Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Xalq ijodiyoti
Qirg‘iz xalqi o ‘z tarixi davomida ajdodlardan avlodlarga o ‘tib kelayotgan xalq ijodiyoti va madaniyati bilan bog‘liq 171 bo ‘lgan xazinani bugungi kungacha saqlab kelm oqda. Q irg‘iz xalq og‘zaki ijodiyoti xalqning ko‘p asrlik yorqin tarixiy taqdiri va madaniyati, tabiatan shoirona qarashlari, ozodlikka intiluvchi va mardlik kabi xislatlarini ifodalagan. Xalq ijodiyoti orqali qirg‘iz xalqining qahram onliklari va go ‘zal romantik kechinmalari yoritib berilgan. Chunonchi, “M anas” dostoni qirg‘iz xalqining durru gavharidir. “M anas” misoli bir epik asar b o ‘lib, dastlab XLX-asming 50-yillarida C ho‘qon Valixonov tomonidan yozib olingan, lekin rus tiliga faqat 1904-yilda tarjim a qilinib, nashr etilgan. “M anas”ning qisqartirilgan varianti akadem ik V. V. Radiov tom onidan nemis tilida chop etilgan. “ Manas” xalq orasida yuksak poetik esdalik sifatida nafaqat xotira tufayli, shu bilan birga xalq orasida m ashhur b o ig an lig i sababli ham hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. “M anas” eposi qirg‘iz folklorining barcha janrlarini o ‘z ichiga qamrab olgan, ya'ni afsona, qo ‘shiq, ertak, aytishuv va m asallardan iborat edi. “M anas”ning xalq ichida keng tarqalishida irchi (bip4bi)laming roli katta b o iib , ular dostonni mashhur bo‘limlarini aytib, keng tarqatgan. “Manas”da asosiy 9 ta qo‘shiqlar uziviyligi ko ‘rish mumkin: Manasning tug‘ilishi va bolalik yillari, Manasni xon sifatida tanilishi, Manasni Q oshg‘ar xonligiga qarshi birinchi yurishi, m intaqa hududlariga yurishidan iborat. Doston Xitoy poytaxti (Beypin)ga yurish va Talas vodiysida M anasning o ‘limi bilan yakunlanadi. Manasning qimmati shundaki, unda tarixiy, etnologik, geografik va boshqa ma'lumotlami o ‘z ichiga olganligi sababli qirg‘iz xalqi hayotining qomusi deb ham atash mumkin. Dostonda ju d a katta ijtimoiy-maishiy hayotga doir ma’lumotlar: to ‘ylam ing tavsifi, dafn marosimlari, xalq o‘yinlari va mashg‘ulotlari o ‘rin olgan. Shu boisdan ham “Manas” qirg‘iz xalqining tarixi va etnografiyasiga oid bebaho manbadir. Qolaversa, ushbu doston o ‘ziga xosligi bois dunyodagi eng uzun epos sifatida Ginnesning “Rekordlar kitobi” va 2013-yil YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling