Markaziy Osiyo davlatlari uzoq vaqt davomida Sobiq Ittifoq ta`siri ostida bo`lib keldi. 1922-yilda tuzilgan sssr 1991-yilning 8-dekabrida amalda tugatildi


Download 21.58 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1239765
Bog'liq
asosiy qism 1


2.1 Markaziy Osiyo davlatlari uzoq vaqt davomida Sobiq Ittifoq ta`siri ostida bo`lib keldi. 1922-yilda tuzilgan SSSR 1991-yilning 8-dekabrida amalda tugatildi. O’tgan shuncha vaqt davomida Markaziy Osiyoning besh respublikasi har tomonlama Moskva ta`siri ostida bo`lib kelgan. Shunday ekan siyosiy qaramlik bilan birgalikda ta`lim tizmi ham markazdan belgilab berilgan rejaga muvofiq amalga oshirilib kelingan. 1991-yilda mintaqaning besh davlati birin-ketin mustaqillikka erisha boshladi. Siyosiy jihatdan mustaqil bo`lgan bu davlatlar oldida juda ko`p muammolar ko`ndalang bo`lib turar edi. Davlat rahbarlari birinchilardan bo`lib boshqa sohalar kabi ta`lim sohasining ham zamon ruhiga mos, milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda qaytadan isloh qilishga o`z e`tiborlarini qaratdi. Shunday zaziyatli bir pallada O‘zbekiston hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida bo‘lmagan. Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 11 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Bu borada birinchi prezidentimiz aytganidek “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab o’tgan Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashni shakillantirish maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor qaratganlar. Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi burinchi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan,



5

mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritldi. Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish hisoblanadi.
DTM tomonidan tuziladigan test savollari haqida so‘z borganda, dastlab, 1992-yilda ular ikki variantli ko‘rinishda bo‘lib, cheklangan fanlardan 50 tadan savollarni o‘z ichiga olgan edi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib bordi. Jumladan 1995-yilga kelib, testlar 3 variantlilik asnosida 36 ta savoldan tashkil topgan bo‘lib, gumanitar, aniq va chet tillarini o‘z ichiga olgan edi. Shunga qaramay, kam miqdordagi test variantlarda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiq moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi. Shu maqsadda 1996-yildan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga kirish sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxasisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash(tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘p variantli tizimi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga solinganligidan dalolat beradi. Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalari yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyolash milliy dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan.
6
Uning ustuvor vazifalariga, milliy va xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi. Eng samarali investitsiya — bu ta’limga qilingan investitsiyadir. Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yetuk malakali kadrlar belgilab beradi. Ta’lim tizimini takomillashtirish — ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko‘tarishdir. So‘ngi yillarda ta’limga ajratilayotgan mablag‘ mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2021 yil holatiga ko’ra (YIM) 10–12 foizini tashkil etib, davlat byudjetining 35 foizidan ko‘proq qismini tashkil qilmoqda. Ta’limning barcha bosqichlarida Davlat dasturlari amalga oshirilib, yoshlarga puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim tizimi yaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida ta’lim sohasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida uning milliy g‘oyaga yo‘naltirilgani, ta’limning uzluksizligi, umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi, o‘rta maxsus, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olishda tanlash erkinligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim siyosatining asosiy tamoyillari Yurtboshimiz tamonidan 11 yillik bepul ta’lim tizimi joriy etilganligi, barcha bepul bilim olishi, 9 yillik majburiy umumiy ta’lim 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida bo‘lib, uni tamomlagan yoshlar qiziqishlari bo‘yicha istagan o‘rta maxsus ta’lim muassasasisini tanlashlari va o‘qishlarini keyingi bosqichda davom ettirishlari mumkin. Iqtidorli yoshlar uchun umumiy ta’limdan so‘ng keyingi bosqich o‘qishlarini akademik litseylarda davom ettirishlari, bu esa yanada chuqurroq, keng ko‘lamda tahsil olishlariga imkoniyat yaratib beradi. Mamlakatimizda bugungi kunda 10520 dan ortiq umum ta’lim mussasasi maktablari hamda
7

149 ta akademik litsey, 194 ta kasb-hunar kolleji mavjud bo‘lib, yoshlarning sifatli ta’lim olishlarida xizmat qilmoqdalar. Ularning moddiy-texnik bazasi jahon standartlariga to‘la mos kelishi, umumiy fanlar bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar hajmini egallash, ayni damda ular uchun juda ham katta qulayliklar yaratilib berilmoqda bu esa zamonaviy texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini ham beradi. Shu bilan bir qatorda, yoshlarning kasbga bo‘lgan ehtiyojini jamiyat va iqtisodiyotning manfaatlariga moslashtirishning eng muhim mexanizmi bo‘lgan bakalavriatning milliy ta’lim tizimimiz va modelimizga kirib kelishi mazkur sohadagi islohotlar orasida alohida o‘rin tutadi. Malakali kadrlarni tayyorlash va ularni yetuk mutaxassis kadr qilib tayyorlashda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni beqiyosdir. 2012 yil da oliy ta’lim muassasalarini soni 64 ta bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021 yil 24 yanvar kunga 152 ta yetdi. Bugungi kunga kelib bu jarayon tezlik bilan oshib bormoqda. Unda taqsil oladigan yoshlar soni esa ming kishini tashkil etadi. Yurtimizda aholining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni ularning 72 foizi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, litsey, kollej va universitetlarda taqsil olmoqdalar. Bu esa ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi. Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasi kun sayin rivojlanib bormoqda. Kechagi ilg‘or texnologiyalarni ham bugungi kunda fan tan olmaydigan darajada shahdam qadamalar bilan olg‘a bormoqda. Bu borada jahon tan olgan ta’lim maskanlarining o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari ham ana shunday xorijiy universitetlarda ta’lim olayotgani ko‘zni quvontiradi. Ular egallgan bilimlar yurtning ravnaqi, kelajak poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikga erishgan so‘ng, ta’lim sohasini isloh qilish, yangi ta’lim maskanlarini barpo etish, xususan, xorijiy davalatlar universitetlarining filliallari yurtimizda ochilishi, bu borada qilingan ishlarning yorqin namunasi bo‘ldi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmagan bo‘ladi. Bu oliy o‘quv yurtlarida, iqtidorli, salohiyatli, Yurtboshimiz aytganidek kuchli, aqlli, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlar tahsil olmoqda.




8


Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling