Markaziy bank va uning funksiyalari reja: 1
Download 1.11 Mb.
|
pul va banklar 2
Pul va banklar fanidan joriy nazoratdan taqdimot bajardi:mirzayeva f. tekshirdi:ibragimova s. 3-mavzu:. Markaziy bank va uning funksiyalari reja: 1.Markaziy banklarning paydo bo‘lishi 2.Markaziy bankning funksiyalari 3.Markaziy bankning aktivlari va passivlari. Markaziy banklarning paydo bo‘lishi Dunyodagi birinchi Markaziy bank bo‘lib, Shvesiyaning Riskbanki hisoblanadi. U 1668 yilda tashkil etilgan. Ammo, dunyoda birinchi bo‘lib, banknotani emissiya qilgan Markaziy bank bo‘lib, Angliyaning Markaziy banki hisoblanadi. U 1694 yilda tashkil etilgan. Dunyoda faqat 3 ta davlatda Markaziy bank yo‘q. Bular – Saudiya Arabistoni, Singapur, Lixtenshteyn XIX asrga qadar ko‘plab tijorat banklari pul emissiya qilish huquqiga ega bo‘lishgan. Ular oltin va kumush tangalarga almashtiriladigan veksellarni muomalaga chiqarganlar. Asta-sekin Hukumatlar yirik va ishonchli tijorat banklariga naqd pulni emissiya qilish huquqini berganlar. Ammo, ushbu banklarning ko‘pchiligi naqd pul ta'minoti bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarini bajara olmaganlar. Natijada, Hukumatlar naqd pul emissiyasini markazlashtirishga majbur bo‘lishdi. Bu Markaziy banklarni paydo bo‘lishiga olib kelgan asosiy sabab hisoblanadi. Shvesiyada dunyoda birinchi Markaziy bankning paydo bo‘lishida 1654 yilda tashkil etilgan Stokgol'm banki muhim rol' o‘ynagan. Stokgol'm banki gollandiyalik savdogar Yoxan Palmstrux tomonidan tashkil etilgan. 1655 yilda Shvesiya qiroli Karl X Pol'shaga qarshi urush boshladi. Urush paytida Qirolning qaynisi Riga general-gubernatori M. Delagardining obro‘si oshib ketdi. Bu vaqtda Palmstrux Delagardining moliyaviy maslahatchisi edi. Palmstrux Delagardidan foydalanib Karl X dan 2 ta bank ochishga ruxsat oldi: Ayirboshlash banki va Kredit banki. Ayirboshlash banki savdoni qo‘llab-quvvatlash va Shvesiya mis tangalarining qadrini saqlab turish maqsadida tuzildi. Palmstrux bankning direktori etib tayinlandi. 1657 yil 29 iyulda Stokgol'm banki davlat bankiga aylandi. Palmstrux qirollikning eng obro‘li kishilarini bankning ta'sischilariga aylantirdi. Masalan, Riks-kasler, Lord-kaznachey, Appelyasion sud boshlig‘i va boshq. Bu vaqtda Shvesiyada muomalada oltin, kumush va mis tangalar mavjud edi. Shvesiyada oltin va kumush zaxirasi kam bo‘lganligi va mis zaxirasi katta bo‘lganligi uchun oltin va kumush tangalar taqchil edi. Bu esa, mis tangalarning qadrini tushishiga olib keldi. Stokgol'm banki oltin, kumush va mis tangalarni qabul qilar va uning o‘rniga bank tilxati berar edi. Tilxat qirollikning barcha hududida to‘lov vositasi sifatida cheklanmagan miqdorda qabul qilinar edi. Tilxat bankka olib kelinganda bank uni egasiga pullarini qaytarib berar edi. Stokgolm bankining tilxatlari savdoni rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Chunki, mis pullar juda og‘ir edi. Masalan, 10 dalerlik mis pulning og‘irligi 20 kg kelar edi, kattaligi 30 x 70 sm edi. 1660 yilda Karl X o‘ldi. Shahzoda Karl XI yosh bo‘lganligi sababli hokimiyat Delagardining qo‘liga o‘tdi. 1661 yilda Stokgol'm banki kredit dalerlarini muomalaga chiqardi. Kredit daleri bankda deponent qilingan ma'lum miqdordagi tangalarga yozilgan foizsiz qarz majburiyatlari edi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling