Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari
Download 489.1 Kb.
|
Allomalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Farg‘oniy.
- Muhammad al Xorazmiy (783-850)
“O‘rta Osiyo allomalari, Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalarning geodeziya, astronomiya va boshqa fanlar to‘g‘risida yozgan asarlaridan geometriya bo‘limiga tegishli ma`lumotlarni tahlil qilish” 3.1 Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari IX-XI asrlarda yashab, fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallagan, turli yo‘nalishlar bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borgan O‘rta Osiyolik buyuk allomalar, qomusiy olimlar Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalarning «Geometriya» va «Astronomiya» asarlarida bayon etilgan ba’zibir tasvirlash usullari keltirilgan. Bu allomalarning hayoti va tadqiqotlari to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni keltiramiz. Ahmad Farg‘oniy. Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg‘oniy (861-yilda Bag‘dodda vafot etgan). U buyuk astronom, matematik va geograf olim hisoblanadi. Yevropada ilmiy adabiyotida uni Alfraganus deb ataganlar. Ahmad Farg‘oniy Bag‘dodda Xorun ar-Rashidning o‘g‘li al Ma’mun hukmronligi (813-833) davrida O‘rta Osiyolik olimlar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va boshqalar bilan birga ishlagan. Ular dastlab yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, keyin esa o‘zlari arab tilida mustaqil asarlar yaratganlar. Xalifa al Ma’mun 829-yilda Bag‘doddagi «Bayt al xikmat» ya’ni «Donishmandlar uyi» qoshida 832-yilda Damashqda rasadxona (observatoriya) qurdirgan. Bu rasadxonalarda astronomiyadan muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib borilgan. Ularda Farg‘oniy faol qatnashib, kuzatuvlar natijasini «Al Ma’munning tekshirilgan jadvallari» nomi bilan kitob holiga keltirgan. Muhammad al Xorazmiy (783-850) Al Xorazmiyning to‘liq ismi Muhammad ibn Muso al Xorazmiy. U O‘rta Osiyolik mashhur matematik va astronom olimdir. Xorazmiy Xorazm (Xiva)da 783-yilda tug‘ilib, 850-yilda Bog‘dod (Iroq)da vafot etgan. Al Xorazmiy VIII asr oxirida Bag‘dodga keladi. Fanlarning rivojlanishi Xorun ar Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al Ma’mun xalifalik qilgan (813-833) davrga to‘g‘ri keladi. Al Ma’mun Bag‘dodda «Bayt al hikmat» («Donishmandlar uyi») ni qurdiradi. «Donishmandlar uyi» qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o‘z davrining Fanlar Akademiyasi deb atash mumkin. Xorazmiy Bag‘dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Qadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o‘rganadi. Uning Bag‘doddagi dastlabki tadqiqot ishi hindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qildi. Tez orada al Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O‘rta Sharqda shuhrat qozondi. U «Bayt al hikmat» dagi kutubxona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Agar «Donishmandlar uyi» ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o‘sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi. Xorazmiy ham o‘zining arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda Yaqin va O‘rta Sharqda fan tili arab tili edi. Download 489.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling