Marfemika va morfologiya


Download 36.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1502678
Bog'liq
marfemika va morfologiya testi


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIMI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
2-MUTAXASSISLIK 2 – KURS
TALABASI
JALOLOVA GULNOZANING

MARFEMIKA VA MORFOLOGIYA” FANIDAN


AMALIY TOPSHIRIG‘I



JIZZAX – 2023
TEST SAVOLLARI
1. -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchilar bilan ma’nodosh bo’la oladi?
A) deb
B) oldin
C) kabi
D) qaramay
2. -gi (-ki) , -simon, -iy sifat yasovchi qo’shimchalari qanday belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi ?
A) egalik va shakl-hajm bildiruvchi
B) ortiqlik va o’xshatishni bildiruvchi
C) rang-tus, maza-ta’m va o’rin bildiruvchi
D) payt, o’xshatish va xoslik bildiruvchi
3. -iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A) chiniq, yo’liq
B) chiziq, yo’riq
C) to’liq, yopiq
D) qichqiriq, chiziq
4. -q qo‘shimchasi qaysi o‘zaklardan faqat sifat yasaydi?
A) titra, chanqa, suva
B) porla, tarqa, qayna
C) o‘ta, taya, sana
D) tara, qula, ata
5. –in qo’shimchasi bilan yasalgan otlar qaysi qatorda berilgan?
A) sog’in, to’lin
B) ekin, yig’in
C) oldin, ko’rin
D) keskin, bilin
6. –lik qo’shimchasi quyidagilardan qaysi biriga qo’shiladi?
A) hovli-joy
B) odob
C) sihat-salomat
D) ilm
7. “Foydali ilmlarni o’rgatuvchi odamlarning gunohi kechirilishini so’rab har bir narsa , hatto dengizdagi baliqlar ham istig’for aytadilar” Gapida fe’lning qanday vazifa shakllari qo’llangan ?
A) harakat nomi va sof fe’l
B) harakat nomi , ravishdosh va sof fe’l
C) harakat nomi , sifatdosh , ravishdosh va sof fe`l
D) harakat nomi , sifatdosh va sof fe’l
8. “Registon” sizni sifatli ta’lim, innavotsion usullar, yuqori natija bilan ta’minlaydi. Ushbu gapda ma’no ko’chish turini toping.
A) o'z ma’no
B) metafora
C) metonimiya
D) sinekdoxa
9. «MULK» so‘zi qaysi gapda ko'chma ma’noda qo'llanmagan?
A) Husn mulkida kishi tanho bo‘lurm-u muncha ham.
B) barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan
C) Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak.
D) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
10. 0'tgan zamon fe’llarini hosil qiluvchi qo'shimchalar qatorini aniqlang.
A) - gan ekan, - gan edi, - ibdi.
B) - yapti, - yotir, - moqda.
C) - adi, - ur, - ajak, - moqchi.
D) - di, - ajak, - yapti.
11. Afsuski, besh qo’l barobar emas. Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini ayting.
A) quvonch
B) gumon
C) fikrni xulosalash
D) achinish
12. Ajoyib “xushxabar”dan keyin bir zumda sinf bo’shadi-qoldi. Ushbu gapdagi ma’no ko’chishini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) kinoya
13. Aniqlov bog’lovchisi berilgan qatorni toping.
A) ya’ni
B) chunki
C) agar
D) zero
14. Aniqlovchi vazifasida kelgan taqlid so’zni toping.
A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda, g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
B) U qo’rquvdan dir-dir titrar edi.
C) Yashik ichida mixchalar g’uj-g’uj.
D) Qushlarning chug’ur-chug’uri olmni buzdi.
15. Aqlli o‘zini ayblar, Aqlsiz - do‘stini. Ushbu maqoldagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini belgilang.
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) maqolda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘llanmagan
16. Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so‘z boshlar, suhbatdosh jim bo‘lgan zamon. (S.Sheroziy) Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
17. Asliy sifatlar belgining ko’lamini ifodalashiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) ozaytirma va kuchaytirma sifat
B) tub va yasama sifat
C) oddiy, qiyosiy va orttirma daraja
D) rang-tus, belgi-xususiyat va maza-ta’m sifatlari
18. Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin ?
A) tub va yasamaligiga ko’ra
B) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qila olmasligiga ko’ra
C) gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra
D) otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra
19. Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi
A) mustaqil so’zlar
B) yordamchi so’zlar
C) undov va taqlid so’zlar
D) modal so’zlar
20. Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchilar ...
A) vazifadosh ko’makchilar
B) sof ko’makchilar
C) bog’lovchilar
D) yuklamalar
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling