Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»


Ta’lim-tarbiya maqsadini tashhisli belgilash


Download 51.4 Kb.
bet3/8
Sana09.01.2022
Hajmi51.4 Kb.
#268800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marimov I (2)

2. Ta’lim-tarbiya maqsadini tashhisli belgilash.

Pedagogik tizim maqsadi tashhisli, aniq va ravshan belgilanmog‘i lozimki, unga ma’lum vaqtda erishishni kafolatlovchi didaktik jarayonni tashkil qilish va amalga oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin.

Maqsadning tashhisli belgilanishi quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:

a) shakllantirilgan shaxs sifatlari shu darajada aniq va ravshan tavsiflanadiki, unda har qanday boshqa shaxs sifatlarini (aniq) osonlik bilan farqlash mumkin bo‘ladi;

b) tashhislanadigan shaxs sifatining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishning aniq usuli mavjud bo‘ladi;

v) tashhislanadigan sifatning nazorat natijalari asosida uning intensivligini aniqlash mumkin bo‘ladi;

g) o‘lchov natijalari asosida sifatni baholash darajasi mavjud bo‘ladi.

O‘rta va oliy maktabning bugungi talablariga mos keladigan pedagogik tizimlarning umumiy maqsadi alohida fanlarni o‘rganishning individual maqsadlariga ham javob bera olmaydi.

Umumta’lim maktablarida maqsadni shakllantirishning uchta darajasi mavjud: global, bosqichli hamda tezkor.

Global darajada maqsadni shakllantirishda ijtimoiy buyurtma hamda maktab bitiruvchisi shaxsi modellarining o‘zaro muvofiqligi ta’minlanadi.

Bosqichli darajada maqsadni shakllantirishda global maqsad tayyorgarlik bosqichlari bo‘yicha taqsimlab chiqiladi. Ta’lim umumlashgan holda kasbga yo‘naltirilganligi sababli kasbga yo‘naltiruvchi maktab tahsil oluvchisi-shaxsining modeli, uning ob’ekti bo‘lib qoladi. Ta’lim jarayoni tahsil oluvchi shaxsi shakllanishining tabiiy bosqichlariga mos ravishda-asosiy maqsaddan kelib chiqib, yosh ko‘rsatkichlari asosida darajalanadi.

Tezkor darajada maqsadni shakllantirishning mazmuni ta’lim jarayonini tashkil etuvchi alohida fanlarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi.

Tashhisli ravishda belgilangan maktab pedagogik tizimida shaxsni shakllantirish maqsadlari irearxiyasi ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda joriy holatini ob’ektiv nazorat qilish va takomillashtirib borish imkonini beradi.

Maqsadli ta’limni tezkor shakllantirish bosqichida tahsil oluvchilar tajribasini shakllanishining maqsadli-tashhisli tavsiflash uslubiyati

Bugungi kunda tahsil oluvchi shaxsi, faoliyati, uning tajribasi ko‘lamining kengligi, ilmiy tavsiflanish bosqichlari, saviyasi, sifati va mustahkamligi kabi tashhisli ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Ularni tajriba kenglik ko‘rsatkichini ko‘rib chiqishni tavsiflashdan boshlaymiz. SHaxsning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati hamma vaqt mos ravishdagi axborotni o‘zlashtirish asosida amalga oshadi. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi qoida va uslublar harakatning yo‘naltiruvchi asosi deb nomlanadi, o‘z navbatida u ta’lim mazmunini tashkil qiladi. SHaxs tajribasi hamda faoliyatining takomillashib borishi harakatni yo‘naltirish asoslari(HYA)ning egallanish aniqligi va to‘laqonligini belgilab beradi. Maktabda ta’lim berishning mazmuni, shakllanish amaliyoti va nazariyasining asosiy muammosi uni zamonaviy madaniyat va fan darajasiga asoslanib saralab olishdir.


Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling