Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


I BOB. ETNOLOGIYA FANI TAR1XI, PREDMETI


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

I BOB. ETNOLOGIYA FANI TAR1XI, PREDMETI 
VA MANBALARI
------------------------------ *■ -----------------------------
Mavzuga oid tayanch so*z va iboralar: Etnografiya, etnologiya, 
etnos, xalq, etnologik ma'lumot, yunon va rim mualliflarining asarlari, 
etnotoponimlar, etnik qiyofa, musulmon Uyg‘onishi davri manbalari, 
Amir Temur va temuriylar davri manbalari, o'zbek urug‘lari haqida 
ma'lumotlar, rus sharqshunoslari, sayyohlar, “Turkiston " fotoalbomi, 
ilmiy jamiyatlar va to ‘garaklar, Rus Geografiya jamiyati “Turkiston ” 
bo ‘limi, 
Turkiston havaskor arxeologlar to ‘garagi, 
etnologik 
tadqiqotlar, X X asrning 20-yillaridagi etnologik asarlar, etnologik 
atamalar.
1.1. Etnologiya fani predmeti, tarixi va tadqiqot usullari
“Etnologiya” atamasi qadimgi yunoncha - “etnos” (xalq) va 
“logos (fan) degan so‘zlardan tashkil topgan. Uning tub ma'nosini 
“xalqni ta'riflash” yoki “xalqshunoslik” deb atash mumkin.
Maxsus etnologik adabiyotlardan ma’lumki, jahondagi ko‘plab 
xalq va elatlar o4z tili, kelib chiqishi, moddiy hamda ma'naviy 
madaniyati, maishiy turmushi va psixologiyasi bilan ham bir-biridan 
ajralib turadi. Xalqlaming o‘zaro tafovuti yoki umumiyligi va 
o‘xshashligi hamda ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi 
maxsus fan sohasi “etnologiya” deb ataladi.
Etnologik bilimlar eng qadim zamonlardan paydo bo‘lgan bo‘lsa- 
da, lekin mazkur fan mustaqil fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida 
vujudga keldi. Dastlab ushbu atamani XVII asrning oxirida nemis 
yozuvchisi Iogan Zummer ishlatgan, keyin esa XVIII asrning oxirlari 
va 1808-yilda maxsus jumallar shu nom bilan chiqa boshlagan. 
“Etnologiya” so‘zi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak 
Amper tomonidan 1830-yilda alohida fan sohasi sifatida qo‘llanilgan.
Etnologiya - jahondagi barcha xalqlaming turmush tarzi, urf- 
odatlari, moddiy va ma'naviy hayoti, ulaming katta-kichikligi, irqi, 
ijtimoiy tuzumi, qoloq yoki rivojlangan bo‘lishidan qat'iy nazar, teng, 
bab-baravar o‘rganuvchi muhim ilm sohasidir.
7


Etnologiya dastlab hozirgi xalqlaming kelib chiqishi, shakllanishi, 
joylashuvi, etnik tuzilishi, xo‘jalik mashg^ulotlari, madaniy-tarixiy 
munosabatlari, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlari, ma'naviy 
madaniyati hamda milliy xususiyatlarini tarixiy jarayonlar bilan 
bog‘liq holda o lrgangan. Ushbu soha olimlarining diqqat markazida 
hozirgi davrdagi xalq va elatlaming maishiy hamda madaniy hayotida 
paydo bo‘layotgan barcha yangilik (innovatsiya)lar, tub ijtimoiy 
o‘zgarishlar, turmush tarzidagi umumiy va xususiy belgilar hamda 
boshqa muhim masalalar va muammolar turadi. Tarixiy etnografiya 
yo‘qo!ib ketgan xalq va elatlar, o ‘tmishdagi etnik jarayonlar, maishiy 
turmush va ma'naviy madaniyat xususiyatlarini ham o4rganadi.
Har bir fan dastlab faktik bilimlami to‘playdi, keyin esa ulami 
tahlil etish orqali mohiyatini anglab, nazariy xulosalar chiqaradi. 
Etnografiya fani ham ayni shunday yoMdan borib, mazkur fan 
tadqiqotchilari xalq orasida yurib, kuzatib, axborotchilar bergan 
ma'lumotlami yig‘ib, moddiy va yozma yodgorliklami tahlil qilib, 
to‘plangan materiallami mazmuniga ko‘ra, yo‘nalishlar, maqsad va 
vazifalarga qarab tasnif etadi. So‘ngra ular muayyan ilmiy maqsad 
bilan tahlil qilinadi va zarur xulosalar chiqariladi.
Lekin, qadimda etnologik bilimlar kundalik hayotiy jarayonlarda 
o ‘zga xalqlar bilan o ‘zaro aloqalar davomida amaliy ehtiyojlami 
qondirish uchun qo‘llangan. Bunda hali etnologik bilimlarga ilmiy 
ma'no berish alomatlari bo‘lmagan. Masalan, ay rim qo‘shni qabila, 
xalq va elatlaming maishiy turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari va 
etnik xususiyatlarini o ‘rganish, ulami aniq tushunish amaliy 
ehtiyojlami qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi 
Sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qo‘shnilar bilan samarali savdo- 
sotiq 
munosabatlarini 
o ‘matish, 
shuningdek, 
ularga 
qarshi 
muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham birinchi navbatda, 
etnologik bilimlarga ega bo‘lish zarur edi.
Jahonda eng qadimgi yozuvlar sirasiga kiruvchi ierogliflar, 
shumer va eroniy mixxatlari hamda qoyatosh bitiklarining guvohlik 
berishicha, qadimgi Misr, Mesopotamiya va Eron aholisi qo‘shni va 
uzoq xalqlar hamda elatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotga bo‘lgan. 
Ushbu ma'lumotlar faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq 
og‘zaki ijodida ham turli rivoyat, hikoya va afsonalar ko‘rinishida aks 
etgan. 
Masalan, 
qadimgi 
mesopotamiyaliklaming “Gilgamesh” 
dostoni, miloddan avvalgi XX asrlarda Misrda yaratilgan “Sinuxet


sarguzashtlari”, keyinroq tosh va qabr toshlarga bitilgan zafamomalar, 
Tel-Amamadan topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya 
obidalaridagi yozuvlar, eron-ahamoniy podsholarining deklarativ 
(bayonot) matnlari va tevarak- atrofdagi mamlakatlar aholisi 
to ‘g‘risida nodir ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan.
Antik davrga kelib etnologik bilimlar bir muncha kengayib va 
ko‘payibgina qolmay, madaniyatning o ‘sishi bilan ba’zi nazariy 
xulosalar ham vujudga kelgan edi.
yj 

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling