Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


TOMNING YANA BIR JASORATI


Download 312.66 Kb.
bet23/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

TOMNING YANA BIR JASORATI
Polli xola Tomni o'pgan vaqtda uning chehrasi shunday ediki, uni ko'rishi bilan Tomning ma'yusligi birdan yo'q bo'lib ketdi, yuragida yaxshi hislar tug'ila boshladi. U maktabga bordi va shu damdan boshlab uning ishlari o'nglanib ketdi. Tom yo'lda bir ko'kalamzorda Bekki Techerni uchratdi. Tom har doim shu ayni fursatdagi daqiqaning taassuroti bilan harakat qilar edi. U uzoq o'ylanib turmay Bekkining oldiga yugurib borib:

- Men bugun juda yomon ish qildim, Bekki, keyin juda achindim. Bundan keyin bunday ishni hech vaqt qilmayman. Kel, endi yarashaylik, xo'pmi? - dedi.

Qiz to'xtab, uning yuziga bir tikihb qaragandan keyin:

- Mister Tomas Soyer, siz meni bundan keyin tinchgina o'z holimga qo'ysangiz. sizdan juda minnatdor bo'lar edim. Men bundan keyin siz bilan so'zlashishni xohlamayman, - dedi.

Qiz shu so'zlar bilan boshini bir silkib, uniiig yonidan o'tib ketdi. Tom shunday achchig'langan ediki, hatto unga: «Qanday baxtsizlik-a, so'zlashmasangiz undan nari!" deyishga ham ulgurolmay qoldi. U ma'yuslik biJan maktab hovhsida aylanib yurar ekan, Bekkining o'g'il bola bo'lmagani uchun mushtlashib undan o'chini ololmaganiga afsuslanar edi. Shu vaqt Bekki umng yonidan o'tib boraturib, unga tegizib, alam qiladigan bir so'z aytib o'tdi. Tom ham shunday qo'pol bir so'z bilan unga javob qaytardi-yu, shu bilan bularning orasi yana qaytadan butunlay buzildi. Tomga nisbatan g'azab o'ti alangalanib ketib, Bekki tezdan yana dars boshlanishini kutar. chunki kitobga siyoh to'kilib buzilgani uchun Tomning tezroq jazolanishini istar edi. Shu paytgacha Alfred Templning siyoh to'kkannh aytib bermoqchi bo'lib yurgan bo'lsa, endi Tomning shu daraja zaharli hazilidan keyin Alfred ustidan chaqimchilik qilish fikri butunlay yo'qolib ketdi.

Bechoi'a qiz! U o'zining boshiga keladigan balolardan mutlaqo xabarsiz edi. Maktab muallimi nrister Dobbins, yoshi anchaga borgan bo'lsa ham, shu choqqacha qozongan obro' va e'tiboridan norozi edi. Uning ko'p zamonlardan beri orzii qilib yurgan narsasi doktorlik bo'lsa ham, biroq kambag'alligi natijasida maktab o'qituvchiligidan nariga o'tolmadi. U har kuni sinfda o'tirgan vaqtida, bolalaf darslarga javob bermay turganlarida yoki boshqa shunga o'xshash bo'sh vaqtlari bo'lib qolganda o'zining stol yashigidan qandaydir sirli bir kitobni olib o'qishga berilib ketar edi. Bu kitobni har doim stoh yashigiga sohb, qulflab qo'yardi. Maktabda uning bu kitobini aqalli salgina bo'lsa ham ko'rib, nima ekanini bilib olish orzusida bo'lmagan birorta ham bola yo'q. Lekin buni ko'rish hech kimga muyassai-bo'Imas edi. Bu kitobning qanday kitob ekani to'g'risida bolalarning har qaysilari o'zlaricha har xil narsalar o'ylar edilar. Lekin haqiqatni topish mumkin emas edi. Bir kuni Bekki o'qituvchining stoli yonidan o'tib borayotib, eshikka yaqin joyidan turib stol yashigining kaliti og'zida qolganini ko'rib qoldi: o'qituvchi kalitni unutib qoldirib ketgan edi. Shunday to'g'ri kelib qolgan qulay paytni qo'ldan berish murnkinmi? Qiz atrofga qaradi, hech kiin ko'rinmadi. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas, qiz kitobni qo'lida ushlab turar edi. Kitobning sarlavhasidagi <'Anatoiniya» degan so'z unga hech narsani anglatmadi. Shuning uchun u kitobning ichini ochib varaqlay boshladi. Uning birinchi varag'idagi chiroyli ranglar bilan ishlangan kishi suratiga ko'zi tushdi.

Shu vaqt kitobning betiga soya tushdi: eshik oldida Tom Soyer turar, uning ham ko'zi kitobdagi rasmda edi. Bekki shoshilib kitobni yopar ekan, qo'pol harakati bilan o'sha rasmlik bir varaqni yirtib yubordi. U darhol kitobni yashikka tashlab, kalitni buradi-da, uyat va achchig'iga chiday olmasdan yig'lab yubordi.


  • Tom Soyer! Bunday qiliq albatta sizdan bo'ladi. Birovning orqasidan poylab, unga chuqur qazish qanday yomon ish!

  • Nega poylab yurayin? Men qilayotgan ishingizni bilgan edimmi?

  • Uyaling, Tom Soyer? Siz endi, albatta inening ustimdan chaqimchilik qilarsiz, unda nima qilaman? Meni albatta kaltaklaydilar. Shu choqqacha maktabda hech kaltak yemagan edim.

U oyog'i bilan yerga qattiq bir tepindi-da:

- Bo'ldi, mayli, kaltak yesam yerman, mening ham bilgan narsalarim bor. Qarab turing, hali ko'rib qolarsiz, yaramas bola! - dedi-da, yig'lab tashqariga chiqib ketdi.

Tom, bu tariqa kutilmagan hujumdan hayron bo'lib, turgan yerida qotib qoldi. Keyin o'z-o'zicha:

- Shu qiz bolalar ajab bir qiziq va ahmoq bo'ladilar-da. Shu choqqacha maktabda hech kaltak yemagan emish. Kaltaklasalar nima bo'lar ekan. Bu qizlar hammavaqt ham shun day qo'rqoq va nozik bo'ladi. Albatta men bu ahmoqning qilgan ishlarini Dobbins cholga borib aytmayman-ku, shunday bo'lsa ham baribir, qo'lga tushib qoladi. Dobbhis albatta kitobui khn yirtdi, deb so'raydi. Hech khn javob bermagach, u har safargidek, bolalarning hammasini birma-bir tekshirishga tutunadi-da, navbat aybdorga yetganda, so'ramay-netmay uning basharasidanoq bilib oladi. Qizlar har qanday ish qilsalar ham, ularni darhol basharalaridan bilib olish munikin: ular hech narsani yashirolmaydilar. Shunday bo'lgandan keyin albatta u kaltak yeydi. Bekki Techer endi albatta qo'lga tushdi, u endi qutulolmaydi. Tom biroz o'ylanib turdi-da:

-Ajab bo'ldi! Agar men shunday bo'lib qo'lga tushsam, u xursand bo'lar edi, qani endi o'zi bir ko'rsin-chi! - dedi. Shundan keyin Tom hovlida o'ynab yurgan bir to'da bolalarga borib qo'shildi. Birozdan keyin o'qituvchi keldi-da, dars boshlandi. Tom dam-badam qizlar o'tirgan tomonga qaraydi-da. Bekkining chehrasi o'zgarishini ko'rib, bezovtalana boshlaydi. U qizga rahmdillik qilishni mutlaqo istamas, lekin shunday bo'lsa ham unga rahm qilmay turolmas edi. U qancha urinsa ham, o'zida zarracha shodlik his qila olmadi. Biroq, bir qancha vaqt o'tgach, o'qituvchi Tomning kitobidagi siyoh to'kilgan yerni ko'rib qolishi bilanoq endi Tomning butun diqqati buyoqqa og'ib ketgan edi. Bekki ham o'zining diqqatchiligini bir naras esidan chiqarib, Tomning kitobi ustidagi ishga qiziqqanday bo'ldi. U o'z xayolida Tomning bu ishni o'zim qilganim yo'q, deb aytishi foyda bermas deb o'ylagan edi, xuddi shunday bo'lib chiqdi. Tomning indamay turishi ishni chatoq qildi. Bekki shu ishga, ya'ni Tomning jazolanishiga shodlanainan, deb o'ylagan va shodlanishga urinib ham ko'rgan edi, lekin bu unchalik oson bo'lmadi. Bekki o'rnidan irg'ib turib, kitobga siyoh to'kkan Tom einas, balki Alfred Tempi deb aytmoqchi ham bo'lgan edi, biroq u: «Baribir u kitobdagi suratiii yirtdi, deb chaqim-chilik qilar-ku, mana endi men ham aytmayman».

Tom o'ziga yarasha jazosini tortib rosa kaltak yeb, o'rniga qaytib kelib o'tirdi. U o'z ko'nglida: «Balki buni o'ynab yurgan vaqtimda, o'zim to'kib yuborib bilmay qolgandirinan», deb o'yladi.

Oradaii bir soatcha vaqt o'tdi. O'qituvchi o'zining baland kursisida bolalarning dars takrorlab, gurunglashgan tovushlaridan uyqusi kehb o'tirar, ob-havoning o'zi ham uyqu keltiradigan edi. Nihoyat, mister Dobbins qaddini to'g'rilab bir esnab oldi-da, keyin kitobni ohshni ham, olmasligini ham bilmay qo'lini yashikka cho'zdi. Bolalardan ko'plario'qituvchining bu harakatiga parvosizlik bilan qarab tursalar ham, lekin ulardan ikkitasi uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatib turardilar. O'qituvchi kitobini olishdan ilgari yashik ichida ancha vaqtgacha u yoq-bu yog'ini ag'darib ko'rib, keyin qo'liga oldi-da, uni o'qish uchun kursiga o’tirdi.

Tom Bekkiga qarab qo'ydi. Bechora Bekkining tusi shu vaqt butunlay o'zgarib, o'zini yo'qotgan, juda achinarlik holda, go'yo ovchming nishoni ostida turgan quyonga o"xshar edi. Tom o'zining u bilan urishganini darhol unutib yubordi. Hozirdanoq buning oldini ohb, bir minut ham kechiktirmay bh-or chorasmi ko'rish kerak! Biroq qo'rqinchning muqarrarligi uni shoshirib qo'yg"an edi. Nihoyat xayoliga yaxshi bir filer keldi. U hozir yugurib borib, o'qituvchining qo'lidan kitobni yulib oladi-da, qochadi. Lekin u birozgina o'ylanib qolgan edi, fursat o'tib ketdi-da, o'qituvchi kitobm ochdi. Qani, boy beiilgan shu fursatni endi qaytaiib bo'lsa! «Endi vaqt o'tdi, hozir Bekki uchun najot yo'q!» der edi Tom o'z-o'zicha.

Oradan yana biror daqiqa o'tishi bilan o'qituvchi sinfga ko'z yugurtira boshladi. Uning dalishatli suratda tikilib qarashiga chidab turolmay, bolalarning hainmasi ko'zlarini yerga qaratdilar. Uning hozirgi o'qrayib qaraslii shuuday ediki, hatto o'zlarida hech qanday ayb sezmagan bolalar ham qo'rqib ketdilar. Orada ancha vaqt jijiijitlik hukm sui*di. Shu vaqtda o'qituvchi butuu qalir-u zahrini sochishga tayyorlaiiib turar edi. Nihoyat, so'zga og'iz ochib:

- Kitobni kim yirtdi? - deb so'radi.

Hech kim churq etniadi. Maktab ichi shuuday jimjit ediki, agar shu vaqt yerga igna tushib ketsa, o'sha ignaning tovushi eshitilar edi. Jimjitlik davoin etar, o'qituvchi aybdorui topish ilinjida bolalardan har birining yuziga birma-bir tikilib qarar edi.


  • Benjamen Rojers, kitobni sen yirtdingmi? Undan: «yo'q!» degaii javob eshitilgandan keyiu yana jimjitlik boshlandi.

  • Jozef Garper, sen yirtdingmi?

Yana «yo'q» degan javob olindi. Tomning tashvishi borgan sari ortib borardi. Bu savol va javobiar Tom uchun go'yo sekin-asta bo'layotgan qiynoqdek ko'rinar edi. O'qituvchi o'g'il bolalardan so'rab bo'ldi-da, qiz bolalarga qarab:

  • Emmi Lorens yirtdimi? - deb so'radi. U boshuii chayqab qo'ydi.

  • Gresi Mihermi?

U ham xuddi shunday qildi.

- Suzajina Garper, bo'laiasa sen ekansan-da?


Yana "yo'qx degan javob olindi. Endi navbat Bekki

Techerga kelib yetdi. Tonlnmg oyoq-qo'llari, hatto butun a'zoyi-badani titray boshladi.

- Rebekka Techer (Tom qizning yuziga qaradi: qiz qo'rqqanidan rangi oppoq bo'lib ketgan edi), bu kitobni sen yirtdingmi... yo'q deysanmi... qani, menga qara-chi

(Bekki yalingansimon qo'lini ko'tardi)... kitobiii yirtgan sen emasmi?

Shu vaqt Tomning miyasiga xuddi yashiii tezligida bir flkr keldi. U o'midan irg'ib turdi-da:

- Kitobni men yirtdim! - dedi.

Bolalarning hammasi odatdan tashqari jasorat ko'rsatgan bu bolaga tikilib qoldilar. Tom o'zining" chuvalgan fikrlarini yig'ishtirib olish uchun biroz to'xtab turdi-da, keyin jazoni tortish uchun burchakka qarab borar ekan, bechora Bekkining ko'zida aks etib turgan hayronlik va undan minnatdorligi, uni yuz qamchi uchun bo'lsa ham mukofotlagandek ko'rinar edi. O'zining bunday jasorati tufayli ortib ketgan qahramonligi bilan Tom bu ayovsiz jazoni churq etmay boshidan kechirdi va qo'shimcha jazo tariqasida darsdan keyin ikk; soat maktabda yolg'iz qolish jazosini ham hech tashvishlanmay qabul qildi. U shunday jazolardan qutulib chiqqan vaqtda, hovlida kutib o'tiruvchi kishilar bo'lar, shuning uchun, maktabda yolg'iz qolib zerikib o'tirish ham uning uchun ortiqcha bir mashaqqat qatoriga kirmas edi.

Tom shu kecha uyquga yotish oldidan Alfred Templdan qanday qilib o'ch olishi to'g'risida juda uzoq va jiddiy o'ylanib o'tirdi. Chunki Bekki o'kinch va uyat aralash hainma voqeani, shu jumladan o'zhiing xiyonat qilganini ham so'zlab bergan edi.

Biroq o'ch olish rejasining o'rnini yoqimli, shirin xayollar egalladi va u ko'zi uyquga ketar ekan Bekkining:

- Tom, qanday qilib sen shu qadar muruvvatlik bo'lding? - degan so'nggi nidolari hamon quloqlariga jaranglab eshitilar edi.



Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling