Markaziy bankning mustaqilligi
Journal of Advanced Research and Stability
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz/ 761 “Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century” Special Issue | 2022 * Tabellini GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me’zon bo'yicha baholanadi: 1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi. 2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi. 3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi. 4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi. 5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo'q. 6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan ma'qullanish zaruriyatining yo'qligi. 7. Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishi kerak. 8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining mavjudligi. GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 7 ta me’zon bo'yicha baholanadi: 1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi. 2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi. 3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma'lum muddatga beriladi. 4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi. 5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi. 6. Markaziy bank o'zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan kelishmasdan, o'rnatadi. 7. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o‘rin tutadi. Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so‘nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko‘rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me’zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko‘rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi. A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM) * A1. Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalarni o‘rnatishdagi mustaqilligi. * A2. Vazifalar va ko‘rsatgichlarni belgilash mustaqilligi * A3. Markaziy bank qo‘llaydigan instrumentlar mustaqilligi darajasi * A4. Umumiy siyosat yuritishdagi munozaralar(konfliktlar) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling