Марказий обод ерлари фермер хўжалиги


Turli qon guruhlarining bir-biriga mos kelishi


Download 98.46 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi98.46 Kb.
#1797725
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qon va uning tuzilishi yuzasidan masalalar

Turli qon guruhlarining bir-biriga mos kelishi
Quyidagi qon guruhlari boʻlgan odamlar Quyidagi guruhlarga qon berishi mumkin Quyidagi guruhlardan qon qabul qilish mumkin I I.II.III.IV I II II.IV I.II III III.IV I.III IV IV I.II.III.IV Donorlik. Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sogʻlom yigit va qiz, ayol va erkak donor boʻla oladi. Mamlakatimizda yuz minglab kishilar donorlardir. Ayniqsa, fashizmga qarshi kurash yillarida minglab. odamlar. ixtiyoriy ravishda qon topshirib, koʻplab yaradorlarning hayoti saqlab qoli¬nishiga va ular qaytadan safga qaytishiga hissa qoʻshganlar. Hozirgi vaqtda ham minglab donorlar koʻplab bemorlarni davolashga, ularning hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qoʻshmoqdalar. Qadimgi Yunoniston, Misr, Rimda bemorlarni davolashda qonning ahamiyatini bilishgan. Oʻsha davrning tabiblari bemor¬larga boshqa odam qonini quyganlar, lekin ularda qon guruhi haqida tushuncha boʻlmaganligi sababl[ qonquyish taxminiy bajarilgan. Shl.ning uchun ayrim hollardagina quyilgan qon bemor qoniga toʻgʻri kelib, yaxshi natija bergan boʻlsa, koʻpincha qon guruWari toʻgʻri kelmasligi yomon oqibatlarga sabab boʻlgan. Chunonchi, Rim papa si Innokentiy VIII yosharish maqsadida uchta yigitning qonini quyishni buyurgan. Lekin u qon quyish natijasida halok boʻlgan. Qon guruhlari aniqlanguncha qon quyish sohasidagi barcha urinishlar yaxshi natija bermagan.
Qon tizimi — qon komponentlarini tashkil qiluvchi elementlar (plazma va shaklli elementlar) majmuasi boʻlib, organizm ichki muhutining eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi[1].

Organizm ichki muhiti



Organizm ichki muhitini toʻqima (intersitsial) suyuqlik, qon va limfa tashkil etadi. Bu suyuqliklar xossalari va tarkibi bir-biriga uzviy bogʻliq hisoblanadi. Lekin organizmning haqiqiy ichki muhiti boʻlib toʻqima suyuqligi tashkil qiladi, sababi organizmning hujayralari faqatgina toʻqima suyuqligi bilan bevosita doimiy aloqada boʻlib turadi. Qon esa yurak endokardi va tomirlar endoteliysiga tirangan holda oqadi, hamda, toʻqima suyuqligi tufayli barcha aʼzo hamda toʻqimalar faoliyatiga doimiy taʼsir qilib boradi. Tomirlar devori orqali vitaminlar, gormonlar va turli biologik faol moddalar qon oqimiga doimiy oʻtib turadi[2]. Qon, toʻqima suyuqligi va limfaning asosiy tarkibiy qismi suv hisoblanadi. Odam organizmida tana massasining 75 % ni suv tashkil etadi, hamda, tana massasi 70 kg boʻlgan odamda limfa va toʻqima suyuqligining 30 % (20-21l) ni, hujayra ichidagi suyuqlikning esa 40 % (27-29l) ni va qon plazmasining 5 %ga yaqin (2,8-3,0l) qismini suv tashkil qiladi. Qon va toʻqima suyuqligi orasida doimiy ravishda moddalar almashinuvi va suv almashinuvi va transport tashilishi sodir boʻlib turadi. Suv bilan birga unda erigan moddalar almashinuv mahsulotlari, gazlar, gormonlar, biologik faol moddalar va boshqalar ham oʻtib turadi. Organizm ichki muhiti tarkibiga kiruvchi harakatdagi suyuqliklar bir butun tizimidan iborat boʻlib, umumiy qon aylanishi va quyidagi tartibdagi harakatni oʻz ichiga oladi[3]:
qon ←→ toʻqima suyuqligi ←→ toʻqima (hujayra) ←→ toʻqima suyuqligi ←→ limfa ←→ qon

Download 98.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling