Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar - Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo`lga kiritildi.
Amir Temur
(1336-1405)
Amir Temur davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o`ziga xos maktab yaratgan.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo`lgan.
Devon davlatning butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo`llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish to`ppa-to`g`ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan.
Birinchi vazir
- yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish;
- mirshablik yumushlarini boshqarish;
- mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilish;
- raiyat ahvolini kuzatish;
- viloyatlardan olingan hosil, soliq, o`lponlarni taqsimlash
Ikkinchi vazir
- sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om) larni boshqargan.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan.
Uchinchi vazir
- egasiz qolgan, o`lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdo-garlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to`plangan daromad-larni omonat tarzida saqlagan;
- g`oyib bo`lganlar va vafot etganlarning mol-mulkini o`z meros-xo`rlariga topshirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |