Markaziy osiyo etnologiyasining dolzarb muammolari


Download 0.98 Mb.
bet1/3
Sana03.05.2020
Hajmi0.98 Mb.
#103014
  1   2   3
Bog'liq
majmua Etnologiya



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Jahon tarixi kafedrasi
Tasdiqlayman”

O’quv ishlar prorektori

______ prof. Yu.Eshqobilov

___ ________2019 yil




MARKAZIY OSIYO ETNOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI



FANIDAN

O`QUV-USLUBIY MAJMUA

QARSHI – 2019

Ushbu fanning majmuasi Qarshi Davlat universiteti 2019 yil “29” 08 dagi o’quv uslubiy Kengashining 1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “MARKAZIY OSIYO ETNOLOGIASI” fanining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.



Tuzuvchi: prof. O.Bo’riyev

Taqrizchilar: Tarix fanlari nomzodi F. Rahmonov

Katta oqituvchi M. Usmonov

Fanning ishchi o'quv dasturi Jahon tarixi kafedrasining 2019 yil ____ avgustdagi yig'ilishida ko'rib chiqilgan va № 1 sonli bayonnoma bilan tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: t.f.d. G.Mo’minova

Fanning ishchi o'quv dasturi Ijtimoiy fanlar fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan 2019 yil ___ __________ dagi _____ sonli yig‘ilishida ko'rib chiqilgan va tavsiya etilgan.



UK raisi: t.f.n. N.Rajabova

Fanning ishchi o'quv dasturi Ijtimoiy fanlar fakulteti Ilmiy kengashining 2019 yil _______________ dagi № 1 sonli yig'ilishida tasdiqlangan.



Fakul’tet dekani: prof. B.Eshov
Kelishildi”

O‘quv uslubiy

boshqarma boshlig’i: dots. M.Fayzullayev

МUNDARIJA
1.O‘quv materiallar ............................................................................................... 4
2. Amaliy mashg‘ulotlari.

2.1. Seminar tayyorlash ishlanmasi........................................................................179


3. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari.

3.1. Mustaqil ish tayyorlash ishlanmasi......................................................................202

3.2. Referat mavzulari..........................................................................................203
4. Glossariy...............................................................................................................204

5. Ilovalar.

5.1. Fan dasturi...................................................................................................210

5.2. Fanning ishchi dasturi..................................................................................234

5.3. Testlar...........................................................................................................253



1- mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasiga oid eng muhim manbalar va adabiyotlar.
Reja:

1. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasini o’rganishning maqsad va vazifalari.

2. Markaziy Osiyoning geografik joylashuvi va aholisi.

3. Mintaqa aholisining etnologiyasiga doir eng muhim manbalar va adabiyotlar.


Tayanch tushunchalar:

Fanning predmeti va dolzarb muammolari, moddiy va yozma manbalar, davlatchilik, holislik, ilmiylik, diolektik uslub, jahon tarixi bilan bog’liqligi, insonparvarlik, qadimgi davr, o’rta asrlar davri va yangi davr, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», komil inson tushunchasi, O`zbekiston tarixini yangicha tamoyillar asosida o`rganish.


Markaziy Osiyo xududiga xozirgi O’zbekiston (tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi), Tojikiston (tarkibida Togli - Badaxshon muxtor viloyati), Turkmaniston, Qozog’iston va Qirg’iziston respublikalari kiradi. Shuningdek mazkur mintaqaga Xitoyning shimoliy qismi, Mongoliya, Rossiya Fedyeratsiyasining Janubiy Sibir xududlarida yashovchi buryatlar, oltoylar, tuvalar, xanaslar, shorlar, va boshqa ajdodlarimiz yashagan hududlarni ham qo’shish mumkin.

Bepoyon qumlik, saxro va vodiylar, sovuq iqlimli tog’li va past vodiylarga ega. Markaziy Osiyo maxsus etnografik mintaqa xisoblanadi. Bu xududda qadimgi davrlardan Ural-oltoy til oilasiga mansub mo’gullar va turkiy xalqlar (Shinjon axolisi), xitoy, tibet tillaridagi tibetliklar va dunganlar yashashadi. Antropologik jixatdan Markaziy Osiyo xalqlari mongoloid irqining ayrim shaxobchalariga oiddir.

Mazkur xududda buddizm va uning maxzablari, mazkur din bilan chatishgan maxalliy diniy e’tiqodlar, turkiy xalqlarda esa islom dini va qadimgi diniy e’tiqodlar (shamanizm, animizm va x.k.) saqlanib qolgan.

Markaziy Osiyo xalqlari yashagan xududlar turli tarixiy davrlarda har xil nomlar bilan atalgan. Markaziy Osiyoga nafaqat xozirgi O’rta osiyo va Qozogiston, Shimoliy Xitoy, Janubiy Sibir xududlari, balki Eronning shimoli - sharqiy va Afg’onistonning shimoliy xududlari ham kirgan. Bu mintaqa xududi Volga daryosi va Kaspiy dengizi soxillaridan g'arbiy Sibirgacha, sharqda esa Xitoygacha cho’zilgan1.

Mazkur tarixiy - etnografik mintaqada qadimdan yuksak madaniyat yaratgan xalqlar murakkab tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tishgan, ko’p asrlar mobaynida bir-birlari bilan har tomonlama yaqin munosabatda bo’lishib yuksak madaniyat yaratishgan.

Miloddan avvalgi VI asrda bu xududlarda Eron podsholigi, IV asrda esa Makedoniyalik Iskandar podsholigi xukm surgan. Miloddan avvalgi asrlarda bu xududlar Xorazm va Kang’ davlatlari, keyinchalik Kushon podsholigi (miloddan avvalgi IV asr oxiri - III asr boshlari), Eftaliylar davlati (V - VI asrlar), Turk xoqonligi (VI - VII asrlar), Arab xalifaligi (VIII asr) tarkibida bo’lgan.

X-XI asrlarda Movarounnaxrda Somoniylar (819-1005), Saljuqiylar (XI asr), G’aznaviylar (X- XII asrlar) davlatlari paydo bo’lgan. Birmuncha vaqt bu xududlar Qoraxoniylar (XI - XII asrlar) xukmronligiga ham o’tgan. XII asr oxiri - XIII asr boshlaridan mintaqa Xorazm podsholigi (995-1200) qo’l ostida bo’lgan. XIII asr ikkinchi o’n yilligi oxiridan bu xududlarni mo’g’ul istilochilari bosib oladi. XIV asr 70-yillarida Sohibqiron Amir Temur davlati qaror topadi. XV asr oxiri - XIV asr boshlaridan bu yerlar Shayboniylar, so’ngra Ashtarxoniylar davlatlariga qaram bo’lgan. Pirovardida keyinchalik esa uchta xonlik: Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari tashkil topadi. XIX asr ikkinchi yarmida esa Turkiston Rossiya impyeriyasi mustamlakasiga aylanadi. Tez orada Qo’qon xonligi tugatiladi (1876). O’lka Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylantirildi. Xullas, Markaziy Osiyo xududlari qariyb 26 asr mobaynida o’zga davlatlar qaramog’i va zulmi ostida bo’lgan. Yozma manbalarga ko’ra XVI asr oxiri - XVII asr boshlaridan to 1924 yilgacha bu yerlar Turkiston deb atalib kelingan2.

Markaziy Osiyoning geografik sharoiti turli-tuman bo’lib, uning ko’pchilik qismi dashtlar va jazirama issiq iqlimli saxro, janubi - sharqiy va janubiy tomondan Pomir, Tyan - Shan va Kopetdog tog tizmalari o’rab olgan Togli tumanlari, ayniqsa, voxalari yumshoq iqlimli tabiatga ega, o’simlik dunyosi juda boy bo’lib, qadimgi davrlardan odamlar yashashi uchun juda qulay joy xisoblanadi.

Iqlimi va tabiatiga Kaspiy va Orol dengizlari ta’sir qiladi. Amudaryo va Sirdaryo Pomir toglaridan boshlanib Orol dengiziga qo’yilgan, boshka katta - kichik daryolar va soylar ham mavjud. Voxalarda eng qadimgi davrlardan boshlab sug’orma dexqonchilik paydo bo’lgan, bog’lar yaratilgan. Tog xududlari va saxrolari ham xayvonot va o’simlik dunyosiga boyligi bilan ajralib turadi.

Mazkur mintaqa qariyb jami 4 mln. km2 maydonni egallaydi, axolisi 60 mln. dan ziyod kishi yashaydi. Qozog‘iston maydoni 2724,9 ming km2. Turkmaniston (488,1 ming km2) turadi. Shuningdek, Qirg’izistonning maydoni - 198,5 ming km2. Tojikistonniki esa - 143,1 ming km2. Qozog’istonda 17 mln. dan ziyod, Qirg’izistonda 5 mln. dan ziyod. Tojikistonda 6 mln. dan ziyod, O’zbekistonda 27 mln., Turkmanistonda esa 4 mln. dan ziyod kishi yashaydi. Tub xalqlardan tashkari xorijdan kuchib kelgan axoli ham istikomat kiladi. Mazkur barcha respublikalarda ruslar, ukrainlar,beloruslar, koreyslar, yaxudiylar va boshka xalqlar ham yashashadi.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdan milodning birinchi ming yili urtalarigacha bo’lgan davr mobaynida Markaziy Osiyo xududlarida Eron tillari keng tarkaladi. Milodning VI - VII asrlaridan e’tiboran Markaziy Osiyo sharqiy Eron tillari fors va turkiy tillar tomonidan siqib chiqarilgan. Shuningdek, V - VI asrlardayoq Xurosondan parfiya tili, Toharistondan baqtr tili ham siqib chiqariladi va Amudaryoning shimoliy tumanlariga fors - tojik tili tarqala boshlaydi. Turkiy tillarda so’zlashadigan qabilalar garchi Markaziy Osiyo yerlariga ancha oldindan kirib kela boshlagan bo’lsa ham ayniqsa, Turk xoqonligi xukmronligi davrida (VI asrdan) turkiy qabilalar asosiy rol o’ynaydi. Qoraxoniylar va Saljuqiylar davlatlari tashkil topganidan keyin kuchmanchi chorvador turkiy qabilalarning ko’pchiligi sekin — asta o’troq xayot kechirishga o’tib, maxalliy axoli bilan aralashib keta boshlaydi. Ettisuv, Farg’ona, Shosh, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylaridagi xalqlar orasida turkiy tillarda ip yigirish uchun urchiq, sharik ishlatilgan. Jun gazlama va sholcha, gilam tukish uchun urmak deb atalgan, oddiy bir moslama dastgoxdan foydalangan. Kenagas va mangit ayollari nixoyatda yaxshi tukuvchi bo’lgan.

Yukni qoraqalpoqlar ko’pdan buyon qayiq va aravada tashiganlar. Aravaga odatda xo’kiz qo’shilgan. Ikki xil arava yasashgan: tat arava va telegen arava. Qaysi xayvonga qushilgan qarab ot arava, xo’kiz arava va eshak arava deyilgan. Ish xayvonlaridan ko’proq xo’kiz va eshak ishlatilgan. Ayrim xollarda ot minishgan.



“Insert” metodini o’tkazish bosqichlari
O’qituvchi: - Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi.

Ularga mavzuni qisqacha bayoni tushurilgan tarqatma materiallarni beradi;

Talabalardan matn bilan tanishish jarayonida mahsus belgilar yordamida –“V”- tanish ma‘lumot; - “+”- yangi ma‘lumot “?”- bu ma‘lumot men uchun tushunarsiz;

Belgilangan vaqtdan so’ng belgilar tahlil qilinadi;

Yakuniy xulosa shakllantiriladi.

Talaba: -Matn bilan yaqindan tanishadi va mahsus belgilar orqali o’z bilim, ko’nikma va malakalarini ifodalaydi;

O’z-o’zini baholaydi.

Kutiladigan natija: Talabalar yangi mavzu bilan tanishadilar, pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish mavzusi bo’yicha lozim bo’lgan bilimlarni o’zlashtiradilar.



2-mavzu: Qoraqalpoq xalqi etnologiyasi.
Reja:

1.Qoraqalpoq xalqining etnogenezi va etnik tarixi.

2.Qoraqalpoq xalqining an’anaviy xo’jaligi (chorvachilik, hunarmandchilik va uy-ro’zg’or kasblari).

3. Qoraqalpoq xalqining kiyim-kechaklari, pazandachiligi va transporti


Qoraqalpoqlar yashayotgan joy sharoitlariga va tabiiy, iqlim sharoitlariga qarab uylari har xil qurilgan. Ularning hammasi yerga va har qanday sharoitda mos kelaveradigan, eng yaxshi qurgan uyi o’tovdir. Uni qoraqalpoqlar qora uy deb yuritishadi. Bundan tashkari ko’kra nomi bilan ma’lum bo’lgan loysuvoq uylari ham bo’lgan. Ayrim xollarda yerto’lalarda yashashgan, yirik boylarning katta xovlilari bo’lgan. Bunday xovlilar paxsa bilan qurilib, chor atrofi devor bilan urab chiqilgan.

Qoraqalpoqlarning kupchiligi xozirda ham qishloqlarda chiroyli, baquvvat, qishda issik, yozda salqin, ichi keng, kundalik turmush uchun qulay o’tovlarda yashaydilar. Ayni vaktda chiy, qamish devorli sinch devorli uylar ham qo’rilgan3.

Usti - boshni zarur gazlama, matolarni tukuvchi ustalar etkazib bergan. Bo’z tun tikish uchun ishlatiladigan yo’l – yo’l alacha ayollar ko’ylaklari uchun ishlatiladigan katak - katak shatirash, ingichka tuya junidan movut (shol), ko’p va har xil xalta tikishda foydalanadigan jun gazlama tayyorlangan. Pustin, qalpoq, poyafzalbop teri (asosan qo’y terisi ishlangan). Erkaklarning kiyimi Xorazm yerkaklarnikiga o’xshab ketadi. Erkaklar ko’ylak ishton, dambal kiyadilar. Ishtonning poychalari etik ichiga tikib kelingan. Sovuq kunlarda yupqa ishton ustidan qalin chit yoki jun gazlamadan tikilgan issiq shim (ishton) kiyib yurishgan. Keyinchalik nug’oy yoqali ko’ylak kiyishgan. Qoraqalpoqlarda chopon keng tarqalgan. Har xil chopon tikilgan, qavilgan chopon ham ishlatilgan jun gazlama, movutdan shekpen (chakman) tayyorlangan. Bayram kunlari yaltiroq gazlamadan tikilgan chopon kiyilgan. Chopon ustidan belbog, ba’zan kayis (kamar) boglab yurilgan. Qalin po’stin va qalpoq kiyishni yo’qtirishadi. Qalpoqni qalpoq takiya ham deyishgan. Qalpoq katta va keng qilib tikilgan. Salla o’rashmagan. Din peshvolarigina salla o’rab yurishgan.

Oyoklariga charm poyafzal, maxsi, kalish,etik, qishda jun paypoq kiyishgan.Yoshlar bilan katta yoshdagi yerkaklarning kiyimi deyarli farq qilmagan. Kattalarga sal kengroq, o’zunroq tikilgan.Qoraqalpoq ayollarining kiyimi ham ko’ylak, ishton (lozim) ish kiyim, kamzul, engsiz chopondan iborat bo’lgan. Boshlariga do’ppi kiyishgan, ro’mol urashgan. Yana yopinchiq jegda yopib yurishgan.

Bayram ko’ylaklari Buxorodan olib kelingan ola shoyidan tikilgan. Ko’ylakning tugma tikiladigan ikki tomonida yo’qasidan beligacha, englari, etagiga xilma - xil rangli ipdan chillak shaklida keng kashta tikilgan. Bunday ko’ylaklar xalqali ko’ylak deyiladi. Azador ayollar gulsiz ko’k ko’ylak kiyishgan. Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimlari boshka xalqlarnikidan yaqqol ajralib turadi. Ayniqsa, kimishek va savkali deb ataladigan bosh kiyimlari juda qiziqarlidir.

Qiz yashaydigan xonadonning hammasida albatta kimishek tikilgan. Uni qizning o’zi tikkan va ovulga kuyov kelgan kuni kiygan. Kimishekni kuyov ovulidan kelgan ayollardan biri qizning bo’yniga solib qo’yadi. Chunki kimishekda boshda kiyish uchun maxsus teshigi bor. Kimishekning old tarafi qizil movutdan uch burchak shaklda, orqasi kuyrikshasi Buxoro shoyisidan popukdor qilib har xil rangdagi jun ipdan tukiladi, yonlarida quloqchinlari bor. Old tarafida peshonaga tushib turadigan jiga (pishona) bo’lib, orqasidan o’zun guldor "kokil" osilib turadi. Boshga yana "jegde" deb yuritiladigan chopon yopinib yuradilar. Qoraqalpoq kiyimlarning yana bir o’ziga xos xunarlaridan biri jengsedir. Bunday englar ko’pincha qizil guldor matodan aloxida maxsus tayyorlanadi. So’ngra tun yoki choponga tikiladi.

Qoraqalpoqlarda nonning har xil turi yoyilgan: bugdoy noni (shurek), juxori (zog’ora) non, qotirma non, gulshe (kumesh), ya’ni qo’r non (ko’rda pishirilgan). Qoraqalpoqlar nonni qo’rda, qozonda tandirda pishirishgan. Tandir og’zini yo’qoriga qaratib qo’rishgan. Suyuq ovqatlarning turli xilini tayyorlaydilar; jarma - tuyilgan arpa, bugdoy, juxori donidan pishiriladi: juxori guja, sok oshi (sukni avvalo suvda pishirib olib, so’ngra yog’da qovurishadi). Tansiq taomlaridan sirgurunch, shovla, palovdir.

Sut va sut maxsulotlarini ko’p iste’mol qilishadi: qatiq, sariyog, ayron, kurd, yozda esa chalop tayyorlanadi. Ular qo’y go’shti, qoramol go’shti, parranda go’shtini tanovul qilishadi. Qovurdok, kabob, burek (varakaga o’xshagan), buyrak va yurakdan jarkop tayyorlashadi. Qoraqalpoqlarda qovoqdan turli taomlar tayyorlashadi va qovundan esa qoq qilishadi4.




3-mavzu: Tojik xalqi etnologiyasi.
Reja:

1. Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi.

2. Tojik xalqining xo’jaligi (chorvachilik, dehqonchilik, kiyim-kechaklar va taomlar).

3. Tojik xalqining madaniyati.


Tojikiston Respublikasi xududidan so’ngi paleolit davriga oid ko’plab qurollar topilgan. Bu xududlar Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik Tojikiston xududida Ahamoniylar xukmronligi o’rnatildi. 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Natijada Tojikiston xududining bir kismi Salavkiylar davlati tarkibiga, so’ng xududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik so’g’orish kanallari qurildi, shaharsozlik, xunarmandchilik yuqori darajaga ko’tarildi, ayniqsa, mamlakatlar bilan savdo-sotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo bo’ldi. V-VI asrlarda O’rta Osiyoning sharqiy qismini ko’chmanchi xiyoniy qabilalari, so’ngra eftaliylar egalab oldi. VI asr ikkinchi yarmida Tojikiston xududi Turk xoqonligi tarkibiga qo’shib olindi. VIII asr o’rtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX-X asrlarda Tojikiston xududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, IX-XII asrlarda Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida bo’lgan. Tojikiston xududiga bostirib kirgan Chingizxon qo’shinlari (1219-21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xo’jandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshq.). Mo’gullar istilosi iqtisodiy ijtimoiy va madaniy xayotga jiddiy zarar etkazdi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib, xo’jalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston xududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, XVI asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida bo’ldi. So’ngra Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tib, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Quqon xonligi o’rtasida taqsimlandi5. XIX asrning ikkinchi yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktyabr to’ntarishi (1917 y) dan so’ng axolining jiddiy qarshiligiga (Ibroximbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fo’zayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi.

1917 yil noyabr - 1918 yil fevralda Shimoliy Tojikistonda sho’ro xokimiyati o’rnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistoning qolgan xududi Buxoro amirligi tarkibida bo’ldi. 1920 yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924 yil O’rta Osiyo respublikalarini "milliy-davlat chegaralanish" deb atalgan bo’lib tashlash siyosati natijasida Tojikiston O’zbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929 yil esa SSSR tarkibida ittifokdosh respublikaga aylantirildi.

1991 yil 9 sentyabrda mustaqillik to’grisida deklaratsiya e’lon qilindi va "Tojikiston Respublikasi" nomi tasdiqlandi.

Markaziy Osiyo xalqlari orasida Eroniy til turkumiga kiruvchi eng qadimgi xalqlardan biri tojiklar bo’lib, murakkab ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va geografik sharoitida shakllangan.

Tojiklar O’zbekistonning Buxoro, Samarqand shaharlari, Urgut atroflarida, Surxondaryo, Shyeroboddaryo, Katta va Kichik Uradaryo buylari, Qashqadaryoning yo’qori oqimi, Qarshi voxasi, Nurota toglari, Jizzax shaxri, Fargona vodiysining So’x daryosi bo’ylari, Fargona, Quqon janubiy qismlari, Namangan tog tizmalari etaklarida yashaydi. Qirgizistonning Tojikiston bilan chegaradosh xududlarida ham tojik qishloqlarini uchratish mumkin. Shuningdek tojiklar Afgonistonda 3 milliondan ziyod, kichikroq guruxdari esa shimoli - sharqiy Eron va shimoli - garbiy Xitoyda yashaydi.

Tojiklarning kelib chiqishi miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlariga to’g’ri keladi. Bu davrda Orta Osiyoga Evroosiyodan Eroniy tillarda so’zlashuvchi qabilalar kelib tub maxalliy aholi bilan aralashib ketgan. Tojiklar shakllangan xududda (Baqtriya, Sog’diyona, Farg’ona) dexqonchilik bilan shugullangan elatlar bilan birgalikda ko’chmanchi saklar ham yashagan. Miloddan avvalgi II asrda Baqtriyaga yuechjilar va shak qabilalari bostirib kirib qo’dratli Kushon davlatiga asos soladi.

Tadqiqotchilar fikricha tojiklarning ajdodlari shak - massaget qabilalariga borib taqaladi. Davrlar o’tishi bilan bu qabilalarga yangi turk - qabilalar aralashib ketgan. So’gdiylar, parkanaliklar, qisman toharlar tojik xalqi shakllanishida ishtirok etgan. Yunon - makedonlar, yuechjilar, xioniylar, kidaritlar, eftalitlar, "ok gunnlar", so’ngra turkiy qabilalarning bir qismi maxalliy axoli bilan aralashib ketgan. Arablar xukmronligi davrida, Somoniylar davlati tashkil topgan vaqtga kelib (IX - X asrlarda) tojik xalqi shakllangan. Xozirgi tojik tili Somoniylar ho’kmronligi davrida qadimgi so’g’d va baqtriya tili asosida vujudga kelgan. O’sha davrda tojiklarning adabiy tili (doriy) paydo bo’ldi.

So’gdiy axoli o’z tili o’rniga tojik tilida gaplashadigan bo’lib qoladi. Tojiklar yashayotgan xududdarda tojik tili boshka sharqiy Eroniy tillarni siqib chiqara boshlaydi. IX asr oxiri - X asr boshlarida tojik xalqi etnik tarkibiga kirgan barcha guruxlarning umumiy va yagona tili bo’lib qoladi.

So’nggi davrlargacha tojiklar orasida turli etnografik guruxlar mavjud bo’lgan.Xozir ham joylar va voxalarda yashovchi tojiklar o’rtasida etnik tafovutlar saqlanib qolgan.

Tojiklar o’zlari yashaydigan joylariga qarab bir qancha guruxlarga bo’linadi. Yaxsuv va Qizilsuv daryolari atrofida, tog’ etaklari va tog’larda qadimdan yashab kelayotgan tojiklar o’zlarini tojik ko’lobi deyiladi. Yaxsuv daryosining yuqori qismidagi yerlarda joylashgan tojiklar yaxsuvliklar nomi bilan ataladi.

Obimozor daryosi soxillaridagi tojiklar xovalinglar, Shurobdaryo atrofidagi tojiklar shurobdaryodagilar, Baljuvon yerdagilar baljuvonlilar, Baljuvonning shimoli - sharqiy qismidagi daralarda yashayotgan tojiklar darachilar, Qizilsuv daryosining o’ng irmog’i atrofida joylashgan tojiklar dashtlilar deyiladi.

Gazimalak tog’ tizmasida joylashgan tojiklar gazimalaklilar, Vorzob xavzasidagilar vorzoblilar Qashqadaryo xavzasining janubi - sharqiy qismidagi tojiklar harduri tojiklar deb yuritiladi. Shuningdek tromiti tojiklari, kuxistoni tojiklari, yagnob tojiklari, rog’i tojiklari bor.

Qadimgi Sug’diyona va Baqtriya yerlarida yashab kelgan tojiklar ajdodlarining dexqonchilik azaliy mashg’ulotlaridan biridir. So’g’orma dexqonchilik qilinadigan va lalmikor yerlar bo’lgan.

Yerni xaydash uchun sipor va omoch ishlatilgan. Qushxo’kiz bilan yer xaydashgan. Xaydalgan yerni mola bilan tekislashgan. Yerni gung, kul, to’kilgan barg, loyqa bilan o’g’itlangan. Ayrim yerlarda eski devor, guvala, paxsa tuprogi o’g’it sifatida ishlatilgan. Lalmi yerlarda asosan arpa ekilgan. Gandum (bug’doy), arzan (tariq), juxori, loviya, nuxat, mosh, zigir, lavlagi, piyoz, sabzi, qovoq, qalampir va boshqa ekinlar yetishtirilgan.

Xosilni o’roq bilan o’rishgan. G’allani turli usulda yanchishgan. Ayniqsa g’allag’ov usuli ko’p qo’lanilgan (bir necha xo’kizni bir - biriga bog’lab, g’alla ustidan aylantirib yurishgan). Yanchilgan don panshaxa bilan shopirilgan.

G’alla tarami, xirmon oldiga xotin - qizlar, ayniqsa yosh juvonlarni yaqin yo’latishmagan. It va boshqa xayvonlar ham yaqinlashtirilmagan. Xirmon joyiga suv olib kelish ta’qiqlangan. Chunki suv g’alla yanchish vaqtida yomg’ir yog’ishini surash bilan baravar bo’lgan. Yanchilgan don ustidan sakrab o’tishga ham ruxsat etilmagan.

Tojiklar chorvachilik bilan ham shug’illanishmagan. O’t – o’lan ko’karishi bilan chorva mollarini yaylov, o’tloqlarga olib chiqib ketishgan. Chorvador tojiklarning xotin - qizlari birgalashib turib, navbatma - navbat sigir boqishib, quvi pishirishgan. Quvt yogi, qurut tayyorlangan, Quvi tojiklarda har xil kurinishda bo’lgan: guppi, tugl, kul (chagdek).

Aholi urtasida keng tarqalgan ajoyib xunarlardan eng kuxnasi yigiruvchilik va tukuvchilik xunarlaridir. Paxta tolasi, qo’y junidan ip yigirib gazlama tuqilgan. Tuqish uchun urchuk va charx ishlatilgan. Biz gazlamani asosan yerkaklar tukishgan. Har bir xonadon ayoli o'z oila a’zolari uchun zarur kiyim - kechakni o’zi tikkan. Ayollar uyda otirib do’ppi tikishgan.

Kulolchilik bilan shug’ullanuvchi xunarmandlarni deyarli har bir qishlokda uchratish mumkin edi. Ular qishlok axolisi uchun zarur xilma - xil idish - tovoq yasab byerar edilar. Ayniqsa Xujand, Gijduvon va Fargona vodiysining boshqa shahar, yirik qishlokdarida yashayotgan kulollarning mahsulotlariga talab juda ko’p bo’lgan.

Gazlama tukish bilan dong chikargan shahar va qishloklar ham bor edi. Masalan, Soratogning shoyi va alachasi Xujandning ipak gazlamasi, Uratepaning ragza movuti hammaga ma’lum edi.

Ma’dan qazib olish, olgin izlash, metal kuyish xunarlari bilan shugullanuvchi kosiblar ham kam emas edi. Temirchi, taqachi, kunchi, buyoqchi, yamoqchi va boshqa hunar egalari juda ko’p joylarda mavjud bo’lgan.

Tojiklarda juda qadimdan ardoqlab, e’zozlab kelinayotgan ajoyib, nafis hunarmandlardan yana naqqoshlik, zargarlik hisoblanadi.

Naqqoshlik san’atining xilma - xil turlari rivojlanib kelgan. Ganch uymakorligi, yog’och uymakorligi, tyerrakot (kuydirilgan sarg’ish - qizil loylar) ishlash hunarlari xalq kashtachilik hunarmandchiligi ommaviy amaliy san’at turlaridan bo’lgan. Kamdan - kam tojik ayoli kashta, gul tikishni bilmagan. Xususan Samarkand va Buxoro kashtachilarning maxoratiga teng keladigani yo’q. Buxoroda amir saroyida baxmalga zar tikish bilan mashxur bo’lgan bir guruh zargarlar ishlangan. Zarbon tun, do’ppi tikishning xilma - xil usullari qo’lanilgan.

So’zana, atlas va duxoba kurpa, har xil xalta, ko’ylak, belbog, salla va boshqa uy - ro’zgor buyumlari, kiyim - kechaklar ham chiroyli, rangba - rang gul, kashtalar bilan bezatilgan. Kelinchakpar yo’ziga tutiladigan nafis parda - ruband, shuningdek uchburchak shakldagi guldor tumorchalar nafis va go’zalligi bilan ajralib turadi.

Turli bino, imoratlarning ustuni, shipi, peshtoqlaridan islimiy, girix naqshlar kishi e’tiborini o’ziga tortadi.

Uy - joylari. Tojiklar nafaqat keng va obod vodiylarda, shu bilan birga tog’larda va tog’ etaklarida ham yashashadi. Shuning uchun ham ularning uy - joylari ham turlicha. Fargona vodiysining g’arbiy qismiga yaqin yalanglik va tog’ bag’irlarida. Tojikistonning shimoliy tekisliklarida joylashgan tojiklar bilan Kulob va XR atrofidagi yalanglik hamda tog’ etaklarida yashayotgan aholining uy - joylari bir - biridan ancha farq qiladi.

Fargona vodiysiga qo’shin yerlardagi tojiklarning uy - joylari bir necha imoratdan iborat bo’ladi. Har bir xonadonda ichkari (darun) va tashqari (byerun) bor. Lekin byerun bilan darunni bir - biridan ajratib turuvchi devor endilikda yo’q. Xonadonda yotar - turar xonalaridan tashqari albatta mexmonxona quriladi. Xovlining boshka tarafidan qator har xil xo’jalik xonalarini qo’rilgan6. Xonaning shipga yaqin yeridan bitta yo ikkita darcha ochiq panjara bilan tusilgan yoki eshikli bo’ladi. Xonaga yorug’ ana shu darchadan tushib turadi. Xonaga kiravyerishda daxdiz bo’ladi. Daxdizda obrez qo’riladi. Obrezning og’zi taxta bilan tusilgan bo’lib, taxtalar orasidan ozgina tirqish qoldiriladi. Suv ana shu tirqishdan pastga oqib tushib ketadi.

xar qaysi xonada bir necha katta va kichik taxmon hamda toqchalar qurilgan. Katta taxmonga sandiq o’rnatiladi, ustiga ko’rpa, yostiq taxlab qo’yiladi. Tokchalarga turli - tuman idish - tovoqdar va ro’zg’or buyumlari joylashtiriladi.

Imorat poydevorlari oralariga buyra tushalgan bir necha qator katta - kichik tog’ toshlaridan quriladi. Zamin poydevorga qalin g’ula yog’ochlar o’rnatib chiqiladi. Uyning devorlari har xil bo’lishi mumkin. Lekin baland tog’li yerlarda odatda sinch devorlar o’rnatiladi. Ba’zan yakkabinch ayrim xollarda qush sinchli qilinadi. Sinch oralariga guvala va sokin. Lekin baland tog’li yerlarda odatda sinch devorlar o’rnatiladi. Ba’zan yakka sinch, ayrim xollarda qush sinchli qilinadi. Sinch oralari guvala va somon suvoq bilan o’rib chiqiladi. Uyning devorlari har xil bo’lishi mumkin paxsa devorli uylar ham kuriladi. Uyning butun oldiga boshidan - oxirigacha ayvon tutashadi. Ba’zan ayvonning o’rta qismi nisbatan baland qilib quriladi.

Ko’p uylarda muri va sandal bo’lgan. Kulob va Xisor atrofidagi yerlarda uy ancha yengil, ixcham qilib quriladi. Aksariyat o’rtasi - ayvon dolonli ikki xonali uy solishni yoqtirishadi. Xovlining uyga tutash yerida supa quriladi. Uyning devorlari paxsa bilan tiklanadi. Bu yerda uylarning tomi qush nishabli qilinadi. Hamma uylarning poli tuprodan ishlanadi. Oyoq kiyimlar yechish uchun eshik oldi nisbatan chukurroq qilinadi.

Tog’i tojiklar uylarini butunlay boshqacha quradilar. Tog’li yerdagi uylarning xovlilari bo’lmaydi. Uyning devorlari qalin qilib kuriladi. Tomi ham ancha baquvvat, og’ir bo’ladi. Aks xolda qor kuchkilari, qattik shamol uchirib ketishi mumkin. Uning zamini poydevori katta, og’ir toshlar terib chiqiladi, sungra tosh yoki paxsadan devor quriladi. Osti keng, qalin, ust tarafiga torayib boradi. Uyning usti shox - butalar bilan yopilib, qalin tuprok solinadi, sungra somon suvoq bilan suvab chiqiladi.

Ba’zi yerlarda uyning bir xonasi ikkiga bulinadi. Birinchi bulagini satxi bir oz baland qilib quriladi. Bu bulakni ruyi bola deyiladi. Bu yer utirib ovkatlanadigan, dam oladigan, yotadigan joy hisoblanadi. Ikkinchi past bulagiga uchoq (murisi bilan omborxona va boshqa xo’jalik xonalari bo’ladi. Tojiklarning Zarafshon vodiysining yuqori qismidaga, Yagnob daryosi atrofidagi, Krategindagi uy - joylari ham bir - biridan ancha farq qiladi.

Kiyim-kechalari. Tojik yerkaklarining yozgi kiymi ko’ylak, cholvar, chopon, belbog’ va do’ppidan iborat. Yerkaklarning kuylagi kurtayi kitfak deyiladi. Ayollar kuylagiga qaraganda yenglari torroq va kaltaroq bo’ladi. Kukrak oldi yumalok kesiladi. Kurtayi yaxtagi deb ataladigan hili ham bor. Ishtonlari ayollariniki singari bog’ichli qilinadi. Ust tarafi keng, osti tor, ayollarnikiga nisbatan kaltarok qilib tikiladi. Ko’ylakni ishtonning ustidan tushurib yurishadi. Ustidan belbog’ - loki yoki chorsu bog’lanadi. Yozgi chopon o’zun, tizzadan tushib turadigan, yenglari qo’larini yopadigan qilib, satranji deb ataladigan, kupincha yul - yul matodan tikiladi. Sish kunlari qavilgan paxtali tun va chakmonda yuriladi. Norig’za nomli keng chorvor kiyiladi. Oyoqdariga ham tyeridan tikilgan choriq yoki oshlangan charmdan tayyorlangan mukki kiyiladi. Yog’och kovushlar kiyish xollari ham uchrab turadi. Bosh kiyimlari har joyda har xil buladi. Ko’pincha chukkaygan o’zun do’ppi kiyib yuriladi. Kitob do’ppilari, xozirda esa chuet do’ppi kiyishadi. Sovuq kunlarda do’ppi ustidan jun salla uraladi yoki jun telpak kiyiladi.

Tojik ayollarining kiyim - kechagi turli xil bichimda bo’lib yashayotgan joyiga karab har xil matodan turli ko’rinishda tikiladi. Ayollar ham ko’ylak, cholvar, qavilgan chopon kiyib, boshlariga rumol urashadi. Ayollar cholvorini ozor yoki poyjamo deb ham atashadi. Chopon, jamo, rumol, sobadaka deb yuritilgan. Ko’ylak ustidan kamzul kiyish odat tusiga kirgan. Ko’ylaklarning yoqasi qaytarzda tikilganiga karab bir necha xilga bo’linadi: peshchokak, par - pari, qozoqi, o’zbaki. Qiz bolalar bilan yosh juvonlar yoqasi, yenglarining uchi, etagiga har xil kashta tikilgan ko’ylak kiyishadi. Boshga rumol o’raydilar. Keyingi vaqtlarda ko’proq toki do’ppi kiyadigan bo’lib qolishdi. Tojik ayollari kiyadigan do’ppilar orasida Toshkent, Kitob, Samarqand, O’ratepa, Xo’jand, Darvoz do’ppilari uchraydi. Bu do’ppilar turli - tuman, ko’proq qizil,zangori, sariq, kuk pushti, oq iplardan tikilgan. Bir - biridan guli, bezagi bilan farq qiladi.

Oyoq kiyimi maxei, uchli kalish, tuflidan iborat. Sovuq kunlari xilma - xil rangli ipdan qo’lda tuqilgan paypoq - jurob kiyiladi.

Ayollarning bezak - taqinchoqlari asosan zirak, o’zukdan iborat. Sochlariga oddiy yoki qora ipdan yasalgan chura - kokil taqishadi. Kokil uchiga xilma - xil rangli ipdan popuk va munchoq osiladi.

Pomir xalqlari- Pomir tojiklari o’zlarini pomiri deb atashadi. Tojikiston Respublikasi tarkibidagi G’arbiy Pomirning baland tog’ vodiysidagi Tog’li Badaxshon viloyatida yashagan kichik xalqlar (yozgulomlar, o’z nomi - zgamik), rushonlar (o’z nomi - rixen, ruxni), maxaliy guruh xuflar (o’z nomi - xufik) bilan birga, birtanglar (o’z nomi bartanj) maxaliy guruh arosharlar bilan birga, shugnonlar (o’z nomi-xugni, xununi) mahaliy aholi bajuylar bilan birga, ishqashililar (o’z nomi - ishkoshumi, ishkashimi) voxanlar (o’z nomi - xik, vaxi) va vanjlar) guruhi. Shuningdek, pomir xalqlari Afgoniston Badaxshoni (rushonlar, shugnonlar, ishkoshimlar, voxonlar, zebaklar, munjonlar) da, Pokistoning Chitrol mavzei (munjonlar, yidgalar) da va Xunza daryosi vodiysi (voxonlar) da, Xitoyning Sinszyan- Uygur viloyatida (shugnonlar va voxonlarga qarindosh sarikullar) yashaydilar. Pomir xalqlari katta evropoid irkiga mansub bo’lib, xind-yevropa tillar oilasining sharqiy Eron tili kichik guruhiga kiruvchi til va laxjalarda so’zlashadilar7.

Pomir xalqlari tillariga to’xtaladigan bo’lsak, ularning tillari xind-yevropa tillari oilasining Eroniy tillar guruhiga mansub. G’arbiy va Janubiy Pomir vodiylarida (Tojikistoshshng Tog’li Badaxshon muxtor viloyatida va Afgoniston, Pokiston, Shimoliy Xindistonning unga tutash xududlarida) va Sari kul tog’ tizmalarida (Xitoyning Sinszyan-Uyg’ur muxtor viloyatida tarqalgan). Pomir tillariga vaxan, ishkashim, yozgulom tillari hamda shugnon, rushan, xuf, bartang, urutur, sarikul singari kardosh til va laxjalar kiradi.Hozirgi o’lik tili xisoblangan qadimiy vanj va sargulom tillari ham shu tillari guruhidagi hisoblanngai. Ayrim belgilariga ko’ra, munjon va unga yaqin bo’lgan iydgo tillari Pomir tillariga qo’shilsa-da, bu masala munozarali bo’lib qolmokda.

Pomir xalqlarning tarixiy-genetik tavsifi ularni boshqa sharqiy Eroniy tillardan farqlanuvchi oila sifatida o’rganish imkonini byermaydi. Bir kator shunday belgilar turli Pomir tillarini boshqa sharqiy Eroniy tillar bilan aloxida-aloxida yaqinlashtiradi. Barcha Pomir tillarining struktur o’xshashligi va katta umumiy lug’aviy fond ularning muayyan til jamoasida o’zaro yakin, o’xshash rivojlanganligini ko’rsatadi.

Pomir til yozuviga ega emas. Pomir tilida so’zlashuchilarning ko’pchiligi uchun yozuv va ta’lim tipi- tojik tili, sarikul tilida so’zlashuchilar uchun esa uyg’ur tili hisoblanadi

Dindorlari, asosan islom dinning shia, qisman esa sunna mazxablariga e’tikod qiladilar. Pomir tojiklari yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda rushan, Shuganan, Vaxan nomli davlatlar bo’lgan. Uzoq asrlar mobaynida bu joylarni qanchadan - qancha chet el istilochilari bosib olib. Pomir xalqlari ustidan xukmronlik qilib kelishgan. VII asr oxiridan esa Pomir va Pomir bo’yi yerlari ikki asrdan ko’proq vaqt tibetliklar qo’l ostida bo’ladi. X asrdan Pomir bo’yidagi qadimiy davlatlar yana mustahkam bo’lib oladilar. Keyinchalik bu yerlar bir qancha shohliklar bo’linib ketadi. 30 yilga yaqin vaqt mobaynida Badaxshon afg’onlarga buysunib kelgan, 1878 yilda Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tadi, sungra esa Rossiya o’ziga buysundigan.

Pomir xalqlari yashagan xududlarda qadim zamonlarda Rushon, Shugnon, Voxon davlatlari mavjud bo’lgan. Asrlar mobaynida bu hududlar chet el bosqinchilari tasarrufiga ham kirgan. VII asrning oxirida Pomir yerlari ikki asrdan ko’proq tibetliklar qo’l ostida bo’lgan. X asrning boshlarida Pomir davlati mustakilikka yerishgach, keyinchalik esa aloxida podsholiklarga bo’linib ketgan. Qariyb 30 yil mobaynida Afgoniston Badaxshonga buysungan. 1878 yilda Buxoro xonligi, sungra esa chor Rossiyasi tobeligiga o’tgan.

1925 yil 2 yanvarda Tojikiston muxtor Respublikasi tarkibida Togli Badaxshon muxtor viloyati tashkil etilgan. XX asrning 30-90 yillari va XXI-asrning boshlari davomida jamiyatda sodir bo’lgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar natijasida Pomir xalqlari etno-madaniy jixatdan asta- sekinlik bilan tojiklarga o’zaro yaqinlashib va tobora singib bormoqda.

Pomir xalqlarining asosiy an’anaviy mashg’uloti chorvachilik, hunarmadchilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Tojikistonning boshqa tog’li yerlaridagi singari Pomir bo’yi tojiklarining ham asosiy mashguloti chorvachilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Juda kiyin geografik va iqlimiy shart - sharoitlar tufayli sug’orib dehqonchilik qilishgan yaroqli yerlar juda kamligi sababli bu yerlarda dehqonchilikni keng rivojlantirishning iloji bo’lmagan. Yeri omoch yordamida xo’qiz bilan xaydalgan. Ekin ekishdan oldin yerga ug’it solingan. Xaydalgan yerlarda arpa, bugdoy, nuxat, dukkakli ekinlar, zigir, makkajuxori, ayrim joylarda esa paxta yetishtirilgan.

Tog’ yon bag’irlariga mevali daraxtlar o’tkazib, bog’lar yaratganlar, Vaxan va Shoxdalaning ustki qismlari ko’p boqilgan va aksincha, baland tog’li yerlarda, chunonchi Xuf atrofida chorva kamroq saqlangan.

Pomir tojiklar daryolar atrofida yalangliklarda, tog’ etaklarida uy qurganlar. Uy - joylari darvozali tojiklarnikiga o’xshab tosh va yogochdan qurilgan. Yoz kunlari butun aholi ochik xavoda yashaydi. Tunash uchun uchtarafi devor bilan o’ralgan tomsiz joy qurishadi. Ko’p joylarda chivin ko’pligi sababli yog’och ustunlariga o’rnatilgan baland ayvonlarda, daryo bo’ylarida yotishadi.



Kiyim-kechaklari. Erkaklari yaxtak ishton - tambun, ustidan jun chopon "gilim", boshlarida toki do’ppi, oyoqqa yumshoq etik pex kiyishadi. Ayollari uzun yengli ko’ylak kiyishadi, cholvar, boshlariga rumol durracha, keksa ayollar qalpok kiyadilar. Taqinchokdar xalqa, mis bilak o’zuk, o’zuk, xilma - xil munchoq, mugo’z, soch popuklaridan iborat8.

Ko’pchilik no’xat shurva va arpa yoki tariq non iste’mol qilgan. Ba’zi xollarda atala bilan qanoatlanishga majbur bo’lganlar. Sut va sut mahsulotlari, bug’doy, meva kam bo’lgani uchun faqat bayram kunlari, tuy vaqtida yeyilgan. To’ni Badaxshondan olib kelishgan, choy ham kam bo’lgan.



Hunarmadchiligi. har turdagi ipdan paypoq to’qishgan. Bu odat Pomir buyi ayollarining juda qadimiy va ajoyib hunarlaridan hisoblanadi. Vaxan, Shugnon, Rushonda do’ppichilik taraqqiy etgan. Yog’ochdan sandiq, shamdon, turli idish - tovoq tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Yashayotgan joyi, uning tibbiy va iqlimiy shart - sharoitlari mavjud imkoniyatlariga qarab taomlari turli yerda har xil bo’lgan. Chorva mollari ko’p, g’allakor yerlarda asosan non bilan sut iste’mol qilinadi. Sholikor yerlarda, yalangliklar va yashayotgan aholi guruch taomlarni ko’p iste’mol qiladi. Tog’li va etaklarida joylashgan tojiklar go’shtni kam iste’mol qilishadi.

Qishloqlarda, shuningdek ko’pchilik shahar xovlilarda yashayotgan tojiklar tandir non yeyishadi. Tog’li yerlarda yupka, chappoti non, patir, katta girlacha non, kulcha yopib qatlama pishirishadi.

Suyuq ovqatlardan oshi burida, oshi ord (uvra osh) ko’p iste’mol qilinadi. Go’sht, sabzi, qovoq somsalari juda shirin bo’ladi. Go’sht, sabzi, qovoq somsalari juda shirin bo’ladi. Sevimli ovqatlaridan tushbyera (chuchvara), mantilarni aytib utish mumkin.

Sut va sut mahsulotlari (qatiq, maska yogi, kurd, so’zma, pishloq - patir) kundalik asosiy taomlardan hisoblanadi.

Tojiklarning eng yaxshi kuradigan ovqati osh - palovdir, shuningdek qovurdoq, lag’mon, shurva, atala ham tayyorlashadi.

Tojikistonda tog’li joylar, dara, jar va toshqin daryolar ko’p. Bunrun keng, yaxshi yo’llar kam edi. Faqat yalanglikdagi vodiyda katta qishloqlar, shaharlarda yaxshi yo’llar qo’rilgan. Tog’lardagi ko’p qishloqlarda suqmoq yo’llardan osma ko’priklardano’tib borish mumkin edi. Shuning uchun asosiy transport vositasi ot bilan eshak bo’lgan.Tojikistonning shimoliy qismidagi yerlarda ikki g’ildirakli arava va yuk tashilgan

4-mavzu Turkman xalqlari etnologiyasi.
Reja:

1. Turkman xalqining etnogenezi va etnik tarixi.

2. Turkman xalqining an’anaviy xo’jaligi.

3. Turkman xalqining moddiy va ma’naviy madaniyati.


Turkmaniston Respublikasining eng asosiy aholisi turkmanlar hisoblanib (2537 ming kishi). Shuningdek, O’zbekistan , shimoliy Kavkaz Astraxan viloyati va RFning bir necha shaharlarida, Afgoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman tilida so’zlashadi. Dindorlari-sunniy musulmonlar.

Markaziy Osiyoda yashovchi tub xalqlaridan biri Turkmanlar hisoblanadi. Turkman xalqining kelib chiqishi xaligacha tuliq aniqlanmagan. Ularning shakllanishida sak - massaget va sarmat-alan qabilalarining urni kattadir. Qadimgi Marg’iyona va Xorazm davlatlari axolisi ham mazkur jarayonda qatnashgan.

Turkmanlar ajdodlari Orol va Kaspiy dengizlar atroflarida kuchib yurgan sak-massaget qabilalari hozirgi Turkmaniston bilan Xurosonning Janubida juda qadimdan buyon yashab kelgan urug’ qabilalari hisoblanadi. Ularni etnik shakllanishi orol kasbiy dashtlarida yashovchi eroniy tillarda so’zlashuvchi qabilaning birikmalarining IV-V asrlariga kelib turklashtirish jarayoni bilan bog’liq degan fikr olimlar o’rtasida mavjud.

Darhaqiqat IV-V asrlardan beri bu xududlarga turkiy qabilalar kirib kela boshlaydi.

Shuningdek antropolgik ma’lumotlarga asoslanib turkmanlar asli miloddan avval turklashgan ko’chmanchi skiflarning avlodi deb hisoblanadi. Ammo bu ikki fikr ham tuliq asoslanmagan.Turkmanlarning etnogenizida mahalliy sak-massagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari qisman qadimgi Marg’iyona, Parfiya va Xorazm davlatlari axolisi qatnashgan. 1-ming yillik o’rtalarida Kasbiy buyi cho’llarida turkiy qabilalar, IX asrlarda ug’uzlar paydo bo’lgan. Ular Turkmanlarning etnogenizida muhim rol uynagan. Ug’uzlarning asosiy guruhi XI asrda shimoli-sharqdan kelib, mahalliy axoli bilan aralashib kelgan.

XI asrda Saljuqiy qabilalari turkmanlar yashaydigan hududlariga uta boshlaydi. Ug’uz, alan, qipchoq qabilalarini qisman Xorazmliklarni chatishishi va qushilishi natijasida yangi qavmlar paydo bo’ladi. Demak "Turkman" nomi dastlab X asr oxirlarida paydo bo’ladi.

XIV-XV asrlarda Kaspiy dengizi atroflari Mang’ishloq yarim oroli, Sariqqamish kuli, Qoraqum, Xorazm G’arbiy - Shimoliy chegaralarigacha bo’lgan hududlariga turkmanlar joylashadi. Ular asosan yetti qavmdan iborat: teke, yovmut, yersari, sariq, chovdur, go’klan, salir va boshqalar ko’pincha urug’ qabilalari bir - birlariga ko’shilib ketishib, qadimgi o’z nomlarini unutishgan, yangi urug’ qabilalari paydo bo’lgan.

Turkman xalqining shakllanishi jarayoni mug’ullar istilosidan keyingi davr (XV asrlarda) tugaydi. XV asrda turkman xalqi shakllangan. Bu davrlarda turkman etnosiga ayrim ug’uz bo’lmagan turkiy qabilalar, jumladan kiachokdar ham qisman aralashgan. Turkmanlarda qabila-urug’larga ajratish saqlangan. Ulardan eng yiriklari takalar, yovmutlar, yerkari, solurlar, sariklar, gyokalan va choudorlar bo’lgan.

XVIII - XIX asrlargacha turkmanlar yuqorida ta’kidlab utilgan yetti yirik qavmga bo’linishini saqlab qolgan edi. Bu toifa o’z navbatida turt elga bulishgan: gara, bekovul, ulugdepe va gumesh.

Tara qavmini chekich, quraysh, islom, boy, uga, tagam, mamish, yabanlar, bekovul qavmini lambe, sarli yerli ushakom, togachi, kultak, ulug depe qavmini garama, surxi, surx, chatrok, oktyeri, aji esenmengli, giziloyok, etbosh, denaji, chakir, gabasokol, sulaymon, omar, gizilja, gurama gunesh.

Teke elini ikki nael - nasl avlodlari tashkil etgan: otamish va tuxtamish.

Otamish avlodi sichmaz hamda bahshi avlodlaridan iborat. Sichmaz avlodi sichmizking o’zi bilan uch urug’ qavmlaridan, bahshi avlodi esa bahshi, dashayok, burkun, sultoniz qavmlaridan tashkil topgan.

Tuxtamish nasl - nasabini beg va bekil avlodlari to’zgan bo’lib, beg avlodi, gongur, omonsha - gukche qavmlariga, bekil avlodi esa ganjiyusup, yazi - yusuf, gagsual, arik - garaj, gofa va bukri qavmlariga ajraladi. Teke eliga mujevur avlodi ham kiradi. Yomut eli: ham ikki nasl - nasabga bo’linadi.

Bayram shali nasabi sayak, uko’z, ursukchi, ushak urug’lariga bo’linadi. Bulardan tashqari sariq, chovdur, gukleng hamda salir qabilalari ittifoqi borligi yuqorida aytib utilgan edi.

Sariq qabilasi sukti, bayrach, alasha, xyerzeki, gazmilmirad, bedepg, gal - bosh urug’laridan; chovdur qabilasi, igdir, chovdur (gara - chodur), yabdal, bo’zaji, burunchi qavmlaridan tashkil topgan

Turkmanlarning bulardan boshqa bir kancha kichik qabila, qanchadan - qancha urug’ qavmlari mavjud bo’lganligi bizga ma’lum: afg’on, arab, gurd, qipchoq, aymoq, girey, gazak, galmik, garamugol, tut, gullar va x,.k.

XV - XVI asrlarda Turkmanistonning shimoliy tumanlarida chovdur va ularning qarindoshlari abdallar, arablilar yashagan. Bu urug’ qabilalarning hammasi birga qo’shilib turib esen - xoni, ya’ni Xasan eli deb yuritilgan. Qolgan urug’ - qabilalariga esa sain - xoni nomi berilgan.

Sariqamish kuli atroflarida, katta Balxanda turkmanlarning teke, salir, Yomut (yomut) qabilalariga qarashli urug’ - qavmlari istiqomat qilishgan. Bu qabilalar orasida eng nufo’zlisi salir qabilasi hisoblangan. Shunday bo’lsa kerak, salirlar ichki salir deb atalgan. Qolganlar, ya’ni teke, yomut, sarik urug’ - aymoqlari esa tashqi salilar nomi bilan yuritilgan.

Yazir (koradoshli), emreli, nuharli, kisman bayat urug’lari Turkmanistonning janubiy qismida yashashgan.

XIX asrning 80 - yillarida Turkmaniston Rossiya tomonidan bosib olingach, etnik birikishi jarayoni tezlashgan, ammo qabilaviy bo’linish saqlanib qolgan. Yirik qabilalaridan taka turkmanlari axol, Murg’ob xavzasi va Tajanda, yovmutlar Kaspiy bo’ylarida va Xiva xonligida, yersirilar Amudaryo vodiysida, salirlar, sariklar guklenlar, chovdurlar Xeva xonligida birgalikda yashashgan. Xo’jalik madaniy jihatdan turkmanlar ko’chmanchi (chorvador) va o’troq dehqon (chumur)larga bo’lingan9.

Ko’pchilik turkmanlar chorvador urug’ qabilalar bo’lgan qisman dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asosan kuyrukdi qo’y - qo’zilar boqilgan. Chorvador urug’ - aymoqlar ham aslida ikkiga bo’lingan: chorva va chomri (chomru). Birinchilari o’zlarini mollarini yaqin - o’zoq yaylovlarga olib chiqib, chorva bilan bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib yurishgan. Chomir xalqi esa bir yerda o’tov qurib utroq hayot kechirgan. Chorvani qo’ldan boqib, ekin ekib yetishtirishgan va shu bilan kun kechirishgan.

Har bir qabila chorvasini o’z yerida boqishi kerak edi. Lekin quduq va kokdar (suv uralari) odatda ularni qurdirgan boylar qo’lida edi. Chorva egalarining qo’lida minglab qo’y - qo’zi, yo’zlab tuyalar bo’lib, minglab gektar yaylovlar, qanchadan - qancha quduqlar suv manbalari ham shular izmida edi.

Kambag’al chorvador dehqonga ancha og’ir edi. O’z qudug’i bo’lmagan kambag’al quduq suvidan foydalanganligi uchun boy chorvasini boqib, quduqni tozalab berishi kerak edi. Bir oz mol - xoli bo’lgan kambag’al esa o’z molini boy chorvasiga qo’shib yuborib, o’zi boy yerlarida ishlab berishi yoki chorvasini boqishi lozim edi. Yollanma mexnatning gullukchi, xizmatkor shakllari mavjud edi. Turkmanlarning dengizga yaqin joylarida baliqchilik bilan shug’ullanishgan. Bu yerlarda turkman boylarining yirik xo’jaliklari mavjud edi.

Turkmanlarning bir qismi Kaspiy dengizning sharqiy sohillaridagi neft, to’z konlarida band edi.

Turkmanlar savdo - sotiq yaxshi yo’lga qo’yilgandi. Ayniqsa Eron, Buxoro, Xiva bilan savdo aloqalari nihoyatda rivojlangan edi. Mare, Qo’qon, Urganchda, Turkmanistonning ayrim shahar (kal’a), qishloq (ovul)larida katta bozorlari bo’lgan.

Turkmanlar sug’orib dehqonchilik qilishgan. Bug’doy, juxori, arpa, paxta, kunjut, sholi, beda ekilgan. Qovun, tarvo’z, qovoq yetishtirilgan. Kup joylarda ko’zgi - guyzluk bug’doy ekilgan. Sabzavot asosan qadimdan utroq hayot kechirib kelayotgan onauli, maxinli, murchali, maxtumi, guklen urug’larining yerlariga yetishtirilgan. Uzum yetishtirish, bog’ – rog’lar ustirish bilan kam shug’ullanishgan. Deyarli hamma yerda piyoz ekilgan.

Yerni yog’och omoch temir uchli azal kunda bilan haydashgan. Xrsil uroq bilan urilgan. G’alla don xirmonda mol 4yordamida yanchilgan. Tegirmon, kash - kash juvozlar kurilgan. Ekinlarni sug’orish inshoatlari kurilgan, xovo’zlar qazishgan.

Yer gung, kul, eski tuproq bilan ug’itlab turilgan.

Turkmanlarning butun o’lkada keng tarqalgan hunari xususan g’arbiy tumanlarida ovchilik bilan deyarli hamma doimo shug’ullangan.

Turkmanlar tulki, bo’ri, jayron, qo’yon, parranda ovlashgan (kaklik, qirg’ovul, o’rdak, g’oz va x.k).

Miltiq bilan, qopqon qo’yib, tur tutib ba’zan tayoq bilan ovlashgan. Otda tozi it, lochin bilan ov qilingan.

Hunarmandchiligi. Temirchilik qurolsozlik zargarlik, kunchilik, duradgorlik kasb - hunarlari Turmanistonning hamma yerlariga keng tarqalgan eng e’zozli hunarlardan hisoblanar edi. Kosiblar o’z uylari, ovullarida ish qilishgan.

Ayrim hunarlar bilan ma’lum ovullarda ma’lum urug’ yoki qabilalar shug’ullanib kelgan. Chunonchi, kulolchilik asosan Chorjuy atrofidagi hunarmandlar orasida keng tarqalgan. Noxurlar, ayrim marvlik tekelar, shuningdek Gasan - Kul va Kumush - Tepa hunarmandlari o’tovlar yasash uchun zarur qismlar yasash bilan mashxur bo’lganlar. Yaz urug’lari odamlari egar - jabduq, yari - gukchalar yog’ochdan idish - tovoq, burko’z urug’idagilari kamchi tayyorlashgan.

Xonadonlarda gilamdo’zlik va shoyi to’quvchilik ishlari bilan shug’ullanib kelingan.Hunarmandlar orasida zargar, kumushchilar qarib har bir ovulda bo’lgan.

Qatnovda asosan otlardan foydalanishgan. Axalteke va yovmut otlarida yurishgan. Yuklarni tuyalarda tashishgan. Turkmanlarda uch xil tuya boqilgan yakka urkachli turkman tuyalari (arvanalar); qush urkachli turkman tuyalari (bugralar) hamda ularning chatishganlari, durugaylari. Yuli yaxshi bir muncha tekis joylarda Xivaning ikki g’ildirakli aravasidan foydalanilgan. Eshak arava, ba’zan tuya aravalari ko’p ishlatilgan.

Dengiz yaqinida yashagan turkmanlar kema, novlarda yuk tashigan. O’zun, ingichka qayiq (taymun, ek myerdem)lar ham ko’p bo’lgan.

Turkmanlar butun umrlarini deyarli yaylovlar va o’tovlardan o’tqazishgan. O’tov ularning eng asosiy va eng ko’p tarqalgan uyi hisoblanib kelingan10.

Turkman o’tovlari ko’rinishidan hamma yerda deyarli bir xil bo’lgani bilan bir - biridan farq kiladi. O’tovni usti atrof - tevaragida bog’langan yup - tuqima lenta har xil joyda turli rangda va turlicha tortilgan bo’ladi. Ayrim o’tovlarning usti yotik yassiroq, ba’zilariniki chuqqi ko’rinishda ishlanadi. Chunonchi yovmutlarda o’tovning tepasi, gumbazi avvalnikidan pastkroq buladi, chovdurlarniki esa eng baland, uchli qilib ishlangan. O’tovning tashqarisi bilan ichkarisiga darmik, ya’ni bezakdor tasma bog’lab qo’yiladi.

Kambag’al aholi ilgarilari kichkina o’tovlarda yashagan. Bu xil o’tovlarni turkmanlar orosha yoki gushtdikme deb atashgan. Orochalarning panjara - tyerimi bo’lmagan. Namat ustidan polos va gilamlar tushalgan. Xujalikda kyerak bo’ladigan jamiki narsalarning o’z o’rni,joylashtirish tartibi bo’lgan. O’tovga kirgan kishi turli joylarga osilgan non xalta, to’z xalta, idish xalta, ip — igna xalta va boshka har xil jun xaltalarni ko’rishi mumkin edi. Kiraverishda o’ng tarafda mis, yog’och, sopol idishlar, samovar joylashgan. Ruparada kurpa - yostiq, namat, kigiz, gilamlar, yon - yerida bug’doy, un solingan qoplar, egar - jabduglar joylashgan.

O’tovning turida sandiq, belanchak (sallanchak) turgan. XIX asrda ayrim urug’ qabila odamlari o’zlari uchun alohida qal’a qura boshlashgan. Bunday qaltslar ko’proq teke qavmiga qarashli kishilarda bo’lgan. Teke ovullari uch - turt xo’jalikdan iborat bo’lib, dasht cho’l yerlarda quduqlar atrfida joylashgan.

Hovli qal’a yonida xilma - xil xo’jalik binolari qo’rilgan: otxona, seyisxona, dueetsk (tuyaxona), molxona (kuyxona) goyunetok, somonxona, ombor va x.k.

Har bir hovlida albatta ayvon qurilgan. Ayrim turkmanlar, chunonchi Xorazm turkmanlarida hovliga ya’ni qo’yoshga ters tomonga qaratib tersayvon solingan. O’ziga tuq turkmanlarning hovlilari ichkari va tashqariga bo’lib ko’rilgan. Yovmutlar bilan emreli qavmlariga qarashli xovlilarda xo’jalik va turar - joy binolari hovlining ikki chekkadagi devorlari bo’ylab qurilgan. Hovlining o’rtasi ochiq bo’lgan. Turkmanlarda chayla - chatma ham qo’rilgan. Devorlari shoxbutoq, qamish yoki yog’ochlardan bo’lib, tomiga shox - shabba tushalgan. Ustidan loy - suvoq bilan suvalgan. Keyingi vaqtda xom yoki pishiq g’ishtdan tomi yassi, teke qilib uy solish odati keng tarqalgan.

Turkman erkaklarining usti - boshi qadimiy milliy urf - odati, an’analari ta’sirida deyarli sezilmaydi. Ammo xotin - qizlarning milliy kiyimlaridan xali ham farq bor. Bundan tashkari qaysi xalq bilan uzoq vaqt kuni – qo’shnichilik qilib kelganiga qarab turli - turkman qavm odatlarining kiymida, ichki va tashqi ta’sir yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa, Kavkaz xalqlari, eronlilari ta’siri kuchli. Xiva turkmanlari kiyim - kechagida o’zbek bilan kozoklarning milliy kiyimi an’analari o’z ifodasini topgan sari turkmanlari Buxoro vohasi aholisi singari kiyim - kechak kiyib yuradi.

Turkman erkaklarining kiymi balak (ishton), engi o’zun ko’ylak, qavilgan chopon - dondan iborat bo’lib, boshiga kyerlin yoki kubanka (tepasi, ensi, ensiz), telpak, oyog’iga chorik, chuponlari esa elken kiyadi. Ayollari balak (o’zun ishton), ko’ylak, engeiz kemzor (kamzul), oldiguldor qavilgan tun - chabit, boshiga burik, bogmach, uramak xasaba, topon va boshqa bosh kiyimlarini, oyog’iga kovush yoki poshnali poyafzal kiyadi., oldiguldor qavilgan tun - chabit, boshiga burik, bogmach, uramak xasaba, topon va boshka bosh kiyimlarini, oyog’iga kovush yoki poshnali poyafzal kiyadi.

Erkaklarning kuylagi oldin yoqasiz tikilgan bo’lsa, endilikda tik yoqali ko’ylak kiyish odat bo’lgan.Lekin turli qavm erkaklari bilan ayollarning usti - boshi bir - biridan ma’lum darajada yo bichilishi, tikilishi yoki tashki bezagi bilan bir muncha ajralib turadi. Masalan, erkakpar kiyadigan don, chopon, chakmonlar garchi tikilishi jihatdan hamma yerda bir xil bo’lsa ham matoning rangi, ko’rinishi, nomi bilan turli - tuman. Ilgari tunni o’zun yenglari qo’lni yopib turadigan qilib tikilar, yon tomonlarini kesib chuntak o’rnatilgan. Tuyning etagi, yokasi, chuntaklari chetiga tasma, uka tikilgan. Tunlardan xivali don, girmizi don, astaroma chopon - oktoy hillari keng tarqalgan edi. Chakmonni tuya junidan qilishgan. Sovuq kunlari chopon bilan tun yoki pustin - ichmek kiyishgan. Dengiz yoqasida yashaydigan yovmutlar ilgari kurt bichim tun kiyishni yoqtirar edilar (kurdacha bichimda bo’lgani uchun shunday deyilgan).

Oyoqlariga chorkidan boshqa chukay, chapak (shippak) ham kiyib yurishgan. Chuqay - bo’zoq terisidan uchi qayrilgan, gajakdor poyafzal tikilgan. Chorik yaxlit tyeridan tikilgan, oyoqlariga oq paytava urashgan.

Taqinchoqlari. Turkman ayollari bezak - taqinchoqlarni juda yoqtirardi. Shu sababli ularning quloq, qo’l, bosh, burunlariga xilma - xil bezak buyumlar taqib yurishganini ko’rish mumkin. Kim qanday bezak taqqaniga qarab qayerlik va qaysi tabaqaga mansub ekanini ajratib olish qiyin emas. Bolalarga ko’pdan – ko’p kumush tanga va munchoklardan yasalgan turli - tuman taqinchoqlar taqib ko’yishadi. Qiz bolalarning bosh kiyimi - do’ppi, telpak, qalpoqlari ayniqsa chiroyli rangdor bezakli bo’ladi. Yoshi kattaroq o’g’il bolalar bosh kiymida hech qanday bezak bo’lmaydi. Qiz bolalarning telpagini chetlariga har xil bezak berilib, tepasiga gupba deb ataladigan bezak o’rnatilgan. Bo’yinlariga tangalar, munchoqlar, nishon osilgan shoda taqilgan.

Ko’ylaklari bilan chopon, tunlarining kukrak oldiga apbasi osib yurishadi. Apbasini kulok (teshik)li tangalar yoki tangaeimon kurinishida keeilgan kumush parchalarini ipga tizib yasaydilar. Ayollar sochlariga yoeik osishgan. Kokillarini har xil tanga yoki medalonlar, kalitlar osib yuradilar. Qo’llarida bizelik deb ataladigan bilako’zuk, quloqlariga o’zuk - tulak xalqa, isirg’a, buranlariga irebek taqishgan. Endilikda bu run xalqalarini ham uchratish mumkin.

O’zbeklar va Qoraqalpoqlarnikiga uxshab ketadi. Asosan sut va sut mahsulotlari ko’p ist’emol qilishadi. Ularning churek poni ayniqsa mashhurdir. Juxori non yopib yeyishadi. Vaqti tig’iz kezlarida chuchuk hamirdan patir non yopishadi. Gushtdan churba (shurva), gaynatma, dograma, shurva, qovurma, qovurdoq, palov, shara yoki konab (kabob) pishirishadi. Turkmanlar gut kokisini juda yaxshi ko’rishadi. Shuning uchun tuya, qoramol go’shtini ham shu tariqa tilim - til im qilib to’zlashadi. Va shamolda quritishadi. Qo’y go’shtini ham shu tariqa tayyorlab, qozonga solib ko’yishadi. Yoki chala qovurib idishlarga solinadi. Yangi go’sht tugagan vaqtda ana shu qovurmadan ishlatishadi. Gara churba qaynatishadi. Qadimda qovurmadan choyga solishgan (choy churba).

Qo’yon, jayron, kiyik kaklik go’shtini, osyotr balig’ini go’shtini ishlatishadi.

Ko’k choy, ayrim joylarda ko’ra choy ichiladi. Ko’pincha ko’k choy bilan qora choyni ichishadi, nonushtaga qovun qoqi, jiyda qo’yiladi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling