Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Kiyim-kechaklari.
Q irg‘izlaming kiyimlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, o‘ziga xos milliy jihatlari bilan ajralib turadi. 168 Erkaklam ing kiyimi asosan, ishton, ko‘y!ak, to‘n, chopon, bosh kiyimlar va poyafzaldan iborat. K o‘ylaklari ochiq ko ‘rinishda bo‘lib, bichilishi va tikilishi jihatdan to ‘nga o ‘xshaydi. Keyinchalik oldi faqat ko‘kragigacha ochiq tik yoqali ko ‘ylak kiyilgan, bu ko‘rinish qozoq tatarlarining ko ‘ylagini eslatadi. K o‘pgina qirg‘iz erkaklari boshida oppoq namat telpagini ko ‘rish mumkin. Erkaklam ing ishtoni charmdan tikilgan bo‘lib, uning turli qismlari har xil nom bilan atalgan: chalbar, qanday, jargaq shim. Q irg‘izlam ing milliy an'analari asosan, ayollar kiyim- kechaklarida yaxshi saqlanib kelmoqda. Hozirgi ayollar k o‘ylagi (ko‘ynuk) bichimi bo'yicha avvalgilardan keskin farq qiladi: ancha kalta, ochiq, ba'zan esa tik yoqali, burma, ko ‘proq, qizil, pushti rangli gazlamalardan tikiladi. K o‘ylak ustidan turli xil gul va bezaklar solib tikilgan o ‘ngur kiyiladi. Xotin-qizlar albatta, nimcha va kamzul (poyjen, kamzur, ba'zi yerlarda kiyamzur deb ham ataladi) kiygan. Ushbu kiyim yoqasiz, o ‘mizi keng yoki tik yoqali qilib tikiladi, ayrim hollarda kumush tugmachalar qadaladi. Q irg‘iziston tog‘li o ‘lka bo‘lganligi sababli ko‘p hududlarning iqlimi va tabiati ancha salqin bo‘ladi. Shuning uchun qishin-yozin issiqroq kiyinib yurishlariga to‘g ‘ri kelgan. K o‘pincha duxoba paltoda yuriladi. Q irgciz ayollari bosh kiyim sifatida odatda, yorqin, rangdor chit ro ‘mol, bayram kunlari esa shohi ro‘mol o ‘raydi. K o‘pchilik yosh juvonlar, ayniqsa, qizlar do ‘ppi kiyadi. Qirq kokil qilib sochlarini o ‘rish hozir ancha urfdan qolgan. Ko‘pincha sochlarini qo‘sh kokil qilib o ‘rib, ustidan do‘ppi kiyadilar. Qizlaming eng sevimli bosh kiyimi ikki cheti m o‘ynali telpakdir. Bunday telpakning uchiga chiroyli qush patlarini bog‘ich bilan tikib qo‘yiladi. K ospincha qirg‘iz ayollari quloqchin kiyadi va uning tashqi ko‘rinishi hamda bezagi bilan bir-biridan farq qiladi. Qirg‘izistonning shimoliy tumanlarida ayollar quloqchinini takiya kop, g ‘arbiy va janubiy tumanlar, jum ladan, 0 ‘sh viloyati atroflarida esa chachqop nomi bilan ataydi. Takiya qopning orqasi yelkaga osilib turadi, qop ustidan yupqa oq mato yoki dokadan salla (elechik) o ‘raladi. Quloqchining ikki tomoniga sochpopuk osiladi. 169 Ayollar kiyim ining noyob elem etlaridan biri tugma qadalmaydigan yubka - “beldem chi” va bosh kiyim “elechek” hisoblangan, uni asosan, keksa ayollar kiygan. Issiqko‘1, Chuy v a Tangritog‘ atroflarida yashaydigan qirg'iz qizlari sallani o ‘ram a k o ‘rinishda o ‘raydi. Sallaning uchi chap tom ondan o ‘ram a ichiga qistirib qo‘yiladi. Talas vodiysi va 0 ‘sh viloyatning shimoliy tum anlarida sallaning iloq turi keng tarqalgan (yum aloq yoki yalpoq ko‘rinishda bo‘ladi). Ayrim hollarda salla ustidan duriya, ya'ni chiroyli ro ‘mol tashlab olinadi. Ba'zi joylarda naqshdor hoshiya va kum ush taqinchoqlar (tanga, m aijon ham da dur) bilan bezaladi. U shbu odatni ko ‘proq ichkilik guruhiga kiruvchi qirgliz qizlarda uchratish mumkin. Q irg‘iz ayollari, xususan, janubiy tum anlaridan yashaydigan xotin-qizlar ko ‘ylak ustidan belga taxlangan guidon ro ‘mol yoki keng tasm a (beldik) yoki bezkur bog‘lab oladi. Q irg‘izlam ing oyoq kiyimlari orasida echki tivitidan ishlangan namat etik keng tarqalgan. U lam ing nam at etikdan tashqari choqoy deb ataladigan pastak etigi ham bor. Keksalar poshnasiz massi (maxsi)ni kalish bilan kiyib yuradi. Etik va maxsining ichidan nam at paypoq ham da guldor jorob kiyadilar. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling