Markaziy bank va uning funktsiyalari. Reja: Markaziy bank nima. Tartibga solish funksiyasi. O‘zbekiston Markaziy banki


Download 1.02 Mb.
bet5/13
Sana14.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1701675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
pul va banklar

Tijorat banklari daromadlari:

Kredit turlari.

1. Kredit tarixi

2. Istemol krediti turi 

3. Xalqaro kredit


Kredit tarixi umr davomida bir marta bo‘lsa ham banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari va maishiy texnika, mebel va shu kabi do‘konlarning kredit xizmatlaridan foydalangan har qanday insonda mavjud.
Kredit tarixi – bu Sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumot, ya’ni bu Sizning qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizomingiz aksidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Kredit ma’lumotlari almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, quyidagilarni aks ettiradi:
  • qarzdor to‘g‘risida;
  • joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldig‘i to‘g‘risida;
  • muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘g‘risida;
  • joriy va yopilgan kreditga qo‘yilgan garov mulki va mulk egasi to‘g‘risida;
  • sud jarayonidagi kreditlar to‘g‘risida;
  • kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot to‘g‘risida.

Shu bilan bir qatorda, kredit tarixi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzdor to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari lizing oluvchi, kafil, kafolatchi, garovga qo‘yuvchi hamda kredit bitimi bo‘yicha sug‘urtalovchi sifatida qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘zida jamlaydi.
Istemol krediti turi banklar beradigan kreditlar ichida eng daromadli va eng xatarlisi hisoblanadi. Istemol kreditining eng xatarli deyilishiga sabab shundaki, bu kreditni olgan shaxs yoki oilalarning moliyaviy ahvoli kasallik yoki ishsizlik tufayli yomonlashishi mumkin, bu o’z navbatida, kreditning qaytarilishini kechiktirishi yoki umuman qaytmaslik xatarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun istemol kreditini boshqarishda banklar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari lozim.
Hozirgi paytda istemol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin.]
Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar sotib olish uchun, yani uylar bilan taminlangan kreditlar yoki boshqa maqsadlar uchun, yani avtomobil, yirik elektr xo’jalik mollari sotib olish uchun olinadigan kreditlar hamda uy-joydan tashqari boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar.
Boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar qaytarilishiga
ko’ra ikki xil bo’ladi: malum bir muddat ichida qaytariladigan va bir yo’la qaytariladigan kreditlar. Jahon bank amaliyotida «Uy-joylarni garovga qo’yish hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun beriladi. Yakka yoki ko’p oilalarga mo’ljallangan uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va bu kreditlar ushbu uy bilan taminlangan bo’ladi. Bunday kreditlarga mutlaq foiz stavkalari yoki «suzib yuruvchi», boshqacha aytganda, o’zgaruvchan foiz stavkasi o’rnatiladi.
Mutlaq foiz stavkasi o’zgarishi orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o’zgaradi. Majburiyatni qoplash uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haki (komissiyasi) oldindan olinadi va shu yo’d bilan qarzdorga kerakli vaqtda. kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni nafaqat banklardan, balki bank xolding kompaniyasiga tegishli sho’ba korxonalardan ham olish mumkin.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrning eng dolzarb muammosi bo’ldi va uning tasiri butun jahon iqtisodiyotini larzaga soldi.
Ushbu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishining asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik etirof etilmoqda. Ipoteka bozoridagi tanglikning sababi esa ipoteka kreditlarining o’z vaqtida qaytmaganligi, yani ipoteka kreditlarining muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir.
Ipoteka kreditlari bilan bog’liq muammolarning kelib chiqishiga esa AQSh FZT tomonidan qo’llangan ekspansion pul-kredit siyosati va ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo’ldi.
AQSh FZT qayta moliyalash stavkasi 2006 yildagi 5-6 foizdan 2008 yilda 1 foizgacha tushirildi. Pul bozorida pulning bahosi arzonlashdi. Bundan tashqari, ipoteka kreditlarining banklar tomonidan berilishi osonlashdi. AQSh fuqarosi hech kanday muammosiz uyning garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Ipoteka inqirozi bank aktivlarining qadrsizlanishi, o’z navbatida, banklarning to’lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab bo’ldi.
Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar malum bir muddat ichida to’lanishi yoki bir yo’la to’lanishi mumkin.
Malum bir muddat ichida to’lanadigan kreditlar qisqa va o’rta muddatli kreditlar bo’lib, bunda kredit mikdori ikki yoki uch qismga bo’linib to’lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday kreditlar asosan harakat vositalari, mebel, yirik elektrxo’jalik mollari sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlarga asosan mutlaq foiz stavkasi o’rnatilsa ham, keyingi paytlarda «suzib yuruvchi» foiz stavkasini o’rnatish amaliyotda ko’p qo’llanilmokda.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling