Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Ukrainlar
— Ukrainaning asosiy aholisi bo ‘lib, jam i 37,42 mln. nafar kishini tashkil etadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida 1 927988 nafar, Qozog‘istonda 333031 nafar, Belorussiyada 291 ming nafar, 0 ‘zbekistonda 77 ming nafar, Qirg‘izistonda 108 ming nafar, Latviyada 92,1 ming nafar, Kanadada 530 ming nafar, Polshada 300 ming nafar, Argentinada 100 ming nafar ukrainlar yashaydi. Ulam ing umumiy soni 46 mln. nafardan iborat bo‘lib, ukrain tilida so ‘zlashadi. Dini - xristianlik bo‘lib, pravoslav mazhabiga e’tiqod qiladi. Ukrainlar ruslar va beloruslar singari sharqiy slavyanlarga mansub. Ulaming umumiy etnik asosini X asrga kelib yaqin qardosh sharqiy slavyan qabilalari asosida shakllangan va Kiev Rusini barpo 200 etgan qadimgi rus elati tashkil qilgan. Keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot ham da qadimgi rus yerlarining siyosiy tarqoqligi davri (X II-X IV asrlar)da qadimgi rus elati asosida uchta qardosh xalq - rus, ukrain va belorus xalqlari shakllangan. Taxminan, XIV—XVII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan xalqlam ing litva, polyak va venger agressiyalari hamda turk- tatar bosqinchilarining talonchilik hujumlariga qarshi kurashi natijasida ukrainlar birlashishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiya imperiyasining rasmiy hujjatlarida Ukraina “M alorossiya”, ukrainlar esa “maloruslar” degan nomlar qayd etilgan. Ilk bor ukrain etnosi vakillari taxminan XVII asr boshlarida Q ozog‘iston kengliklarida paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo xonliklariga esa bundan oldin tutqun sifatida olib kelingan. Ukrainaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari taniqli ukrain shoiri T. G. Shevchenko nomi bilan bog‘liq. Shoir surgundaligida, ya’ni 1848-1849-yillarda A. I. Butakov rahbarligidagi ekspeditsiyada qatnashgan edi. XIX asr o ‘rtalarida Turkistonga kelgan rus harbiylari ichida ukrainlar ham bor edi. Turkiston o ‘lkasiga ukrainlaming ommaviy tarzda kirib kelishi 1885-yildan boshlangan. 1861-yildagi islohotdan so ‘ng ukrain dehqonlari Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda M irzacho‘lga kelib joylashgan. Ular g ‘allachilik, paxtachilik, bog‘dorchilik va polizchilik bilan, 1890-yillarda kelganlari esa chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ukrainlam ing Buxoroga kirib kelishi XVII asming o ‘rtalari, ya'ni ular Rossiya qaram og‘iga o ‘tganidan so‘ng boshlangan. Dehqonlardan so ‘ng hunarmand va temiryo‘lchilar kelgan. Ushbu ishchilar Toshkent, Samarqand va Farg‘ona vodiysi shaharlariga joylashgan. XX asm ing 20-yillarida Turkistonda 500 ming nafar ukrain yashagan. 0 ‘zbekistonda 1926-yilda ukrainlardan 25804 kishi, 1979- yilda 113826 kishi, 1989-yilda 93197 kishi, 2000-yilda esa 104720 kishi yashaganligi manbalarda qayd etilgan. 0 ‘z o ‘m ida shuni ham qayd etish kerakki, 1966-yildagi “Toshkent zilzilasi” oqibatlarini bartaraf etishda ukrainalik 2600 nafar muhandis-quruvchilar qatnashgan edi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling