6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Download 184.89 Kb.
bet5/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-MARUZA

Ikkala texnika ham katta mehnat talab qiladi. YAMR-spektroskopiyasi moddalarni tozalash va kristallizatsiyasini talab qilmaydi va molekulalar eritmada kuzatiladi. Hujayrani о‘rganish texnikasidagi yutuqlar mikroskoplarni mukammallashtirish bilangina cheklanib qolmasdan, tо‘qima preparatlarning yangi metodlari, mikroskopik izlanishlar uchun bо‘yash usullari, shuningdek zamonaviy bioximiya va molekulyar biologiyaning qо‘shayotgan hissasi bilan rivojlanishda davom etmoqda. Masalan, hujayralarning turli xil organellalari bir-biridan farq qiluvchi, о‘ziga xos zichlikka ega. Hujayralar ularning kо‘pchilik organellalari butun holda parchalanib, keyin zichlik gradiyenti bо‘yicha sentrifugalanadi (3.3 rasm) va har bitta alohida organellaning nisbatan toza preparati olinadi. Shunday qilib, turli xil organellalarning biokimyoviy funksiyalari alohida о‘rganilishi mumkin. Kо‘pchilik fermentlar tozalab olinishi va ularning turli xossalari aniqlanishi mumkin. Hujayradagi xilma-xil metabolik reaksiyalar va


ularning yо‘llarini tadqiq qilish uchun radioaktiv izotoplar qо‘llaniladi. Zamonaviy xromatografik texnika kimyoviy jihatdan о‘xshash oraliq moddalar va mahsulotlarni ajratishi mumkin. Alohida hujayra oqsili ekstraksiyalanib, tozalangandan keyin shu oqsilga qarshi spetsifik antitana xosil qilinadi. kugyantitana fluoressent modda bilan ishlov berilgandan keyin, bu kompleks hujayralarni “bо‘yash” uchun ishlatiladi. Bu kompleks muayyan oqsil bilan bog’lanib, shu orqali uning hujayradagi joylashgan о‘rni aniqlanadi.


    1. rasm.


Yorug’lik va transmission elektron mikroskopida optik yо‘lni taqqoslash. Taqqoslash uchun yorug’lik mikroskopining sxematik tasviri о‘zining odatiy yо‘nalishiga teskari ravishda bо‘lib, yorug’lik manbasi pastda, tasvir esa yuqorida keltirilgan. Elektron mikroskopda linzalar elektronlar tutamiga yо‘nalgan magnitlardir.

Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling