 50% ni esa suv bilan olish kerak, oqar suvlarda yod miqdori kam bo„lib chuqur artezan suvlarida uning nisbati yuqori bo„ladi. Yodning eng ko„p uchraydigan mahsuloti dengiz o„tlari va baliqlari hisoblanadi. Oziqalar tarkibidagi uning bo„lishi tuproq tarkibiga bog„liq. Yod yetishmaydigan hududlarda oziqa tuzi tarkibiga kaliy yodid yoki natriy yodid qo„shib beriladi. Marganes. Ushbu element suyak, buyrak, jigar, oshqozon osti bezi va gipofizda to„planadi. Organizmda oqsil, yog„, uglevodlar almashinuvida qatnashuvchi fermentlarni faollashtiradi. Hayvon va parrandalar me‟yorda oziqlantirilganda uning yetishmovchiligi sezilmaydi. Uning yetishmasligi natijasida buzoqlar yomon o„sadi, tuyoqlari qiyshaib ketadi, keyinchalik pushtdorligi pasayib, bola tashlashi mumkin. Marganes elementi yetishmasligi jo„jalarda perozis-suyaklarning noto„g„ri shakllanish kasalligiga sabab bo„ladi. Marganes kepakda ko„p uchraydi, kunjara va shrotda o„rtacha, makkajo„xori doni va hayvonot oziqalarida kam uchraydi. Marganesning me‟yordan ko„p bo„lishi zaharlanishlarga olib kelmaydi. Rux. Organizmning barcha to„qimalarida uchraydi, ayniqsa suyakda ko„p bo„ladi, shuningdek u teri, junda ko„proq va asosiy mikroelementlar zaxira joyi jigarda kamroq uchraydi. 61 Rux qondan karbonat angidrid gazi chiqarishda ishtirok etuvchi karboangidraza fermenti tarkibiga kiradi, shuningdek karboksipeptidaza va degidrogeniza fermentlarini ham sintezida qatnashadi. Hayvonlar yaylovlarda saqlanganda rux yetishmasligi sezilmaydi. Cho„chqa bolalari faqat donlar bilan oziqlanganda rux yetishmasligi natijasida paraketoz kasalligi ro„y beradi. Cho„chqa bolalari o„sishdan qoladi, teriladi qichiydi, teri ko„chadi; shu oziqalarni ho„llab berish kasallikni oldini oladi; ushbu kasallikni oldini olish uchun cho„chqalar ratsioniga 1 kg oziqaga 40-100mg karbonat yoki sulfat tuzlaridan qo„shib berish kifoya. Jo„jalarda ham rux yetishmasligi o„sishdan qolish parlarining yaxshi rivojlanmasligi, suyaklanishini sekin kechishi, teri zaharlanishida namoyon bo„ladi. Barcha qishloq xo„jalik hayvonlarining 1 kg oziqasida 40-60 mg rux bo„lsa ularning talabi to„liq qondiriladi, uning me‟yordan ko„p bo„lishi ishtahasini susaytiradi va mis almashinuviga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Molibden . Bu element hayvonlar va mikroorganizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo„lib turli hayot uchun zarur fermentlar tarkibiga turadi. Qishloq xo„jalik hayvonlari me‟yorda oziqlantirilganda talablar to„liq qondiriladi, hayvonlarni yaylovlarda boqish molibden me‟yordan yuqori bo„lishiga sabab bo„ladi va zaharli ta‟sir etadi. 1 kg oziqada 3-10 mg molibden bo„lishi hayvonlar salomatligi uchun zararli hisoblanadi. Selen .Uning zaharli bo„lgani uchun hayvonlarga nazorat qilib beriladi. Uning 1 kg oziqa tarkibida 5 mg yoki 1 kg sutda 0,5 mg bo„lishi hayvonlar uchun xavfli bo„lishi mumkin. Molibden yetishmagan hayvonlar juni tushib, tuyoqlari shakli buziladi. Selenning qoramollarda 1 kg tirik vazniga 10-11mg, otlarda- 3-4 mg, cho„chqalarda -13-18 mg to„g„ri kelishi ularning o„limiga sabab bo„lishi mumkin. Ftor. Ushbu element asosan tishni emal qavatida bo„lib uni yemirilishdan (kariyes) saqlaydi. Qishloq xo„jaligida ftorning o„simlik va hayvonlar uchun zarariga e‟tibor beriladi. Agarda hayvon oziqalarning 1 kg da 20 mg dan ftor ortib ketsa, hayvonlarning ishtahasi yo„qolib, ozib ketadi; yosh hayvonlar o„sishdan qolsa, sigirlarni sut mahsuldorligi pasayib ketadi; bu hol surunkali davom etsa suyak va tishlarda tarkibiy o„zgarishlar harakatsiz bo„lib, buyrak, jigar, buyrak usti bezi, urug„don va qalqonsimon bez salbiy o„zgarishlarga uchraydi. Agarda tuproqda 0,5 % suvning 1 l da 0,5 mg dan ko„p bo„lsa ushbu element bo„yicha endemik holat bo„ladi. Bunga misol bo„lib Surxandaryo viloyatining shimoliy tumanlarida, Tojikiston allyuminiy zavodi chiqindilari tarkibidagi ftor bilan qishloq xo„jalik hayvonlarini zaharlanishini keltirish mumkin. Ushbu hududda hayvonlar ozib, mahsuldorligi pasayib, ko„payish qobiliyati susayib, bola tashlab, tishlari tushib ketishini ko„rsatish mumkin. (A.Raxmonov, 2005 yil). Hayvonlar zaharlanishining asosiy manbai sanoat chiqindilari hisoblanadi. 62 Oziqalarning vitamin to‘yimliligi. Hayvon organizmi tushadigan to„yimli moddalar inert holda bo„ladi, ular hazm bo„lgandan keyingina hayvon tanasiga singadi, bu jarayonda katalizatorlar qatnashishi shart. Bu jarayonlarda oqsil fermentlar va oqsil hamda vitaminlar birikmasidan iborat fermentlar ishtirok etadi. Organizmga vitaminlar tushmasligi yoki me‟yordan kam bo„lishi fermentlar faoliyati susayadi, modda almashinuvi buzilishini natijasida hayvonlar salomatligi va mahsuldorligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. U yoki bu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo„lgan yuqumsiz kasaliklar avitaminozlar deyiladi. Chorvachilikda avitaminozlar biroz kuchsiz holda, ya‟ni gipovitaminozlar shaklida uchraydi. Oziqalar tarkibida vitaminlarning yetishmasligi alimentar gipovitaminoz bo„lib, surunkali, o„tkir vitaminlar yetishmasligi organizm tomonidan oziqalarning yaxshi o„zlashtirilmasligiga sabab bo„lib endogen gipovitaminozlar kuzatiladi. Vitaminlar tarkibi yetarlicha o„rganilgan, ular erish hususiyati va insonlar va hayvonlar modda almashinuvidagi fiziologik o„rniga qarab tavsiflanadi. Erish tabiatiga qarab vitaminlar yog„da va suvda eruvchilarga bo„linadi. Yog„da eruvchi vitaminlarga A,D,Ye,K va suvda eruvchilarga esa B guruh vitaminlar, hamda S va Ular kiradi. Vitamin A(retinol). Ushbu vitamin hayvon organizmining ko„plab qism va faoliyatlariga o„z ta‟sirini o„tkazadi. U yetishmasligi natijasida hayvon ishtahasi yo„qolib, o„sish sekinlashadi, yosh hayvonlarda ko„zning shoxlanishi, siydik yo„li yallig„lanishi, erkak va urg„ochi hayvonlarda jinsiy faoliyat buziladi, buyrakda tosh hosil bo„ladi, teri dag„allashadi, shapko„rlik ro„y beradi, gipovitaminozning surunkali cho„zilishi hayvonni ko„r bo„lib qolishiga sabab bo„ladi. Parrandalarda A vitaminining yetishmasligi o„sishni sekinlashtiradi, tuxumning otalanishini pasayib, tuxumdan jo„ja chiqishi kamayadi, jo„jalarning hayotchanligi past bo„ladi. Cho„chqalarda esa majruh bolalar tugiladi. Ko„pchilik hayvon iste‟mol qiladigan oziqalarda A vitamini yo„q, u faqat sutda, o„g„iz sutida, tuxum sarig„ida, qo„y yog„ida va treska balig„i jigarida uchraydi. Sigirlar ko„k oziqalarga to„ygan paytda 1 kg sutda 0,5-0,7 mg, qishda esa 0,2- 0,4 mg bo„ladi. O‟simliklarda A vitamini provitamin – sariq o„simlik pigmentlari- karatinoidlar: d, ß, γ- karotinlar holida uchraydi. Karotin to„g„ri ichakda vitamin A shakllanib, limfa keyin qonga tushadi. Karotinni me‟yordan tashqarisi yog„da, vitamin A esa jigarda to„planadi. Karotin dukkakli ko„k oziqalar , ildizmeva barglarida, karam bargida, qizil sabzi va o„t talqonida ko„p bo„lib, u don, somon, ildizmevalar va kartoshkada qariyb uchramaydi. 63 Hayvonning karotin va A vitaminiga talabi karotin milligrammlarda yoki halqaro birliklarda ifodalanadi: 1 halqaro birlik (XB) 0,6 mkg toza ß-karotin yoki 0,3 mkg A vitaminiga teng. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling