Marg’inoniy hayot faoliyati haqida


Download 1.07 Mb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1241166
  1   2
Bog'liq
Marg’inoniy hayot faoliyati haqida

Marg’inoniy hayot faoliyati haqida

REJA:

  • Burhoniddin Margʻinoniy hayoti
  • Burhoniddin Margʻinoniy ijod faoliyati
  • Burhoniddin Margʻinoniy asarlari
  • Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
  • Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan.

Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Farg‘oniy Rishtoniy Marg‘inoniy 1123 yil 23 sentyabrda tug‘ildi va 1197 yilda Samarqandda vafot etgan. U Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lgani va bu sohada beqiyos asarlar yaratgani tufayli Burhonuddin (Islom dinining dalili) va Burhonuddin Marg‘inoniy (Marg‘inon – Marg‘ilon shahrini o‘rta asrlarda arablar Marg‘inon deb atashgan.) nomlari bilan mashhurdir.

Burhonuddin Marg‘inoniy dastlabki ta’limni Marg‘ilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandga ko‘chib borgan va umrining oxirigacha o‘sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin Marg‘inoniy yoshlik chog‘laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o‘rgangan.

  • U balog‘at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bo‘lganiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin Marg‘inoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab o‘tgan. Bu ro‘yxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad Nasafiy, Abul-Asir Bayzoviy, Abu YOqub Sayariy, Abu Ishoq Navqadiy, Ja’far Hinduvoniylarning nomlari bor.

Burhonuddin Marg‘inoniy maqbarasi

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling