To’rtinchi vazir
- saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo`lib,
- u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo`lib borgan;
- Vazirlar Devonbegiga bo`ysungan.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Amir Temur
(1336-1405)
"Amr qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg`ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kitob tayinlansin".
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Sohibqiron davridagi yerga egalikning beshta asosiy ko`rinishi:
1. Suyurg`ol yerlar
2. Tarxon yerlar.
3. Ushr yerlar
4. Vaqf yerlar
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog` ko`kartirsa yohud birorta xarob bo`lib yotgan joyni obod qilsa:
birinchi yili undan hech narsa olmaganlar;
ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bilan berganini olgan;
uchinchi yili soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig`ilgan.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari "Temur tuzuklari"da to`la bayon etilgan.
Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig`idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo`shni 27 yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan.
Ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |