Markaziy bankning yuridik shaxs sifatidagi maqomi va funktsiyalari. Reja


Yaponiya Markaziy bankining boshqaruv organlari va ularning vakolatlari


Download 75.55 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi75.55 Kb.
#1837148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Markaziy bankning yuridik shaxs sifatidagi maqomi va funktsiyala-fayllar.org

6.Yaponiya Markaziy bankining boshqaruv organlari va ularning vakolatlari.


«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (11.11.2019 yildagi OʻRQ-582-son Qonunga qarang).
Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga ta’sir qilish meхanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga ma’muriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.
Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari qayd etilgan edi: narхlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash. Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. MBga koʻproq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat mutasaddilik qiladigan organlar roʻyхatidan chiqarildi.
Markaziy bank toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi, «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi va «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunlar toʻplamida qabul qilindi hamda ular bilan kompleksda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, хususan, MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va toʻlovlar sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan koʻriladigan choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda toʻlovlarni amalga oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi boblar bir-biriga mazmun jihatdan yaqin. Sanab oʻtilgan hujjatlar kabi MB toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ham batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda regulyatorning kredit tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari va ularning хizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan. Bir qator normalar MB хodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq toʻlanadigan faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullanishi, bankning boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, хizmatga doir ma’lumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank хizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida boʻladigan sub’yektlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar. MB хodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular oʻz lavozim majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar boʻladilar. Markaziy bank хodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan boʻlsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish хarajatlarini oʻz zimmasiga oladi. 2017 yilning 7 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat edi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyatda sodir bo‘lgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha sohada jadal sur’atlarda yuksalishni yuzaga keltirdi. Bu dunyo hamjamiyatining ham yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha Davlat dasturlari qabul qilingan holda amalga oshirilib kelindi.
Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish haqida so‘z borganda, muhim siyosiy jarayon – Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan parlamentga Murojaatnoma yo‘llash instituti joriy etilganini alohida qayd etish lozim. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi isloh qilinib, ularning faoliyatida samaradorlikni oshirish, davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, davlat organlarida sohaga oid bo‘lmagan vazifalarni qisqartirish, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng tatbiq qilish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
Ta’kidlash joizki, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishning yangi, demokratik shakllarini joriy etish, qonun loyihalarini keng jamoatchilik vakillari va ekspertlar doirasida muhokamalardan o‘tkazish, shuningdek, qonun loyihalarining xalqaro shartnoma va reytinglarga mosligini o‘rganishga ustuvor ahamiyat berildi.Shuningdek, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunga asosan, o‘tgan davrda deputatlarning joylarda o‘tkazgan o‘rganishlari, saylov okruglarida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari davomida fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolar yuzasidan davlat organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan 2017–2021 yillarda jami 1 630 ta deputat so‘rovi yuborildi. Undan tashqari, 2018–2021 yillar davomida Qonunchilik palatasi majlislarida Hukumat vaa xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida hamda o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan jami 76 marotaba axboroti eshitildi.
So‘nggi yillarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish institutidan foydalanish natijadorligi ham sezilarli ravishda oshdi. Bunda parlament nazorati ob’ektlari doirasi kengaytirilib, xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati ham qamrab olindi. 1991–2016 yillarda Qonunchilik palatasi 6 ta so‘rov, 2004–2016 yillar mobaynida Oliy Majlis Senati tomonidan 7 ta so‘rov yuborilgan. 2017–2021 yillar davomida esa, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar, joylarda aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar hamda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis senatida bu ko‘rsatkich 35 tani tashkil qilib, so‘rovlar soni 5 barobarga, Qonunchilik palatasi so‘rovlari soni 56 tani tashkil qilib, deyarli 8 barobarga ortdi.Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda joylardagi tizimli muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida quyi palata majlislarida hukumat a’zolarining deputatlar savollariga javoblarini eshitish – «hukumat soati» instituti joriy qilindi. Xususan, 2018–2021 yillarda 30 marotaba «hukumat soati» o‘tkazilib, ularda hukumatning 41 nafar a’zosi deputatlar savollariga javob berdi. Eng muhimi, 2021 yildan boshlab o‘tkazilgan «hukumat soati» tadbirlari Qonunchilik palatasining «Youtube» hamda «Facebook»dagi rasmiy sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.
Shu o‘rinda, 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini ta’kidlab o‘tish joiz. 2017–2021 yillarda Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5 mln. 780 mingdan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi, shundan 3 mln. 288 mingdan ortig‘i qanoatlantirildi. Murojaatlarning to‘liq, o‘z vaqtida va qonuniy o‘rganib chiqilishi natijasida ularni qanoatlantirish darajasi ham yil sayin oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 47,5 foiz, 2018 yilda – 53,9, 2019 yilda – 60,9, 2020 yilda 60,4 foiz bo‘lsa, 2021 yilda 86,7 foizni tashkil etdi.
Bugun, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘nalishidagi tub o‘zgarishlar xalqimiz hayotida o‘z aksini topmoqda.

Download 75.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling