6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi
Download 184.89 Kb.
|
6-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning mazmuni
6-MARUZA KOP HUJAYRALILARNING KELIB CHIQISHI. PLASTINKASIMONLAR TIPI. G’OVAKTANALILAR (SPONGIA) TIPI (2 SOAT)Mavzu rejasi: Kop hujayralilarning umumiy tavsifi. Kop hujayralarning kelib chiqisi togrisida nazariyalar. Kop hujayralilarning klassifikatsiyasi. Plastinkasimonlar. Govaktanalilarning umumiy tavsifi. Govaktanalilarning hujayra elementlari. Govaktanalilarning kopayishi va embrional rivojlanishi. Govak tanalilarning xilma- xilligi. Govaktanalilar filogeneyasi. Tayanch iboralar: oogameta, ontogenez, gastrey naqzariyasi, fagotsitella nazariyasi, Sellyulirizatsiya nazariyasi, fagotcitellasimonlar, tuban kop huyjayralilar, haqiqiy kop hujayralilar, parenximatoz hayvonlar, birlamchi tana boshliqlilar, ikkilamchi tana boshliqlilar, trixoplaks, transepitelial sitifagiY. Mavzuning mazmuni:Ko’p hujayralilarning umumiy tavsifi. Ko’p hujayralilarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari. Ko’p hujayralilar tanasi har xil tuzilgan va turli vazifani bajarishga moslashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar mustaqil yashash xususiyatiga ega bo’ lmasdan yaxlit organizmning bir qismi hisoblanadi. Hujayralar turli darajada ixtisoslashgan bo’lib, ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari faqat qisqarish, nerv hujayralari esa sezish xususiyatiga ega. Ixtisoslashgan hujayralar maxsus to’qimalarni hosil qiladi. Ko’p hujayralilar jinssiz hamda jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinssiz ko’payish birmuncha sodda tuzilgan ko’p hujayralilar uchun xos bo’lib, ikkiga bo’linish, kurtaklanish yoki ko’p marta bo’linish orqali sodir bo’ladi. Jinsiy ko’payishni ko’p hujayralarning hamma tiplarida kuzatish mumkin. Jinsiy ko’payish gametalar ya’ni har xil jinsli ixtisoslashgan jinsiy hujayralar ishtirokida boradi. Urg’ochi hujayra tuxum (oogameta), erkaklik hujayra urug’ (spermatozoid) deyiladi. Gametalar qo’shilishi natijasida g’osil bo’ladigan urug’langan tuxum hujayra zigota deb ataladi. Individual rivojlanish (ontogenez) jarayonida zigotadan yetuk organizm shakllanib chiqadi. Download 184.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling