Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

G‘arbiy turk xoqonligi. Ba'zi bir tarixchilar G‘arbiy turk 
davlatini “o‘n kamon o‘qi davlati” deb atashar edi. Ashina sulolasiga 
mansub g ‘arbiy hukmdorlarning rasmiy unvonlari “turk jabg‘u 
xoqoni” yoki “o‘n kamon o‘qi davlati xoqoni” bo‘lgan. G‘arbiy turk 
davlatida yetakchi o‘rinni ikkita yirik birlashmadan iborat “o‘n o‘q 
budun” - ”o‘n kamon o ‘qi davlati” egallagan edi. Ulardan biri -
beshta qabila “nushibi” uyushmasini tashkil qilib, Sirdaryodan Chuy 
daryosigacha bo‘lgan yerlami egallagan, umumiy “dtilu” nomi ostida
43


birlashgan, boshqa beshtasi esa Chuy daryosidan tortib Oltoy va 
Jung‘oriyani ham o ‘z ichiga olgan hududda joylashgan edi.
G ‘arbiy turk xoqonligi Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyoning 
boy dehqonchilik viloyatlari, Orolbo‘yi dashtlari, quyi Volgabo‘yi 
hamda Shimoliy Kavkazni o ‘z ichiga olgan edi. Davlatning ma'muriy- 
siyosiy markazi a w a l Talos vodiysi, bu yerda Mingbuloq (hozirgi 
Bo‘yterek qishlog‘i atrofi) yozgi qarorgoh xizmatini o‘tagan, keyin 
Chuy vodiysi bo‘lgan edi. 618-yildan boshlab Suyob shahri G ‘arbiy 
turk xoqonligining poytaxtiga aylanadi (hozirgi To‘qmoq shahri 
yaqinidagi Oq Beshim vayronalari).
0 ‘zaro urushlar oqibatida g ‘arbiy turklar faqat To‘n Yabg‘u 
xoqon hukmronligi davri (618-630-yy.)da o‘z mavqyelarini tiklab 
oladi. Qabiladoshlari uni salohiyatli davlat arbobi va mohir sarkarda 
sifatida juda hurmat qilar edi: “U jasur va ehtiyotkor. Uning har bir 
jangi g ‘alaba bilan yakunlanadi”. To‘n Yabg‘u xoqon Eronga qarshi 
siyosatda faollik ko‘rsatib, ulardan Toharistonni tortib oldi, 
Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonning bir qismini ishg‘ol qiladi. 
Vizantiya imperatori Irakliy bilan ittifoq tuzib, Eronning Kavkaz orti 
yer-mulklariga hujum qiladi va Derbent, Tbilisi hamda Dratov 
shaharlarini ishg‘ol qiladi.
To‘n Yabg‘u xoqon muhim ma'muriy-siyosiy islohotni amalga 
oshiradi. Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistondagi ko‘chmanchi 
hamda o‘troq zodagonlar huquqlarini tenglashtiradi, noqonuniy 
soliqlami ancha kamaytiradi. Hukmdorlami nazorat qilish va 
soliqlami yig‘ish uchun noiblar tayinlanadi.
VII 
asming birinchi yarmida Tan sulolasi (618-907-yillar) 
kuchaydi. Imperator Tay-Szun yetakchiligidagi Xitoy feodallarining 
a'yonlari o‘z oldilariga Buyuk ipak yo‘lini bosib olishni asosiy vazifa 
qilib qo‘yadilar. 630-yilda ko‘chmanchi to‘g‘uz-o‘g ‘uz qabilalari 
bilan ittifoqda bo‘lgan Tay-Szun lashkarlari Sharqiy turk xoqonligini 
tor-mor etdi. Tay-Szun turli turk otryadlari kuchi bilan Gaochan 
davlati (Turfon vohasi)ni bosib oldi va uning hududida Ansi tobe 
o ‘lkasini tashkil qildi. Xuddi mana shu mavze, G‘arbiy turk 
xoqonligiga hujum qilishda muhim strategik markaz vazifasini 
bajaradi. Turklar Sharqiy Turkiston xalqlari bilan birgalikda dushman 
hujumlariga uzoq bardosh berdi, ammo Ma daryosidagi jang (556- 
yil)da xitoylik sarkarda Su-Danfan Ishbor xoqon qo‘shinini yengishga
44


muvaffaq bo‘ldi. Xoqon janglar bilan Chuy vodiysiga chekindi va shu 
yerda 657-yilda butkul yengildi hamda halok bo‘ldi.
Xitoy imperatorining Tangritog‘ni uzoq o ‘lkalari ustidan real 
hokimiyatni o ‘mata olmay, “o ‘n kamon o‘qi davlati”ga Ashina 
sulolasi g‘arb shaxobchasi vakilini xon qilib qo‘ydi. Ushbu 
qo‘g‘irchoq xoqonlar xalq o‘rtasida obro'ga ega bo‘lmadi, aholi esa 
bosqinchilarga qarshi kurashini to‘xtatmadi. Xoqonlik tanazzuli 
davom etdi va Ashina sulolasidan chiqqan yigirma uchinchi xoqonni 
704-yilda turgashlar Qulan shahri (hozirgi Lugovaya stansiyasi 
yaqinida)da o ‘ldirdi. yettisuv va Tangritog‘da hokimiyat turgashlik 
xoqonlar sulolasi qoMiga o ‘tdi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling