Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


OLTIN SUVI YUGURTIRILGAN GUMBAZ


Download 312.66 Kb.
bet24/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

YIGIRMA BIRINCHI BOB

OLTIN SUVI YUGURTIRILGAN GUMBAZ
Ta'til kunlari yaqinlashib qolgan edi. Azaldan o'zini jiddiy tutadigan o'qituvchi hozir yana ham jiddiyroq va talabchan bo'lib qolgan edi: u imtihon vaqtida o'z maktabining begona odamlar oldida afzalroq bo'lib ko'rinishini istardi. Uning jazvar taxta bilan xivichi ayniqsa kichik sinflarda kamdan-kam turar, faqat kattaroq yoshdagi bolalar va o'n sakkiz-yigirmalarga borib qolgan qizlargina bu kaltakdan chetda edilar. Mister Dobbins bolalarni juda yomon urardi, chunki u o'zining butunlay sochsiz yarqiragan boshini sun'iy soch ostiga yashirib yurishiga qaramay, o'zi unchalik qari emas va inushaklari ham hali ancha kuchli edi. Ulug' kun yaqinlashib qolgan sayin uning ichida yashirinib yotgan, ya'ni arzimagan gunohlari tufayli bolalarni qiynashga qaratilgan zo'r ishtiyoq yana jo'sh ura boshlagan edi. Bechora kichik bolalar kunduzlarini badanlarida hosil bo'lgan og'riq va kaltak yeyish xavfi ostida o'tkazsalar, kechalarini o'qituvchidan o'ch olish yo'lida reja tuzish bilan o'tkazar edilar. Ular o'qi-tuvchiga yomonlik qilish yo'lida to'g'ri kelgan fursatni qo'ldan bermas edilar. Biroq bolalar uning bilan tenglasholarmidilar? Maktab bolalarining qila olgan shu xildagi har qanday 3'omonlik ishlari tufayli ularga shunday yomon va dahshatli jazo berar ediki, natyada har doim bolalar yengilib, sharmanda bo'lib chiqar edilar. Nihoyat. bular hammalari so'zni bir yerga qo'yib, yana qaytadan o'ch olish rejasini tuzdilar va bu plan ularga muvaffaqiyatli g'alaba va'da qilar edi. Ular lavha yozuvchi bh" bo'yoqchining o'g'lini topib, unga o'z sirlarini bildirdilar va uni shu ishda yordam berishga ko'ndiradilar. Buni eshitib u bola ham juda shodlandi. O'qituvchi hammavaqt o'sha bolaning otasinikida ovqatlanib yurar va shu tufayli bola ham ko'p sabablar bilan uni yomon ko'rar edi. O'qituvchining xotini, xuddi qasd qilgandek, uch-to'rt kun turib kelish ilinjida o'z tanishlarinikiga rnehmondorchilikka borrnoqchi bo'lib qoldi. Demak o'ch olishga halal beradigan hech narsa yo'q edi. O'qituvchi ichkilikni ko'p ichadigan araqxo'r odam edi, shuning uchun haligi bo'yoqchining o'g'li o'rtnqlariga va'da berib, imtihon bo'ladigan kuni kechasi o'qituvchi ichkilikni ichib, o'z kursisida uxlab qoldi deguncha «ishni to'g'rilab», o'zi qochib ketmoqchi bo'ldi.

Harnma ish xuddi mo'ljallangandek bo'lib chiqdi. Belgilangan kuni kechqurun soat sakkizda maktab binosi chirog'lar bilan yoritilgan, har xil gullar va ko'katlar bilan bezatilgan edi. O'qituvchi baland kursida o'tirar, orqa tomonida qora taxta bor edi. O'qituvchining basharasidan viuoga xo'p to'yib kelganligi sezilib turardi. Uning qarshisidagi oltita va ikki tomonidagi uchtadan oltita kursilarda shaliarning amaldorlari va bolalarning ota-onalari o'tirar edilar. Chap tomonda tomosha qilib o'tirganlarning kursilari orqasida vaqtincha o'rnatilib qo'yilgan keng va baland taxta ustida bu kungi hntihonda qatnashishlari lozhn bo'lgan bolalar o'tirardilar. U yerda yuz-qo'llari toza yuvilgan, har kungi rasmiy kiyimlaridan o'ng"aysizlik sezgan va ust-boshlari yangilangan bolalar, undan keyin yana bir qatorda kiyimbosh va boshqa tomonlariga uncha e'tibor qilmagan o'xshovsiz, shaltoq o'smir bolalar, nihoyat, yana bir qatorda turli-tuman batis, doka va shunday kiyimlar kiyib, yasanib olgan yosh va bo'yi yetgan qizlar, ko'rinishlaridan o'zlarining yalang'och bilaklari, bo'yinlariga taqib olgan buvilarining niarjon va mun-choqlarini, boshlaridagi ochpushti va havorang gul va lentalarini bir daqiqa ham eslaridan chiqarmay o'tirar edilar. Qolgan o'rinlarda imtihonda qatnashmaydigan maktab bolalari o'tirardilar. Ish shundan boshlandiki, pastgina bo'yli bir bola o'rnidan turib, titragan tovush bilan shunday o'qidi:



O, bilaman, odatlanmagansiz,

Chaqaloq xalqqa qilsa va'z...

u liar bir so'zini aytganda, go'yo bir yeri buzilgan masbinadek uzoq va qaltiroq harakatlar qilib turar edi.

Sbunday bo'lsa bam so'zini oxiriga yetkazdi, qarsaklar bilan mukofotlanib, ta'zim qildi-da, chiqib ketdi.

Kichkinagina bir qiz chiqib, uyalgan holda: «Merining bir- qo'zichog'i bor edi», degan bikoyani bijillab so'zlardi-da, bilar-bilmas oyog'ini bukib ta'zim qilgandan keyin uyalganidan qizarib ketdi va o'zini baxtli his qilgani holda u ham o'rniga borib o'tirdi.

Keyin qiyofasida yasama parishonlik sezilib turgan Tom Soyer sahnaga chiqib keldi-da, juda eski bo'lsa ham hech vaqt urfda bo'lib kelgan «Menga ozodlik bering yo meni o'ldiring» degan she'rni ayta boshladi. U tovushini dahshatli ravishda yuqorilatib, qo'llari bilan qattiq-qattiq ishoralar qilar edi. Biroq baytning yarmiga borganida tutilib qoldi-da, birdan uni qo'rqinch o'rab oldi. Oyoqlari qaltirab, mayisbib borar, tomog'ida esa bir narsa tiqilib qolgandek, o'zini bo'g'ilgandek his qilar edi. Bundan keyin u biror so'z ham aytolmadi. Tinglab o'tiruvchilar, aftidan, unga xayrixohlik bilan qarab, indamay o'tirar edilar. Ularning mana shu indamay o'tirishlari Toinning qayg'usini yana oshirar edi. Buning ustiga shu vaqt o'qituvchi bir qovog'ini solib qaragan edi, shundan keyin bola butunlay o'zini yo'qotib qo'ydi. U yana biroz urinib turdi-da, uyalib qizargani holda sahnadan tushib ketdi. Unga dalda berishga urinuvchilar bo'lsa ham, bu harakat behuda bo'lib chiqdi.

Keyin yosh shoirlar o'zlari yozgan asarlarini o'qi-dilar. Bolalardan har qaysilari sahnaning chetiga tomoqlarini qirib olganlaridan keyin, chiroyli lenta biJan bog'langan qo'lyozmani olib o'qiy boshlar edilar. Asarlar mavzu jihatidan bu qizlarning onalari, buviJari va katta buvilari shunday kezlarda qanday yozgan bo'lsalar, o'shanday bo'lib, hatto salib yurisbigacba borib taqalar edi. Chunoncbi: «Do"stlik», «0'tganni eslash», «Tarixda ilohiy kasb», «Afsonaviy podsholik-, «Ilmning afzalligi», «Turli davlatJarning idora qilish formalari, ularning farqlari va o'xshashliklari», <.Qayg'u», «Ota-onaga muhabbat> va hokazolardan iborat edi.

...Birinchi o'qilgan asarning nomi «Shu ham turmush bo'ldimi?» deb atalar edi.

Balki o'quvchilar bu asarning qisqa bir parchasini o'qib chiqich uchun hafsala qilarlar:

«Turmushning oddiy so'qmoq yo'Uarida anchadan beri kutilgan bayranmi yosh aql egalari zo'r tashvish biJan o'ylab lazzatlanadilar. Warning taassurotlari gul rangiga bo'yalgan shodlik manzaralarni tasvir qilardi. Oq harir kiyhnJarga o'ralgan lining nozik qaddi-qomati ko-ngilh raqslar bilan huzurlanar edi. Uning qo'ygan qadanilari ham juda muloyhn, ko'zlari esa hammanikidan shahlo. Bunday shirin xayollar ichida vaqt ham tez o'tib ketib, qizg'inlik bilan orzu qilgan shu dunyo jannatiga kira oladigan soati yetadi. Bu yangi dunyoning barcha go'zalliklari unga qanday ajoyib bo'hb ko'rinadi! Har bir ko'i'gan yangi narsasi uni bilgan sari ko'proq qiziqtiradi. Ammo ko'p o'tmay, u yuzakigina yaxshi ko'ringan bu narsaJarning tagi bema'niliklardan iborat ekanligini anglab oladi. Uning ko'nglini lazzatlantirib kelgan ishonch endi uni faqat jirkantiradi. Bezalgan zallar kishini qiziqtirish xususiyatlarini yo'qotgan va u qayg'u va hasrat bilan zaldan chiqib ketar ekan, hech bir yupatishlar o'zining ruhiy intilishlarnii bosishiga ishonmas edi.

Uni o'qilayotganda tinglab o'tiruvchilar orasi-dan vaqti-vaqti bilan: «

So'ngra g'am-g'ussadan rangida qon qolmagan nozik va qayg'uli bir qiz o'rnidan turib, «doston» o'qib berdi.

Men bu «doston»dan faqat ikki baytini bu yerda keltirib o'taman:




Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling