- 6. Ma'lumotlar bazasi muhandisi
- Bir yillik oklad: 141 635 dollar
- Bu vazifa egasi qoidaga muvoffiq loyihalashtirilgan va ekspluatatsiya qilingan ma'lumotlar bazasi ustida ishlaydi. Facebookka o‘xshash kompaniyalarda bu kabi vazifalar oddiy hisoblanmaydi.
- 7. Ilmiy hamkor
- Bir yillik oklad: 137 032 dollar
- Ilmiy hamkorlar Facebook mahsulotlari bilan bog‘liq favqulodda savollarga yoki muammolarga javob topishadi. Ulardan o‘z vazifalarini o‘ta diqqatlik va ziyraklik bilan bajarish talab etiladi. Ilmiy metodlar ularga Facebookning qaysi platformasi ishlayapti, qaysinisi yo‘q bilishga imkon beradi.
- 8. Ma'lumotlar bilan ishlovchi tadqiqotchi
- Bir yillik oklad: 135 769 dollar
- Bir so‘z bilan aytish mumkinki, ma'lumotlar bilan ishlovchi lavozimiga o‘ta saralangan holda faqatgina olimlar ishga olinadi. Ayni damda ushbu lavozimga kompaniyaning turli bo‘limlarida vakansiyalar ochilayotgan bo‘lib, ular infrastruktura, iqtisodiyot va mahsulotlar tadqiqoti bo‘limlarida ochilgan.
- 9. IV razryadli muhandis-dasturchi
- Bir yillik oklad: 135 561 dollar
- PO xodimlari Facebookning eng qadrli xodimlari hisoblanishadi. Yuqori darajali muhandislar o‘z mehnatlari ortidan ko‘p pul ishlab topishadi.
- 10. Muhandis-texnolog
- Bir yillik oklad: 133 097 dollar
- Muhandis-texnologning vazifasi shundan iboratki, u kompaniya mahsuloti sifatli va izchil ishlashini ta'minlash. Bu kabi mutaxassislar Facebookning barcha mahsulotlari va infrastrukturasiga taaluqli buyruqlarini bajarishadi.
- 11. Tarmoq muhandisi
- Bir yillik oklad: 132 341 dollar
- Tarmoq muhandisi tarmoqning turli nuqtalarida ishning yaxshi ketishi mas'uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Ayni damda kompaniyada turli kategoriyalarda tarmoq muhandisi vazifasi bo‘yicha 29 ta vakansiya ochilgan. 12. Mahsulot dizayneri
- Bir yillik oklad: 132 174 dollar
- Kompaniyaga dunyoqarashi keng bo‘lgan va aqlli dizaynerlar lozim. Aytishganidek, bu lavozim vakansiyasini egallash uchun ilgari ma'lum bir ma'noda dasturchi va o‘z ilovalarini yarata olgan ijodkor bo‘lish kerak.
- 13. Mahsulotlar sotuvi bo‘yicha menejyer
- Bir yillik oklad: 126 142 dollar
- Facebook brendini butun bir omma oldida, ommaviy axborot vositalarida munosib yoritib borish, hamkorlarni kompaniyaning istiqboliga ishontira bilish mahsulotlar sotuvi bo‘yicha menejyerlar zimmasiga tushadi. Shu bois bu lavozim kompaniyada o‘ziga yarasha masu'liyatli ish sanaladi.
- 14. Ta'minot dasturi xodimi
- Bir yillik oklad: 125 491 dollar
- Facebookda qisqa sikllardan foydalaniladi va muhandis umumiy sur'atga muvofiq harakatlanmog‘i lozim. Kompaniyaning ma'lum qilishicha yozilgan matn servisda bir necha kungina saqlanadi xolos. Boshqa kompaniyalarda bu jarayon bir oyga cho‘ziladi.
- 15. Foydalanuvchilar interfeysi bo‘yicha ishlovchi muhandis
- Bir yillik oklad: 122 441 dollar
- Facebook interfeysi — foydalanuvchilar uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi. Kompaniya mutasaddilari aynan shu vazifaga biror-bir kimsani tayinlash uchun o‘ta diqqatli bo‘lishadi. Nomzodlardan biri Glassdoor nashriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, u bu vazifadan o‘tishi uchun sakkiz soatlik suhbatdan o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |