Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Uyg'urlar.
Xitoy Xalq Respublikasidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumamning tub joy aholisi bo‘lib, ulaming nufusi 11 mln kishidan iborat U yg‘urlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, jum ladan, Qozog‘istonda 243 ming, Qirg‘izistonda 50 ming, 0 ‘zbekistonda 20 ming, Turkmanistonda esa 1,2 ming kishi ,istiqom at qiladi. Shuningdek, ular Hindiston, A fg‘oniston va Pokistonda ham yashaydi. 182 Jahon bo ‘yicha jam i 12 mlndan to 15 mlngacha uyg‘ur millatiga mansub aholi yashaydi. Ular asosan, uyg‘ur tilida so‘zlashib, islom dinining sunniylik m azhabiga e'tiqod qiladi. Tarixdan m a'lumki, uyg‘urlar turkiy tilli aholi bo‘lib, uzoq davom etgan etnogenetik jarayonlar natijasida Sharqiy Turkistonda alohida etnik jam oa bo ‘lib shakllangan. Taniqli tilshunos olim Mahmud K oshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “uyg‘ur” atamasining etimologiyasi, “Turkiy qavm lar tarixi” va “Ш ажарайи турк” asarlarida esa ular tarkibidagi urug‘-qabilalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Xitoyshunos A. X o‘jaev xitoy yozma manbalariga asoslangan holda qadimda uyg‘urlar 9 ta qabiladan iborat bo‘lib, keyinchalik ular soni 30 taga ko‘payganligini qayd etgan. Shuningdek, olim “ uyg‘ur” etnonimining turli talqinlari haqida ham ma'lumotlar bayon qilgan. Yana bir xitoyshunos olim N. Bichurinning tadqiqotlarida esa “uyg‘ur” etnonimning transkripsiyasiga doir ma'lumotlar mavjud. “Уйгурларнинг кискача тарихи” asarida qayd qilinishicha, “uyg‘ur” so ‘zi turkiy da “uymoq”, “xuyxe” esa xitoy chada “birlashmoq” degan ma'nolami bildiradi. “U yg‘urlar tazkirasi” nomli asarda keltirilishicha, “ ... uyg‘urlar buku, tungro va boyirg‘ular bilan birlashib, turklarga qarshi isyon ko‘tarib, mustaqillikka erishgan, o ‘zlarini esa aw alig a “erkin”, so* ngra “uyg‘ur” deb atagan. Mazkur etnonim genezisiga doir bildirilgan barcha fikrlar orasida “uyg‘ur” atamasining “birlashgan” yoki “tashkil topgan” degan ma'nolari haqiqatga yaqin bo‘lib, ushbu termin turkiy qabilalar ittifoqiga nisbatan qo‘llanilgan. U yg‘urlar 646-yilda Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uyg‘ur xonligini tiklagan. U yg‘ur-Urxun xoqonligi (Uyg‘ur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari “uyg‘ur”, IX asrda uyg‘urlam ing Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida esa “Kuju xonligi” deb atalgan. XI asrda uning hududi g ‘arbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha cho‘zilgan bo‘lib, arab manbalarida “bilod U yg4ur” yoki “ Yug‘ur” (al-Marvaziy) deb qayd etilgan. Qozog‘istonda uyg‘urlar butun bir katta tumanni egallagan. Issiq Chilik, Chunja hududlari, Norinko‘l hamda Ili tumanlari, Olmaota va Chimkent shaharlarida ham ko‘plab uyg‘urlar ■ yashaydi. Q irg'izistonda esa Bishkek, T o‘qmoq, Pijevalsk va 0 ‘sh shaharlari, shuningdek, ayrim qishloqlarda, Turkmanistonning Bayramali va Mari tumanlari hamda Tojikistonning ayrim hududlarida uyg‘ur oilalari yashaydi. 0 ‘zbekistonda uyg‘urlar F arg‘ona vodiysining Andijon shahri va Asaka, lzboskan va Paxtaobod tum anlarida istiqom at qiladi. Sharqiy Turkistonda “uyg‘ur” etnonimi bilan birga jo y nomlari asosida ham o ‘zlarini atash keng tarqalgan. Shu sababli ham 1921-yil mayda Toshkentda chaqirilgan “Jung‘or va Oltishahar mehnatkashlarining I qurultoyi”da Sharqiy Turkistondan kelgan barcha aholiga nisbatan yagona ‘4iyg‘ur” nomi berilgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling