Марказий обод ерлари фермер хўжалиги
Download 98.46 Kb.
|
Qon va uning tuzilishi yuzasidan masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonning klinik ahamiyati
Qonning klinik tarkibiQon hajmi qonning suyuq qism — plazma va qondagi muallaq boʻlgan shaklli elementlar: eritrositlar (qizil qon tanachalari), leykositlar (oq qon tanachalari) va trombositlar (qon plastinkalari) dan tuzilgan. Qon plazmasi va shaklli elementlari orasida muayyan hajmiy nisbat mavjud. Bu nisbatni aniqlashda 100 ta oʻzaro teng qismga boʻlingan maxsus shisha kapillyar — gematokritdan foydalanadilar. Qonni gematokritda sentrifuga yordamida aylantirilsa, shaklli elementlar ogʻirroq boʻlgani uchun choʻkma hosil qiladi, yuqori qavat tiniq, rangsiz yoki och sariq rangli plazmadan iborat boʻladi[4]. Shunday qilib, plazma qon hajmining 55-60 % qismini, shaklli elementlar esa 40-45 % qismini tashkil etishi aniqlangan. Qonning umumiy hajmidan eritrotsitlarga toʻgʻri keladigan qismi gematokrit son deb ataladi. Erkaklarda gematokrit son 44-46 % , ayollarda esa 41-43 % boʻladi. Qon tizimining tarkibiga qon tomirlarida aylanib yurgan qon, qonning shaklli elementlari paydo boʻladigan va yetiladigan qon yaratuvchi aʼzolar, qonning shaklli elementlari yemiriladigan aʼzolar kiradilar. Nazarenko G. I., Kishkun A. A. Klinicheskaya otsenka rezultatov laboratornix issledovaniy // M.: Meditsina — 2006. — 544 s. ISBN 5-225-04579-0 Qon shaklli elementlarining hosil boʻlishi gemopoez deb ataladi. Bu jarayon asosan suyak koʻmigida sodir boʻladi[5]. Qonning klinik ahamiyatiHujayra ichidagi suyuqlik, qon plazmasi, to’qima suyuqligi tarkibi turlicha boʻlganligi sababli qon, toʻqima suyuqligi va hujayralar orasida katta hajmli suv, ionlar, elektrolitlar, anionlar, kationlar, metabolizm mahsulotlari almashinuvi doimiy va uzluksiz ravishda sodir boʻlib turadi. Shuningdek, ichki muhit suyuqliklariga bundan tashqari orqa miya, plevra suyuqlik, perilimfa, bo’gʻimlar va endolimfalari ham kiradi. Bu suyuqliklar tarkibidagi asosiy farqni organizmning ichki muhitining toʻsiqlari (Baryer) doimo saqlab turadi. Bularga quyidagilar kiradi: gistogematik baryer, gematoensefalik baryer, gematokoxlear baryer. Alohida hujayralar va hujayra guruhlari ularni oʻrab olgan muhit sharoiti oʻzgarishlariga juda ham sezuvchandirlar. Tashqi muhit omillari bilan doimiy aloqaga kirishishdan mahrum boʻlib qolgan va evolyutsion jarayonda koʻp hujayrali organizmlarda (jumladan, odam organizmida) koʻpchilik hujayralar ichki muhit — hujayralararo suyuqlik bilan oʻralgan holda bevosita fiziologik jarayonlarda qatnashadilar. Shuning uchun ichki muhitning ham tarkibiy, ham xossalari jihatidan doimiyligining saqlanilishi organizm hujayra, toʻqima, aʼzo va tizimlarining normal yashashi uchun zarur hisoblanadi[6]. Ichki muhit doimiyligining saqlanishi qon va limfa aylanish tizimlari, nafas olish ovqat hazm qilish hamda ayiruv aʼzolari tomonidan doimo taʼminlanib turiladi. Hazm qilish va nafas olish tizimlari turli xildagi moddalarning tashqi muhitdan organizm ichki muhitiga oʻtishini, ayiruv aʼzolari esa moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarilishini amalga oshiradilar. Mana shu jarayonlar tufayli muhitning har qanday oʻzgarishlari, yaʼni harorat, bosim, namlik, yoritilish keskin oʻzgarganda yoki oziqlanish vaqtincha toʻxtab qolganda ham organizm hujayralari nisbatan doimiy sharoitda yashaydi va oʻz faoliyatlarini bajarib turadi. Ichki muhit doimiyligi qanchalik aniq va ishonchli boshqarilsa, tashqi muhit oʻzgarishlariga nisbatan organizm javob reaksiyasi shunchalik kamroq bogʻliq holda oʻzgaradi va shunchalik erkinroq boʻladi. Yirik fransuz fiziologi va patolog olimi Klod Bernar bu holatni shunday ifodalab oʻtgan: „Ichki muhit doimiyligi — erkin hayot sharoiti“[7]. Hayot sharoitlari oʻzgarishidan qatʼiy nazar organizm oʻzining ichki muhiti doimiyligini saqlash qobiliyatiga gomeostaz (yun.gomoes-bir xil,stasis-turish) deb ataladi. Bu atama amerikalik olim Kennon tomonidan fanga kiritilgan. Organizmda tana harorati, qon bosimi, qon va toʻqima suyuqligining osmotik bosimi, ularda oqsillar, glyukoza, natriy, kaliy, kalsiy, xlor, fosfor, vodorod va boshqa ionlar miqdori kabi koʻrsatkichlar nisbatan doimiy darajada saqlanadi. Gomeostatik konstantalarni 2-xilga boʻlinadilar: 1. Plastik 2. Mutloq barqaror Plastik konstantalar bir muncha kengroq chegaralarda oʻzgarganda ham hayotiy faoliyatga katta zarar yetkazmaydi. Ularga tomirlarda oqayotgan qon miqdori, qondagi shaklli elementlar miqdori, qon plazmasi bilan shaklli elementlar nisbati , Gemoglobin (Hb) miqdori, qonning solishtirma og'irligi, qonning yopishqoqligi va ECHT kiradi. Mutloq barqaror konstantalar hatto oz miqdorda oʻzgarganda ham hayotiy jarayonlarga katta zarar etkazadi. Bu konstantalarga qon plazmasi ion tarkibi, H+, osmotik bosim, plazmadagi oqsillar, O2 va SO2 ning parsial bosimi, glyukoza miqdori v.b. kiradi. Gomeostazning tub zaminida statik jarayonlar emas, balki dinamik jarayonlar yotadi, chunki muhit doimiyligi muntazam buzilib turadi va muntazam qayta tiklanib turiladi. Shuning uchun ichki muhit doimiyligini saqlashga qaratilgan barcha jarayonlarning butun kompleksini gomeokinez deyish toʻgʻriroq boʻladidi. Gomeostazni moslashtiruvchi, taʼminlovchi mexanizmlarning murakkab tizimida nerv va endokrin tizimlar hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi Qon tizimi toʻgʻrisidagi tushunchani 1939 — yilda rus olimi G.F.Lang yaratdi[8]. Bu tizim 4 qismdan iborat: Qon ishlovchi aʼzolar (qizil koʻmik, limfa tugunlari, timus va taloq); Tomirlarda oqib turuvchi periferik qon Qonni yemiruvchi aʼzolar (jigar, taloq, qizil suyak koʻmigi); Markaziy boshqaruvchi neyrogumoral apparat. Download 98.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling