Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi


Download 1 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1551726
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi

Islom dini Markaziy Osiyoga tez tarqalib, xalq hayotining hamma sohalariga keskin ta’sir eta boshladi. Ibodat qiluvchilar soni kundan-kun ko’payishi va Islomni o’rganish uchun qiziqish ortib bo’rishi bu yerda masjid va madrasalar qurilishini rivojlantirib yubordi.

Masjid – arabcha “Sajada” egilish, itoat etish, sajda qilib yuzini yerga tegizish. Ya’ni ibodat qilinadigan joy ma’nosini bildiradi. Mahallalardagi masjidlar shu yer aholisi kundalik namoz o’qish uchun, jamoa masjidlari esa kundalik namoz bilan birga juma va hayit namozlari uchun mo’ljallangan va ularga shaharni markazidan eng yaxshi joylar ajratib berilgan.


Madrasa – “darasa” (arabcha) so’zidan olingan bo’lib, joy nomi, ya’ni dars oladigan, o’qiladigan joy. Madrasalar musulmonlarning o’rta va oily o’quv yurti. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtda madrasalarda davlat muassasalari hodimlari ham tayyorlanadigan bo’ib ketdi.
Markaziy Osiyoda masjid, madrasa, maqbara IX-XIX asrlarda qurilgan. Bulardan eng mashhurlari 90 ga yaqin bo’lib Markaziy Osiyoda Islom dini ma’naviy me’rosidan darak berib turadi.

Hadis arabcha – “xabar”, “yangilik”, hodisalar ma’nolarini anglatadi. Payg’ambar Muhammad (s.a.v) aytgan so’zlari, qilgan ishlari ko’rsatmalari to’g’risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo’ladi: Matn va Isnod

Hadis ikki turga bo’linadi:


1 - Hadisi qudsiy
2 - Hadisi naboyi.
Hadislar e’tiborga olinishi jihatdan yana 3 qismga bo’linadi:
1 – Sahih
2 – Hasan
3 – Zaif.

Saxiyh (to’la ishonchli) so’zlari to’g’ri so’z, ishonchli, adolatli, obro’ – e’tibor qozongan shaxslar to’plagan hadislar;

Hasan (go’zal, ishonchli, yaxshi ) hadislar, biror bir hadisni naql qilgan, to’plagan shaxslarning ayrim nuqsonlari bo’lsa (masalan u kam ta’minlangan bo’lsa) yoki hamma hadisshunoslar uni benuqson deb topmagan bo’lsa, bunday hadislar “Hasan” deyilgan. Ular to’la qimmatga ega deb tan olinmasa, lekin u butunlay inkor etilmagan, binobarin amalda bunday hadisdan foydalanilgan.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling