6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi
Download 184.89 Kb.
|
6-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziologiyasi.
Hujayra elementlari. Mezogleyada yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar va amyobatsitlar joylashgan (28-rasm). Yulduzsimon hujayralar tayanch - kollentsitlar hisoblanadi. Skleroblastlar skelet elementlarini hosil qiladi. Amyobatsitlar- harakatchan hujayralar: ularni xoanotsitlardan olingan oziqni hazm qiluvchi hujayralarga va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar — arxeotsitlarga ajratish mumkin. Arxeotsitlar barcha ko’rsatilgan hujayralarni, jumladan, jinsiy hujayralarni ham hosil qilish xususiyatiga ega. G’ovaktanlilar tanasidagi deyarlik barcha hujayralar biri ikkinchisini hosil qilishi mumkin. Masalan, xoanotsitlar xivchinini tashlab mezogleyaga o’tishi va amyobatsitlarga aylanishi yoki aksincha
arxeotsitlar xoanotsitlarga aylanishi mumkin. Bu hol g’ovaktanlilarning juda sodda tuzilishi, hujayralari to’liq ixtisoslashmaganligini ko’rsatadi. Odatda g’ovaktanlilarning nerv sistemasi bo’lmaydi. Ayrim zoologlar mezogleyada o’simtalari orqali o’zaro bog’langan yulduzsimon hujayralarni aniqlashgan. Lekin ularning nerv funktsiyasi aniqlanmagan. Fiziologiyasi. Suv tana sirtidagi teshikchalardan mayda naychalar orqali paragastral bo’shliqqa o’tadi,k ohak skeletli g’ovaktanlilarda xoanotsitlar oziqning faqat bir qismini amyobatsitlarga uzatadi. Oziqning asosiy qismi esa xoanotsitlarning o’zidagi vakuollar ichida hazm bo’ladi. Ayrim g’ovaktanlilarda xoanotsitlar faqat gidrokinetik (suvni haydash) funktsiyani bajaradi. Oziq zarralarini amyobatsitlar bevosita naylardagi suvdan tutib oladi. G’ovaktanlilar harakatsiz, tanasi shaklini deyarli o’zgartirolmaydigan hayvonlar. Faqat tashqi teshiklari - porotsitlar sitoplazmasining qisqarishi tufayli bir oz torayishi mumkin. Ayrim g’ovaktanlilar maxsus hujayralar — miotsitlar yordamida oskulumini xam asta-sekin qisqartirish xususiyatiga ega. G’ovaktanlilar ta’sirni sezmaydi. Bu hol ularda nerv sistemasining bo’ lmasligini ko’rsatadi. Skeleti. Ko’pchilik g’ovaktanlilarning ohak yoki ohak-toshdan iborat qattiq skeleti bo’ladi. Bir qancha g’ovaktanlilarning skeleti ohak va kremnezyom aralashmasidan iborat. G’ovaktanlilar orasida spongin deb ataladigan shoxsimon yumshoq skeletga ega bo’ lgan vakillari ham bor. Skelet elementlari mezogleyada joylashadi. G’ovaktanlilarning mineral skeleti ignaga o’xshash mikroskopik tanachalar- spikulalardan iborat. Spikulalar skelet hosil qiluvchi hujayralar-skleroblastlarda hosil bo’ladi. Skleroblastlar o’lgandan so’ng spikulalar bevosita sitoplazmaning o’zida joylashadi. Skeletlar shakli har xil; ular bir o’qli, uch o’qli, to’rt o’qli va ko’p o’qli deb ataladigan to’ rt guruhga bo’linadi. Muguz spongin skelet mezogleyda shoxlanadigan sariq rangli tolalardan iborat. Spongin kimyoviy jihatdan ipakka yaqin, tarkibida 14% gacha yod bo’ladi. Spongin skelet hujayralardan tashqarida mezogleyada hosil bo’lishi bilan mineral skeletdan farq qiladi. Elektron mikroskopiya spongin tolalarini juda ingichka submikroskopik fibrillardan iborat ekanligini ko’rsatadi. Bu jihatdan spongin yuksak sutemizuvchilar biriktiruvchi to’ qimasidagi kollagen tolalarga o’xshaydi. Download 184.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling