Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Xakaslar
- Sharqiy Sibiming janubiy qismida yashab, o ‘zlarini “xakas” deb ataydi. Ular qadimda “Abakan yoxud Minusinsk tatarlari” deb ham yuritilgan. Ular asosan, Rossiya Federatsiyasining Xakasiya Respublikasida yashaydi (63,9 ming nafar kishi). Rossiya Federatsiyasida xakaslar soni jam i 74 ming nafar kishidan oshadi. U lar xakas tilida so ‘zlashadi. Dini xristian dini bo‘lib, an'anaviy e'tiqodlar ham saqlangan. Xakaslar asosan, chorvachilik, ovchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Shorlar - Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyati (Tog‘li Shoriya), qisman Oltoy va Xakas Respublikalarida yashaydi. Ulaming soni 13 ming nafardan ortiq bo4lib, shor tilida so‘zlashadi. Ushbu til 197 turkiy tillam ing uyg‘ur-o‘g ‘uz guruhi xakas shoxobchasiga kiradi. Dindorlari deyarli rasman xristian b o ‘lsalar-da, qism an shom onlik ham saqlangan. Ular ket va ugorlarga xos bo ‘lgan m ahalliy etnoslar asosida shakllangan. VI—VIII asrlarda shorlar Turk, U yg‘ur va Yenisey xonliklari tarkibiga kirib, qadimgi oltoy, uyg‘ur ham da Yenisey qirg‘izlari ta'sirida turkiylashgan. X V II-X V III asrlarda shorlar shim oldan kirib kelgan teleutlar bilan aralashib ketgan. X V II-X V III asrlarda ruslar shorlami “temirchi tatarlar”, “kondom va mras tatarlari, abinlar” deb atagan. Shorlar o ‘zlarini urug‘ (qarg‘a, qiy, qabiy), hudud (Tayash choni-Tayash hududi) yoki daryо nomlari (M ras kiji-M ras odamlari, Kandum chani-kondum x a lq la ri),. yashash joylaridan tashqarida bo‘lsa, aba kiji (aba-urug‘, kiji-odamlar), chji kiji (tayga odamlari) nomlari bilan ataganlar. Oltoyliklar va xakaslar ulam i urug‘ nomi bilan “shorlar” deb atagan. Ushbu atama keng tarqalib, XX asrdan boshlab shu nom bilan rasmiy yuritib kelinadi. XIX asrgacha shorlam ing asosiy m ashg‘ulotlaridan biri tem irchilik bo‘lgan. Ular tem ir va tem ir mahsulotlari bilan Turk xoqonligiga o ‘Ipon to ‘lar, q o ‘shni chorvadorlar bilan b o ‘Isa, qoramolga alm ashtirar edi. XVIII asrdan boshlab ishlab chiqargan tem ir mahsulotlarini rus savdogarlariga o ‘tkazgan. Ruslar shorlam i “temirchi odam lar”, o ‘lkasini bo‘lsa, “Temirchilar yeri” deb atagan. XVIII asm ing oxirlaridan boshlab, ko‘chmanchilar bilan aloqalaming susayishi, aksincha, ruslar bilan kuchayishi natijasida shorlam ing tem irchilik mahsulotlari raqobatga bardosh berolmadi va asta-sekinlik bilan • yo ‘qolib, asosiy m ashg‘ulotlari ovchilikdan iborat bo‘lib qoldi. • Kundalik oziq-oyqatlarining asosini baliq mahsulotlari tashkil etib, shorlaming 40-70 % aynan shu m ashg‘ulot bilan band bo ‘lgan. Qo‘shimcha mashg‘ulotlaridan yana biri termachilik bo‘lib, bahor va yoz oylarida shor ayollari turli o ‘rmon mevalari va o‘t o ‘lanlam i terib, qishga saqlab qo‘ygan. 0 ‘lkaga ruslar kirib kelguniga qadar shorlar dehqonchilik bilan ham shug‘ullanib, asosan, bug‘doy ekkan b o ‘lsa, m slar kirib kelganidan so‘ng esa shorlar otlami ko‘paytirish (urchitish), arava va chanalar yasash hamda ulardan foydalanishni o‘zlashtirib olgan. Shor ayollari xonaki usullardagi tikuvchilik bilan ham shug‘ullangan. XX asming 20-yillaridan so‘ng shorlar an'anaviy 198 xo‘jaIik yuritish shakllarini yo ‘qotib, o ‘rmon, yog‘och tayyorlash va oltin qazish ishiari bilan band boMgan. Shorlarning dastlabki oziq-ovqat mahsulotlari turli hayvon va parrandalaming go‘shti, baliq hamda yovvoyi o ‘simIiklardan iborat bo‘lgan. Keyinchalik dehqonchilik rivojlangach, un mahsulotlaridan keng foydalanish boshlangan. Dasht hududlarida yashovchi shorlarning oziq-ovqat ratsionida sut va sut mahsulotlarini keng o ‘rin egallagan. Shorlarda boy an'anaviy folklor rivojlangan bo‘lib, xalq orasida ertaklar, ovchi hikoyalari, afsonalar, ashula, aytishuv, maqollar va topishmoqlar keng tarqalgan. .. , 1980-yillardan boshlab shorlarning an'anaviy madaniyatiga boMgan qiziqish ortib bormoqda. 1989-yilda “Tog‘li shorlarning uyg‘onishi” dasturi qabul qilindi. Bugungi kunda shor milliy parki va turli folklor ansambllar tashkil qilinmoqda. Ruslar - Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi hisoblanadi (120 mln. dan ziyod kishi). Shuningdek, ular Ukrainada 11,35 mln., Q ozog‘istonda 3,5 mln., 0 ‘zbekistonda 750 ming, Belorussiyada 916,6 ming, Latviyada 900 ming, Moldaviyada 560 ming, Estoniyada 475 ming, Ozarboyjonda 390 ming, Tojikistonda 390 ming, Litvada 345 ming, Gruziyada 340 ming, Turkmanistonda 330 ming, Arm anistonda 51 ming, shuningdek, Shimoliy Amerika mamlakatlari (asosan, AQShda 1 mln. nafar, Kanada va boshqa davlatlarda taxm inan 1,4 mln. nafar) va G ‘arbiy Yevropada yashaydi. Ulaming umumiy soni 140 mln. kishidan iborat bo‘lib, rus tilida so ‘zIashadi hamda xristianlik dinining pravoslav mazhabiga e'tiqod qiladi. Ruslar ukrain va beloruslar kabi urug‘-qabilachilik munosabatlarining yemirilishi hamda Kiev atrofida Qadimgi Rus davlatining vujudga kelishi jarayonida sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan qadimgi rus elatidan paydo bo‘lgan. Rus dehqonlari Qozog‘istonda XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida birinchi marta paydo boMgan. Ushbu rus oilalari asosan, Buxtarma daryosining tog‘li tizmalariga yaqi.n vodiylarda uy-joylar qurgan. XVIII asm ing 60-yillarida rus starobryadchilari (Polshada yashayotgan va diniy e'tiqodlari uchun ta'qib qilinayotgan ruslar) hisobiga ko‘paya borgan. XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida krepostnoylik huquqi bekor qilinganligiga qaramay, hamon o g‘ir ahvolda yashayotgan janubiy rus va ukrainlar Markaziy Osiyo hududiga ko‘cha boshlagan. Ruslar Qozog‘istonning to‘rtta va 199 M arkaziy O siyoning boshqa davlatlaridagi yetti viloyatda mutlaq ko‘pchilikni tashkil etadi. Ruslam ing M arkaziy Osiyo xalqlari bilan aloqalari qadim ga borib taqaladi. Rus knyazlari o ‘rta asrlarda M arkaziy Osiyo hukmdorlari bilan aloqada bo‘lgan. 986-yilda knyaz Vladim ir X orazm ga elchilar yuborgan, . shuningdek, Plano Karpini va V. Rubrukning kundaliklarida ham M arkaziy Osiyoda yashovchi ruslar haqida m a'lum otlar mavjud. XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklariga rus sayohatchilari Ivan Xoxlov ham da aka-uka Pazuxinlar kelgan. XVIII asr sayohatchilarining m a'lum otlarida M arkaziy Osiyodagi rus asirlari tilga olinadi. 1820-yilda Buxoro am irligiga A. F. Negrining diplomatik missiyasi kelgan bo‘lsa, 1840-yilda o ‘lkaga ilmiy ekspeditsiyalar ham uyushtirilgan. ^ XIX asr o ‘rtalarida Turkiston Rossiya tom onidan istilo qilingach, ruslam ing mintaqadagi soni ortib borgan. 1897-yildagi aholi ro‘yxatiga ko‘ra, Q o‘qon xonligida 197 ming, Buxoro va Xivada esa 16 ming nafar ruslar yashagan ham da ular Orenburg va Samara guruhlari deb atalgan. XX asr boshlarida Buxoroda 19 m ing nafar rus yashar edi. 1926-yilda 0 ‘zbekistonda 275000, 1979-yilda 1665658, 1989-yilda 1653478, 2000-yilda esa 1199015 nafar ruslar istiqom at qilgan edi. Ukrain va beloruslar ham qariyb ruslar yashagan tum an hamda shaharlarda istiqomat qilgan. Ular ayni bir vaqtda к о ‘chib kelganliklari tufayli, urf-odati, turmush tarzi va an'analari bir-biriga o‘xshaydi, lekin ulam ing milliy an'ana va udum larida bir-biridan farqli xususiyatlar ham mavjud. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling