Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari
Download 1.25 Mb.
|
1-10 javoblar pul va bank
V)Kafolat (fuqarolik huquqida) — 1) mulkiy majburiyatni bajarish, chunonchi qarzni toʻlash usullaridan biri. K. beruvchi oʻzga shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olish haqida kreditor bilan yozma shartnoma tuzadi va qarzdor bilan teng javob beradi. U oʻz majburiyatini bajarish uchun qilgan sarflari va koʻrgan zararini qarzdordan undirib olishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 292— 298-moddalar); 2) K. — biror shaxsning murojaatiga koʻra, uning kreditori talab qilgan maʼlum miqdordagi pulni toʻlash haqida bank va b. kredit muassasasi yoki sugʻurta tashkiloti bergan yozma majburiyat
S) Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan. D) Depozit (lot. depositum — omonat, asrab qoʻyilgan) — 1) bankka qoʻyilgan omonatlar. Bunday D.larning muddatli (muayyan muddatdan soʻng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor. Kredit muassasasi omonatchiga D.ni olish huquqini beruvchi hamda mazkur pul mablagʻining bankka deponent qilinganini tasdiqlovchi yozma guvohnoma — Dipozit. sertifikati beradi; 2) bank daftaridagi mijozlarning bankka boʻlgan muayyan talablarini ifodalovchi yoki tasdiklovchi yozuvlar; 3) kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar) va pul vositalari; 4) turli muassasalarga talab qilinadigan toʻlovlarni taʼminlash uchun oldindan oʻtkaziladigan badallar. 5-variant 1. Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzilishi. O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi bo’lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Ba’zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o’xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o’z faoliyatini o’z daromadini ko’paytirishga va shu asosda birinchidan o’z asoschilari - aktsionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o’z mijozlarning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan iborat. Tijorat banklarini, bizning fikrimizcha shunchaki korxona emas, maxsus korxona deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o’z aktsionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi. Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus banklarga bo’linadi. Universal banklar xilma -xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlarni amalga oshirish xususiyatiga ega bo’ladi. Maxsus banklar ma’lum yo’nalishlarga xizmat ko’rsatib, o’z faoliyatini shu yo’nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi banklar, eksport- import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar kirishi mumkin. Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo’linishi mumkin. 2. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari. 3 variant 2 savolda takrorlangan 3. Islom taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling