Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»


Download 51.4 Kb.
bet7/8
Sana09.01.2022
Hajmi51.4 Kb.
#268800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marimov I (2)

X U L O S A

Davlatimizning mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va qurolli kuchlar qudratini oshirish haqida doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, xalqimizni avvalom bor yoshlarni o‘z Vatanini himoya qilishga tayyorlash uchun barcha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rayotganligini hozirda barchamiz yaxshi bilamiz. Konstitutsiyamizda Vatan himoyasi davlatning eng muhim vazifalaridan deb belgilangan, va bu maqsadda qurolli kuchlar tashkil etilib, umumiy harbiy majburiyat o‘rnatilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har-bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majbur ekanliklari to‘g‘risida gapirilgan. SHu talablardan kelib chiqib, bosh vazifalardan biriga yosh avlodni Vatanni himoya qilishga tayyorgarligini tarbiyalash kiradi. Bu maqsad uchun yoshlarlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlagi yo‘lga qo‘yilgan. CHQBT sifati uning tarbiyaviy ahamiyati harbiy rahbar, CHTO‘ ning pedagogik malakasi va harbiy tayyorgarlik darajasi, uning g‘oyaviy-siyosiy etukligi, uslubiy mahorati hamda ta’lim muassasasi direktori va butun pedagogik jamoa bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.

Ma’lumki, CHQBTni tashkil qilish va o‘tkazishda harbiy rahbar va CHTO‘ markaziy figura hisoblanadi. U bevosita ta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi, uning majburiyatlari esa muvofiqlashtiruvchi xujjatlar bilan belgilanadi. O‘quvchilarni Vatan himoyasiga tayyorlashdagi rahbarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasi direktoriga tegishli. U CHQBT va vatanparvarlik tarbiyasini tashkil qilish va yuqori darajasini ta’minlashga javob beradi. bu vazifani bajarish uchun u me’yoriy va boshqaruv xujjatlarini, mashg‘ulotlarning uslubiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.

SHu bilan bir qatorda hozirgi kunda o‘quvchi yoshlarni zamon talabalariga mos bilimlarni egallashlari uchun CHQBT o‘qituvchisidan pedagoik texnologiyalarni dars mashg‘ulotlari qo‘llay olishlari ham asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda CHunki ta’lim tizimidagi isloxatlardan ko‘zda tutilgan maqsadlardan asosiysi yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, aniqrog‘i, bozor munosabatlari muhitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning kafolatli poydevorini yaratishdir. Ta’lim muassasi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik mahoratini oshirishga har qachongidan ongli munosabatda bo‘lish faqat sub’ektiv holat va ob’ektiv zarurat emas, balki raqobatbardoshlik sharti sifatida e’tirof etildi.

Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni eksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi.

Pedagogik texnologiyaga yaxlit hodisa sifatida qaraladi. Texno­lo­giya­ning interfaol sifatlari, tarkibiy qismlari, tuzilmasi, funksional tavsifi, kommunikativ xususiyatlari, tarixiyligi va uzviyligi tadqiq qilinmoqda.

«Texnologiya» va «Pedagogik texnologiya» tushunchalari hamon tadqiqotlar bilishini taqozo etadi. Pedagogik texnologiyalar tasniflarini asoslash, texnologiya turlari mazmunining yoritilishi, bu texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Respublikamiz kasb xunar kolledj va akademik litseylarda o‘tgazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki CHQBT dasturi, bo‘limlari mashg‘ulotni an’naviy usulubda o‘tgazilganda o‘quvchilarning mavzuni qabul qilish, va o‘zlashtirish ko‘rsatichlari o‘zgarmay qoldi, xudi shu mavzu bo‘yicha boshqa guruxga yangi pedegogik texnologiyalarni va interfaol metodlarni qo‘llab o‘tgazilganda o‘quchilarning ushbu mavzuni qabul qilish, va o‘zlashtirish ko‘rsatichlari sezirarli darajada oshgani kuzatildi. Shuni aytish joizki, mashg‘ulot bir muncha qiziqarliroq va mavzuni yoritishda barcha o‘quvchilar qatnashishdi, o‘qituvchi esa kuzatuvchi sifatida qatnashdi.




Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling