Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


Download 312.66 Kb.
bet26/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

TOM KO'KDAN JAZO KUTADI
Tom yangi bir jamiyatga, ya'ni «


so'kishishga kuchli istak tug'iladi. Undagi bu istak borgan sari o'sib boradi, uni faqat tezdan qip-qizil ro'molga o'ralib xalq oldida ko'rinish umidigina to'xtatib turar, bo'lmasa u albatta Hushyorlik jamiyatidan chiqib ketib qolar edi. To'rtinchi iyul20 yaqinlashib kelardi, biroq hushyorlik ishonchxonasida tura boshlaganining uchinchi kuniyoq u bu kun to'g'risida o'ylamaydigan bo'hb, o'zining butun umidini Frezer degan qari sudyaga bog'lagan edi. Bu sudya shu vaqtda o'lim to'shagida yotardi. U o'lganidan keyin ko'mish marosimi ham juda dabdabah bo'lsa kerak, chunki u xiyla obro'li kishi. Tom uch kun qatorasiga sudyaning sog'lig'i to'g'risida juda qiziqib yurdi, u sabrsizlik bilan dam-badam borib uning o'lgan-o'lmaganligini so'rab turar edi. Ba'zida Tomning umidlari shunchalik zo'rayib ketardiki, u qaysarlik bilan borib komoddan o'zining nishonlarini olib, ko'zguga solib ko'rar edi. Biroq sudyaning sog'lig'i goh yaxshi, goh yomon bo'hb turar edi. Nihoyat, sudyaning ahvoli awalgidan ancha yaxshi, keyin esa butunlay tuzalib ketayotir, degan xabar tarqaldi. Tom juda diqqat bo'ldi, uning nazarida sudya uni masxara qilgandek bo'lardi.

Tom o'sha ondayoq «iste'fo» berdi. Jamiyatdan o'zicha chiqdi. Biroq nima bo'ldi? Sudya o'sha kuni kechasi qattiq kasal bo'hb birdan o'hb qoldi. Tom bundan keyin hech bir kishiga ishonib bo'lmas ekan, degan qarorga keldi. O'likni ko'mish marosimi juda tantanali bo'ldi. Hushyorlik jamiyatining yosh a'zolari janoza marosimida shunday ulug'vorlik bilan qatnashdilarki, ularning sobiq o'rtoqlari rashkiga chiday olmay, yuragi yorilib o'layozdi. Biroq Tom hozir qushdek erkin - bu ham ancha katta gap-ku! U istaganicha o'z erki bilan tamaki ham chekadi, so'kisha beradi ham. Biroq shunisi qiziqki, u endi bunday





narsalarni qilishni xohlamaydi. Gap shundaki, unga hech kim to'sqinlik qilmagani uchun uning shu tariqa ishlarga urinishi j'o'qolib ketdi.

Tomning shuncha orzu qilib yurgani ta'til kunlari ham unga malol kela boshladi. Tomning o'zi ham buni sezib hayron bo'ldi. U kundalik daftar yurgizmoqchi bo'lgan edi, biroq uch kungacha hech qanday arzirlik voqea yuz bermagani uchun bu ishni ham yig'ishtirib qo'ydi.

Biroq shaharchaga negrlarning orkestri kelib, katta shov-shuv bo'ldi. Tom bilan Jo Garper ham o'zlaricha bir to'da muzikachilarni to'plab, bular ham ikki kun­gacha o'zlarini baxth sanab yurdilar.

Hatto mashhur va shonh To'rtinchi iyul kuni ham muvaffaqiyatsiz o'tdi: yomg'ir yog'ib turgani uchun marosim qilib bo'lmadi, dunyoda eng ulug' odam sanalgan (Tomning fikricha shunday) va Qo'shma Shtatlarning chinakam senatori bo'lgan mister Bentonning ham hafsalasi pir bo'ldi, chunki u bo'yi yigirma besh futlik pahlavon bo'lmay, pak-pakana bir kishi bo'hb chiqdi.

Ot o'yini keldi. Bolalar shundan keyin uch kungacha yirtiq gilamlardan tikilgan chodirlar ichida tomoshalar ko'rsatib, unga kirish uchun o'g'il bolalardan uchtadan, qiz bolalardan ikkitadan to'g'nog'ich olib turdilar, biroq keyinchalik borib bu ham jonlariga tegdi.

Keyin gipnozchi keldi.

Ba'zida o'g'il va qiz bolalar uchun kechalar o'tkazilar, biroq bunday kechalar shunchalik kam bo'lar va shunchalik ko'p shodlik keltirar ediki, ularning orasidagi cho'zilib ketgan vaqt go'yo kishining tanasidagi og'riqdek sezilib turar edi.

Bekki Techer yozni o'tkazib kelish uchun, ota-onalari bilan birga tug'ilgan shahri - Istanbulga jo'nab ketdi; u jo'nab ketgandan keyin turmushning butun shodlik va lazzatlari ham yo'qoldi.

Odam o'ldirishning dahshatli siri Tom uchun qutulib bo'lmaydigan bir baxtsizlik edi. U go'yo yiringlagan yaradek tinmay azob berar edi.

Keyin qizamiq degan kasal paydo bo'ldi.

Tom ikki haftacha tutqundek yotdi. Kasalijuda og'ir, uni hech narsa qiziqtirmas edi. Nihoyat uning ahvoli biroz yaxshi bo'lib, birinchi marta oyoqlarini zo'rg'a sudrab shaharni aylangani cbiqqanida, u qayerga bor-masin va nimani ko'rmasin, hamma narsa uning ko'ng-lini qoldirar edi. U Jo Garperning oldiga borgan edi, biroq u Injilni o'rganmoqda ekan, Tom xafa bo'lib, bunday ko'ngilsiz tomosha oldidan tezroq ketishga shoshildi. U Benn Rojersni qidira boshlagan edi, Benn savatga diniy kitobchalarni to'Idirib olib, eng kambag'al kishilarning uylarini aylanib yurar ekan. Nihoyat u Jim Xollisni izlab topgan edi, u Tomga qarab: - Senga o'z gunohlaringga tavba qildirish uchun ko'kdan qizamiq balosi keldi, -deb aytdi. Unga uchragan yangiliklarning bar bittasi uni ezib yotgan og'irlikka battar og'irlik qo'shar edi. Shu ishlardan keyin u to'la umidsizlikka berilib, o'zi uchun Geklberri Finn yonidan panoh istagan edi, biroq u ham Tomni Injil oyatlari bilan qarshi oldi. Tom bunga sira chidab turolmadi, uning yuragi yorilib ketgan edi: u oyoqlarini sudray-sudray uyiga zo'rg'a yetib kelib, o'zini karavotga tashladi va endi o'zini butun shaharda halokat chuquri yoniga borgan birdan-bir gunohkor deb hisoblay boshladi.

Kechasi qattiq bo'ron turdi, havo guldirab, chaqmoq chaqdi-da, qattiq yomg'ir yog'di.

Tom boshini ko'rpaga burkab, hayajon ichida o'zining balokatini kutar edi. Bu g'avg'o-to'polonlarning ham-masi uning tufayli bo'lganiga hech shubha qilmas edi. U o'z gunohlari bilan Xudoning ham sabr-toqatini tugatgan va endi omon qolmasligiga qattiq ishongan edi. Basharti biror kishi kanaga qarshi artilleriya batareyasini

qatorlashtirib qo'yganida, Tom buni behuda kuch va o'q sarf qilish deb hisoblar edi, biroq shu Tomdek arzimas bir hasharotni halok qilish uchun osmondan shunday qimmatbaho guldurak va yashinlarning tushib kelishiga u hech ajablanmas edi.

Sekin-sekin bu gulduraklar tarqalib, o'zining asosiy vazifasini bajarmay ketdi. Bolalaming birinchi istaklari, xudoga shukr qilish va bundan keyin o'zlarini tuzuk tutishga harakat qilish, ikkinchi istaklari - biroz sabr qilib turishdan iborat edi, chunki havoning qaytadan
ayniydigan va dovul-bo'ronlar qo'zg'aladigan avzoyi yo'q emas edi.

Ertasi yana doktor chaqirishga to'g'ri keldi, chunki Tom tag'in kasal bo'lib qolgan edi. Chalqanchasiga yotib o'tkazgan uch hafta bu gal unga bir tiecha yildek tuyul-gan edi. Nihoyat u uydan tashqariga chiqar ekan, ajaldan omon qolganiga xursand ham bo'lmadi. U so'nggi vaqtlarda qanday yolg'izlik bilan yashaganini unutgani yo'q. U, atrofga qaramay, ko'chada to'ppa-to'g'ri ketib borar edi, u birdan Jim Xolhsga duch kelib qoldi; Jim bir mushukni qiynab o'ldirgan bir to'da bolalar ichida bosh sudyalik qilib o'tirar, aybdorni qotillikda ayblar edi. Shu yerning o'zida o'ldirilgan bir qushcha ham yotar edi. Bir burchakda Jo Garper bilan Geklberri Finn o'g'irlab olgan qovunlarini yeb o'tirar edilar. Bechoralar! Yaqinda Tomda bo'lganidek bularning ham eski kasallari qo'zg'alibdi.



YIGIRMA UCHINCHI BOB


Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling