Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuvaliklar
OUoyliklar -
o‘zlarini “oltoy-kiji” deb atab, G ‘arbiy Sibirdagi Oltoy Respublikasida yashaydi (68 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida oltoyliklar jami 74 ming nafar kishini tashkil etadi. Oltoy hududida qadimdan olon qabilalari yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Usalinka va Ukan) 196 topilgan. Ushbu hududlardan xunnlar, turk qabilalari, uyg‘urlar, Enasoy qirg‘izlari, qoraxitoylar va m o‘g 4ullar o ‘tgan. XIII asr boshlarida Oltoy hududi mo‘g ‘ullar davlatiga tobe qilingan bo‘lsa, 1756-yilga kelganda oltoylar Rossiya imperiyasi tarkibiga o ‘tgan. 0 ‘tmishda “oyrotlar” deb noto‘g ‘ri atalgan Oltoy xalqi qadimiy samoviy, ket, utar va turk qabilalarining aralashish jarayoniga sabab bo‘lgan. Janubiy oltoyliklar esa Sayan-OItoy qadimiy turklari (V I- VIII asrlar) bilan ko‘chib kelgan m o‘g ‘ul qabilalari (XIII, X V -X V III asrlari) bilan aralashishi oqibatida paydo bo‘lgan. Oltoyliklar quyidagi etnografik guruhlarga bo‘Iinadi: oltoy-kiji, telengitlar, teleslar, teleutlar, tubalarlar, chikanlar va kumandinlar. Ular oltoy tilida so‘zlashadi, dindorlari esa pravoslav, bir qismi baptistlar hamda an'anaviy diniy e'tiqodlar saqlangan. Aholi asosan, chorvachilik va ovchilik bilan shug‘ullangan. Oltoyliklar hozirgi davrda yuqori Ob daryosi havzasi va Oltoy oralig‘idagi vodiylarda yashaydi. Tuvaliklar — asosan, Rossiya Federatsiyasining Tuva (Tiva) Respublikasida yashaydi (273 ming nafar kishi). 0 ‘tmishda “uryanxayliklar”, “soyotlar” va “sayanlilar” deb atalgan. Tuvalilaming kelib chiqishi VU-VIII asrlardagi Urxun-Enasoy yozuvlarini yaratgan turkiy qabilalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Ulaming etnogenezida samodiy qabilalari (nenetslar va selkuplar) hant qisman ishtirok etgan. Tuvalilar tili turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, ushbu til Tuva Respublikasi, qisman M o‘g‘uliston va Xitoyda tarqalgan. Mazkur tilda 250 ming nafardan ziyod kishi gaplashadi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling