6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi
Download 184.89 Kb.
|
6-MARUZA
Plastinkasimonlar (Placozoa) tipi
1883 yilda nemis zoologi F. Shultse Gratse shahridagi universitet akvariumlaridan birida tuzilishi jihatdan bir hujayralilar bilan ko’p hujayralilar o’rtasida turgan hayvonni uchratganini ma’lum qiladi va uni trixoplaks deb ataydi. Lekyn keyinchalik trixoplaks hech qanday asossiz meduzalarning lichinkasi deb e’lon qilinishi tufayli unga bo’lgan qiziqish susayib ketadi. Bu voqeadan taxminan yuz yil keyinroq sodda hayvonlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi nemis olimi K. Krell laboratoriya sharoitida bu hayvonning jinssiz ikkiga bo’linish bilan ko’payishidan tashqari jinsiy ko’payishini ham aniqlab, trixoplaksni mustaqil hayot kechiradigan voyaga yetgan hayvon ekanligini isbotladi7. Trixoplaks tashqi ko’rinishidan amyobalarga o’xshab ketadigan, suv o’simliklari ustida sirpanib harakatlanadigan, 4 mm kattalikdagi plastinkasimon dengiz xayvoni. Trixoplaksning harakat yo’nalishi aniq bo’lmasdan goh oldinga, goh orqa tomonga qarab o’zgarib turadi. Shu sababli tanasining oldingi va keyingi tomonlarini aniqlab bo’lmaydi (26-rasm). Trixoplaks tanasining suv osti narsalariga yopishib harakatlanuvchi tomoni shartli ravishda qorin deb qabul qilingan. Bu qismdagi hujayralarning har biri bittadan xivchinga ega. Tanasining ichki tomoni soxta oyoq yordamida harakatlanadigan amyobasimon hujayralar bilan to’lgan. Bu hujayralar krrin tomondagi hujayralardan xivchinlarini yo’qotib, ichkariga botib kirishi natijasida hosil bo’ladi, deb taxmin qilinadi. Bu hujayralarning funktsiyasi yaqin davrgacha noma’lum edi. 1986 yilda nemis zoologi G. Venderot tajribalar asosida bu hujayralarning fagotsitar funktsiyasini ko’rsatib berdi. U laboratoriya sharoitida saqlanayotgan trixoplakslarni jonsizlantirilgan achitqi hujayralari bilan oziqlantirib, oziq zarralari xivchinlarning harakati tufayli trixoplaksning yelka tomoniga qarab haydalishini va bu yerda amyobasimon hujayralar tomonidan yutilishini kuzatdi. Oziq zarralarini yutish uchun trixoplaks tanasining orqa tomoniga ko’tarilgan amyobasimon hujayralar yana avvalgi holatiga qaytadi. Bunday o’ziga xos oziqlanish usulini G. Venderot transepitelial sitofagiya deb ataydi. Bundan tashkari trixoplaksning orqadan qorin tomonga cho’zilgan duksimon hujayralari qisqarish xususiyatiga ega. Trixoplaks umumiy tana tuzilishi, oziqlanishi jihatdan ko’p hujayrali hayvonlarning I. I. Mechnikov taxmin qilgan ajdodlariga o’xshab ketadi. Hamma tuban tuzilishga ega bo’lgan ko’p hujayrali hayvonlar singari trixoplaksda ham regeneratsiya qobiliyati kuchli rivojlangan, hatto uning bir-biridan ajralgan ayrim hujayralaridan yangi yosh hayvon taraqqiy etadi. Plastinkalilar tipiga Trichoplax adhaerens va T.reptans deb ataluvchi ikkita tur kiradi. Birinchi tur Atlantika okeani, O’rtayer va Qizil dengizlarda uchraydi. Ikkinchi tur T.reptans Italiyaning Neapol shahridagi zoologiya stantsiyasining akvariumida topilgan. Trixoplakslarni bundan keyin mukammal o’rganish orqali ko’p hujayrali hayvonlarni bir hujayrali hayvonlardan kelib chiqqanligini isbotlovchi yangi eng muhim dalillarga ega bo’lish mumkin. G’ovak tanalilar - o’troq yashovchi tuban ko’p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To’qima va organlari rivojlanma-gan, tanasi bir necha xil hujayralardan va hujayra orasidagi moddalardan iborat. Tana bo’shlig’i xoanotsitlar deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan. Tanasida juda ko’p mayda teshikchalari va ulardan tana bo’shlig’iga qarab ketadigan naychalari bo’ladi. Ana shu naychalar orqali g’szaktanlilar tanasidan to’xtovsiz suv o’tib turadi. Deyarli hamma vakillari ohaktosh (SaS03) yoki silikat (Si02)dan iborat mineral yoki organik skeletga ega. Download 184.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling