Marhamat tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 29-yilligi”ga bag`ishlab o`tkazilgan tadbir axboroti


Download 25 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi25 Kb.
#239994
Bog'liq
14-yanvar axboroti


Marhamat tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 29-yilligi”ga bag`ishlab o`tkazilgan tadbir
AXBOROTI

Marhamat tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 29-yilligi”ga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirlar uchun to`garak rahbarlari bilan birgalikda chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mashg`ulotlarda to`garak a’zolariga “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”, Yurtimiz tinchligini ta’minlashda posbonlarimizning hissasi katta ekanligi haqida tushuntirildi. Maktabda to`garak a’zolari o`rtasida “Kim yurtidan yovni quvsa, mendirman o`sha” mavzusida sport musobaqasi o`tkazildi. Bunda to`garak a’zolari uchta shart bo`yicha bellashdilar. 1-shart: masofaga yugurish; 2-shart: shashka musobaqasi; 3-shart: qo`lda kuch sinashish. Shartlarda “Mental arifmetika”, “Kompyuter saboqlari”, “Ingliz tili”, “Tasviriy san’at” to`garagi a’zolaridan Azimjonov Nozimbek, Xoshimov Nodirbek, Ravshanbekov Muhammad Ali, Asqaraliyev Muslimbeklar ishtirok etishib fahrli birinchi o`rinlarni egallashdi. O`quvchilar maktab ma’muriyati hamda to`garak raahbarlari tomonidan o`quv qurollari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari o`quvchilarni “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tabriknoma hamda sovg`alar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida to`garak a’zolari tadbirga oid she’r va qo`shiqlarni ijro etdilar. Maktabdagi “Milliy raqs” to`garagi a’zolari toonidan namoyish etilgan musiqiy chiqishlar tadbir qatnashchilarida katta tasurot qoldirdi. Tadbir 14-yanvar kuni yuqori saviyada o`tkazildi.



M.O`.T tashkilotchisi S.Qurbonova
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling