Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»


Download 51.4 Kb.
bet1/8
Sana09.01.2022
Hajmi51.4 Kb.
#268800
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marimov I (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

HARBIY TA’LIM FAKULTETI

4-kurs 44-guruh talabasi

MARIMOV ILYOSBEK MURODOVICH

KURS ISHI

Mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash.

Buxoro 2021 y.



«Tasdiqlayman»

Kurs ishi rahbari Harbiy ta’lim fakulteti

boshlig’i o’rinbosari

Podpolkovnik J.To’rayev

2020 y «____»_____________

KALENDAR REJA




Kurs ishi bo‘yicha ish mazmunining ketma ketligi

Bajarilishi muddati

Bajarilganligi haqida belgi

1

Kurs ishi mavzusini maqsadini aniqlash va boholash.

sentyabr




2

Kurs ishi bo‘yicha reja tuzish va tasdiqlatish.

oktyabr




3

Tavsiya etilgan adabiyotlarni saralash va aniqlash.

noyabr




4

Boshqaruv hujjatlarini, adabiyotlarni va boshqa materiallarni o‘rganib chiqish.

noyabr




5

Ilmiy rahbardan kurs ishi yuzasidan maslahatlar olish.

dekabr




6

Kurs ishi ishini rahbarga tekshirtirish va tuzatishlar kiritish.

dekabr




7

Kurs ishi himoyaga tayyorlash.

yanvar




8

Kurs ishi ximoya qilish.

yanvar




Talaba I.Marimov

KURS ISHI REJASI



Kirish.

I-BOB. Pedagogik texnologiyaning mazmunini va uni amalga oshirish ketma-ketligi.

  1. Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi.

2. Ta’lim-tarbiya maqsadini tashhisli belgilash.

3. Ta’lim texnologiyasi va unga qo‘yilgan asosiy talablar.



Xulosa

Foydalanilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati

K I R I SH

Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma`lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya: ta`lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba va ta`lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo’li bo’lib hisoblanadi.

Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e`tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018-yil 28-dekabr kuni oliy majlis qilgan murojatnomalarida ta’limga doyir amalga oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalarni ta’kidlab o‘tdilar.

Xalqimizda “taʼlim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir soʻz bor. Faqat maʼrifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.

Shu sababli, taʼlim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz taʼlim tizimi prinsipiga asoslanishi, yaʼni, taʼlim bogʻchadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim.

Rivojlangan mamlakatlar ilmiy-pedagogik tajribasi, mamlakatimizda ilmiy-metodik izlanishlar olib borgan va borayotgan pedagog-olimlar ilmiy-metodik xulosalarining ko‘rsatishicha, zamonaviy ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan yangi pedagogik texnologiyalar qo‘yilgan maqsadga erishishga kafolat beradi.

Malakali kadrlarni tarbiyalash uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan o‘qitish texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashni va keng ko‘lamli axborotlardan foydalanishda tezkorlikka erishishni taqozo etadi.

Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy­axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy­tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.




Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling