Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


 ‘zbeklarning qadimgi ajdodlari tarixi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

0 ‘zbeklarning qadimgi ajdodlari tarixi. So‘nggi yillarda 
Vatanimiz va unga tutash bo‘lgan hududlarda keng ko‘lamda olib 
borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar hamda qadimgi 
yozma manbalaming tarixiy tahliliga ko‘ra, o ‘zbek xalqining kelib 
chiqish tarixi qator xronologik bosqichlar (bronza va ilk temir, antik, 
ilk o‘rta asrlar va o‘zbek ajdodlarining alohida etnik birlik (elat) bo‘lib 
shakllangan davrlari)dan iborat. Uning birinchi xronologik bosqichi 
so‘nggi bronza va ilk temir davrlariga tegishli bo‘lib, aynan ushbu 
davrdan boshlab o ‘zbek xalqi ikki etnik ildiz asosida rivojlangan. 
Uning 
birinchi 
ildizi 
o ‘troq 
dehqonchilik 
madaniyati 
etnik 
komponentlaridan iborat bo‘lsa, ikkinchisi esa bronza va ilk temir 
davrining chorvador qabilalari etnik komponentlaridan tarkib topgan.
Amudaryo va Sirdaiyo oralig‘ida so‘nggi bronza davridan 
yuqorida nomlari qayd qilingan turli qabila va elatlaming etnik 
jihatdan dastlabki aralashuv jarayoni sodir bo‘lgan. Aynan mazkur 
davrda mintaqada yuz bergan assimilyasiya jarayonlari natijasida 
antik davrga kelib, o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon 
tarkib topgan edi.
51


Ma’lumki, m il.aw . Ill asrda Sirdaryoning o ‘rta oqimida turkiy va 
so‘g‘diylar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tashkil topgan. Qang‘ davlati 
davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlaming 
iqtisodiy, siyosiy hamda etnomadaniy aloqalaming tobora rivojlanishi 
natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib, yangi turkiy etnoslar -
qang‘ar elati paydo bo‘ldi va o ‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat 
shakllandi.
Tarixiy va arxeologik tadqiqotlarda ushbu madaniyat “Qovunchi 
madaniyati” nomini olgan. Antropolog olimlaming ta'kidlashlaricha, 
aynan shu davrlarga kelib, Markaziy Osiyoning vodiy va vohalarida 
yashovchi sug‘diylar hamda qang‘arlaming tashqi qiyofalarida hozirgi 
o ‘zbek va voha tojiklariga xos 0 ‘rta Osiyo ikki daiyo oraligi 
antropologik tipi to'liq shakllangan.
Akademik K. Shoniyozovning ta’kidlashicha, turkiy tilning 
Markaziy Osiyoda keng tarqalishida qadimgi xun va usun hamda 
ulaming tarkibidagi barcha turkiyzabon qabilalaming hissasa juda 
katta bo'lgan, albatta. Mazkur qabilalar ta’sirida miloddan aw algi I -
milodiy I asrlar davomida o ‘tmishda sharqiy eron til turkumidagi 
turg‘un xalqiar (saklar, massagetlar, sug‘diylar, xorazmliklar va 
boshqalar) hamda qabilalaming ma'lum bir qismi til jihatdan batamom 
turkiylashgan edi.
Xun, usun va boshqa turkiy qabilalaming salmoqli qismi yettisuv, 
Movarounnahr va Xorazm yerlarida yashovchi aholi, jumladan, 
qang‘arlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Ana shu etnik, iqtisodiy va 
madaniy yaqinlashish jarayonida, tub yerli etnos asosida turkiy tilda 
so‘zlashuvchi yangi etnos - qang‘arlar vujudga keladi. Aynan 
miloddan aw algi I - milodiy I asrlarda Sirdaryoning o‘rta oqimlarida 
yashovchi xalqning alohida etnos bo‘lib shakllanishi uchun asosiy 
omillar mavjud edi: siyosiy tuzum, iqtisodiy va madaniy hayot birligi, 
umumiy hudud hamda etnik nom (qang‘ar) vujudga kelgan edi. 
Ammo, ushbu elat antik bosqichda vujudga kelgan va o‘z davriga xos 
siyosiy hamda etnik birlik edi. Qang‘ davlatining yemirilishi bilan 
(milodiy V asr o‘rtalari) uning tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib 
ketadi, yangi siyosiy hamda etnik birliklar vujudga keladi.
VI asming ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyo etnosiyosiy maydonida 
G ‘arbiy Turk xoqonligining paydo bo‘lishi mintaqa xalqlari, shu 
jumladan, 'V zbek xalqi etnogenezi va davlatchilik tarixida muhim 
o ‘rin egallaydi. Ayniqsa, bu o ‘rinda G ‘arbiy Turk xoqonligining
52


o ‘zbeklar etnogenezida sezilarli o‘mi bo‘lib, mazkur davlat 568-740- 
yillar oralig‘ida hukmronlik qilgan. G‘arbiy Turk xoqonligi haqida 
qadimgi turk bitiklari (VTI-VIII asrlar)da, Xitoy yilnomalari (VI-X 
asrlar)da va VII-VIII asrlarga tegishli sug‘diy tildagi bitiktosh hamda 
numizmatik materiallarda ma'lumotlar qayd qilingan.
Turk xoqonligi mafkurasiga ko‘ra, “el” deb atalib, qadimgi 
tarixda u bilan bog‘liq “mangu el”, “tangri (ilohiy) el” va “turk eli” 
kabi iboralar paydo boMgan. El va xoqon hokimiyatining Tangri 
tomonidan Ashina xonadoniga “turk budun (xalqi)”ga in'om 
qilinganiga ishonilgan.
Xoqonlikning davlat mafkurasi negizida “turk” etnosi, ya'ni 
“mangu el”ning mustaqilligini saqlab turish bilan birga, uning boshqa 
etnoslar ustidan hukmronlik qilishi yoki do‘stona munosabatlar 
o‘matishini ta'minlash yotgan. Ushbu mafkura bitiktoshlarda xoqonlar 
tomonidan xalqqa qilgan murojaatlari “Turk buduni (xalqi)”, “Turk 
beklari va buduni”, “Turk, 0 ‘g‘uz beklari, buduni” va “Turk Sir 
budun” kabi iboralar bilan boshlanishi, uning mustaqil yashashi va 
egallangan hududlarda hokim tabaqaga aylanishini ta'minlagan. Xitoy 
yilnomalarida Turk xoqonlari unvonlarining tarkibiy qismi sifatida 
“da tujyue (“buyuk turk”)” iborasi uchraydi. Bu esa qadimgi turklar 
o ‘z davlatini “Buyuk Turk qag‘anlig‘i” shaklida ulug‘lashini 
ifodalaydi.
Xoqonlik katta bir imperiya miqyosidagi davlat edi. Uning 
tarkibiga Sharqiy Turkiston (Kumul, Turfon, Qorashahar, Kucha, 
Qoshg‘ar va Xo‘tan), Movarounnahr va unga tutash hududlar — 
Choch, 0 ‘tror, Isfijob, Farg‘ona, Ustrushona va Sug‘d (Samarqand, 
Maymurg‘, Kushoniya, Panch, Kesh hamda Naxshab), Buxoro, 
Tohariston, Xorazm, Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston (Kashmir, 
Qobuliston va Zobuliston), shimoliy-sharqiy Eron - Janubiy 
Turkmaniston (Dehiston, Gurgon va Marv) hududlari kirgan.
Shunday qilib, VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi 
birinchi navbatda, Sirdaryoning o ‘rta havzalari, umuman, butun 0 ‘rta 
Osiyo hududlarini egallab olgan edi. Ammo, buning oqibati o‘laroq, 
ilk o‘rta asrlarga kelganda Sirdaryoning o ‘rta havzalarida turk-sug‘d 
etnomadaniy, etno-psixologik va etno-siyosiy maydon tarkib topdi. 
“Qovunchi madaniyati” asosida qang‘ar elati, uning bazasida hozirgi 
zamon o‘zbek xalqiga xos antropologik tip - “0 ‘rta Osiyo ikki daryo 
oralig‘i tipi” uzil-kesil shakllandi.


V III-X asrlar davom ida va undan keyin ham turkiyzabon xalqlar 
ham da qabilalam ing kattagina qismi o ‘z etnik nom lari bilan bir 
vaqtda, Turk xoqonligi davrida turk ekanliklarini esdan chiqarmay 
kelganlar. T urk xoqonligi hududida “Turk” atam asi bilan nomlanib 
kelgan 
qabilalar 
qaerda 
yasham asinlar, 
bir-birlarini 
qardosh 
hisoblaganlar.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling