MARKAZIY BANK 2023 YILDA 8,5–9,5 FOIZ INFLATSIYANI PROGNOZ QILYAPTI
Markaziy bank boshqaruvi 26 yanvar kuni yillik asosiy stavkani o‘zgarishsiz
qoldirish yuzasidan qaror qabul
qildi
.
Makroiqtisodiy rivojlanish prognozlariga ko‘ra, I chorakda YaIM o‘sishining
ma’lum darajada sekinlashishi bo‘yicha ehtimol yuqori va
2023 yil yakunida
iqtisodiyotning 4,5–5 foizga o‘sishi va yillik inflatsiya 8,5–9,5 foiz doirasida
shakllanishi prognoz
qilinmoqda
.
Markaziy bank reliziga ko‘ra, bazaviy inflatsiyaning o‘suvchi dinamikasi va
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar
darajasi, ikkinchi tomondan, tashqi
iqtisodiy sharoitlar va taklif omillaridagi xatarlar pul-kredit siyosati ta’sir
doirasini qisqartirishi mumkin.
O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov
tizimlarining bankomatlarini integratsiya qilish
ishlari 2023 yil may oyigacha yakunlanishi
mumkin.
Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan
matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri savoliga
javoban Markaziy bank
raisi Mamarizo
Nurmurodov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Uzcard va Humo tizimlari
integratsiyasi 2021 yilda boshlangan edi.
Tomonlar birining kartasi ikkinchisining
terminalida ham ishlashiga kelishib olgandi.
2022 yilda Uzcard ham kontaksiz to‘lov
funksiyasiga ega kartalar chiqarishni yo‘lga
qo‘ydi.