Glassdoor nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, kompaniya o‘z ishchi-xodimlariga quyidagicha maosh tayinlagan. Har qanday kompaniya faoliyatida o‘ziga yarasha ayrim kamchiliklar bo‘ladi. Facebook ham o‘ziga yarasha ana shunday kamchiliklardan holi bo‘lmagan kompaniyalar sirasiga kiradi. Dunyo bo‘yicha eng ko‘p odam kiradigan ushbu saytni yuritish uchun istehzo bilan aytadigan bo‘lsak, mutaxassislar qo‘shini talab etiladi. Bu qo‘shinning tarkibini dizaynerlar, muhandislar, menejyerlar va boshqa soha vakillari tashkil etadi. Muhimi kerakli odamni topish emas, balki zo‘rlarning eng zo‘rini topishdir. Shu bois Facebook o‘z xodimlariga yuqori maosh taklif etadi. Biz Glassdoor sayti ma'lumotlariga tayangan holda ushbu kompaniyada eng yuqori bir yillik maosh oluvchi mutaxassisliklar haqida so‘z yuritamiz. - Bir yillik oklad: 164 999 dollar
- Ular Facebook platformasi doirasida aniq bir mahsulot ustida ish olib borayotgan bir qator muhandislar guruhi ustidan nazorat olib borishadi. Ulardan oddiy dasturchilarga qaraganda ko‘proq najot kutishadi.
- 2. Katta muhandis-dasturchi
- Bir yillik oklad: 159 545 dollar
- Ular kompaniyadagi eng zo‘r, eng malakali muhandislar bo‘lib, shu bois Facebook ularga yaxshi maosh to‘laydi.
- 3. V razryadli muhandis-dasturchi
- Bir yillik oklad: 155 071 dollar
- Monster saytining tarqatgan ma'lumotiga ko‘ra, bu lavozimni egallash uchun 8-10 yillik malakaga ega bo‘lish kerak.
- 4. Loyihaning texnik boshlig‘i
- Bir yillik oklad: 149 581 dollar
- Ular kompaniya mahsulotlarini shakllantiruvchi asosiy guruhlarga rahbarlik qilishadi.
- 5. Mahsulotlar menejyeri
- Bir yillik oklad: 146 490 dollar
- Mahsulotlar menejyeri barcha bilan ipsiz bog‘langan. Bitta mahsulot ustida bir qancha guruh ish olib boradi. Shu bois ularni koordinatlashtirish va ekspluatatsiya muddatini aniqlashtirish lozim. Shiddat bilan bo‘ladigan bunday murakkab ishlar aynan ularning zimmasiga ham tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |