Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41

Oziqa hayvon yog‘i. Go„sht korxonalarida yeyish uchun yaroqsiz nimtalardan 
olinib,  mol  cho„chqa,    qo„y  yog„idan  iborat  bo„ladi.  Bunday  yog„lar  yog„li  sut 
almashtiruvchi(ZSM) ishlab chiqarishda va parrandachilik  fabrikalarida tovuqlarga 
va broyler jo„jalariga ratsion to„yimliligini ko„tarish uchun qo„shib beriladi. 
Pat  uni  .  parrandalarni  qayta  ishlash  fabrikalari  chiqindisi  qanot  va  dum 
patlari  kislotalar  ta‟sirida,  bosim  ostida  yuqori  haroratda  qayta  ishlanadi.  I  nav 
shunday  unda 70% protein, 3% yog„, 12% kul bo„ladi, yoki 1 kg da 0,8 oz. birligi 
va 500 g hazmlanuvchi  protein mavjud. Bunday un omixta yemlarga qo„shiladi. 
Ipak  qurti  gumbagi.    Ipak  sanoatining  quritilgan  chiqindisi.  1  kg  ga    0,84 
oziqa  birligi,  407  g  hazmlanuvchi  protein,  2,7  kalsiy,  7,4  g  fosfor  mavjud. 
Yog„liligi  yuqori(20%)  bo„lgani  uchun  o„zoq  muddat  saqlab  bo„lmaydi.  Asosan 
hovuz baliqchiligi uchun omixta yemga qo„shiladi.   

 
79 
Charm sanoati chiqindilari. Charm qayta ishlashdan chiqindilar chiqadi, uni 
unga aylantirib, hayvonlarga yedirish mumkin. 
Charm unida 85-90% xom protein   2-3% yog„ va 1,5- 2,9% kul bor. 
Bazan    proteinni    o„zlashtirishini  yaxshilash  maqsadida  charm  chiqindilari  
kislotalar va ishqorlar yordamida gidroliz qilinadi.  Shunday charm qoldiqlari azoti 
74-90% hazmlanadi.  
Charm qoldiqlari uni omixta yem tayyorlashda  ishlatiladi. 
 
Proteinli va boshqa qo‘shimchalar. 
Oqsilsiz azotli birikmalar
 
Kovshovchi  hayvonlarning  ratsionida  yetishmagan  proteini  bir  qismini 
oqsilsiz  azotli  birikmalar  bilan  almashtirish  mumkin.  Azotli  birikmalar  ratsion 
energiya  va  mineral  moddalar  bilan  tenglashtirilganda  qo„shib  beriladi,  ayniqsa 
ratsionda uglevodlar yetarli bo„lmog„i kerak, chunki u old oshqozonlarda mikroblar 
faoliyatini ta‟minlaydi.  
Kovshovchi  hayvonlarni  oziqlantirishda  turli  oqsilsiz  azotsiz  birikmalar 
qo„llaniladi.  Ulardan  ko„proq  mochevina  ishlatiladi.  Undan  sog„in  sigirlarga 
ratsionda  proteinga  bo„lgan  talabning  15-20%    hisobida,  lekin  150  g  oshmagan 
holda yediriladi. Yosh qoramollarga  20-25%, burdoqilanayotgan qoramollarga 25-
30%, voyaga yetgan qo„ylarga 30-35%, qo„zilarga 20-25% yedirish mumkin. 
Bikorbonat  ammoniy  tuzini  faqat    qish  paytida    yedirish  mumkin,  sulfat 
ammoniyni esa mochevina bilan 2-3:1 nisbati yedirilgani ma‟qul.  
Oqsilsiz  azotli birikmalarni me‟yordan oshiq yoki yedirish shartlari  buzilsa 
hayvonlarni zaharlanishiga   sabab bo„ladi.  
Sun’iy  aminokislotalar.    Chorvachilik  talabidan  kelib  chiqib  ayrim  qishloq 
xo„jalik hayvonlari   va  parrandalarni  aminokislotalarga bo„lgan  talabini  qondirish  
uchun  sun‟iy  aminokislotalar ishlab  chiqariladi. Chorvachilikda lizin va metionin 
preparatlari  ishlatiladi. 
Oziqa  lizini suyuq va  quruq  holda  ishlab   chiqariladi,    chorvachilikda asosan 
quruq lizin ko„proq ishlatiladi. Quruq  lizin oziqa konsentrati 94-95% quruq modda  
va  1 kg  da 90-180  g  sof lizin  bor. Konsentrat tarkibida lizindan  tashqari 10-14  % 
boshqa  aminokislotalar, 20-25% minerallar va B  guruh vitaminlari uchraydi. 
Lizinni mikrobiologik yo„l  bilan olishdan tashqari siklogeksandan kimyoviy 
yo„l bilan ham olinadi.  
Sun‟iy aminokislotalar ko„proq parrandachilikda  qo„llaniladi. 
Achitqilar.  Ular   o„zining tarkibida  hayvon organizmi uchun zarur bo„lgan 
to„la  qiymatli  oqsillar,  uglevodlar,  mineral  moddalar,  vitaminlar,  fermentlar  va 
estrogen moddalar bo„lib, o„sish va rivojlanish, ko„payishiga ijobiy   ta‟sir qiladi. 
Achitqi oqsillari  o„z tarkibi va xossalari bilan hayvon oqsillariga o„xshab ketadi. 
Ularda metionin va sistin kamroq bo„lib, lizin ko„proq (6,0-7,8% proteindan). 

 
80 
Achitqi  oqsillari  hayvonot  dunyosi  oqsillariga  o„xshab  cho„chqalar  va 
parrandalarni  oziqlantirishda keng foydalaniladi. Achitqilarni ultrabinafsha nurlari 
bilan ishlash   ular tarkibida D
2
  vitamini miqdorini ko„paytiradi. 
Hayvonlarni  oziqlantirishda  spirt  sanoati  tomonidan  ishlab    chiqariladigan 
sulfidli achitqilar keng foydalaniladi.  
Ular ancha to„yimli bo„lib 1 kg  achitqida 1,15-1,22 oziqa birligi mavjud. 
Keyingi  neft  sanoati  tomonidan  chiqarilayotgan  uglevodorodli  achitqilar 
ko„paydi, ular tarkibida B 
12
 vitamini nisbati yuqori bo„ladi. 
Barcha  achitqilar  hayvonlar    ratsionida  oqsil-mineral-vitamin  qo„shimchalar 
sifatida ishlatiladi. 
Quruq achitqilar cho„chqa,parranda, yosh mollar omixta yemlar tarkibiga 3-10 
% qo„shiladi. 
 Fermentli  preparatlar.  Fermentli  preparatlar  asosan  broyler  jo„jalari  va 
sutdan    ajratilgan  cho„chqa  bolalari  ratsionida  oqsil,  mineral  moddalar, vitaminlar 
yetishmasa, oziqalar fermentlari yetarli faollikka ega bo„lsa ishlatiladi.  
 
2.3.2.Jadval  
Qishloq xo‘jalik hayvonlari ratsioniga ferment preparatlarini 
qo‘shish me’yorlari (1 oziqa birligi hisobiga grammda). 
 
Fermentlar 
1-6 oylik 
buzoqlar 
qo„zilar 
6 oydan katta buzoqlar 
silos 
lavlagi 
tuppasi 
barda 
Amilorizin 
P10X 

0,2 



Glyukavamar
in PX 

3,0 
5,0 
2,0 
3,0 
Pektavamarin 
P10X 


0,1 
0,1 

Amilosubtili 
23X 
0,5  




Pektavamarin 
23X 


0,3 
0,3 
0,3 
 
 
Vitaminli va dori qo‘shimchalari . 
Vitaminlar  hayvonlar  hayotida  ularning  sog„ligi  va  yuqori  mahsuldorligini 
ta‟minlashda alohida o„rin to„tadi. Ular asosan oziqalar tarkibida bo„ladi, lekin har 
doim  ham  hayvonlar  talabini  qondirmaydi,    shuning    uchun  ratsionda  uning 
yetishmagan qismi vitaminli preparatlar kiritish bilan to„ldiriladi. 
Chorvachilikda  alohida  oziqa  vitaminli  preparatlaridan  tashqari  meditsinada 
ishlatilmay   qolgan vitamin preparatlarini ham  ishlatish mumkin.  
Vitaminli  preparatlar  mikroelementlar  bilan    birgalikda  omixta  yemlar 
tarkibiga kiritilganda ko„proq iqtisodiy samara beradi. 

 
81 
Chorvachilikda polivitamin preparatlar  qo„llaniladi. 
Ayevit- yog„li eritma, 1 ml da 10 ming XB vitamin A va 100 mg  vitamin Ye 
mavjud. 
Triptovitamin – A, D
3
  va Ye vitaminlarining yog„li eritmasining. Uning 1 ml 
da 10 ming XB vitamin A, 200 ming XB vitamin D
3
 va 10 mg vitamin Ye mavjud. 
Asnitin  –  tabletka  bo„lib,  o„z  tarkibida  askorbin  (0,05  g),nikotin  (0,01  g) 
kislotalari, tiamin xlorid (0,001 g) va glyukoza (0,5 g gacha) saqlaydi. 
Tetravit -  tabletka bo„lib, tarkibida tiamin-xlorid(0,003 g), riboflavin (0,003 
g), nikotin (0,02g) va askorbin(0,15 g) kislotalar mavjud. 
Undevit  –  tabletka  holida,  tarkibida  retinol-asetat(3300XB),  tiamin-xlorid 
(0,002  g),  riboflavin  (0,002  g),  piridoksin  gidroxlorid  (0,003  g),  sianokobalamin 
(2mkg),  nikotinamid  (0,02  g),  vitamin  R  (0,01g),  vitamin  Ye(0,01  g),  askorbin 
(0,075  g)  va  foliy  (0,5    mg)  kislotalari  va  pantoten  kalsiy  (0,003  g)  moddasi 
mavjud. 
Ushbu  vitaminli  preparatlar  turli  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  va  parrandalari 
uchun tayyorlanadigan omixta yemlar tarkibiga kiradi. Fermer, dehqon va  shaxsiy 
yordamchi  xo„jaliklarda  esa  asosiy  oziqalarga  (parrandalar,  cho„chqalar,  yosh 
hayvonlar) qo„shib beriladi. 
Oziqa  antibiotiklar.  Antibiotiklar  o„simlik,  hayvon,  mikrob  kelib  chiqishiga 
ega bo„lib,  aniq guruh  mikroorganizmlarining  rivojlanishini  cheklaydi  yoki ularni 
o„ldiradi.  Hozirgi  kunda  2000  dan  ortiq  antibiotik  moddalar  aniqlangan  bo„lib 
ulardan faqat 50 tasi meditsina va veterinariya amaliyotida ishlatiladi. Hayvonlarni 
oziqlantirishda undan ham kam antibiotiklar ishlatiladi. 
Oziqa 
antibiotiklari 
yosh 
hayvonlar 
oshqozon-ichak 
tizimidagi 
mikroorganizmlarni  rivojlanishini  to„xtatib,  ularni  turli  kasalliklardan  saqlaydi, 
chunki yosh hayvonlarda hali himoya tizimi to„liq shakllanmagan bo„ladi.  
Antibiotiklar    faqat  mikroblarga  ta‟sir  qilib  qolmasdan,  modda  almashinuv 
jarayoniga ham ijobiy ta‟sir qiladi. 
Chorvachilikda  chorva  mahsulotlarida  to„planib  qolmaydigan,  meditsina  va 
veterinariyada ishlatilmagan  antibiotiklar ishlatiladi. 
Hozircha asosan grizin va basitrasinning  oziqa xili ishlatiladi. 
Grizin  –  och  sariq  yoki  jigarrang  gigroskopik  kukun  bo„lib,  suvda  eriydi,  u 
kormogrizin-5, kormogrizin-10 va kormogrizin-40 shaklida foydalaniladi. 
Basitrasin  –  suvda  yaxshi  eruvchi  antibiotiklar  aralashmasi  hisoblanadi. 
Hayvonlarni    oziqlantirishda  basillixin-10,  basillixin-20,  basillixin-30,  basillixin-
60, basillixin-90 va jigardagi  basillixin- 120 foydalaniladi. 
Antibiotik  preparatlar  asosan  omixta  yemlarga  qo„shiladi.  Fermer,  shaxsiy 
yordamchi xo„jaliklarda oziqalarga premiks(qushimcha) sifatida qo„shib beriladi. 
Oziqa antibiotikli premikslar 1 tonna omixta yemga 10 kg qo„shiladi. 
Naslchilik  xo„jaliklarida  barcha  yoshdagi  parrandalarga  oziqa    antibiotiklari 
yedirish taqiqlanadi. 

 
82 
Bunday  preparatlarni  va  omixta  yemlarni  kovshovchi  hayvonlarga  berish 
mumkin emas, chunki antibiotiklar old oshqozonlar mikroflorasini o„lishiga sabab 
bo„ladi va oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. 
Oziqa antibiotiklarini hayvon va parrandalarini oziqlantirishda ishlatish albatta 
zooveterinariya  mutaxassislari  nazoratida  amalga  oshirilishi  kerak,  aks  holda  ular 
hayvonlar salomatligi va mahsulotlar sifatiga salbiy ta‟sir o„tkazishi mumkin. 
 
Mineral oziqalar
Hayvonlar  iste‟mol  qiladigan  oziqalar  ularning  mineral  moddalarga  bo„lgan 
talabining bir qismini qondiradi. Sho„rlanmagan tuproqlarda o„stirilgan oziqalarda 
natriy  xlorid  tuziga  yetarlicha  bo„lmaydi,  shuning  uchun  barcha  qishloq  xo„jalik 
hayvonlari va parrandalariga muntazam ravishda  osh tuzi berib borish kerak. 
Osh  to‘zi.  Cho„chqa  va  parrandalarga  maydalangan  holda  omixta  yem  bilan 
yediriladi. 
Otlar  va  kovshovchi  hayvonlarning  osh  tuziga  bo„lgan  talabini  omixta  yem 
tarkibidagi tuzdan tashqari ular oxurida doimiy ravishda yalama tuz bo„lishi shart.  
Kovshovchi hayvonlar va otlarga tuz qayta ishlangan somon, pohol va boshqa 
dag„al  xashaklarga  qushib  yedirish  mumkin.  Kovshovchilarning  osh  tuziga  talabi 
ko„plab silos yedirilganda kuchayadi, chunki silos tarkibidagi kislotani neytrallash 
uchun sulak bilan ko„p miqdorda natriy bikorbonat ishlatiladi. Chiqilishi osh tuziga 
sarfini ko„paytiradi. 
Kuniga 18 kg dan ko„p sut beradigan sigirlarga me‟yordagi osh tuzi (1 oziqa 
birligiga  5  g)  yemga  qo„shib  beriladi,  lekin  bu  tuz  uning  talabini  qondirmasligi 
mumkin, shu  bois ular oxurida doim yalama tuz  bo„lishi shart. 
Buzoqlar hayotinining birinchi kunidan boshlab tuz ta‟minlash kerak. 
Hozir    sanoat  tomonidan  osh    tuzi  mikroelementlar  bilan  boyitilib  briketlar 
holida chiqarilmoqda, ulardan foydalanish katta  samara beradi. 
Suv  tarkibida  yod  yetishmagan  osh  tuzi  yodlangan  holda  ,  ya‟ni  1  kg  osh 
tuziga 2 mg yod qo„shib beriladi. 
Bir yilda 1 bosh sigirga – 26 kg, 1 bosh qoramolga-11 kg, qo„y va echkiga – 
3,7 kg, cho„chqaga -11 kg, otga -18 kg tuz sarflanadi. 
Oziqa buri va ohaktosh hayvonlar  ratsionida kalsiy yetishmasligini qoplash 
uchun yediriladi. Bur tarkibida o„rtacha 37% kalsiy, 0,5% kaliy, 0,18% fosfor, 0,3 
natriy,  5%  kremniy  bo„lib,  ohaktoshda  esa  32-33%  kalsiy,  0,5%  temir,  2-3% 
magniy , 3-4% kremniy, 0,2% oltingugurt bo„ladi. 
Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini ratsionini kalsiy bilan to„ldirish 
maqsadida  chuchuq  suv    va  dengiz  molyuskalarining  chig„anoqlari  va  tuxum 
puchogi olingan holda yedirilishi  mumkin. 
Sanoat tomonidan kalsiyli mineral modda- fosfor yoki boshqa elementlar bilan 
birgalikda chiqariladi.  
Suyak  uni.    Suyak    keng  foydalaniladigan  mineral  moddalardan  hisoblanib 
asosan kolbasa sex yoki korxonalarda laxm go„sht shilib olingandan keyin suyaklar 

 
83 
quritilib  un  qilib  maydalanadi,  uning  zarrachalari  0,4  mmdan  katta  bo„lmasligi 
kerak. 
 Energetik qiymati uncha yuqori bo„lmay 1 kg  mahsulotda 0,25 oziqa birligi, 
namligi 6% bo„lganda 326 g kalsiy va 125 g fosfor mavjud. Asosan ushbu mahsulot 
cho„chqa  va  parrandalarni  oziqlantirishda  ishlatiladi.  Noto„g„ri  saqlash  natijasida 
(nam xonalarda) tez bo„ziladi, bunday oziqani hayvonlarga yedirib bo„lmaydi. 
Oziqa  fosfatlari.  Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  va  parrandalarining  ratsionida 
kalsiy va fosfor elementlari yetishmaganda ishlatiladi.  
Fosforitlarni to„g„ridan-to„g„ri maydalab hayvonlarga yedirish mumkin emas, 
chunki  uning  tarkibida  ftor  (3,5-4%)  ko„p  bo„lib  zaharlanish  va  qoramollarda, 
cho„chqalarda tishlari yemirilishiga  sabab bo„ladi. 
Kimyo  zavodlariga  fosforitlar    ftorsizlantiriladi,  bunday  mahsulot  tarkibida 
ftor moddasi 0,2% yuqori bo„lmasligi kerak  
 Asosan fosfatlar 2-3% miqdorida omixta yemlar tarkibiga kiritiladi. 
Mikroelement tuzlari. Ayrim    hududlarda hayvonlarga beriladigan oziqalar 
va  suv  tarkibida  u  yoki  bu  mikroelement  yetishmaydi,  shunday  hollarda 
yetishmagan mikroelement oziqa, suv yoki yalama tuzlarga qo„shib beriladi, albatta 
bu  jarayonda  har    bir  tur  hayvon  va  parrandalarning    ushbu  mikroelementlarga 
talabi asos qilib olinadi. 
Cho„chqa  bolalarining  sut  davrida,  kamdan-kam  buzoq  va    qo„zilarda 
alimentarp  anemiyani  (kamqonlik)  oldini  olish  maqsadida  mis  va  temir  kuporosi 
tuzlari  ishlatiladi  .  Cho„chqa    bolalari  uchun  (0,5%  mis  va  0,5%  temir  kuporosi) 
eritmasi  tayyorlanib  har  emishdan  oldin  onalarining  yelin  so„rg„ichlariga  surtib 
qo„yiladi. Boshqa qishloq xo„jalik hayvonlariga yeydigan oziqasiga  yoki ichadigan 
suviga reob berish mumkin. 
Kobalt  yetishmasligi  omixta  yem  yoki  oziqalarga  kobalt  xlorid  yoki  kobalt 
karbonat  tuzlarini  qo„shib  berish  bilan  sundiriladi.  Hozirgi  paytda  sanoat  suvda 
oson  eruvchi  tabletkalar  chiqarilmoqda,  ulardan  chorava  hayvonlari  uchun  oson 
foydalanish mumkin. 
Hayvon va parrandalarning yod bo„yicha me‟yor talablari qondirilmasa, kaliy 
yodit, natriy yodit tuzlari yalama tuzlarga qo„shimcha yalatiladi. 
Hayvonlar  ratsionida  marganes  yetishmasa  marganes  sulfat  yoki  marganes 
karbonat tuzlari foydalaniladi. 
Rux  yetishmagan  taqdirda  me‟yorlarga  binoan  omixta  yemlarga    rux  sulfat 
yoki rux  oksidi qo„shiladi. 
 
Omixta yemlar
Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  va  parrandalarini  to„laqiymatli  oziqlanishini 
ta‟minlash  uchun  tayyorlanadigan  bir  xil  maydalangan  oziqa  mahsulotlar 
aralashmasidan  iborat.  Har  bir  hayvon  va  parranda  turi,  yoshi,  jinsi,  fiziologik 
holatiga ko„ra ilmiy asoslangan omixta yemlar tarkibi ishlab chiqilgan. 

 
84 
Omixta  yemlarda  ayrim  oziqa  moddalar    birlikda,bir  –  birlarini  kamchilik 
qismini  to„ldirish  bilan  to„la  qiymatlikni  oshiradi.  Oziqalarning    nisbatini  to„g„ri 
tanlash  bilan  omixta  yemni  energiya,  protein,  aminokislota,  minerallar  va 
vitaminlar bilan oqilona tenglashtirish mumkin va u me‟yor talablariga to„liq javob 
berishi kerak. 
Omixta  yem  sanoatida  ayrim  hayvon  va  parranda  turlari  uchun  alohida 
raqamlar belgilangan. 
Jadvalda broyler- jo„jalari uchun to„laqiymatli omixta yem tarkibi keltirilgan. 
Ushbu    tarkibida  (resept)  ishlab  chiqarilgan    omixta    yem    broyler- 
jo„jalarining energiya, to„yimli moddalarga, kasalliklarni oldini oluvchi moddalarga 
ega bo„lishi, o„sishni to„liq ta‟minlashi natijasida 56 kunligida 1600-1650 g vaznga 
erishib,  1  kg  vazn  qo„shishi  uchun  2,3-2,5  omixta  yem  sarflanadi.    Xo„jalikda 
tayyorlangan  omixta  yem  tarkibida  ayrim  tarkibiy    qismlar  yetishmasligi    asosiy 
donlar berilishiga qaramasdan(ratsion energiya, aminokislotalar va vitaminlar bilan 
ta‟minlangan)  1  kg  vazn  qushishiga  3,8  oziqa,  1600  g  vaznga  esa  65-70  kunda 
erishadi. 
 
2.3.3.Jadval  
Broyler jo‘jalari uchun to‘laqiymatli omixta yem. 
 
Komponentlar 
Tarkibi,% 
PK-5-3(5-30 kun) 
PK 6-4(31-56  kun) 
Makkajo„xori 
40,2 
44 
Bug„doy 

14 
Pusti oligan arpa 
23,3 
13 
Kungaboqar shroti 
17,0 
15 
Gidrolizlangan achitqi 
5, 

Baliq uni 
7,0 

Quruq qaymogi olingan sut 


Ut talqoni 
3,0 

Go„sht-suyak uni  


Bur 
0,5 

1 tonna omixta yemga qo„shiladi,g 
Vitamin A,  mln XB 
10 
10 
Vitamin D
3
 mln XB 
1,0 
1,0 
Vitamin Ye Mln XB 
10 
10 
Vitamin K 


Vitamin B
1
 


Vitamin B
2
 


Vitamin B
3
 
10 
10 
Vitamin B4(70%) 
1000 
1000 
Vitamin B 
5
 
30 
30 

 
85 
Vitamin B
6
 


Vitamin B
S
 
0,5 
0,5 
Vitamin B
12
 
25 
25 
Vitamin S 
50 
50 
Lizin 

350 
Metionin 
1000 
100 
Antioksidant 
150 
150 
Antibiotiklar 
20 

Marganes sulfat 
200 
200 
Rux sulfat 
40 
40 
Temir ko„porosi 
100 
100 
Mis ko„porosi 
10 
10 
Kobalt xlorid 


Kaliy yodit 3 


Koksiodiostat 
125 

 
Ba‟zi hollarda omixta yem sanoati tomonidan kuchli oziqa yemlar chiqariladi, 
ular  oddiy  omixta  yemlarda  tuyimli  bo„lib(energiya,  protein,  vitamin,  mineral 
moddalar)  xo„jaliklardagi  asosiy  oziqalarga  qo„shib  ratsionning  to„la  qiymatligi 
ta‟minlanadi. 
Tenglashtiruvchi oziqa qo„shimchalari maydalangan oqsilli yuqori oziqalar va 
turli  qo„shimchalar  bilan  birga  ishlab  chiqariladi.  Bu    oziqa  qo„shimchalari  ayrim 
hayvonlar ratsionlarini tenglashtirishda qo„l keladi. 
Oqsil  vitaminli  omixta  yem  sanoati  tomonidan  chiqariladi,  xo„jaliklarning 
o„zida omixta yem ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 
 Xo„jaliklarning  o„zida  omixta  yem  tayyorlashda  uning  tarkibiga  kiradigan 
mahalliy oziqalarga qo„shimcha 5-25% oqsil – vitamin qo„shimchalari ishlatiladi. 
Oziqa  premikslari  omixta  yemlar  tarkibiga  qo„shilib  asosan  biologik  aktiv 
moddalardan  tashkil  topadi.  Premikslar  hayvonlar  va  parrandalar  turi,  jinsi, 
fiziologik holati qarab har xil tarkibga ega bo„ladi. 
Premikslar  aminokislotalar,  vitaminlar,  mikroelementlar,  antioksidantlar, 
kasalliklarni  oldini  oluvchi  va  davolovchi  dorilar,  tinchlantiruvchi  moddalar 
(trankvilizatorlar, yuzaki  faol moddalardan detergentlardan) iborat. 
Premikslar mayda kepak, bug„doy, makkajo„xori, achitg„i va soya shroti bilan 
qo„shib chiqariladi. 
 
Oziqalarni tayyorlash  
Xo„jalikda  eng  ma‟suliyatli  tadbir  hisoblanadi,  chunki  oziqa  sifati  va 
to„yimliligi uning qanday  tayyorlanganligiga bog„liq. 
Odatda  oziqalar  qish  mavsumi  uchun  tayyorlanadi,  chunki  bu  davrda 
hayvonlar yozda  tayyorlangan oziqalarni iste‟mol qiladilar. 
Pichan  tayyorlash  uchun  o„simlikning  urish  davri  belgilanadi,  bu  boshoqlilar 
uchun  boshoq  chiqargan  davri,  dukkaklilar  uchun  esa  to„liq    gunchalab  10% 
gullagan  paytda  hisoblanadi.  Pichan  tayyorlash  quyidagi  bosqichlardan  iborat: 

 
86 
urish, ag„darish, to„plash, ortish, tashish, g„aramlash. Urish kosilkalar  va jatkalar 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Urilgan  o„t  bir  tekisda  qurishi  uchun  u  ag„dariladi, 
uning  namligi  20-25%  ga  tushganda  u  to„planadi,  pogro„zchiklar  (PU-0,5) 
yordamida  telejkalarga  ortiladi  va  pichanxonalarga  yetkaziladi.  Pichan  g„aramga 
bosiladi.  G„aram  tagi  yerdan  kamida  70  sm  baland  bo„lishi  kerak,  pichan  to„liq 
bosib  bo„lingandan  keyin  uning  usti  suyri  bo„lim  qor  va  yomgir  suvlari  bemalol 
oqib  tushadigan  bo„lishi  kerak.  Iloji  boricha  garam  ustini  nam  o„tkazmaydigan 
matolar bilan urash kerak, natijada pichan  harajati 15-20% kamayadi. 
Pichanni  iloji  bor  joylarda  maxsus  ayvonlar  tagida,  soyada  quritish  uning 
tarkibidagi barcha to„yimli moddalar va karotinni saqlab qolish imkonini beradi. 
Bundan  tashqari  yirik  fermer  xo„jaliklarda  pichanlarni  sun„iy  shamollatish 
(ventilyatorlar yordamida) orqali sifatli pichan tayyorlash mumkin. 
Ko„k  o„tlarda  o„t  talqoni  tayyorlash  alohida  ahamiyatga  ega,  chunki  ushbu 
oziqa  yosh  hayvonlar,  ayniqsa  cho„chqa  va  parrandalar  ratsioning  ajralmas  qismi 
hisoblanadi.  Kuk  o„tlar  AVM-0,4;0,8.,agregatlarida  talqonga  aylantiriladi,  kerak 
bo„lsa OGM -0,8 agregatlarida donorga aylantirilib omborda saqlanadi. 
Qishloq xo„jalik hayvonlarini oziqlantirishda silos alohida o„rin tutadi, chunki 
konservalanish  davrida  o„simlik  qandidan  hosil  bo„lgan  sut  kislotasi  barcha  
mikroorganizmlar faoliyatini tuxtatishi natijasida oziqalar tarkibida barcha to„yimli 
moddalari va xossalari saqlanib qoladi. 
Silos tayyorlash  uchun o„simlik namligi 65-70% bo„lib,  doni dumbul bo„lishi 
kerak. Xo„jalikda texnika tayyorlanadi, xandaklar ta‟mirlanadi va oqlanadi. 
Silos  tayyorlash  uchun  o„simlik  (makkajo„xori,  oqjuxori,  kungaboqar,  ko„k 
boshoqlilar)  kombayn  bilan    urilib  3-4sm  uzunlikda  maydalanib  telejkalarga 
ortiladi.  Telejka  uni    silos  xandagiga  olib  kelib  ag„daradi.  Xandaklarda  silos 
massasi  og„ir  zanjirli  traktorlar  bilan  to„xtovsiz  shib  balandi,    natijada  havo siqib 
chiqariladi. Xandak to„lgandan keyin uning usti sellofan yopqich bilan yopilib, usti 
30-40 sm qalinlikda tuproq qatlami bilan qo„shib qo„yiladi. Bu qatlam silosni turli  
tashqi  muhit ta‟siridan  himoya    qiladi,  silos ichida   qolgan  havoni  bosib  chiqarib 
yuboradi. 
Siloslash  jarayoni  anaerob,  havosiz  muhitda  ro„y  beradi,  yoki  sut  achitqi 
mikroorganizmlari  poya  tarkibidagi  uglevodlarni  iste‟mol  qilib  sut  kislotasi  hosil 
qiladi  va  bu  muhitda  chirituvchi    mikroorganizmlar  yasha  olmaydi  (ph=4,2), 
natijada    bosilgan  o„simlik    to„yimligi  va  xususiyatlarini  saqlab  qoladi.Siloslash 
jadal,  ya‟ni  har  xandak  2-3  kun  to„ldirilib,  shu  zahoti  yok  me‟yorda  berkitilishi 
kerak.Agar siloslash asossiz  cho„zib yuborilsa (10-15 kun), og„ir zanjirli traktorlar 
bilan  shibbalanmasa  silos  massasi  orasida  yetarli  miqdorda  kislorod    qolishi 
natijasida  aerob  jarayon  kechib  chirituvchi  mikroblar  va  zamburug„lar  rivojlanib 
silosning sifatini buzadi, ko„p hollarda bunday siloslar yaroqsiz hisoblanadi. 
Ba‟zi hollarda siloslanadigan  o„simliklar talabga javob bermay namligi past 
qo„rib ketsa konservantlar yordamida siloslash mumkin. 
 

 
87 
2.3.4.jadval 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling