Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi


Download 1 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1551726
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi

Zaif (ishonchsiz) hadislar. Hatti – harakati, taqvodorligi, xulq – atvori shubhali kishilar tomonidan to’plangan hadislar.

Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va boshqa turlarga ajratildi. Masalan, sunniylikda sahih hadislar darajalari bo’yicha yetti xilga bo’lindi:

  • Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
  • faqat Imom Buxoriy keltirgan;
  • faqat Imom Muslim keltirgan;
  • ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bo’yicha rivoyat qilingan;
  • Imom Buxoriy shartlari bo’yicha rivoyat qilingan;
  • Imom Muslim shartlari bo’yicha rivoyat qilingan;
  • boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.

Qo’yidagi isnodga tegishli texnik terminlar barcha ulamolar tomonidan bir xilda talqin qilinmasada, asta-sekin ular barqaror istilohga aylanib bordi. Ularni o’rganish qulay bo’lishi uchun ularni besh guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin.

I. Roviylarning soniga ko’ra: mutavotir, mashhur, mustafid, aziz, g’arib, fard, shozz, ohod hadislar;

II. Isnodning tabiatiga ko’ra: muttasil marfu’, muttasil mavquf, musnad, maqtu’, munqati’, munfasil, muallaq, mursal, mu’allal yoki ma’lul hadislar;

III. Matn yoki isnodning asosiy xususiyatlariga ko’ra: ziyodot as-siqot, mu’an’an, musalsal, mudallas, mubham, maqlub, mudraj, mudtarib, isnod oli hadislar;

IV. Hadislarning qabul qilish uchun yaroqliligiga ko’ra: ma’ruf, munkar, majhul, maqbul, mahfuz hadislar;

V. Hadislarning inkor etilishiga ko’ra:munkar, mardud, matruk, matruh hadislar.

Vazirlar Mahkamasining buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma’naviy-ruhiy hayotidagi beqiyos o’rnini hisobga olib, jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1997 yil 29 aprelida «1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligini mamlakatimizda keng nishonlanishi haqida» qaror qabul qildi. Bu qaror asosida buyuk muhaddisning yubiley to’yi mamlakatimiz miqyosida nishonlandi.

  • 1998 yili mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan «Imom al-Buxoriy» xalqaro jamg’armasi tashkil etildi. Bu jamg’arma qisqa muddat ichida salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, 2000 yildan «Imom al-Buxoriy saboqlari» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnalini prof. Z.I. Munavvarov muharrirligida muntazam ravishda nashr etmoqda. Unda Vatanimiz va chet ellik tadqiqotchilar tomonidan buyuk muhaddislar ijodi, hadis ilmi rivoji haqidagi ilmiy maqolalar berib borilmoqda.

Adabiyotlar

  • Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Al-Jomi as-sahih (ishonarli to’plam). 4 jildli. Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati. 1991-1999.
  • At-Termiziy. Sahih at-Termiziy / A. Abdullo tarjimasi. T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
  • Imom al-Buxoriy. al-Adab al-mufrad. T.: O’zbekiston, 1990.
  • Imom al-Buxoriy. al-Jomi as-sahih. 4 jildlik. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993.
  • Karomatov H.S. Arba’in hadis va qirq maqol. Toshkent: FAN. 1994.
  • Mirmahmudov N. Imom ad-Dorimiy // Hidoyat. 2000. № 8. B. 6.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling